Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/109
Sana01.11.2022
Hajmi2,32 Mb.
#859026
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109
Bog'liq
91c2fe9dd114c466f1a622cb1b16ad76 O`quv qo`llanma

mutlaq ustunlikka ega,
ammo Portugaliya vino ishlab chiqarish bo’yicha nisbiy 
ustunlikka ega. 
Shunday qilib, nisbiy ustunlik - bu shu haqidagi tasdiqki, mamlakat uchun u eng 
katta samaradorlikka erishgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi kerak va 
17 


ul ami mamlakatning ustunligi minimal bo’lgan tovarlarga ayirboshlagan holda eksport 
qilishi kerak. 
Oxirgi o’n yilliklarda jahon savdosida xalqaro savdoning klassik nazariyalari 
bilan tushuntirib bo’lmaydigan sezilarli o’zgarishlar ro’y bermoqda. Bunday 
vaziyatning yuzaga kelishi mavjud nazariyalarni rivojlantirishni va Shuningdek 
muqobil nazariy konqepqiyalarni ishlab chiqishga da’vat etadi. 
Mahsulotning xayotiylik davri nazariyasi. 60-yillarning o’rtalarida amerikalik 
iqtisodchi R.Vernon mahsulotning hayotiylik davri nazariyasini olg’a surdi. Ushbu 
nazariyasida R. Vernon tayyor mahsulotlar jahon savdosining rivojlanishini ularning 
xayotiy bosqichlari asosida, ya’ni mahsulot bozorda xayotga ega va sotuvchining o’z 
maqsadlariga erishishini ta’minlashi vaqt davri asosida tushuntirishga harakat qildi. 
Mahsulotning xayotiylik davri to’rtta bosqichni o’z ichiga oladi, ya’ni tadbiq 
etish, o’sish, yetuklik va pasayish. 
Birinchi bosqichda mamlakat ichida yuzaga kelgan ehtiyojni hisobga olgan holda 
yangi mahsulotni ishlab chiqarish yuz beradi. Shuning uchun ushbu bosqichda yangi 
mahsulotni ishlab chiqarish kam seriyali xarakterga ega bo’ladi, yuqori malakali 
mutaxassislarni talab etadi hamda yanglik kashf 
etilgan mamlakatda 
konqentraqiyalanadi. Ishlab chiqaruvchi esa deyarli monopol mavqega ega bo’ladi va 
mahsulotning kichik qismigina tashqi bozorga chiqariladi. Yetuklik davrida ko’p 
seriyali ishlab chiqarish oldingi o’ringa chiqadi. Raqobat kurashida esa narx omili 
birlamchi ahamiyat kasb eta boshlaydi. Ushbu bosqichda bozorlarning kengayib borishi 
va texnologiyaning tarqalishi natijasida yanglik kashf etilgan mamlakat raqobat 
ustunligiga ega bo’lmay qoladi. Ishlab chiqarish ishchi kuchi arzon bo’lgan 
rivojlanayotgan mamlakatlarga ko’cha boshlaydi. Standartlashtirilgan ishlab chiqarish 
jarayonlarida arzon ishchi kuchidan samarali foydalanish mumkin. Mahsulot xayotiylik 
davri pasayish bosqichiga o’tishi munosabati bilan unga bo’lgan talab qisqaradi. Bu 
holat ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda kuzatiladi. Mahsulotni ishlab chiqarish va uni 
sotish asosan rivojlanayotgan mamlakatlarda to’planadi. Mahsulot yaratilgan mamlakat 
esa sof importyorga aylanadi. Mahsulotning hayotiylik davri nazariyasi ko’pchilik 
tarmoqlar evolyuqiyasini ifodalab beradi, ammo ushbu nazariya xalqaro savdo rivoji 
tendenqiyalarining universal ta’rfi hisoblanmaydi. 
Miq’yos ta’siri nazariyasi. 80 
- yillarning boshlarida P.Kryugman, 
K. Lankaster va ayrim boshqa iqtisodchilar klassik nazariyaga muqobil ravishda, 
miq’yos ta’siriga asoslangan xalqaro savdo nazariyasini taklif etdilar. 
“Mikroiqtisodiyot” kursidan yaxshi ma’lum bo’lgan miq’yos ta’siri tushunchasining 
mohiyati Shundan iboratki, aniq bir yaratilgan texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil 
etishda mahsulot chiqarish hajmi o’sgan sari uzoq muddatli o’rtacha xarajatlar 
qisqaradi, ya’ni ommaviy ishlab chiqarish natijasida iqtisodi qilish holati yuzaga keladi. 
Mazkur nazariya mualliflarining nuqtai nazariga ko’ra ko’pgina mamlakatlar 
(xususan sanoati rivojlangan) asosiy ishlab chiqarish omillari bilan bir biriga yaqin 
bo’lgan nisbatda ta’minlanganlar. Ushbu sharoitda ular uchun miq’yos ta’siriga ega 
tarmoqlarga ixtisoslashgan holda o’zaro savdo aloqalarini yo’lga qo’yish manfaatli 
hisoblanadi. Bunday ixtisoslashish ishlab
chiqarish xajmining oshishiga,
mahsulotni 
eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishga va natijada uning narxi past bo’lishiga 
18 


imkon beradi. Ommaviy ishlab chiqarish ta’siri amalga oshishi uchun yetarli darajada 
keng bozor talab etiladi. Xalqaro savdo esa bunda xal qiluvchi rolni o’ynaydi. Chunki u 
mahsulot sotiluvchi bozorlarni kengayishiga imkon yaratadi. Boshqa so’zlar bilan 
aytganda, xalqaro savdo yagona integraqiyalashgan bozorni vujudga keltiradi va bu esa 
o’z navbatida alohida olingan mamlkat bozoridan ko’ra iste’molchilarga ko’proq 
miqdordagi mahsulotni arzonroq narxda taklif qilish imkoniyatini tug’ bilan diradi. 
Biroq shular bilan bir qatorda miq’yos ta’sirining amalga oshirilishi sof raqobat 
muhitining buzulishiga olib kelishi mumkin 
Omillarning parametrlari. Har bir mamlakat u yoki bu aarajada ishlab chiqarish 
omillariga ega bo’ladi (Xeksher-Olin modeli). omillar avvaldan mayjud bo’lishi, 
Shuningdek inson faoliyati natijasida yratilishi mumkin. Shuning uchun raqobat 
ustunligiga erishish va uni rivojlantirish uchun iafaqat mayjud omillar zahirasi, balki 
uning yratilishi tezligi ham muhimdir. Bundan tashqari omillarning ortiqchaligi raqobat 
ustunligini yo’qotilishiga
olib kelishi,
ularning yetishmasligi esa, aksincha, 
yangilanishni yuzaga keltirishi va bu bilan uzoq muddatli raqobat ustunligiga olib 
kelishi mumkin. Shunday bo’lsada omillar bilan ta’minlanganlik o’ta muhim ahamiyat 
kasb etadi va Shuning uchun ham u birinchi parametrdir (nson resurslari, moddiy 
resurslar, bilim resursi, moliyaviy resurslar, infratuzilma). Omillar turli tarmoqlarda 
turli miqdorlarda qo’laniladi. Firmalar o’z ixtiyorlarida o’z tarmoqlaridagi raqobat 
kurashida zarur bo’ladigan arzon va yuqori sifatli omillarga ega bo’lsalargina raqobat 
ustunligiga erishadilar. 
Ikkinchi
parametr 
bu - omillar ierarxiyasidir. Omillar asosiy (tabiiy resurslari, 
iqlimiy sharoitlar, geografik joylashuv, malakasiz ishchi kuchi va h.k.) va rivojlangan 
(zamonaviy infratuzilma, malakali ishchi kuchi va h.k.), umumiy (barcha tarmoqlarda 
qo’llash mumkin bo’lgan) va ixtisoslashgan (aynan ixtisoslashgan omillar raqobat 
ustunligi uchun ko’rinarli va uzoq muddatli asos bo’ladi) omillarga ajratiladi. Omillarni 
o rganish - uchinchi parametr. Omillar, ular tabiiy yuzaga kelganliklari va sun’iy 
ravishda yaratilganliklari bilan farqlanadilar. Yuqori darajadagi raqobat ustunligiga 
erishishga ko’mak beruvchi barcha omillar sun’iy omillardir. Mamlakatlar, ular zarur 
omillarni eng maqb ul tarzda yarata oladigan va mukammalashtiradigan 
tarmoqlardagina muvaffaqiyatga erishadilar. Talab parametrlari. Ichki bozordagi talab 
miq’yos ta’siri vositasida yangiliklarning tadbiq etilishining xarakterini va tezligini 
belgilaydi. Talab quyidagilar bilan tavsiflanadi: 
>
tuzilishi bilan; 
>
o’tish xarakteri va hajmi bilan; 
>
baynalminallashuv bilan. 
Talab quyidagi asosiy xususiyatlarga ega bo’lgan taqdirdagina, firmalar raqobat 
ustunligiga erishishi mumkin bo’ladi: 
S ichki talabning katta ulushi bozorning global segmentlariga to’g’ri kelsa; 
S xaridorlarning yuqori talablari firmalarni yana ham sifatli mahsulot 
tayyorlashga, hizmatlarni ko’rsatishga hamda tovarning iste’mol 
xususiyatlarini oshirishga majbur qilsa; 
S mahsulot yaratilgan mamlakatda talab boshqa mamlakatlarga nisbatan erta 
yuzaga kelsa. 
19 


Yaqin va qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlar. Milliy raqobat ustunligini aniqlovchi 
uchinchi determinant - bu mamlakatda jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan yetkazib 
beruvchi yoki aralash tarmoqlarning mavjudligidir. Raqobatbardosh yetkazib beruvchi 
tarmoqlar mayjud bo’lganda: 

qimmatbaho resurslarga samarali va tez yetishish; 

ichki bozorda yetkazib beruvchilarni muvofiqlashtirish; 

yangilik kiritish jarayoniga yordam ko’rsatish mumkin bo’ladi. Milliy 
firmalar, 
ularning 
mol 
yetkazib 
beruvchilari 
jahon 
bozorida 
raqobatbardosh bo’lsalar, ko’proq foyda oladilar. 
Firmalar strategiyasi, tuzilmasi va raqobati. Firmalar ichki bozordagi raqobat
 
xususiyatiga qarab tuziladi,
 tashkil etiladi, hamda boshqariladi va kunda turli strategiya 
va maqsadlar ishlab chiqiladi. Bularning barchasi firmaning raqobat ustunligiga 
bevosita ta’sir ko’rsatadi. 
Tashqi iqtisodiy shartnomalarga pudrat shartnomalari, sanoat ob’ektlari qurishda 
texnik yordam berish bo'yicha turli xizmatlar ko’rsatish shartnomalari, Shuningdek 
tashki savdo tovarlar oldi-sotdisi bo'yicha shartnomalar kiradi. Quyida tashki savdo 
tovarlar oldi-sotdisi boyicha shartnomalar xaqida so'z boradi. Xalqaro tovarlar oldi- 
sotdisi bo'yicha shartnomalar xaqidagi 1980 yilgi Vena konferentsiyasi bunday 
shartnomalar deganda tijorat korxonalari turli davlatlarda joylashgan tomonlar urtasida 
tuzilgan oldi-sotdi shartnomalarini tushunadi. Oldi-sotdi shartnomalarining turli 
shakllari mavjud. Bir martalik yetkazib berish shartnomasi - bir martalik kelishuv 
bo’lib, unda ma’lum kunda, ma’lum vaqt mobaynida, ma’lum davrda kelishilgan 
miqdordagi tovar yetkazib berish nazarda tutiladi. Tovar yetkazib berish belgilangan 
vaqt mobaynida bir yoki bir necha marta amalga oshiriladi. Majburiyatlar bajarilgandan 
keyin shartnoma amal qilishdan to'xtaydi. Bir martalik shartnomalar qisqa muddatli va 
uzoq muddatli bo’lishi mumkin. 
Doimiy yetkazib berish shartnomalari - shartnomada kelishilgan muddat 
mobaynida ma’lum miqdorda doimiy ravishda tovar yetkazib berishni nazarda tutadi. 
Bunda muddat qisqa muddatli (odatda bir yil) va uzoq muddatli (5-10 yil, ayrim 
hollarda undan ham ko'proq) bo’ladi. 
Majmua uskunalari yetkazib berish bo'yicha shartnomalar - uskunalar eksporteri 
va oluvchi-importerlar, Shuningdek bunday yetkazib berishlarni to'ldirishda 
qatnashuvchi ixtisoslashgan firmalar o'rtasida aloqa mavjudligini nazarda tutadi. Bunda 
bosh yetkazib beruvchi toliq majmua
va o'z vaqtida yetkazib berish,
Shuningdek sifat 
uchun javob beradi. 
Tovar uchun xaq to'lash shakliga qarab pul bilan xaq to'lash va to liq yoki 
qisman tovar shaklida xaq to'lash shartnomalari farqlanadi. Pul bilan xaq to'lash 
shartnomalarida tomonlar kelishgan valyuta, shartnomada nazarda tutilgan tulov 
usullari (naqd pul, avansli va kreditli tulov) va hisob-kitob shakllari (inkasso, 
akkreditiv, chek, veksel) qo'llaniladi. 
Hozirgi paytda aralash shakldagi to' lov shartnomalari keng tarqalgan. Masalan, 
maqsadli kredit shartlarida korxonani “kalit ostida” qurishda to'lov qisman pulda 
qisman tovar shaklida amalga oshiriladi. Bizning mamlakatimizda barter kelishuvlari - 
bir tovarni boshqa tovarga oddiy, kelishilgan miqdorda ayirboshlashni nazarda tutuvchi 
tovar ayirboshlash va urinni to'ldirish kelishuvlari keng tarqalgan. Bu 
20 


ke lishuvlarda yo o'zaro yetkazib beriladigan tovarlar miqdori yoki qanday summaga 
teng tovar yetkazib berilishi belgilanadi. 
Oddiy orinni to'ldirish kelishuvi - tovar ayirboshlash kelishuvi kabi teng 
qiymatdagi tovarlar yetkazib berishni nazarda tutadi. Ammo tovar ayirboshlash 
kelishuvidan farqli ravishda oddiy orinni toldirish kelishuvida tomonlar tomonidan 
narxlarning o'zaro kelishib olinishi ham ko'zda tutiladi. Bunday kelishuvda odatda 
ikkita emas, bir necha tovarlar ko’rsatiladi. 
Xalqaro tijoriy shartnomalarning tomonlari kontragentlar deb ataladi. Xalqaro 
tijoriy operaqiyalarining asosiy qismi firmalar tomonidan amalga oshiriladi. Firma 
deganda sanoat, savdo, qurilish, transport va qishloq xo'jaligida foyda olish maqsadida 
xo'jalik faoliyati yurituvchi korxona tushiniladi. Har bir firma o'z mamlakatining savdo 
ruyxatida ruyxatga olinadi. Jaxon xo'jaligida ishtirok etuvchi korxonalar quyidagilarga 
bo’linadi: 1) xo'jalik faoliyati ko'rinishi va amalga oshirilayotgan operatsiyalarning
 
xarakteriga kura;
2) xuquqiy holatiga ko'ra; 3) mulk ko'rinishiga ko'ra; 4) milliy 
kapitalga tegishliligiga ko'ra; 5) faoliyat sohasiga ko'ra. 
Birinchi guruhga sanoat, savdo, transport, transport-ekspeditorlik, sug'urta, 
injniring, ijara, turizm, reklama va boshqa sohalardagi firmalar. 
Ikkinchi guruhga shaxsiy tadbirkorlar va tadbirkorlar birlashmalari kiradi. 
Uchinchi guruhga xususiy, davlat va kooperativ firmalar kiradi. 
Turtinchi guruhga milliy, xorijiy va kushma firmalar kiradi. 
Beshinchi guruhga xalqaro sohada faoliyat ko’rsatuvchi firmalar - avvalo 
transmilliy korporaqiyalar kiradi. 
Afsuski, ushbu ish xajmi har bir tushuncha mohiyatini ochib berish imkonini 
bermaydi. 
Tashqi iqtisodiy shartnomalarni tartibga solishda mintakaviy va universal 
xarakterdagi xalqaro shartnomalar katta rob uynaydi. 
Tashqi iqtisodiy shartnomalarni tartibga soluvchm qator xalqaro kelishuvlar 
mavjud. Bu birinchi navbatda “xalqaro tovarlar oldi-sotdisi xaqidagi bir xil qonun 
xaqidagi” va “xalqaro tovarlar oldi-sotdisi tuzish tartibi xaqidagi bir xil qonun 
xaqidagi” 1964 yilda Gaaga konvensiyasidir. Bu konvenqiyalarga kam sonli davlatlar 
imzo chekkanlari uchun ular keng tarqalmagan. O’zbekiston bu konvenqiyaga a’zo 
emas. BMTning 1980 yildagi xalqaro tovarlar oldi-sotdisi xaqidagi konvensiyasi 
(quyida 1980 yilgi Vena konvenqiyasi) katta ahamiyatga ega. 
Ushbu konvensiya universal va kelishuvchanlik xarakteriga ega chunki unda 
turli xuquqiy tizimlarning tamoyillari hamda rivojlanayotgan davlatlarning yangi 
xalqaro iqtisodiy tartib o’rnatilishidan mafaatdorligi e’tiborga olingan. 1964 yilgi 
Gaaga konvensiyasi Vena konvensiyasiga qo'shilgan. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish