N. M. Kayumova


-BO'LIM. MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/423
Sana28.06.2021
Hajmi18,65 Mb.
#103948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   423
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

1-BO'LIM. MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING

 

ASOSLARI



I BOB. MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING PREDMETI

 

VA UNING VAZIFALARI

Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash xalqimiz- 

ning  azaliy  orzusi  bo'lib,  ajdodlarimiz  ma'rifat,  ma'naviyat  va 

madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o'rgatish, ularni komil- 

likka yetaklash yo'llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. 

Bu esa pedagogika fanining maydonga kelishiga sabab bo'lgan. 

Insonni ma'rifatli va ma'naviy komillikka erishishi pedagogika 

fanining yetakchiligida amalga oshiriladi.

Pedagogika  -   yunoncha  so'z  bo'lib,  «bola  yetaklovchi»  - 

ma'nosini bildiradi.  Insonlarni ma'rifiy va ma'naviy barkamol- 

likka  munosabatlarni  o'zgartirib  borishi  natijasida  pedagogi­

ka  fani  xalq  orasida  o'z  mavqeyiga  ega  bo'ldi.  Shu  tariqa  in- 

sonnni  tarbiyalovchi  fan  sifatida  pedagogika  dunyoviy  fanlar 

tizimi  qatoridan  alohida  o'rin  egallagan.  Uning  bosh  masala- 

si  tarbiyadir.  Bundan  uch  ming  yillar  ilgari  Zardushtiylik  di- 

nining muqaddas kitobi  «Avesto»da ta'lim-tarbiya masalalari- 

ga katta ahamiyat berilgani holda, uning ibodatxonalari qoshi­

da  maktablar  tashkil  etilib,  kohinlar  tomonidan  bolalarning 

ta'lim-tarbiya  tizimi  ishlab  chiqilgan.  Bu  ta'lim-tarbiya  tizimi 

quyidagi tartibda  amalga  oshirilgan:  diniy va axloqiy tarbiya, 

jismoniy tarbiya, o'qish va yozishga o'rgatish.

Ota-bobolarimiz  azal-azaldan  bola  tarbiyasiga  alohida 

e'tibor qaratganlar. Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy, Abu Ray- 

hon  Beruniy,  Az-Zamaxshariy,  Abdurauf  Fitrat,  Abdulhamid 

Cho'lpon,  Abu  Ali  Ibn  Sino,  Alisher  Navoiy  singari  ulug'  olim- 

u  adiblar,  fozilu-fuzalolar  ta'lim-tarbiya  borasida  ko'p  asarlar 

bitganlar.  Sharq pedagogikasining asoschilari Abu  Nasr  Faro- 

biyning «Fozil odamlar shahri», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u

6



bilig» asari, Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub»i, Kaykovus- 

ning «Qobusnoma»si kabi asarlar bunga dalildir.

Mazkur  ta'limiy  asarlarda  inson  shaxsini  ma'naviy  kamol- 

ga yetkazish yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallash asosidagina 

amalga  oshirish  mumkin,  degan  g'oya  ilgari  surilgan.  Haqiqiy 

bilimga asoslangan ta'limiy uslub  shakllanadi,  natijada ta'lim- 

tarbiya olimlar diqqat markazida bo'Idi.

Farobiy ta'lim-tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida  inson  ta- 

komilida ta'lim-tarbiyaning muhimligi, unda riimalarga e'tibor 

berish  zarurligi,  taTim-tarbiya  usul  va  uslublari  haqida  fikr 

yuritilgan.  «Fozil  odamlar  shahri»,  «Baxt-saodatga  erishuv 

to'g'risida»,  «Ilmlarning kelib  chikishi»  kabi  maorifiy asarlar­

ida olimning tarbiyaviy qarashlari o'z ifodasini topgan.

Abu Rayhon Beruniyning bilimlarni egallash yo'llari haqida­

gi  fikrlari  hozirgi  davr  uchun  ham  dolzarbdir.  0 ‘quvchiga  bi­

lim berishda ularni  zeriktirmaslik,  uzviylik,  izchillik va  hoka- 

zolarni  e'tiborga  olish  kerakligini  uqtiradi.  Beruniy  inson  ka- 

molotida uch  narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bu hozirgi zamon 

pedagogikasida e'tirof etiluvchi irsiyat, muhit va tarbiyadir.

Ibn Sino  insonlarni kamolotga erishishining birinchi mezo- 

ni  sanalgan bilim  egallashga  da'vat etadi.  Bilimsiz  kishilar jo- 

hil bo'Iadi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk bo'lmagan 

kishilar  deydi.  Ibn  Sino  bilim  olishda  bolalarni  yengildan 

og'irga  borish  orqali  bilim  berish,  olib  boriladigan  mashqlar 

bolalar yoshiga mos bo'lishi, bilim berishda bolaning qiziqishi 

va  qobiliyatlarini  hisobga  olish,  o'qitishni  jismoniy  mashqlar 

bilan olib borish kerakligini uqtiradi.

Pedagogik  fikr  rivojlanishida  rus  pedagogi  K.D.Ushinskiy- 

ning  pedogogik,  nazariy  qarashlari  «Inson  tarbiya  predme- 

ti  sifatida»  degan  mukammal  asarida  bayon  qilib  berilgan. 

«Ona tili», «Bolalar dunyosi» kitoblari barchaga yaxshi ma'lum 

bo'lib,  u  ta'limning  ko'rgazmaliligi,  ongli  va  uzviy  olib  borish 

masalalarini ishlab chiqdi.



Pedagogika fan  sifatida  rivojlanishida  chex pedagogi,  olimi 

Yan  Amos  Komenskiy  (1592-1670)ning  hissasi  katta  bo'ldi. 

Uning  «Buyuk  didaktika»  asari  haqli  ravishda  pedagogika 

sohasida  yaratilgan  birinchi  ilmiy  asar  hisoblanadi.  Undan 

tashqari  «Onalar maktabi»  degan Maktabgacha ta'lim qo'llan- 

masi  va  bir  qancha  kitoblari  diqqatga  sazovordir.  Komenskiy 

o'zining  pedagogik  nazariyasida  tarbiyaning  tabiatga  uyg'un 

bo'lishi to'g'risidagi tushunchani ilgari suradi.  Pedagog bolani 

tarbiyalaganda, bog'bon daraxtning biologik o'sish qonuniyat- 

ini hisobga olgani kabi, undagi tabiiy bilish xususiyatlarini hi­

sobga olishi shart, deydi.  Komenskiy o'qishga hammaning jalb 

qilinishini, hamma umumta’lim olishi kerakligini uqtiradi.

«Ta'lim to'g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy das­

turi»  qabul  qilinganiga  qadar  ham  biz  Maktabgacha  ta’lim 

to'g'risida fikr yuritib kelganmiz. Bugun esa bu masalaga yan­

gicha yondashmoqdamiz. Zero, dastur talablariga asosan mak­

tabgacha ta’lim turi -  bolani maktabga tayyorlash bilan birga, 

uni sog'lom bo'lib o'sishini ta’minlaydi, muntazam ta'lim olish­

ga tayyorlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi.

Keyingi yillarda maktabgacha ta'lim muassasalarining yan­

gi  tarmog'i  shakllanib  bormoqda.  Misol  tariqasida  nodavlat 

maktabgacha  ta’lim  muassasalari,  qisqa  muddatli  maktabga­

cha  ta'lim  muassasalari,  bolalarga  xoreografiya,  tasviriy  va 

musiqa  san'ati,  kompyuter  savodxonligini  o'rgatuvchi  guruh­

lar soni kundan-kunga ko'payib bormoqda. Bularning hamma- 

si  maktabgacha  yoshdagi  farzandlarimizni  «Kadrlar  tayyor­

lash  milliy dasturi» talablari asosida tarbiyalash uchun  shart- 

sharoit yaratmoqda.




Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish