Музейшунослик indd



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/94
Sana01.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#288044
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94
Bog'liq
muzeyshunoslik BOSMAGA 1 (2)

Fransiya muzeylari
51
 Bulding National Museums in Europe 1750-2010, 116 p.
 


110
1. Luvr muzeyi.
2. orse muzeyi.
3. Pompidu markazi. 
4. Versal saroyi. 
5. o‘rta asr muzeyi.
6. Gime sharq san’ati muzeyi.
Luvr muzeyi
1694-yilda abbat J.B.Buazo Bezansondagi avliyo Vinsent cherkovi-
ga o‘zining kitoblar, medallar, tangalar, kartinalardan iborat to‘plamini, 
o‘qish davomida barcha xohlovchilar uchun ishlatish mumkin bo‘lishi 
sharti bilan taqdim qiladi. shu tarzda birinchi fransuz muzeyi paydo 
bo‘ladi. Milliy mohiyatga ega bo‘lgan Luvr muzeyi oradan yuz yillar 
o‘tgandan keyin qo‘zg‘alonlar jarayoni davomida tashkil qilindi.
Tarixga Luvr nomi bilan kirib kelgan saroy binolari kompleksi ko‘p 
asrlar davomida qurildi. Luvrning qiyofasi XVII asrda paydo bo‘ladi.
Luvr fransuz qirollarining saroyi kabi nafaqat me’moriy yodgor-
lik, balki eng mashhur muzeylardan biridir. U yerdan turli xildagi boy 
kolleksiyalar o‘rin olgan: ossuriyaliklar saroyidan topilgan barelyef-
lar, Misr rangtasviri va b.
o‘rta asr qal’asi keyinchalik saroyga aylanib, XII asrda Filipp Av-
gust tomonidan qurilgan. keyinchalik Luvr bir necha marta qayta 
qurilib, o‘z tashqi ko‘rinishini o‘zgartirgan. Yillar o‘tib, qirollar 
o‘zgargan. kimdir Luvrda yashagan, kimdir esa faqat ish olib bor-
gan. Lekin ularning hammasi saroy uchun o‘z davrida o‘zgartirishlar 
kiritishgan. 1682-yil qirol saroyi Versalga o‘tkaziladi, hamma ishlar 
to‘xtatiladi va Luvr tanazzulga yuz tutgan edi. 1750-yilda hattoki, bu 
binoni buzib tashlash haqida ham so‘z borgan edi
52
.    
Bu  davrda  “Kvadrat  hovli”  atrofida  va  Sena  bo‘yida  Luvrning 
dabdabali korpuslari qad ko‘tarib, k.Perro loyihasi bo‘yicha mash-
52
 Bulding National Museums in Europe 1750-2010, 290 p.


111
hur sharq “kolonnada”si dunyoga keladi hamda hashamatli zallar 
bezatiladi. 1670-yillarda sh.Lebren loyihasi bo‘yicha qirollikning 
shahar tashqarisidagi yangi ajoyib rezidensiyasi — Versalning qad 
rostlashi munosabati bilan Luvr qurilishi to‘xtatiladi. 1682-yilda Lyu-
dovik XIV (1643–1715) bilan birga fransuz qirolligi ko‘chib o‘tadi. 
Luvrdan Versalga fransuz qirolligining zallarini, galereyalarini bezab 
turgan ko‘plab badiiy asarlar kolleksiyasi ko‘chiriladi. Bu davrga 
kelib fransuz madaniy hayotiga aylanib ulgurgan Luvr bu bilan qash-
shoqlashib qolmadi.
Inqilobdan so‘ng, Luvr qurilish ishlari napaleon tomonidan olib 
borilgan. 1871-yilda qasr zamonaviy ko‘rinishda edi. kolleksiyalarn-
ing tezda yig‘ilishi, bugungi kunda mashhur kolleksiyalar Fransisko 
I ga tegishli bo‘lib, XVI asrda yig‘ila boshlagan. Bu kolleksiyalarni 
Lyudovik XIII va Lyudovik XIV lar to‘ldirib kelishgan.    
XVI-XVII asrlarda Genrix IV ning farmoyishiga binoan, katta 
galereyaning pastki qavatida mashhur rassomlar, haykaltaroshlar, 
zargarlar, soatsozlar joylashtiriladi. Versaldan qirollik ko‘chib ket-
ganidan so‘ng, Luvrda Tasviriy san’at va haykaltaroshlik akademi-
yasi, Fanlar akademiyasi joylashadi. Luvrda akademik rassomlarning 
ko‘rgazmalari o‘tkazila boshlaydi. Ammo fransuz tojining mashhur 
kolleksiyasi omma uchun yopiqligicha qoladi. 1750-yilda Lyuksem-
burg saroyida omma uchun haftasiga ikki kun uncha katta bo‘lmagan 
ekspozitsiya tashkil qilinadi. Fransuz jamiyatida muzey tashkil qi-
lish zarurligi haqida fikrlar paydo bo‘la boshlaydi. Jamoatchilik fikri 
ta’sirida Lyudovik XVI tomonidan tashkil qilingan davlat komissi-
yasida Luvrda milliy san’at muzeyi tashkil qilish g‘oyasi o‘rganib 
chiqiladi. 1789-yilgi fransuz inqilobi yakka monarxiyani tugatadi va 
milliy muzeyni Respublika davlati qaramog‘ida tashkil qiladi. Yangi 
hukumat qonun asosida qirollik kolleksiyasini, cherkovni hamda sur-
gun qilingan aristokratlarning mulklarini milliylashtiradi.
1792-yilning sentabrida konvent Luvrda Fransiya muzeyi tashkil 
qilinishi to‘g‘risidagi qarorni qabul qiladi va u 1793-yil 10-avgustda 


112
tomoshabinlar uchun ochiladi. Muzey kolleksiyasi ko‘payishida 
napoleon I ning o‘rni beqiyosdir. har bir g‘alabasidan so‘ng, u, mil-
latdan san’at asari ko‘rinishida hadya talab etgan. Bugungi kunda 
muzey katalogidan 400 mingdan ortiq eksponatlar o‘rin olgan. 
Luvr kolleksiyasi ibtidoiy jamoa davridan boshlab davrma-
davr berilgan. shu orqali muzey ensiklopedik ilmiyligiga egadir. 
1981-yildan repsublika prezidenti qarori tomonidan Luvr ta’mirlandi. 
eng qadimiy qismi (bosh minoraning xarobasi) qayta tiklandi. na-
paleon hovlisida mashhur piramida paydo bo‘ldi, yangi zal va hov-
lilar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik yaratildi. Piramida muallifi – xitoy 
millatiga mansub amerikalik me’mor Yox Ming Pi
53
.     
Versalda fransuz maktabining maxsus muzeyi, Parij botanika 
bog‘ida tabiiy tarix muzeyi, sen-Martin de shamp cherkovida ja-
hondagi birinchi fan va texnika muzeyi — san’at va hunarmandchilik 
konservatoriyasi tashkil qilinadi. 1796-yilda Luvrda Respublika 
san’at muzeyi, keyinchalik Markaziy san’at muzeyi paydo bo‘ladi. 
Ammo bu muzeylardagi asarlarning joylashtirilishi, ularning saqlani-
shi talab darajasida emas edi. Bu omma orasida noroziliklarga sabab 
bo‘la boshlaydi. XVIII asr muzeylar tarixida burilish davri bo‘ldi. 
Madaniyatning buyuk ijodi insoniyatning estetik, ma’naviy va in-
tellektual tarbiyasida asosiy vosita ekanligi jamiyat dunyoqarashiga 
o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. shu sababli yuz yillikning ikkinchi yarmida 
ommaviy muzeylar paydo bo‘lishi tabiiy holga aylanadi.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish