Насослар ва насос станциялари



Download 13,37 Mb.
bet14/114
Sana22.07.2022
Hajmi13,37 Mb.
#838380
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114
Bog'liq
fayl 1824 20210916 (1)

Manjetali zichlanma — armirlangan bir qirrali manjeta, prujinasi bor, turli mexanizmlarning aylanadigan vallarini zichlashtirish uchun mo‘ljallangan (2.11- rasm).
Manjetali zichlanmalar o‘zining elastikligi va qayishqoqligi tufayli vaqti-vaqti bilan tortib turish talab etilgan salnikli zichlanmalardan farqli ravishda, muntazam
xizmat ko‘rsatilishiga muhtoj emas. Biroq nasoslarda manjetali zichlanmalarning qo‘llanishi nasosdagi haydalayotgan (zichlanayotgan) suyuqlik muhiti bosimini, aylanish chastotasini va nasos vali diametrini anchagina qat’iy cheklab qo‘yadilar. Masalan, agar nasosning manjetli zichlanmasi zichlashtirilayotgan suyuqlik muhitining maksimal 0,5 atm bosimiga dosh bersa, u holda nasosning 25 mm diametrli vali uchun uning aylanish chastotasi 1300 ayl/daq dan, nasosning 100 mm diametrli vali uchun esa — 700 ayl/daq5 dan katta bo‘lishi mumkin emas. Bu shartlarga rioya qilmaslik manjetli zichlanmalar ishdan chiqishiga olib keladi. Nomi keltirilgan cheklovlar sababli manjetli zichlanmalar boshqa tipdagi zichlanmalarga nisbatan nasossozlikda keng qo‘llanilmaydilar.

2.11-rasm. Markazdan qochma nasos manjetali zichlanmasining tuzilishi
Chekka (mexanik) zichlanma uch elementdan tashkil topadi: yassi ishqalanish juftligini hosil qilgan ikki halqa (aylanadigan va qo‘zg‘almas), va prujina hamda ikkilamchi qayshqoq elementdan (silfon) iborat bo‘lgan va ishqalanish juftligida kontaktni ta’minlaydigan qayishqoq elementdan tashkil topadi. Sanab o‘tilgan har


5 Насосы и насосные станции : учеб. пособие / Ю. В. Аникин, Н. С. Царев, Л. И. Ушакова ; [науч. ред. В. И. Аксенов] ; М-во образования и науки Рос. Федерации; Урал. федер. ун-т. — Екатеринбург : Изд- во Урал. ун-та, 2018. — 138 с. ISBN 978-5-7996-2378-4
bir element konstruksiyasidagi farqlar va ular o‘zaro bog‘liqliklari xususiyatlari chekka zichlanmalarining har xil turlari mavjudligini keltirib chiqaradi (2.12- rasm).
Nasos valida o‘rnatilgan halqalar bir-biriga yassi chekkasi (qirrasi) bilan yopishib turadi. Bunda qo‘zg‘almas halqa nasos korpusida yoki uning valida qistirma vositasida germetik tarzda mahkamlangan bo‘lsa, qayishqoq element ichiga o‘rnatilgan aylanadigan halqa esa burchak va o‘q bo‘ylab erkin harakatlanishi mumkin. Halqalar orasidagi zaror (tirqish) kattaligi nasosning ishchi bo‘shlig‘ida bosim ostidagi suyuqlik muhiti oqib ketishini belgilab beradi. Chekka (mexanik) zichlanmalarning bunday konstruksiyasi nasos ishi paytida, hatto u vibratsiyalangan, vali siljigan, hatto halqalarning o‘zi edirilgan holida ham ularning minimal zazor bilan doimiy zich kontaktini ta’minlab beradi.
Chekka (torets) zichlanmalar salnikli zichlanmalarga nisbatan uzoq muddatli xizmat qilishi, ishonchliligi va germetikligi, kamroq energiya sarflashi bilan tavsiflanadilar. Bu kabi zichlanmalar aksariyat zamonaviy nasoslarda o‘rnatilgan. Xorijda chekka (torets) zichlanmalar ishlatiladigan barcha zichlanmalar turining 90
% qismini tashkil etadilar.
Labirintli zichlanma — (labirintli) zichlanma bo‘lib, suyuqlik muhiti va (yoki) uning oqimi yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan kanalning o‘tish kesimini (2.13-rasm) keskin o‘zgartiradigan tirqishli, radial yoki o‘q bo‘ylab o‘tgan ariqchali.
Labirintli zichlanmalar nafaqat haydalayotgan suyuqlik muhitini valning nasos korpusi bilan qo‘zg‘aluvchan birikmasi orqali o‘tishini cheklash, balki suyuqlik muhitining iz chiqish patrubkasidan keltiruvchi patrubkaga oqib o‘tishini kamaytirish uchun nasosning o‘z ichidagi ba’zi detallar, masalan ishchi g‘ildiragini germetizatsiyalash uchun ham ishlatiladi. Bu ko‘p pog‘onali nasoslar uchun dolzarb bo‘lib, ularda ishchi g‘ildiragi uchun zichlanmalarni qo‘llashdan voz kechish nasos FIKining bir necha marta tushib ketishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek labirintli zichlanmalar podshipniklar va mexanik zichlanmalardan surkov moyi oqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ham qo‘llanadilar.
Zichlanmalarning bu tipi cho‘ktirma nasoslarda ham ishlatiladi, chunki ularni montaj va demontaj qilish murakkabligi sababli ta’mirlash paytida hatto suyuqlik ko‘proq oqib ketishi hisobiga bo‘lsa ham kamroq edirilish va nasosning uzoq muddat ishlashiga erishish muhamroq hisoblanadi.
Labirintli zichlanmalar kontaktsiz bo‘lganligi sababli, bunda ularda ishqalanish boshqa zichlanmalarga nisbatan ancha kam. Shuning uchun ularni chekka yoki salnikli zichlanmaga bilan birga nasos valining qo‘shimcha zichlagichi sifatida ishlatish mumkin. Bu bilan labirintli zichlanma ikkinchi, asosiy zichlanmaga tushadigan yuklamani kamaytirib beradi.
Shuningdek zichlanmasiz nasos agregatlarining ikki turi ham mavjud — germetik va elektromagnit nasos agregatlari.
Germetik nasos agregati — nasos agregati, unda uzatilayotgan suyuqlik muhitining atrofdagi atmosfera bilan kontakti butunlay istisno etiladi. Bunday agregatda nasos va elektrodvigatel bir korpusda joylashtirilgan. Bu holda uzatilayotgan suyuqlik muhiti rotor va statorni sovutadi (2.14-rasm). Germetik nasos agregatlari mo‘‘jaz va shovqinsiz bo‘lib, biroq ularning FIKi past (50% dan ko‘p emas). Ular issiqlik ta’minoti tizimlarida suv sirkulyasiyasi uchun ko‘p qo‘llanadilar.
Kimyoviy yoki zaharli suyuqlik muhitlarini haydash uchun magnit muftali elektromagnit nasos agregatlari qo‘llanadi (qar. 1.17-rasm). Muftaning etakchi magniti elektrodvigatel vali bilan, etaklanuvchi magniti esa — nasos ishchi g‘ildiragining vali bilan ulangan. Bunday muftaning xizmat muddati tegishli ekspluatatsiyada nasosning ishlash muddatidan uzoq bo‘lib, unga xizmat ko‘rsatish ham kerak emas. Magnit muftali nasos agregatlarining narxi zichlanmali nasoslar narxidan 20-40% qimmat. Bu kabi nasos agregatlari uchun quruq holda harakatlanishdan himoya va haydalayotgan suyuqlik muhitida qattiq zarrachalar bo‘lmasligi kerak.

2.12-rasm. Markazdan qochma nasoslar chekka zichlanmalarning ba'zi tiplari:
a - ishchi muhit bilan kontaktda bo’lgan prujinali chekka zichlanma (suv, oqova suvlar uzatadigan nasoslar uchun); b - ishchi muhit bilan kontaktsiz prujinali chekka zichlanma (suv,
oqova suvlar va cho’kindi uzatadigan nasoslar uchun)

2.13-rasm. Labirintli zichlanmali markazdan qochma nasosning tuzilishi



2.14-rasm. Germetik markazdan qochma nasos agregatining tuzilishi



      1. Download 13,37 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish