Nafas olish jarayoni va ahamiyati Nafas olish tizimi a’zolarining joylashishi, tuzilishi va vazifasi



Download 203,96 Kb.
bet1/5
Sana06.07.2022
Hajmi203,96 Kb.
#751718
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7-Ma\'ruza. Nafas olish tizimi


7 – Mavzu: Nafas olish tizimi


Reja:
1. Nafas olish jarayoni va ahamiyati
2. Nafas olish tizimi a’zolarining joylashishi, tuzilishi va vazifasi
3. O’pka, tuzilishi va vazifasi
4. Nafas olish mexanizmi

Dars turi: Ma’ruza


B.B.B ped-texnalagik usuli.


Tayanch so’zlar: burun bo’shlig’i, halqum, hiqildoq, kekirdak (traxeya), bronxlar, bronxiolalar, o’pkalar, alveolalar, taxipnoe, bradipnoe
Nafas olish jarayoni va ahamiyati
Nafas olish jarayoni – murakkab biologik jarayon bo’lib, u orqali organizm bilan tashqi muhit o’rtasida doimo gaz almashinuvi bo’lib turadi. Odamning nafas olish jarayoni 3 ta asosiy elementlardan iborat:
1.Tashqi atmosfera havosi va qon o’rtasida bo’lib turadigan gaz almashinuvi;
2. Qon yordamida gazlarni tashilishi: kislorodni o’pkadan to’qimalarga, karbonat angidridni to’qimalardan o’pkalarga;
3. Qon va to’qimalar o’rtasida bo’lib turadigan gaz almashinuvi.
Organizmning yashashi uchun nafas olish katta ahamiyatga ega. Organizmdagi a’zolar faoliyati ma’lum miqdorda energiya talab qiladi. Bu energiya to’qimalardagi organik moddalarning parchalanishi vaqtida ajralib chiqadi. Organik moddalar parchalanishidan oldin kislorod bilan birikib, oksidlanadi. Hujayra va to’qimalarga kislorod tashqi muhitdan nafas a’zolari va qon yordamida yetkaziladi. To’qimalarda organik moddalarning parchalanishi natijasida hosil bo’lgan karbonat angidrid qon bilan o’pkaga kelib, nafas a’zolari orqali tashqi muhitga chiqariladi. Organizmga kislorod kirmay qolsa, qisqa vaqtdan so’ng yurak to’xtaydi va organizmda ko’pgina o’zgarishlar ro’y beradi.
Nafas olish tizimi a’zolarining joylashishi, tuzilishi va vazifasi
Nafas olish tizimi a’zolariga burun bo’shlig`i, hiqildoq, kekirdak (traxeya), bron[lar, o’pkalar va plevra pardalari kiradi.
Burun bo’shlig’i. Havo o’tkazish a’zolarining muhim anatomik xususiyati shundan iboratki, ular ichki tomonidan tukli epiteliy bilan qoplangan va epiteliy tagida joylashgan shilliq parda doimo oz miqdorda shilliq ishlab chiqaradi. Burun bo’shlig’i suyak va tog’ay to’siq yordamida o’ng va chap bo’laklarga bo’linadi. Burun bo’shlig’iga kiradigan teshik burun katagi, halqum tomonidagi teshik esa xoana deb ataladi. Burun bo’shlig’ida burunning yuqori, o’rta va pastki chanoqlari, shuningdek, yuqori, o’rta va pastki yo’llari bor. Burun bo’shlig’i ichki tomondan shilliq parda bilan qoplangan. Shilliq parda ustida bir qavat tukli silindrsimon epiteliy hujayralari bo’ladi. Tukli epiteliy havoni tozalab o’tkazishda katta rol o’ynaydi. Burun shilliq pardasida juda ko’p qon tomirlar va shilliq modda ishlab chiqaruvchi bezlar bor. Qon tomirlar havoni ilitishga, shilliq modda esa havoni changlardan tozalashga yordam beradi. Burun shilliq pardasida har doim oq qon tanachalari bo’ladi. Fagotsitoz xususiyatiga ega bo’lgan bu hujayralar havo bilan kirgan bakteriyalarni zararsizlantiradi. Chaqaloqlarning burun bo’shlig’i birmuncha kichikroq, kaltaroq bo’ladi. Pastki burun yo’li bo’lmaydi. Burunning shilliq padasi nozik, qon tomirlarga boy. Shu sababli tumovda burunning tiqilib qolishiga va emishning qiyinlashishiga olib keladi. Burun bo’shlig’i nafas a’zosi bo’lishi bilan birga hid bilish a’zosi hamdir. Burun bo’shlig’ining shilliq pardasida hid bilish hujayralarining periferik shoxchalari joylashgan. Burunning hidlov sohasi (5 sm2 ) burun to’sig’i bilan tashqi chig’anoq orqasida o’rnashgan. Burun bo’shlig’iga burun-ko’z yosh kanali ochiladi.
Kichik yoshdagi o’quvchilarning burni ancha kichik bo’ladi. Taxminan bola besh yoshga borganda burun ko’tarmasi yo’qolib ketadi. Burun bo’shlig’ini tashkil topishida burun suyaklari tog’aylar qatnashadi.
Burun bo’shlig’ining ichki shilliq yuzasini ko’pchilik qismida ko’p yadroli tukli silindrik epiteliy bilan qoplangan bo’lib, bu qismida shilliq ishlab chiqaruvchi bezlar joylashgan bo’ladi. Burun bo’shlig’ida shuningdek hid bilish reseptorlari joylashgan bo’ladi. Burun bo’shlig’idagi tuklar havo bilan kirgan changlarni ushlab qolib tashqariga chiqarib tashlaydi.
Bundan tashqari burun bo’shlig’i kapillyar qon tomirlari bilan yaxshi ta’minlangan bo’lib, tashqaridagi burun bo’shlig’i orqali o’pkaga o’tayotgan havo ilib o’tadi.

Download 203,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish