Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"


Raqobat so'zi lotincha “concurrere” s o'zidan olingan bo'lib, to'qnashuv



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/109
Sana01.11.2022
Hajmi2,32 Mb.
#859026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   109
Bog'liq
91c2fe9dd114c466f1a622cb1b16ad76 O`quv qo`llanma

Raqobat so'zi lotincha “concurrere” s o'zidan olingan bo'lib, to'qnashuv, 
qarama-qarshi, musobaqalashmoq - degan ma’noni bildiradi. 
Raqobat tovar oldi- 
sotdisi va eng yaxshi ishlab chiqarish uchun bozor tizimi qatnashchilari orasidagi ozaro 
kurash demakdir. Lekin iqtisodiy va xuquqiy adabiyotlarda raqobat to'g’risida har xil va 
qarama-qarshi fikrlar mavjud. Uni ishlab chiqaruvchilar orasidagi asosiy mexanizm, 
bozorning sifati, chegarasi, belgisi, xo'jalik mexanizmining elementi, jamiyatni olg'a 
intiltiruvchi kuch sifatida ham ta’riflashadi. 
Monopoliya yunon tilidan olingan bo'lib, mono - “tanho” va poleo - “sotaman” 
degan ma’noni bildirib, yakka xokimlik yoki hukmronlikni anglatadi. Monopolistik 
faoliyat esa xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy 
davlat xokimiyati organlarining monopoliyaga qarshi kurash xaqidagi qonun 
xujjatlariga xilof bo'lgan, ushbu tushunchalarning vujudga kelishini quyidagicha 
keltirish mumkin. Raqobat va monopolistik faoliyat kabi tushunchalar tarixi dastlabki 
savdo munosabatlarining paydo bo'lishiga borib taqaladi. Ushbu tushunchalar hamda 
raqobat qonunchiliklarining dastlabki ko'rinishlarini qadimgi Vavilon tarixiy 
manbalarida ko'rish mumkin. Monopoliyaga qarshi qonunchilikning eng dastlabki 
ko'rinishlarini Xammurapi Kodeksi (eramizgacha XVIII asr), qadimgi Hind 
yodgorliklaridagi yozuvlar (eramizdan avvalgi 200 yil), Rim bug’doy qonuni 
(eramizdan avvalgi 50 yil), Zeno Konstitusiyasi (milodiy 483 yil), Chin dinastiyasi (III 
asr) va Ozodlik Xartiyasi (1861 yil)da ko’rish mumkin. 
Bundan tashqari, sohibqiron Amir Temur xukmronligi davrida xorijiy 
mamlakatlar bilan munosabatda savdo-iqtisodiy aloqalarga ham diqqat-e’tibor 
qaratilgan. Yevropa qirollari bilan olib borilgan va bizgacha yetib kelgan 
yozishmalarning barchasida har ikki mamlakat o'rtasida savdo aloqalarini yo'lga 
qo'yish, savdogarlar qatnovi uchuy imkoniyatlar yaratish masalalari ko'tariladi. Bu 
ularning o'z davlati xududida amalga oshirgan raqobat uchuy shart-sharoit yaratishga 
qaratilgan tadbirlari, savdo munosabatlariga qilgan e’tibori va xorij xukmdorlari bilan 
yozishmalarida savdo munosabatlarini yo'lga qo'yish kabi takliflaridan ko'rinib turadi. 
Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma»siga Hofizi Abru qilgan «Ilova» («Xazrat 
sohibqironning Ozarbayjon va Iroqi Ajam mamlakatlarini amirzoda Umarga 
berilganligi bayonida» qismi)da Amir Temurning mazkur amirzodaga davlat 
boshqaruvi xususida qilgan quyidagi nasihatlari keltirilgan: «...Yo'llarni qo'riqlashda 
imkoni boricha xarakat qilsin va ularni muhofaza qilishni mamlakatni idora etmok; 
shartlaridan biri deb bilsin. Savdogarlar va yo'lovchilarning dillariga ozor yetishiga aslo 
yo'l qo'yilmasin». Bu esa Amir Temurning mamalakatda erkin raqobat muhitini 
yaratishga katta e’tibor qaratganligidan dalolat beradi. 
Iqtisodiyotda sog’lom raqobat muhitini shakllantirish uchun xuquqiy 
poydevorning, ya’ni qonunchilik bazasining mavjudligi muhim rol o'ynaydi. Ushbu 
sohada izlanish olib borgan olimlarning umumiy fikrlariga ko ra raqobat va monopoliya 
qonunchiliklarini yevropacha hamda amerikacha qonunchiliklarga bulish 
12 


mumkin. Raqobat qonunchiligi dunyodagi mavjud iqtisodiy-xuquqiy sohalar ichida 
barcha qirralari keng tarzda o'rganilmagan yangi soha xisoblanadi. Xozirgi kundagi 
raqobat bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soluvchi zamonaviy qonunchiliklar 
orasida debocha deb xisoblanuvchi qonun bu 1890 yilda Amerika Qo'shma Shtatlarida 
qabul qilingan “Sherman qonuni”dir. Ushbu qonun dunyodagi bir qator mamlakatlar 
(Kanada va Yevropa ittifoqi mamlakatlari)ning monopoliyaga qarshi qonunchiligi 
uchuy asos bo' lib xizmat qilgan. 
Albatta bu qonun ham tom ma’noda mukammal bo'lmaganligi, ya’ni ushbu 
qonunda ayrim tushuncha va tamoyillar e’tibordan chetda kolganligi sababli, 
Amerikada 1914 yilda “Kleyton” va “Federal Savdo Komissiyasi to'g'risida”gi 
qonunlar qabul qilingan. Shuningdek, 1936 yilda kichik biznes sub’ektlarini yirik 
firmalar tomonidan kamsitilishi va ustunlik mavqeini suiiste’mol qilishlarini oldini 
oluvchi Robinson-Petman qonuni qabul qilingan bo'lsa, 1938 yilda qabul qilingan 
Uiller-LI qonuniga asosan ommani chaltitishga olib keladigan yolg’on, notug’ri 
reklamalarni ommaviy axborot vositalarida tarqatilishi ustidan nazorat olib borilishi 
ham belgilab qo'yildi. 
1950 yilda qabul qilingan Seller-Kevofer qonuni esa bir firma tomonidan 
bozordagi raqobatga ta’sir kilishi mumkin bo'lgan boshqa firmaning ashyoviy 
elementlarini sotib olishni ta’qiqladi. Dastlabki monopoliya va nosotlom raqobatga 
qarshi kurashuvchi amerikacha qonunchilik tizimiga asosan raqobatga ta’sir et ishi yoki 
ta’sir etmasligiga qaramasdan monopol hatti-harakatlarning aniq belgi
langan 
turlari 
qonunga zid deb hisoblanadi. 
Shu bilan birgalikda 1982 yilda qabul qilingan “Eksport savdo kompaniyalari 
tugrisida”gi qonun xalqaro tadbirkorlik bilan shugullanuvchi xojalik sub’ektlariga 
nisbatan antitrast qonunchiligi talablarini bir muncha liberallashuviga olib keldi. 
Bundan tashqari, raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi qonunchilikning 
yevropacha tizimi ham mavjud bo'lib, unda Yarbiy Yevropa, Avstraliya va Janubiy 
Afrika respublikalarining milliy monopoliyaga qarshi qonunchiliklari hamda Yevropa 
Ittifoqining qonunchilik majmuasi kiradi. G'arbiy Yevropa monopoliyaga qarshi 
qonunlari turli nomlar bilan atalib kelinadi. Germaniya, Shvesariya, Avstriyada bu 
qonunchilik antikartel qonunchiligi deb atalsa, Fransiya va Angliyada bu qonunchilik 
chegaralangan ishbilarmonlik amaliyoti deb ataladi. Yevropadagi monopoliyaga qarshi 
qonunchiliklar orasida eng mashxurlari bu Buyuk Britaniyaning 1948 yildagi 
“Monopoliyalar va cheklangan amaliyot nazorati to' grisida”gi, Germaniyaning 1957 
yildagi “Raqobatni chegaralash to'g'risida”gi, Fransiyaning 1986 yildagi “Narxlarni 
belgilash va raqobat mustaqilligi to'g'risida”gi qonunlaridir. 
O'zbekiston Respublikasida monopoliyaga qarshi qonunchilikning paydo bo'lishi 
va rivojlanishi mustaqillik yillariga to'g'ri kelib, Respublikamiz birinchi Prezidenti 
I.A.Karimovning 
tashabbuslari 
bilan 
mustaqillikning 
dastlabki 
yillaridanoq 
respublikada raqobat qonunchiligiga asos solindi va mamlakatda sog'lom raqobat 
muhitini yaratish hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga 
alohida e’tibor qaratildi. 
Sobiq ittifoq doirasida iqtisodiy munosabatlarning buzilishi natijasida tovar 
bozorlarida turli xil tanglik va yetishmovchilik holatlari hamda iqtisodiyotning aksar 
tarmoqlarida mavjud bo'lgan yakkaxokimlik kabi salbiy oqibatlarni bartaraf etish 
13 


uchun davlat oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bu - monopoliyaga qarshi 
qonunchilik bazasini yaratishdan iborat edi. Shu sababli, 1992 yil 2 iyulda 
“Monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat tugrisida’Ti qonun qabul qilinishi bilan 
O'zbekistonda ilk bor monopoliyaga qarshi qonunchilikka asos solindi. 
Keyinchalik 
mamalakatimizda 
iqtisodiyotning 
rivojlanishi, 
amalga 
oshirilayotgan isloxotlar davrida raqobat qonunchiligini amalda kullashda yuzaga 
kelgan muammolar, monopoliyadan chiqarish va sog'lom raqobat muhitini 
shakllantirishning uta dolzarb vazifalardan biri ekanligini anglash va monopoliyaga 
qarshi qonunchilikni takomillashtirish ehdiyojini keltirib chiqardi. Shu sababli, ushbu 
qonun takomillashtirilib, 1996 yil 27 dekabrda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat 
to'g'risida”gi qonun qabul qilindi. 
Mustaqillik yillarida ushbu qonun bilan birgalikda 1997 yil 27 aprelda O 
zbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar to'g'risida”gi qonuni, Vazirlar 
Mahkamasining 1997 yil 31 martdagi 165-sonli, 1997 yil 25 iyundagi 321-sonli, 2000 
yil 2 avgustdagi 300-sonli va 2000 yil 21 sentyabrdagi 364-sonli qarorlari qabul qilindi 
hamda amaldagi monopoliyaga qarshi qonun xujjatlarini takomillashtirish borasida bir 
qator qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi. 
Qisqa qilib aytganda, mustaqillik yillarida Respublikada monopoliyadan 
chiqarish va soglom raqobat muhitini shakllantirishning xuquqiy poydevori yaratildi. 
Mustakillikning dastlabki yillarida monopoliyaga qarshi siyosat yuritish va sog'lom 
raqobatni shakllantirish yosh, mustaqil Ozbekiston uchun yangilik bo'lgan bo'lsa - da, 
Xukumatimiz tomonidan monopoliyaga qarshi siyosatni olib borishdagi oqilona 
yondashuv bu boradagi muvaffaqiyatlarning garovi bolib xizmat qildi. O'z navbatida 
monopoliyaga qarshi choralarni ko'rib, mahsulot yetishtiruvchining iste’molchi ustidan 
xukmronlik qilishiga barxam berish iqtisodiyotning samarali rivojlanishiga, bozorning 
tovarlar va xizmatlar bilan tulishi vazifasiga javob berishi, ayrim korxonalar va tijorat 
tuzilmalarining yakkaxonlik mavqeini tugatish narxlarning sun’iy ravishda oshirib 
yuborilishi, monopol yuqori daromadlar olinishiga qarshi turuvchi sog'lom raqobat 
muhitini shakllantirish imkonini berishi alohida ta’kidlab otilgan edi. 
Bundan tashqari, monopoliyachilikka qarshi tadbirlarni amalga oshirish, ishlab 
chiqaruvchilarning iste’molchi 
ustidan tayziqini tugat ish iqtisodiyotning 
muvaffakiyatli rivojlanishiga, 
raqobat muhiti shakllanishiga, bozorning tovarlar 
va xizmatlar bilan boyishiga olib kelishi kerakligi, ayrim korxonalarning monopol 
mavqeini tugatish, ularning bozorga tayziq ko'rsatish sohasini taksimlab olish bo'yicha 
kelishuvlariga yo'l qo'ymaslik sog'lom raqobat muhitini shakllantirishga ijobiy ta’sir 
ko'rsatishi, narx-navolarning sun’iy ravishda ko'tarilishiga, monopoliya yuli bilan 
ustama foyda olishga qarshi omil bolib xizmat qilishini ko'rsatib berildi. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida asosiy yirik korxonalar va mulk davlatning 
qo'lida edi. Iqtisodiyotda erkin raqobat muhitini yaratishning eng muhim sharti bu 
kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, davlat ixtiyoridagi korxonalarni 
xususiylashtirish bolib, buning uchun mulkdorlar sinfini shakllantirish lozim bo'ldi. Shu 
sababli, 
Respublikamizda 
dastlab 
kichik 
miqyosdagi 
davlat 
korxonalari 
xususiylashtirilib 
boshlangan 
bolsa, 
keyinchalik 
yirik 
davlat 
korxonalari 
xususiilashtirildi hamda yirik monopolist korxonalar raqobatchi bo' lgan yangi xususiy 
14 


va mulkchilikning boshqa ko'rinishidagi korxonalar tashkil qilindi. Shu bilan 
birgalikda, ilgari mamlakatda amal qilgan iqtisodiyotni markazlashtirilgan tartibda 
boshqarib kelgan davlat tuzilmalari (Davlat narx qo'mitasi, Davlat ta’minot qo'mitasi, 
Davlat agrosanoat qo'mitasi kabi) tugatilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat 
ko'rsatishi lozim bo'lgan yangi tizimlar barpo qilindi. Shunday ekan, Respublikada narx 
siyosatini yuritish maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi monopoliyaga qarshi va narx 
siyosatini olib borish boshqarmasi tashkil qilingan bo'lsa, keyinchalik O'zbekiston 
Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish (2005 yilda 
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qollab-quvvatlash) davlat qo'mitasi 
tashkil qilindi. Iste’mol mollari, masalan, choy, gugurt, tamaki mahsulotlari ishlab 
chiqaradigan korxonalar, ulgurji savdo tashkilotlari va hatto aholiga xizmat ko'rsatuvchi 
korxonalar ham monopoliyachi bo'lib turgan bir paytda ushbu Qo'mitaning tashkil 
qilinishi bilan Respublikada monopolist korxonalar va ularning narxlari nazorat ostita 
olindi. 
Respublikamizda islohotlarni amalga oshirish jarayonida asosiy e’tibor o'rta 
mulkdorlar sinfini shakllantirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirishga qaratildi. 
Bundan tashqari, 2005 yilga kelib, respublikada raqobatni rivojlantirish masalasi 
deyarli hal qilindi va keyingi bosqich raqobat va tadbirkorlikni qollab-quvvatlash 
ekanligi e’tirof etila boshlandi hamda davlat tomonidan korxonalarni moliyaviy 
sog'lomlashtirish, ularni tarkibiy o'zgartirish masalalariga ko'proq e’tibor karatildi. 
Mamlakatimizda sunggi yillarda sog’lom raqobat muxitini shakllantir ish va 
monopoliyadan chiqarish ishlarida erishilayotgan muvaffaqiyatlar Respublika xukumati 
tomonidan aniq chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilganligi bilan ahamiyatlidir. Shunday 
ekan, xususiy tadbirkorlarga zarur resurslarni sotib olish va o'z mahsulotini sotish 
uchuy bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha boshlangan ishlarni 
davom ettirish, birja va auksion savdolari orqali sotilayotgan tovarlar turi va xajmini 
kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko'rish, markazlashtirilgan taqsimot tizimiga 
qaytishga bo lgan har qanday urinishlarga barxam berish muhim ahamiyatga ega. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish