Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/109
Sana01.11.2022
Hajmi2,32 Mb.
#859026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
Bog'liq
91c2fe9dd114c466f1a622cb1b16ad76 O`quv qo`llanma

1-
 
MAVZU. RAQOBAT NAZARIYASI EVOLYUTSIYASI 
Reja: 
1“Xalq bilan muloqot va inson manfatlari yili” Davlat dasturiga kirgan ustuvor 
vazifalar va ularni amapga oshirishning iqgisodiy asoslari 
2.
«Hozirgi zamon raqobat nazariyalari» kursiga kirish. 
3.
Raqobat bozor iqtisodiyotini xarakatga keltiruvchi mexanizm.. 
4.
Raqobat nazariyalari evolyutsiyasi. 
5.
Raqobat vazifalari. Yangicha erkin raqobat bosqichi. 
Tayanch so'z va iboralar

Fanning mohiyati va vazifalari, raqobat, iqgisodiy kategoriya, 
raqobatning mohiyati. F.Perru, A.Smit(1723-1790), A.Marshall (1842-1924)). Raqobat bosqichlari, 
bozor 
raqobati. 
natural xojalik, tovar xo’jaligi, monopol raqobat, qonun-qoidalar, 
tsivilizatsiyalashgan raqobat, raqobat turlari, raqobat vositalari, raqobat usullari, halol raqobat, g 
irrom raqobat, Gomogen (differentsiallanmagan) raqobat, geterogen (differentsiallangan) raqobat. 
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik shov-shuv, muammoli ta’lim, B/B/B jadvali, munozara
Venn diagrammasi, T-sxema, o’z-o’zini nazorat Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, A5, A6, A7. 
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining “Xalq bilan muloqot va inson 
manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida iqtisodiyot tarmoqlari uchun 
samarali raqobat muhitini yaratish hamda mahsulotlar va xizmatlar bozoridagi 
monopoliyani bosqichma-bosqich qisqartirish zarurligi alohida belgilangan. 
“O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va 
qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonun loyihasi ayni boradagi vazifalar ijrosini 
ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. U bilan “Raqobat to’g’risida”gi, “Mas’uliyati 
cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi va “Aktsiyadorlik 
jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonunlarga 
hamda Fuqarolik kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda. 
Qonun loyihasining asosiy maqsadi raqobatni cheklovchi kelishilgan harakat va 
kelishuvlarni aniqlash mexanizmini takomillashtirish, tadbirkorlik sub’ektlari 
tomonidan aktsiya (ulush)larni olishda monopoliyaga qarshi organ bilan kelishish 
tartibini soddalashtirish, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlari, Shuningdek, unitar 
korxonalarning asosiy jamiyat ustav kapitalida ishtirok etishini taqiqlash yo’li bilan 
yuzaga kelishi mumkin bo’lgan manfaatlar to’qnashuviga barham berishdan iborat. 
Loyiha normalarining qabul qilinishi raqobat va korporativ boshqaruv sohasidagi 
qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali O’zbekistonning Jahon banki tomonidan 
tayyorlanadigan “Doing business” hisobotidagi reytingini ko’tarishga xizmat qiladi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, Fuqarolik kodeksining 67-moddasiga muvofiq, agar bir 
(asosiy) xo’jalik jamiyati yoki shirkati ikkinchi xo’jalik jamiyatining ustav fond ida 
undan ustunlik mavqeiga ega bo’lgan holda ishtirok etishi tufayli yoxud ular o’rtasida 
tuzilgan shartnomaga muvofiq, yo bo’lmasa boshqacha tarzda ikkinchi xo’jalik jamiyati 
tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish imkoniga ega bo’lsa, ushbu 
ikkinchi xo’jalik jamiyati sho’ba xo’jalik jamiyati hisoblanadi. Qonun loyihasi asosida 
manfaatlar to’qnashuvini bartaraf etish maqsadida ushbu moddaga sho’ba xo’jalik 
jamiyati o’z mulkida o’zining asosiy jamiyati (shirkati) ustav fondi (ustav 



kapitali)dagi ulushga ega bo’lishga haqli emas. O’zining asosiy jamiyati (shirkati)ning 
ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushni sotib olgan sho’’ba xo’jalik jamiyati ushbu 
qismda belgilangan taqiq kuchga kirgunga qadar asosiy jamiyat (shirkat)ning 
ishtirokchilari yoki aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishida ovoz berishga haqli emasligi 
haqidagi norma qo’shilmoqda. 
Sho’ba xo’jalik jamiyatlari tomonidan asosiy jamiyatning aktsiya (ulush)larini 
sotib olishga bo’lgan taqiq ko’plab rivojlangan mamlakatlar (Buyuk Britaniya, 
Frantsiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Polbsha, 
Braziliya, Hindiston va boshqa mamlakatlar) qonunchiligida nazarda tu tilgan bo’lib, 
unga ko’ra, sho’ba jamiyatlar o’zining asosiy jamiyati aktsiya (ulush)larini sotib olish, 
aktsiya (ulush)larga egalik qilish, aktsiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig’ilishida 
ovoz berish imkoniyatiga ega emas. 
Masalan, Buyuk Britaniyaning “Kompaniyalar to’g’risida”gi qonunida 
belgilanganiga ko’ra, xolding kompaniya tomonidan nazorat qilinadigan sho’’ba 
kompaniya xoldingning ishtirokchisi bo’la olmaydi hamda xolding kompaniya 
aktsiyalarining sho’’baga chiqarilishi yoki berilishi haqiqiy emasdir. Shunga o’xshash 
taqiq Yangi Zelandiyaning “Kompaniyalar to’g’risida”gi qonunida ham nazarda 
tutilgan. 
Shuningdek, Fuqarolik kodeksining qaram xo’jalik jamiyati, unitar korxona 
haqidagi moddalarida to’ldiruvchi normalar orqali ularning o’z mulkida o’zining 
mulkdori ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushga ega bo’lishga, asosiy jamiyat 
(shirkat)ning ishtirokchilari yoki aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishida ovoz berishga 
haqli emasligi ko’rsatib o’tilmoqda. 
Qonun loyihasining muhim normalaridan yana biri ruxsat berish jarayonlarini 
soddalashtirish bilan bog’liq. “Raqobat to’g’risida”gi qonunda monopoliyaga qarshi 
organdan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar birlashmalarini tuzish, xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarni qo’shib yuborish va qo’shib olish, aktsiya (ulush)larni va boshqa mulkiy 
huquqlarni olish bo’yicha bitimlarni tuzishdan oldin rozilik olish kabi ruxsat beruvchi 
jarayonlar mavjud. Endilikda qonun loyihasidagi o’zgartish orqali xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar birlashmalarini tuzish, boshqa mulkiy huquqlarni olish bitimlarini tuzishda 
monopoliyaga qarshi organ bilan kelishish normasini chiqarib tashlash taklif etilmoqda. 
Bu tadbirkorlik sub’ektlarining keng erkinligini ta’minlash, ularning faoliyatiga davlat 
organlari aralashuvini hamda ortiqcha ruxsat berish jarayonlarini qisqartirishga olib 
kelishi bilan ahamiyatlidir. 
Tanlov (tender) savdolarida monopoliyaga qarshi talablar bo’yicha ham 
muayyan qo’shimcha qonun loyihasida o’z aksini topmoqda. Gap Shundaki, amaliyotda 
alohida holatlarda buyurtmachilar savdo qatnashchilarining sonini qisqartirish 
maqsadida savdo lotlariga bir-biri bilan texnologik va funktsional bog’liq bo’lmagan 
mahsulotlarning ro’yxatini kiritishadi, bu esa raqobatning cheklanishiga, buyurtmachi 
va savdoning taxmin qilinayotgan g’olibi o’rtasida til biriktiruviga olib kelishi mumkin. 
Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida “Raqobat to’g’risida”gi qonunning 11-
moddasiga bitta lotdagi tovarlarning turlarini cheklovchi qo’shimcha kiritilmoqda. Bu 
esa savdo jarayonida buyurtmachi va yetkazib beruvchi o’rtasidagi til biriktiruvning 
yuzaga kelishi ustidan nazoratni ta’minlash imkonini yaratadi. 



Shuningdek, qonun loyihasi asosida “Raqobat to’g’risida’gi qonunning 34- 
moddasidagi monopoliyaga qarshi organning qarorlari (ko’rsatmalari) ustidan shikoyat 
qilish normalarini “Xo’jalik sub’ektlarining faoliyatini nazorat qilish to’g’risida’gi 
qonunning 19-moddasi hamda “Tabiiy monopoliyalar to’g’risida’gi qonunning 20- 
moddasi normalariga uyg’unlashtirish ham ko’zda tutilgan. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish