Namangan davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi arxivshunoslik



Download 3,04 Mb.
bet3/19
Sana09.06.2022
Hajmi3,04 Mb.
#646688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Arxivshunoslik

Mavzu№3: UZBEKISTONDA 1925-40 YILLARDA ARXIV ISHI TARIXI.
Reja.
1.Kirish.
2.Milliy davlat chegaralanishidan keyingi yillarda arxiv ishi.
3.30-yillarda arxiv ishi.
4.Xulosa.


1.Ma`lumki, 1924 yili O`rta Osie respublikalari (Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalari)da «milliy davlat chegaralashshsh utkazildi. Natijada RSFSR tarkibida Uzbekiston SSR va Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (O`zSSR tarkibida), Qozog`iston' ASSR va Qirgiziston avtonom viloyati tashkil qilindi. Buiing natijasida O`zbekiston SSRning uz arxiv tashkilotlari vujudga keldi.
Arxivda hujjatlari yangi tuzilgan respublikalar urtasida quyidagi tartibda bulinadigan buldi. Urta Osie va ittifoq ahamiyatiga ega bulgan arxiv jamg`armalari O`rta Osie Markaziy arxivda Toshkentda saqlanadigan buldi; Har:bir respublikaga oid arxiv jamg`armalari shu respublikalarga beriladigan bulindi Turkiston Respublikasining YAgona davlat arxivi jamg`armasi shu tarzda bo`lindi.
2.1924 yil 28 dekabrda maxsus qaror bilan O`zSSR MIK huzurida UzSSR arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi tashkil qilindi. Uzbekiston hududida tashkil bo`lgan barcha arxivlar, masalan, Fargona, Toshkent; Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa viloyatlarda vujudga kelgan arxiv jamg`armalari UzSSR arxiv ishlari Markaziy boshqarmasiga topshirildi. SHuningdek, Urta Osie ahamiyatiga ega bulgan arxiv jamg`armalari ham Urta Osie markaziy arxivi tuzilmaganligi uchun Uzbekiston arxiv boshqarmasiga topshirildi. CHunki bu Urta Osie arxiv jamg`armalarya Toshkentda vujudga kelgan edi. SHunday qilib, UzSSR arxivada faqat respublika tarixiga oid hujjatlargina emas, balki butun Urta Osie tarixiga doir materiallar saqlana boshladi.
UzSSR MIK va XKSning 1925 yil 22 iyul’ qarori bilan «UzSSR arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi tug`risida»gi nizom tasdiqlandi. Bu nizomga kura respublikada YAgona davlat arxiv jamg`armasi (YADAJ) tashkil qilindi. Bu jamgarmaga hukumat, savdo, sanoat, kooperativ, kasaba uyushmalari tashkilotlari arxivlari, shuningdek, diniy va shaxsiy arxivlar kiritiladi, deb kursatildi.
Viloyatlarda viloyat arxiv byurolari tashkil etildi. 1925 yilda Farg`ona, Samarqand, Toshkent, Zarafshon viloyat arxiv byurolari, 1926 yilda esa Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari arxiv byurolari ochildi.
1925—1930 yillarda arxivlarda ishlaydigan xodimlar soni qisqartirildi. CHunki bu yillarda SSSRda, shuningdek UzSSRda ham industrlashgirysh siesati ўtkazilib, butun mablag` qat’iy tejalgan hoyada industrlashtirishga sarflangan edi. SHu sababli Arxiv boshqarmasida 1924 yildagi 46 xodim urniga 1925^1930 yillari boryug`i 17 kishi ishladi. Bu hol arxiv tashkilotlari faoliyatiga salbiy ta`sir kursatdi. Arxiv hujjatlarini tartibga solish ishlari, ulardan foydalanishni tashkil etish sur`ati ancha pasaydi.
Qiyinchiliklarga qaramay arxiv tashkilotlari xodimlari hujjatlarni saqlab qolishni uzlaryning muhim vazifalari deb bildiyaarl Arxivlar Urta Osieda miyaliy davlat chegaralanishynshi' utkazilishi, Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalaryuishg tugatilishi munosabati bilan bu respublikalar davlat idoralari arxiv materiallarini qabul qilish, ularni respxblika poytaxti Samarqandga tashib borish ishlarini amalga opshrdilar. Faqat 1925 yil yanvar’ oyining uzida Markaziy arxivga 50 mingga yaqin saqlov birligidaga arxiv materiallari qabul qilivdi.
Arxiv hujjatlarini Markaziy arxivga yig`ish ishlari keyingi yillarda ham davom etdi. 1925—1929 yillarda 134 arxiv jamg`armasi qabul qilindi. 1929 yili Markaziy arxivda 863 arxiv jamg`armasi va 764 ming hujjat jamlangan edi. Viloyatlar arxivlarida 924 arxiv jamg`armasi va 994 ming hujjat saqlanardi. SHuni ta`kidlash kerakki, arxiv xodimlari kam bўlganligi sababli davlat arxivlaridagi hujjatlarning yarmidan kўpi tartibga solinmagan, baen qilinmagan edi. Tabiiyki, bunday hodda ulardan foydalanshpning ham imkoni bulmagan. SHuning uchun davlat tashkilotlarining uz arxivlarini tartibga solib, ruyxat tuzib ularni davlat arxivlariga (Markaziy va viloyat arxivlariga) topshirish talabi quyildi.
1923 yil dekabrda Turkiston hukumatn barcha idora va tashkilotlarga uz hujjat arxivlarini tartibga solib, ruyxat bilan davlat arxiviga topshirishni yuklagan edi.

  1. yil may oyida UzSSR MIK Prezidiumi UzSSR arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi ma`ruzasini eshitdi. qabul qilinngan arorda shu uqtirildiki, Markaziy arxiv tomonidan amalga oshirilaetgan ishlar uning oldiga ilmiy tashkilot sifatida quyilgan talablarga javob bermaydi. Ma`ruzada Markaziy arxiv uz faoliyatiga idmiy tadqiqot ishlariga, hujjatlarni e`lon qilishga, maxsus hujjatlar tupamlari tayerlashga alohada e`tibor berishi kerak, deb kursatib, utildi.

  2. 3.1930 yil ,9 aprelda O`zSSR MIK Prezidiumi qarori bilan O`zSSR arxiv ishlari boshqarmasi O`zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi deb uzgartirildi.

Sovet davri arxivlarining kupayib borishi bilan SSSR MIK va XKS qarori bilan 1929 aprelda Davlat arxiv jamgarmasi kelib chiqishi buyicha inqilobgacha va sovet davri arxiv jamg`armalariga hamda ahamiyati buyicha markaziy, mahalliy arxiv jamg`armalariga bulindi.
1931 yil 20 mayda UzSSR MIK UzSSR Markaziy arxiv boshqarmasi va uning mahalliy idoralari tug`risidagi nizom haqida qaror qabul qilindi.
O`zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi huzurida1 UzSSR Oktyabr inkilobi Markaziy davlat arxivi va O`zSSR Markaziy tarix arxivi tashkil qilindi. Fargonada va Samarqand shaharlarida ularning bo`limlari tashkil etildi. SHahar va tumanlarda zarur hollarda tuman va shahar davlat arxivlari tashkil qilishga qaror qilindi.
Arxiv ishlarini qayta qurishga bagishlangan hujjatning yuqoridagi qarorida davlat arxiviga qo`lyozma hujjatlar bilan birga kinofotofonohujjatlar ham topshiriladi deb ko`rsatildi. Idora, muassasa va korxonalar hujjatlarini davlat arxivlariga oldingi besh yil ZFniga tashkil bo`lgandan 10 yil keyin topshirish qoidasi joriy qilindi. Tuman tashkilotlari o`z Xujjatlarini 3 yildan keyin topshirishlari kerak edi.
qarorda idoralarning davlat arxiviga faqat doimiy saqlanadigan hujjatlarinigina toshpirishlari uqgirildi. Vaqgincha saqlanadigan (masalan, 3—10 yil) hujjatlarni idoralarning uzlari maxsus komissiya tuzib yo`q qilipsh ta`kidlandi.
Bu qoida davlat arxivlari ishini ancha engillashtirdi. SHuningdek, qarorda Buxoro, Xorazm xonliklari va respublikalari hujjatlaridan vaqtincha saqlanadigan hujjatlarni yuq qilish man'etildi.
1931 yiya 20 maydagi hukumat qaroriga asosan kasaba uyushma arxivlari Markaziy Davlat arxivi Tarkibiga kiritilgan edi. 1933 yili UzSSR kasaba
uyushmasi harakati Markaziy arxivi tashkil qilindi. SHu munosabat bilan Turkiston va O`zbekiston Respublikalari kasaba uyushmalari tashkilotlari
arxiv jamg`armalari markaziy davlat arxividan ajratilib yangi arxivga berildi. Bu arxiv 1942 yilgacha faoliyat kursatdi va yana MDAga qushib yuboril
di.
1934 yil iyulda SSSR MIK qarori bilan O`zbekiston Markaziy Davlat arxiv boshqarmasi tarkibida Uzbekiston harbiy arxivi tashkil qilindi. 1945
yil oxirida bu arxiv tugatildi va barcha arxiv jamgarmalari Moskvadagi SSSR qizil Armiya Markaziy davlat arxiviga toshpirildi. !
O`zSSR tarkibida Qoraqalpog`iston ASSRning tashkil bo`lshpi munosabati bilan 1934 yil 11 martda QQASSR Markaziy arxiv boshqarmasi tuzildi.
1935 yil mahalliy arxivlar tarixida katta voqea sodir buldi. SSSR MIK shu yili barcha tumanlarda tuman davlat arxivlarini tuzishni tavsiya qildi. UzSSR MIKning 1935 yil 21 dekabr’ qaroriga binoan respublikaning barcha shahar va tumanlarida davlat arxivlari tashkil qilindi. 1936 yili respublikada 31 ta tuman davlat arxivlari va arxivi bulmagan shaharlarda shahar davlat arxivlari tuzildi.
1938 yil yanvarida Farg`ona, Toshkent, Samarqand,Buxoro viloyatlari qayta tashkil buldi. SHu munosabat bilan 1938 yil iyunda shu viloyatlarda arxiv boshqarmalari tuzildi.
1939 yili respublika arxiv tashkilotlari UzSSR MIK huzuridan O`zSSR ichki ishlar xalq komissariati (IIXK) qaramog`iga utkazildi. Ma`lumki, NKVD deb nomlangan bu tashkilot 30yillardagi
qatag`onlarnn utkazgan. Uning roli, ahamiyati ortibketishi va arxiv hujjatlari bu tashkilotga kuproqkerak bulishi sababli SSSRda va UzSSRda arxivlar IIXKga utkazildi. SHu munosabat bilan UzSSR
Markaziy arxiv boshqarmasi urniga UzSSR ichkiishlar xalq komissariati arxiv bulimi tashkil qilindi. Joylarda esa viloyat IIXK boshqarmalarining viloyat arxiv bulinmalari va viloyat davlatarxivlari tuzildi.
30yillarda respublika arxiv tashkilotlari kadrlar bilan ham ancha mustahkamlandi. 1929 yil arxiv tashkilotlarida hammasi bulib 34 xodim ishlagan bulsa, 1941 yilga kelib ularning soni 111 taga etdi. SHuningdek arxiv xodimlarining malakasini oshirishga ham e`tibor berildi. 1932—1941 yillarda Moskva davlat tarixarxiv instituti qoshidagi malaka oshirish kursiga 18 kishi yuborildi. Toshkentda Markaziy arxiv boshqarmasi qoshidagi malaka oshirish kursida tuman, shahar, viloyat arxivlari xodimlari muttasil malakalarini oshirib bordilar.
Arxiv xodimlarining asosiy vazifalaridan biri tashkilotlardan hujjatlarni davlat arxivlariga qabul qilish, ularni tartibga solish va ilmfan uchun ulardan foydalanishni tashkil qilish edi. Bu sohada ancha ishlar qilindi. 1936 yili respublika arxivlarida 1534 ta arxiv jamg`armalari va 1 mln. 001 ming 680 saqdov birligida hujjatlar saqlanardi. 1941 yilga kelib jamg`armalar soni 4116 taga etdi, hujjatlar esa 1 mln. 580 ming 450 saqlov birligidan oshib ketdi. Bu hujjatlarning yarmidan kupi tartibga solingan bўlib, ulardan foydalanish mumkin edi.
Arxiv tashkilotlari 30yillarda arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadtsa foydalanshpga alohida e`tibor berdilar. 1935—1936 yillarda 200 dan ortiq maqolalar matbuotda e`lon qilindi. 1932 yili «Urta osieda 1916 yil qo`zg`oloni» deb nomlangan hujjatlar tuplami e`lon qshshndi. 1933—1934 yillari «Toshkent sovetining 1917 yilgi protokollari», «Urta Osieda milliy davlat chegaralanishi» nomli hujjatlar tuplamlari tayerlandi.
Arxiv hujjatlaridan boshqa maqsadlarda ham foydalanildi. Har yili arxiv hujjatlarining kurgazmalari tashkil qilinib, namoyish etildi. Markaziy arxiv qiroatxonasida har yili yuzlab olimlar ilmiy ishlari uchun hujjatlardan keng foydalandilar.
4.SHunday qilib 1925—1940 yillarda arxiv tashkilotlari tashkiliy jihatdan ancha mustahkamlandi.Davlat arxivlari tizimi vujudga keldi. Markaziy,
viloyat, tuman davlat arxivlari tashkil qilindi. 30yillarda kuplab yangi hujjatlar davlat arxivlarigayig`ildi, tartibga solindi. Bu hujjatlardan ilmiy-tadqiqot ishlarida keng foydalanildi.

Tayanch so`z va atamalar


Milliy davlat chegaralanishi,YAgona davlat arxiv fondi,ekspertiza,
Markaziy arxiv boshkarmasi,Markaziy tarix arxivi,Xarbiy arxiv.

Nazorat savollari
1.Milliy davlat chegaralanishi arxivlar oldiga qanday vazifalarni
qo`ydi?
2.1925-1940 yillarda qanday arxivlar tashkil etildi?
3.Tuman arxivlarining tashkil etilishi qanday axamiyatga ega bo`ldi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Karimov I.A. O`zbekistonning o`zistiqlol va taraqqiyot yo`li.
-T.; O`zbekiston,1992.
2.Alimov I. Arxivshunoslik. –T.; SHarq,1999.
3.Osnovno`e pravila raboto` gosudarstvenno`x arxivov. –M.;1984.
4.Azarov A. Gosudarstvenno`e arxivo` i arxivnoe delo v soyuzno`x
respublikax. –M.;1971.
5.Dremenev D.A Gosudarstvenno`e arxivi i arxivnoe delo v soyuzno`x
respublikax. –M.;1972.
6.Kozlitin I.P. Gosudarstvenno`e arxivi respublik Sredney Azii.
-M.;1961.
7.Krayskaya J.V. Organizatsiya arxivnogo delo. –M.;1980.
8.Tilekulov G.S. Rol’ arxivov Uzbekistana v nauchnom,issledovatel’skoy
i kul’turnoy jizni respubliki(1918-1980gg.)
-T.;1985.
9.O`zbekiston Respublikasi Qonuni.Arxivlar to`g`risida. –T.;Adolat,1999.
10.Turg`unov J. Arxiv xujjatlari- bebaxo xazina. CHust.;1997.

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish