N. M. Kayumova


© “Tafakkur" nashriyoti, 2019 yil



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/423
Sana28.06.2021
Hajmi18,65 Mb.
#103948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   423
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

© “Tafakkur" nashriyoti, 2019 yil.

© F. Qodirova, Sh. Toshpo'latova,

M. Kayumova, M. A'zamova, 2019 yil.


KIRISH

Mamlakatimizda  ta'lim  tizimiga  davlat  siyosati  darajasida 

e’tibor qaratiimoqda. O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 

yillarga  mo'Ijallangan  Harakatlar  strategiyasida  maktabga­

cha ta’lim tizimini qayta ko'rib chiqish va uni yanada takomil­

lashtirish vazifalari belgilab berildi.

Bu  muammolarni  to'laqonli  hal  etishda  o'qituvchi-peda- 

gogning intellektual salohiyati va kasbiy mahorati muhim aha- 

miyat kasb etadi.  Shu boisdan ham amalga oshirilayotgan ish­

larni  pedagogik tahlil  qilish, ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarining 

samarali kechishini  ta'minlash zaruriyati yuzaga keldi.  Bu ta­

lablar pedagogika  oliy o'quv yurtlarining maktabgacha ta'lim 

yo'nalishi bo'yicha malakali kadrlar tayyorlashga ham taalluq- 

li bo'lib, bu ixtisos beradigan fanlarning nazariy jihatdan yana­

da takomillashtirishni taqozo etadi.

"Maktabgacha  pedagogika”  fani  bo'yicha  tayyorlangan  ush­

bu darslikda ana shu nazariy-metodologik asoslarga tayanilgan 

holda  asosiy  e'tibor  -   maktabgacha  pedagogikaning  umumiy 

asoslari, uning ilmiy-tadqiqod metodlari, maqsad va vazifalari, 

maktabgacha  ta’lim  didaktikasi,  O'zbekistonda  maktabgacha 

ta'limning vujudga  kelishi,  rivojlanishining  asosiy bosqichlari, 

ta’lim  sohasi  bo'yicha  qabul  qilingan  huquqiy-me’yoriy qonun 

hujjatlari, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tamonlama tar- 

biyalashning o'ziga xos xususiyatlar, shakl va usullari, bolalarni 

maktab ta'limiga tayyorlashning nazariy asoslari,  oila, maktab 

va  maktabgacha  ta'lim  muassasasi  o'rtasidagi  hamkorlik  alo- 

qalari,  turli xil  maktabgacha ta'lim  muassasalari  ishini  tashkil 

etish,  ularga  rahbarlik  qilish  va  maktabgacha  ta'lim  tizimi  to­

monidan nazorat qilish kabi masalalar tahliliga qaratilgan.

Darslikda  ilk  bor  maktabgacha  pedagogika  fanining  vu­

judga  kelish  tarixi,  maktabgacha  ta'lim  didaktikasi,  Maktab­

gacha  ta'lim  vazirligi  faoliyati,  "Bolalar  huquqlari  to'g'risida

3



Konvensiya"ni  ta'lim-tarbiyaviy  jarayonga  qo'llashning  na­

zariy va  amaliy jihatlari  yoritiiganligi  ushbu  manba  nufuzini 

oshiradi.

Shuningdek,  mazkur  masalalar  bo'yicha  chet  davlatlarda 

pedagog-psixolog va olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy 

izlanishlar bo'yicha fikr va mulohazalari ham o'rin egallagan.

Darslikda  ajdodlarimizdan  meros  bo'lib  qolgan  tarbiya 

an'analari  va  aqidalari,  metodi va yo'l-yo'riqlari  nazariy jihat­

dan  tahlil  qilingan.  "Maktabgacha  pedagogika”ning  nazariy 

asoslari insonning aqliy kamolotini yuksaltirishga qaratilgan, 

Maktabgacha  pedagogikaning  milliy  asoslari  xalq  merosi  va 

umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi.

Mazkur masalalar mantiqan bir-biri bilan uzviy bog'liq hol­

da  izchil  tadqiq  etilishi  maktabgacha  pedagogika  sohasida 

amalga  oshirilayotgan  ta'lim-tarbiyaviy  va  metodik  ishlar­

ni tashkil  etishda  yangicha yondashuvni taqozo  etadi.  Bu  hoi 

asosiy ixtisos beradigan kursning zaruriy g'oyaviy-nazariy da­

rajasini  ta'minlashga,  uning  mazmunini  umumiy  pedagogi­

ka fani tomonidan ishlab chiqilgan asosiy metodologiya va na­

zariy  qoidalar  negizida  talabalarni  kasbiy tayyorlash  va  mal- 

akalarini o'zlashtirishga imkon yaratadi.

“Maktabgacha pedagogika” fanini o'rganish orqali talabalar 

tug'ilgandan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni  oilada va  mak­

tabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya ishlari  mazmu­

ni  va  metodlarini,  uni  tashkil  etish  shakllarini,  bolalarning 

maktabga  tayyorgarligining  samarali  metodlari,  maktabga­

cha  ta’lim  tizimi  shakllanishining tarixiy jihatlari,  maktabga­

cha ta'lim muassasalarini tashkil etish va ularga rahbarlik qil­

ish tamoyillari, ularning faoliyatini uslubiy jihatdan ta'minlash 

va nazorat qilish masalalari haqida ma’lumotga ega bo'ladilar.

Bu  masalalarni  chuqur  va  har  tomonlama  o'rganishda  pe­

dagogika  fanlari  asoslari  va  umumiy  nazariy-metodologik 

qoidalarga  tayanilgan.  Maktabgacha  pedagogika  fanining 

g'oyaviy-nazariy  darajasini  ta'minlashga,  uning  mazmunini

4



pedagogika fani sohasida qo'lga kiritilgan ilmiy-nazariy yutuq- 

lar xulosalar negizida yoritishga imkon beradi.

Ushbu  darslikning  har  bobida  tayanch  iboralar,  nazorat 

va  test  savollari,  zamonaviy  pedagogik  texnlogiyalar  asosi­

da yaratilgan  ishlanmalar,  ilmiy va ilmiy-metodik adabiyotlar 

ro'yxati taqdim etilgani talabalarning har bir mavzuni chuqur 

o'zlashtirishi va mustahkamlashga, shuningdek, ularda o'z us­

tida  mustaqil  ishlash  ko'nikmasining  hosil  bo'lishiga  xizmat 

qiladi.

Ushbu darslikni yaratishda mustaqillik yillarida mazkur so- 

hada faoliyat yuritgan yetuk olim va mutaxassislar tomonidan 

chop etilgan ilmiy-uslubiy manbalardan foydalanildi.

Darslik  maktabgacha  ta'lim  yo'nalishi  tizimida  faoli­

yat  ko'rsatayotgan  barcha  pedagoglar,  maktabgacha  ta'lim 

muassasalari,  metodistlari,  pedagogika  universiteti,  institut- 

lari talabalari uchun ilmiy-uslubiy manba bo'lib xizmat qiladi.

5




Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish