Namangan davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi arxivshunoslik



Download 3,04 Mb.
bet2/19
Sana09.06.2022
Hajmi3,04 Mb.
#646688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Arxivshunoslik

Mavzu №2: SOVETLAR TUZUMI DAVRIDA TURKISTONDA ARXIV ISHI
(1917-1924 yillar)
1.Arxiv soxasidagi qonunlarning qabul qilinishi
2.Arxivlarni boshqarish.
3.Viloyat arxivlarini tashkil etilishi.
4.Xulosa.
1.1917 yilga okgyabr voqealariga qadar hujjatlar har bir idora va tashkilotning uzida saqlangan. Arxivlar tarqoq holda bulib, hujjatlar bir joyda yig`ilmagan, markazlashmagan edi. Oktyabr tuntarishidan keyin Turkiston RSFSR tarkibda avtonom respublika sifatida faoliyat ko`rsata boshladi. Rossiya hukumati chiqargan barcha qonunlar Turkiston uchun ham tegishli edi.
SHuni aytish kerakki, RSFSR huqumati 1918 yil 1 iyunda «Arxiv ishini qayta qurish va markazlashtirish tug`risida» dekret qabul qildi. Bu dekret asosida barcha tarqoq arxivlar markazlashdi.
SHundan kelib chiqqan holda Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Komiteti «Arxiv ishini qayta qurish va markazlashtirish tug`risida» qaror qabul qildi. Bu qarorga asosan 1917 yilga qadar bulgan barcha davlat arxivlari tugatildi, arxivlar hujjatlari Turkiston reshublikasining yagona davlat arxiv jamg`armasini (YADAJ) tashkil qiladi, deb e`lon qilindi. YADAJni boshqarish uchun Turkiston Respublikasi Arxiv ishlari bosh boshqarmasi tashkil qilindi. YADAJga 1917 yil 25 oktyabrgacha bulgan barcha hujjatlar topshirilishi kerak edi.
YUqorida ta`kidlangan qarorga binoan arxiv hujjatlarini yuq qilish tartibi urnatildi. Davlat idoralari Arxiv ishlari Bosh boshqarmasi ruxsatisiz uz hujjatlarini yuq qilish huquqiga ega emas, deb kursatildi.
2.Sovet idoralarida tashkil bulgan hujjatlar YADAJning tarkibiy qismi deb kursatildi. Bu hujjatlarni Arxiv ishi Bosh boshqarmasi nazorat qshshb turishi topshiriddi. Bu boshqarma Maorif xalq komissarligi huzurida edi.1919 yil 15 noyabrda Turkiston respublikasi Maorif xalq komissarligi qaroriga binoan Arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi tuzildi va V. N. Kucherbaev boshqarma boshlig`i etib tayinlandi.
Tez orada RSFSR Bosh arxividan Toshkentga vakil qilib D. I. Nechkin yuborildi. Turkkomissiya uni Turkiston Respublikasi Arxiv ishlari Markaziy Boshqarmasi boshlig`i qilib tayinladi. D. I. Nechkin MIKning arxiv tugrisidagi qaroriga uzgartirish kiritadi. Muhim uzgarish shu buldiki, Turkiston Respublikasi Arxiv ishlari boshqarmasi boshlig`i RSFSR Bosh arxivi roziligi bilan Turkiston Respublikasi Maorif kalq komissarligi qarori bilan tayinlanadi, deb ko`rsatildi. Bu bilan Turkiston Respublikasi huquqi, shubhasiz, cheklandi.
Arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi quyidagi bo`limlardan iborat edi: boshqarma boshlig`i huzuridagi kengash, ish boshqarmasi, ilmiy statistika bulimi, inspektsiyatahririyat kengashi, davlat arxivlari bulimi.
Kengash maslahat organi bulib, bulimlar rejalari, hisobotlarini eshitgan, ularning faoliyatini yunaltirib turgan, ilmiy, uslubiy ishlarni tasdiqlagan va arxiv tug`risidagi qonun loyihalarini kurib chiqish bilan shug`ullangan.
Inspektsiya davlat tashkilotlari ish yuritishini va arxivlari ishini nazorat qilgan.
Ilmiy statistika bulimi arxivlar haqida ma`lumotlar yigish va uslubiy qullanmalar tayerlash bilan mashg`ul bulgan.
Davlat arxiv bulimi 8 ta sektsiya va 4 bulimdan iborat edi. Bulimlar quyidagilardan iborat bulgan:
1bulim - ma`muriy diplomatik (yuridik sektsiyalarni birlashtiradi);
2bulim - harbiy sektsiya;
3bulim - maorif va iqgisodiet;
4bulim - tarixiy inqilobiy sharq va matbuot sektsiyalari.
Davlat arxivi jamgarmasiga faqat 1917 yildan oldinga tashkilotlar arxiv hujjatlarigina emas, balki sovet tashkiyaotlari arxiv hujjatlari ham yig`ila boshlandi. Tashkilotlarda hujjatlar 5 yil saqlanishi va keyin Davlat arxivig`a toshpirilishi belgilandi. Bu qoida 1921 yil 30 sentyabrdan kuchga kirdi.
3.Joylarda viloyat arxiv jamg`armalari tashkil qilindi. Masalan, 1920 yil martda Fargonada, 1920 yil iyunda-Samarqandda, shu yil noyabrida—Ettisuvda, 1921 yil martda—Zakaspiyda ana shunday arxiv jamgarmalari tashkil qilindi.
Mahalliy arxiv tashkilotlari Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti (XKS)ning 1921 yil 25 yanvardaga «Viloyat arxiv jamgarmalari tug`risida»gi qaroriga asosan qonuniy jihatdan rasmiylashdi. Bu qarorga kura viloyat hududidagi barcha idoralarning ish yuritish hujjatlari viloyat davlat arxivi jamg`armasining tarkibiy qismi hisoblanadi, deb kursatildi.
Markaziy va mahalliy arxiv tashkilotlarining muhim vazifasi arxiv hujjatlarini qidirib topish va yigish edi. 1920—1921 yillari 500 dan ortiq jamg`armalar (fondlar) hisobga olindi. 1921 yil oxirigacha davlat arxiv jamg`armalariga 157 ta harbiy va fuqaro tashkilotlari 305 mingdan ortiq hujjatlarini topshirdilar. 1922 yili 83 ta tashkilot tomonidan 200 mingga yaqin hujjat topshirildi.
Turkiston Respublikasi XKSning 1921 yil 25 yanvardagi qaroriga binoan arxivlarda e`lon qilingan qulezma hujjatlargana emas, balki—nashr qilingan materiallar va foto hujjatlar ham yig`ila boshlandi (varaqalar, xitobnomalar, kitoblar va risolalar). Arxiv hujjatlarini saqlash choralari kurildi. Hukumatning 1921 yil 23 iyundagi buyrug`i bilan hujjatlarni yuq qilish man qilindi.
Arxiv tashkilotlari hujjatlarni qabul qilish bilan birga ularni tartibga keltirish ishlari hamda arxiv hujjatlaridan foydalanib ularni baen qilish bilan shug`ullandilar. Arxiv hujjatlarning ruyxatini tuzishdan oldin bu hujjatlar kerak va keraksizlarga ajratilib, ilmiy, amaliy ahamiyati borlarini doimiy saqlash, bunday qimmatga ega bulmaganlarini yuq qilish belgilandi, ya`ni arxiv materiallarining uziga xos ekspertizasi utkazildi. Bu masala buyichaTurkiston Respublikasi XKSning 1923 yyl 25 yanvardagi «Arxiv hujjatlarini saqlash va yuq qilish tugrisida»gi qarorida yul yuriqlar, kursatmalar berildi.
Ushbu qarorda arxiv hujjatlarini yuq qilishning quyidagi tartibi urnatilgan edi: arxiv hujjatlari tarkibidan yuq qilinadigan hujjatlarni ajratish uchun ajratish komissiyalari tuzilib, ularga Arxiv boshqarmasi va arxivi tekshirilayotgan idora vakillari kiritildi. Bu komissiya qarorini Arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi huzuridagi tekshirish komissiyasi kurib chiqib, uz xulosasini Boshqarma boshlig`i tasdig`iga havola qilardi. SHunday qilib, tashkilotlar hujjatlarini yuq qilish huquqi Arxiv idorasiga — Arxiv ishlari Bosh boshqarmasiga topshirildi. Davlat tashkilotlari uning ruxsatisiz arxiv hujjatlarini yuq qilish huquqiga ega emas edi. Arxiv xodimlari hujjatlarni yuq qilishga juda ehtibtkorlik bilan endashishardi.
YADAJ tarkibidagi arxiv hujjatlari ekspertiza qilinib, doimiy saqlash uchun ajratilgan hujjatlar tartibga solindi va ruyxatlashtirildi. 1920—1922 yillarda YADAJda 150 mingga yaqin hujjatlar ruyxatga olingan. 1924 yilga kelib butun saqlanaetgan arxiv materiallarining uchdan bir qismi tartibga solingan edi.
Arxiv hujjatlarini tartibga solish ulardan ilmiy va amaltsy maqsadda foydalanish imkonini berdi. Arxivning ilmiy xodimlari bir necha ilmiy ishlar tayerlandi. Masalan, A A. Galperin «1918 yil martda Kolesovning Buxoroga yurnshi» kabi asarini ezdi.
Arxiv tashkilotlari arxiv hujjatlari kurgazmalarini tashkil qildi, idoralarga ma`lumotnomalar berdi, hujjatlardan qiroatxonalar orqali foydalanishni tashkil qildi.
1920—1924 yillarda uslubiy qullanmalar ham ezildi. Masalan, arxiv jamg`armalarini baen qilish, tashkilotlarda joriy arxivlar ishlarini olib borish tartibi, joriy arxivlarni nazorat qilish va hisobga olish, arxiv ishlari, hujjatlarni ajratish va yuq qilish tug`risida yo`riqnomalar tuzildi. Turkiston Respublikasi arxivlarining bu ishlari arxiv nazariyasi va amalietiga muhim va salmoqli hissa bulib qushildi.
4.SHunday qilib, oktyabr’ tuntarishidan keyingi dastlabki yillarda Turkiston arxivchilari respublikada markazlashgan arxivni tashkil qilish uchun bor kuchlarini ayamadilar. Arxiv dujjatlarini tashish uchun transport va mablag bo`lmagan hollarda ularni arxivistlarning uzlari tashidilar, saqlab qolish uchun quldan kelgan barcha choralarni ko`rdilar.. Usha yillar eng ogir yillar edi. Maoshlar yarim yillab berilmas edi, lekin arxivchilar isitilmaydigan sovuq xonalarda och holda ishlasalar ham ishni tashlamay davom etgirdilar.
Turkiston Respublikasining arxiv xodimlari tuntarishdan oldingi tashkilotlarning, ya`ni Turkiston general gubernatorliga tashkilotlarining arxivlarini saqlab qolish uchun katta ishlarni bajardilar. YUqorida ta`kidlanganvdek, Turkiston Respublikasining YAgona davlat arxiv jamg`armasi tashkil qilinib, arxiv hujjatlarini yig`ishdan tashqari ularni tartibga solish, baen qilish, ulardan foydalanishni yulga quyish buyicha ham kupgina ishlar amalga oshirildi.


Tayanch so`z va atamalar:


1.YADAJ. 2.Viloyat arxiv byurolari. 3.Arxiv boshqarmasi. 4.Fondlarni jamlash.


Nazorat savollari:
1.SHo`rolar davrida arxiv ishi qanday rivojlandi?
2.Viloyat arxiv byurolarining vazifalari nimalardan iborat edi?


Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Karimov I.A. O`zbekistonning o`zistiqlol va taraqqiyot yo`li.
-T.; O`zbekiston,1992.
2.Alimov I. Arxivshunoslik. –T.; SHarq,1999.
Bo`taev A.
3.Osnovno`e pravila raboto` gosudarstvenno`x arxivov. –M.;1984.
4.Azarov A. Gosudarstvenno`e arxivo` i arxivnoe delo v soyuzno`x
respublikax. –M.;1971.
5.Dremenev D.A Gosudarstvenno`e arxivi i arxivnoe delo v soyuzno`x
respublikax. –M.;1972.
6.Kozlitin I.P. Gosudarstvenno`e arxivi respublik Sredney Azii.
-M.;1961.
7.Krayskaya J.V. Organizatsiya arxivnogo delo. –M.;1980.
8.Tilekulov G.S. Rol’ arxivov Uzbekistana v nauchnom,issledovatel’skoy
i kul’turnoy jizni respubliki(1918-1980gg.)
-T.;1985.
9.O`zbekiston Respublikasi Qonuni.Arxivlar to`g`risida. –T.;Adolat,1999.
10.Turg`unov J. Arxiv xujjatlari- bebaxo xazina. CHust.;1997.



Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish