N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva periferIya va ofis qUrilmaLarini ta’MIrLaSh va ishLatish


-BoB. ShaXSIy KoMPyUTErLarNINg TUrLarI



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/154
Sana25.02.2022
Hajmi9,44 Mb.
#461823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Bog'liq
ofis qurilmalari

1-BoB. ShaXSIy KoMPyUTErLarNINg TUrLarI, 
ModELLarI va TEXNIK Ko‘rSaTKIchLarI
1.1. Kompyuterlar tasnifi
Shaxsiy kompyuterlar (ShK) EHM tasniflanishi bo‘yicha mikro-
mashinalar toifasiga mansub bo‘lib, hisoblash imkoniyatlari cheklangan, 
ammo eng ommaviy tarqalgan hisoblanadi. Bu kompyuterning ofis 
muhitida shaxsiy qo‘llash uchun mos keladigan variantidir. ShKlar 
bilan bir qatorda mikrokompyuterlar toifasiga grafik, nashriy va izlanish 
ishlariga mo‘ljallangan ishchi stansiyalar, lokal tarmoq va ma’lumotlar 
bazalari serverlari hamda tarmoq ishchi stansiyalari kiradi. Ular orqali 
tarmoq resurslaridan foydalanishga imkon yaratiladi. ShK universal va 
foydalanishga qulay bo‘lgan bir qator afzalliklarga ega:

maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan foydalanuvchilarga 
ishlash imkonini beruvchi qulay interfeys;

qo‘llanilish sohasiga (ta’lim, ilmiy izlanishlar, boshqaruv) mos 
keluvchi arxitektura va tashqi qurilmalar to‘plamiga muvo-
fiqlashish hisobiga o‘z ish joyini tashkillashtirishning qulayligi;

foydalanishning soddaligi, bog‘lama va qurilmalarni birga likda 
yig‘ish imkoniyatining kengligi, ommaviy foydalanish uchun 
yuqori ishonchlilik;

kompyuter va uni tashkil qiluvchi qurilmalar narxining arzon-
ligi va modellarining ko‘pligi, standartlashtirishning va bir xil 
shaklga keltirishning yuqori darajadaligidir.
ShKlarni turli belgilari bo‘yicha sinflarga ajratish mumkin. Rivoj-
lanish davrida (ShKlarning dastlabki modellari 80-yillar ning boshlarida 
paydo bo‘lgan) ShKlar birinchi avlodining 8 bitli mashinalaridan, to 
64 bitli to‘rtinchi avlod (Pentium IV) mashina larigacha bo‘lgan yo‘lni 
bosib o‘tdi. Bu vaqt ichida taktlash chastotasi yuz barobarga, tezkor 
xotira hajmi yuzlab Mbaytga, disklardagi jamlagichlarning hajmi 
o‘nlab Gbaytga yetdi. Konstruktiv xususiyatlari nuqtayi nazaridan 


6
barcha ShKlarni shartli ravishda statsionar (stol kompyuterlari) va 
nostatsionar (mobil, noutbuk, netbuklar) turlarga ajratish mumkin.
Statsionar ShKlar keng funksional imkoniyatlarga va rivojlangan 
tashqi qurilmalarga ega. Ular xususiy operatsion tizimga ega bo‘lib, 
ma’lumotlarga ishlov beruvchi amaliy dasturlar bilan jihozlangan. 
Ularning xotirasi ko‘p pog‘onali, aloqa va ulanish uchun interfeys 
tizimi rivojlangan, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish uchun ko‘p 
sonli portlari mavjud.
Noutbuklar, elektron planshetlar, elektron lug‘atlar kabi mobil 
ShK turlari keng tarqalgan. Bu texnik vositalar yakka tartibda 
qo‘llaniluvchi, imkoniyatlari cheklangan texnik vositalardir.
Hozirgi vaqtda dunyo bo‘ylab EXMning chorak milliardan ziyod 
turlaridan foydalanilyapti, bulardan 90 foizi shaxsiy kompyu terlardir. 
Amerikaning IBM, Apple, Hewlett Packard (HP), DEC, Compaq 
kompaniyalarining shaxsiy kompyuterlari ko‘pchilikka ma’lum 
bo‘lib, ular jahon bozorida juda keng tarqalgan. Ularning mahsulotlari 
foydalanuvchilar orasida anchagina taniqlidir.
ShKni ishlab chiqarish bo‘yicha eng katta kompaniya IBM 
(Internationale Business Machina) hisoblanadi. Bu kompaniya 
yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida yetakchi kompaniya bo‘lib 
kelmoqda. Uning IBM PC XT, AT modellari mashhurdir. Bugungi 
kunda eng keng qo‘llanilayotgan ShKlar IBM firmasining Pentium II, 
III, IV protsessorlari qo‘llangan kompyuterlar hisoblanadi.
IBMdan keyin ikkinchi o‘rinni Apple firmasining taniqli Macintosh 
modelli ShKlari egallab kelmoqda. Bu firma 1998-yildan boshlab 
yangi arxitekturali iMac ShKlar, Power Book va iBook noutbuklar, 
Power Macintosh oilasiga mansub ishchi stansiya modellarini ishlab 
chiqaradi.
HP firmasi HP Workstation sinfiga mansub bo‘lgan ishchi stan-
siyalarni, HP Compaq sinfiga mansub bo‘lgan ixcham (mobil) ishchi 
stansiyalarni ishlab chiqaradi.
ShKlarning katta sinfini DEC firmasi (so‘ngi paytlarda Compaq 
firmasi bilan birga) ishlab chiqarmoqda. Bular HiNote modelli mobil 
ShKlar, Ventures, Celeries modelli stol kompyuterlari, VAX Station 
va DEC Station ishchi stansiyalari, shuningdek, yangi Alpha 212642 


7
protsessorlari asosidagi, taktlash chastotasi 500–1000MHz bo‘lgan 
zamonaviy ishchi stansiyalardir.
ShKlarning keng turlarini Acer, Sun, Vio, Rossiya kompaniyalari 
Akvarius R-style kompaniyalari ishlab chiqarmoqda.

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish