Nafas olish jarayoni va ahamiyati Nafas olish tizimi a’zolarining joylashishi, tuzilishi va vazifasi


Kekirdak va bronxlarning joylashishi, tuzilishi va vazifasi



Download 203,96 Kb.
bet3/5
Sana06.07.2022
Hajmi203,96 Kb.
#751718
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-Ma\'ruza. Nafas olish tizimi

Kekirdak va bronxlarning joylashishi, tuzilishi va vazifasi. Kekirdak (traxeya) nay shaklida bo’lib, uzunligi 9-15 sm. V ko’krak umurtqasi oldida ikkita bronxga bo’linadi, O’ng bronx qisqa va yo’g’on bo’lib, o’z navbatida yana uchta bronxga, chap bronx esa ikkita bronxga bo’linadi. Bu bronxlar yana maydaroq bronxlarga, ular esa bronxiolalarga shoxlanib ketadi.
Kekirdak va bronxlar devori ustma-ust joylashgan yarim halqa tog’aylardan iborat. Tog’aylarning tashqi tomonidan biriktiruvchi to’qima, ichida esa tukli epiteliy bilan qoplangan shilliq parda joylashgan. Bronxiolalar devorida tog’ay o’rnida halqasimon mushaklar uchraydi. Bronxiolalar devorining to’satdan uzoq muddat davomida qisqarib qolishi bronxial astma kasalligining xurujlariga sabab bo’ladi.
Bronxlar – traxeya o’ng va chap bronxga bo’linadi. O’ng bronx o’z navbatida 3 bo’lakka bo’linsa, chap bronx esa 2 bo’lakka bo’linadi. Ung tomondagisi traxeyaning davomini bo’lsa, chap tomondagisi o’tni burchak ostida chiqadi. O’ng bronx ikkinchisidan kattaroq bo’ladi. Yot jismlar ko’pincha o’ng bronxga tushib qoladi.
Kichik yoshdagi bolalarning bronxlari tor, tog’aylari yumshoq, muskul va elastik tolalari ancha sust rivojlangan bo’ladi. Bronxlarni ko’plab turgan shilliq parda qon bilan ta’minlanadi-yu, lekin bir muncha quruq to’radi. Bronxlarning o’sishi kichik maktab davrida sekin boradi va 13 yoshidan keyin ancha tezlashadi.
Bronxlar mayda bronxlarga, undan so’ng esa bronxiollarga bo’linib, har bir bronx bronx daraxtini hosil qiladi. Bronxiollalar tarmoqlanib, oxirida o’pka hujayralari alveollalar bilan tugaydi.
O’pka, tuzilishi va vazifasi. Bronxiolalar alveola xaltalari bilan tugaydi. Har qaysi alveola xaltasi juda ko’p havo pufakchalari - alveolalardan iborat. Alveola xaltalarini har tomondan o’pka kapillyarlari o’rab turadi. Alveolalarda havo bilan qon o’rtasida gaz almashinadi. Katta yoshdagi odam o’pkasida 300-400 mln ga yaqin alveola bo’lib, ularning umumiy sathi 100 m kvadratga etadi. Bronxlar, bronxiolalar, alveola xaltalai va ular atrofida joylashgan qon tomirlar bir-biriga o’ziga xos mayin, g’ovak, elastik biriktiruvchi to’qima yordamida birikib, o’pkani hosil qiladi. O’pka juft a’zo bo’lib, ko’krak qafasi bo’shlig’ida joylashgan. Har qaysi o’pka bir necha bo’laklarga bo’linadi. O’ng o’pkada uchta, chap o’pkada ikkita bo’lak bor. O’pka tashqi tomondan seroz parda-o’pka plevrasi bilan o’ralgan. Ko’krak bo’shlig’i pardasi, plevra bo’shlig’i. Plevra ikkita varaqdan iborat bo’lib, bu varaqlarning biri o’pkani (visseral plevra), ikkinchisi ko’krak qafasining ichki devorini qoplab turadi (parietal plevra). Plevra varaqlari o’rtasidagi bo’shliq plevra bo’shlig’i deyiladi. Bo’shliqda biroz suyuqlik bo’ladi. Plevra bo’shlig’idagi havo bosimi atmosfera bosimidan pastroq, ya’ni manfiydir. Plevra bo’shlig’idagi manfiy bosim nafas olishda o’pkaning kengayishiga yordam beradi. Ko’krak qafasi va uning devoriga yopishgan plevra pardasi jarohatlanganda plevra bo’shlig’iga tashqaridan havo kirib (pnevmotoraks), undagi havo bosimi o’pkadagi bosim bilan tenglashadi va o’pka kengaya olmay, nafas olishda ishtirok etmaydi. Ikki tomonlama pnevmotoraks bo’lganda odam nafas ololmay bo’g’ilib o’ladi. Ba’zan o’pka jarohatlanganda plevra bo’shlig’ida qon yig’iladi (gemotoraks).

Download 203,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish