Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama o„zaro hamkorlik milliy



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet336/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama o„zaro hamkorlik milliy 
xavfsizlikning asosiy shartlaridan biridir. Xalqlarimiz tarixi, madaniyati, 
an‟analari, diniy e‟tiqodining mushtarakligi mamlakatlarimiz o„rtasidagi amaliy 
hamkorlik va hamjihatlikning muhim poydevori hisoblanadi. 
Bizning maqsadlarimiz bir, taqdirimiz bir. Bizda milliy munosabatlarda 
keskinliklar yo„q, hal qilib bo„lmaydigan voqealar ham yo„q». O„z fikrini davom 
ettirib Prezident I.Karimov – «...birgalikda
yashashimiz kerak. Yanada ochiqroq 
aytganda, agar Tojikiston, Qirg„iziston, Turkmaniston yoki Qozog„istondan ham 
tashabbus chiqadigan bo„lsa, men ularni qo„llab-quvvatlashga tayyorman. Men 
Markaziy Osiyo davlatlari orasida integratsiya barpo qilishning eng og„ir va eng 
ojiz tomoni bu xalqlar orasiga sovuqlik soluvchi, ularni bir-biridan 
uzoqlashtiruvchi sun‟iy to„siqlar ekanini tushunaman»
– deydi «Ozodlik» 
radiostansiyasi muxbiri A.Dubnov bilan suhbatda. 
Markaziy Osiyo xonadoni – qadimiy xonadon. U o„z shonli tarixiga, buyuk 
an‟analariga, dunyoviy madaniyatiga ega bo„lgan ulkan va fayzli oila. Ana shu 
mintaqada mavjud bo„lgan tarixiy an‟analarni davom ettirish, ularni yangi tarixiy 
sharoitlarda boyitib borish, kelgusi avlodga har tomonlama yetuk, barkamol jamiyatni 
meros qoldirish hammamizning burchimiz. Shu ma‟noda Prezidentimizning 
«Yosh 
avlodga biz ozod va obod Vatanni meros qoldirmog„imiz kerakki, ular 
bobolarining ulug„ niyatlari va ishlarini davom ettirsinlar. Chunki yoshlarning 
ma‟naviy uyg„oqligi g„aflatdan asrovchi asosiy omillardan biridir»,
– degan 
so„zlari bugun o„zbek xalqi ko„nglidagi fikrlar desak mubolag„a bo„lmas. 
2001–2007-yillar Markaziy Osiyo taqdiri uchun alohida va tarixiy ahamiyatga ega 
bo„lgan davr sifatida tarixga kirdi. Bu bevosita xalqaro terrorizm va diniy 
ekstremizmning tazyiqi kuchaygan bir paytda Markaziy Osiyoda O„zbekistonning 
geosiyosiy ahamiyati tobora oshib borganini ko„rsatadi. Jumladan, 2001-yildagi 
terroristik harakatlar – Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlari, 
Toshkent viloyatining Bo„stonliq tumanida, undan so„ng esa Toshkent shahrida va 


590 
Buxoro viloyatida yuz bergan terroristik aktlar mintaqada tinchlik va barqarorlikni 
ta‟minlashda o„zaro hamkorlik va ishonchni taqozo etganini ko„rsatadi. Ana shu 
ehtiyojdan kelib chiqib aytish mumkinki, O„zbekiston bu borada yana bir bor 
tashabbuskor va yalovbardor bo„ldi. 
O„tgan davr mobaynida Almatida, Ostonada, Toshkentda va Markaziy Osiyoning 
boshqa shaharlarida mintaqa davlatlari rahbarining uchrashuvlarida ayni ana shu 
mintaqa muammolari va uning yechimlari mintaqa xalqlarining istiqboliga tegishli 
qator masalalar muhokama qilindi. 
2006-yilning yanvar oyida O„zbekiston rahbarining Qozog„istonda bo„lishi, xuddi 
shu yilning 19-20-mart va 3-noyabr kunlari Qozog„iston Prezidentining 
O„zbekistonga Davlat tashrifi har ikki mamlakat istiqboli yo„lida qo„yilgan muhim 
qadam bo„ldi. 
2006-yilning 3-4-oktabr kunlari esa Qirg„iziston Respublikasi Prezidenti 
Q.Bakiyev Toshkentda bo„lib, tegishli masalalar bo„yicha O„zbekiston rahbari bilan 
muloqotda bo„ldi. O„zbekistonning diqqatga sazovor joylarini, mustaqillik yillarida 
bunyod etilgan noyob inshootlarni ko„rib davlat qudratiga va xalq irodasiga yuksak 
baho berdi. 
Umuman olganda O„zbekiston yaqin qo„shni davlatlar bilan hamkorlikni yanada 
chuqurlashtirish qardosh xalqlar o„rtasidagi do„stlik aloqalarini mustahkamlash 
yo„lidan borishdek strategik maqsadlarini amalga oshirishda 2001–2007-yillar muhim 
o„rin tutadi.

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish