Насослар ва насос станциялари



Download 13,37 Mb.
bet1/114
Sana22.07.2022
Hajmi13,37 Mb.
#838380
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
fayl 1824 20210916 (1)


O‘zbekiston Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi
«O‘zbekiston temir yо‘llari» AJ Toshkent temir yо‘l muhandislari instituti

A.N. Rizaev, G.R.Rixsixodjayeva


NASOSLAR VA NASOS STANSIYALARI


5340400-«Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (temir yo‘l transportida suv ta‘minoti va kanalizastiya tizimlari)» yoʻnalishi bakalavriat talabalari uchun amaliy va mustaqil ishlarni bajarish boʻyicha о‘quv qо‘llanma

Toshkent-201_



UDK 628.1.001
Nasoslar va nasos stansiyalari. A.N. Rizaev, G.R.Rixsixodjayeva.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada nasoslar, nasos agregatlari, nasos uskunalari va nasos stantsiyalari haqida umumiy ma'lumotlar berilgan. Suv ta'minoti va suv chiqarish tizimlarida markazdan qochma nasos agregatlari va nasos uskunalarini qo'llash xususiyatlari, shuningdek, nasos stantsiyalarini texnologik loyihalashning asosiy tamoyillari ko‘rib chiqildi. Markazdan qochma nasoslarini hisoblash, hisob- grafik mustaqil ishlarni bajarish, shuningdek, suv ta'minoti va suv chiqarish nasos stantsiyalarini hisoblash va loyihalash usullari bo’yicha misollar keltirilgan.
O'quv qo'llanma 5340400 - Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (temir yo'l transportida suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlari) bakalavriat ta'limining kunduzgi va sirtqi shaklida tahsil oluvchi talabalariga, shuningdek, suv ta'minoti va suv chiqarish tizimlari nasos stansiyalarini loyihalash bo‘yicha muhandis - loyihachilar uchun mo‘ljallangan.
Taqrizchilar: E.S. Bo’riyev - Tashkent arxitektura – qurilish instituti “Injenerlik kommunikasiyalarini loyihalash, qurish va ishlatish” kafedrasi dotsenti U.Baxramov - TTYMI «Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlari» kafedrasi dotsenti
©

So’z boshi


Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘zining “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” asarida: “Barchamizga ayonki, O‘zbekiston boy qazilma va tabiiy resurslarga, qudratli iqtisodiy va insoniy salohiyatga ega. Biroq bizning eng kata boyligimiz – bu xalqimizning ulkan intellectual va ma’naviy salohiyatidir. Bu salohiyat yaratish va yanada ko‘paytirishda hurmatli ziyolilarimiz – ilm-fan va texnika namoyondalari, birinchi navbatda qadrli va hurmatli akademiklarimiz, madaniyat, adabiyot va san’at, sport sohalarining vakillari butun vujudini berib, fidokorona mehnat qilayotganlarini biz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz. Ana shu zahmatkash insonlarning ilmiy va ijodiy izlanishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun zarur shart- sharoitlar yaratishni biz o‘zimizning birlamchi vazifamiz sifatida ko‘rishimiz darkor.” deb aytdi.
«Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (temir yo‘l transportida suv ta’minoti va kanalizastiya tizimlari)» yo‘nalishining o‘quv rejasidagi “Nasoslar va nasos stansiyalari” fani mutaxassislik fanlar blokining asosiy fanlaridan biri hisoblanadi. U mutaxassisga ushbu sohada mustaqil muhandislik ishlarini amalga oshirish imkoniyatini ta’minlaydigan bilimlarni beradi. Nasos agregatlarini ratsional (oqilona) tanlash masalasi suv ta’minoti va suv chiqarib tashlash tizimlarini loyihalashtirishda hamda foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur tizimlarning tejamli ishlashi to‘g‘ri tanlangan nasos agregatlari, ularning optimal (maqbul) ish rejimining tanlanishiga bog‘liq.
Eng katta foydali ish ko‘rsatkichi bilan elektr energiyasini maksimal tejab ishlaydigan nasoslarni tanlash uchun ularning xossalari bilan tanish bo‘lish va ularning tavsifidan foydalanib nasos marka (rusum)larini to‘g‘ri tanlash mahorati talab etiladi. «Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (temir yo‘l transportida suv ta’minoti va kanalizastiya tizimlari)» yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan mazkur qo‘llanma ham ana shu maqsadga
xizmat qiladi. U shuningdek, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan muhandis–texnik xodimlar uchun ham foyda keltirishi mumkin.
Qo‘llanma markazdan qochma (qochuvchi) nasoslarni tanlash va nasoslar ishlaydigan o‘tkazgich quvurlari tizimlari tavsifiga oid masalalarni o‘z ichiga olgan. Unda nasos tavsiflari qurilishi uslubiyoti, markazdan qochma (центробежный) nasos parametrlari va tavsifi. O‘tkazish quvurlari (трубопровод) lar tavsifi, nasos ustanovkasi ish rejimini belgilash, markazdan qochma nasoslarning parallel ishlashi, markazdan qochma nasoslarning oldinma–ketin ishlashi, markazdan qochma nasoslar ishini muvofiqlashtirish, nasos bilan ta’minlangan quvurlar tizimining gidravlik hisobi kabilarni o‘z ichiga olgan.

Kirish


Respublikamiz qishloq xo‘jaligida, sanoatida, qurilishlarida, energetika, aholi suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarida va boshqa sohalarida ko‘p sonli nasos qurilmalari ishlab turibdi. Jumladan, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarning 55 foizdan ortig’i 1604 nasos stansiyalari yordamida sug‘oriladi. Nasos stansiyalariga o‘rnatilgan asosiy va yordamchi gidromexanik, energetik uskunalar va jihozlar ishlash resursi tugaganligiga qaramay 35-40 yildan buyon ishlatib kelinayotganligi sababli ularning foydalanish harajatlari yildan-yilga ortib bormoqda.


Nasoslarni paydo bulishi va rivojlanishi tarixi, ulardan dastavval faqat suvni ko’tarish uchun foydalanilganligini ko’rsatadi. Xozirgi kunda shaharlarni, sanoat korxonalarni va elektr stansiyalarini suv ta’minoti va kanalizatsiyasidan tashqari, nasoslar yerni sug’orish va quritish, energiyani gidroakkumulyasiyalash, materiallarini transportlash uchun qo’llaniladi.
Issiqlik elektr stansiyalar kozonxonalarni ta’minot nasoslari, kema nasoslari, neft, ximiya, qog’oz, oziq-ovqat va boshqi sanoat tarmoqlari uchun mo’ljallangan nasoslar mavjud.
Suv uzatish mashinalarini yaratilishi uzoq o’tmishli tarixga ega. Odam yoki xayvon kuchi bilan harakatga keltiriladigan chig’ir va noriya deb nomlangan suv uzatish mashinalari eramizdan ming yillar avval Misrda qo’llangan. Zamonaviy nuqtai nazardan qaraganda noriyalarni nasos deb aytish qiyin. Biroq ular nasosga bevosita bog’liq, chunki xuddi nasos kabi suv oqimini hosil qilinishini ta'minlaydilar. Bundan tashqari, ilm-fan va texnik rivoji bilan konstruksiyasiga ko’ra noriyalarga o’xshab ketadigan suv g’ildiraklari foydali qazilmalar konlariga ishlov berishda shaxta (yer osti) suvlarini chiqarib tashlaydigan porshenli nasoslarning yuritmalari sifatida qo’llana boshladilar (2-rasm).
Porshenli nasosning dastlabki konstruksiyalaridan biri ikki ming yildan ortiq avval aleksandriyalik muhandis Ktesibiy tomonidan ishlab chiqilgan edi (3-rasm).
Inson suvni yuqoriga ko’taradigan maxsus qurilmalar yarata boshlaganiga ancha vaqt bo’ldi. Suvni havzadan olish va uni tepaga uzatish uchun mo’ljallangan dastlabki mexanizmlardan biri - ma'lum qismi suvda joylashgan, hamda suv olish uchun idish, xumlari bo’lgan va suv oqimi tomonidan harakatga keltiriladigan chig’iriq (noriya) edi (1-rasm). Chig’iriq g’ildiragi aylana boshlaganida suv daryodan olinib, yog’och idishga quyilgan, undan tarnovlar (ariqlar) bo’ylab akveduklarga keltirilgan va so’ng sug’orish uchun dalalarga tarqatilgan. Farazlardan biriga ko’ra1, chig’iriq miloddan avvalgi V-IV asrlarda Hindistonda ixtiro qilingan. Miloddan oldingi I asrga kelib bu kabi qurilmalar avval g’arb mamlakatlarida, so’ng shu davrning II asrida Xitoyda, milodiy V asrda - Sharqiy O’rta yer dengizida, va nihoyat, milodiy XI asrda Shimoliy Afrika va Pireney yarim oroli mamlakatlarida paydo bo’ldi.


1-rasm. Noriyalar






1 Насосы и насосные станции : учеб. пособие / Ю. В. Аникин, Н. С. Царев, Л. И. Ушакова ; [науч. ред. В. И. Аксенов] ; М-во образования и науки Рос. Федерации; Урал. федер. ун-т. — Екатеринбург : Изд- во Урал. ун-та, 2018. — 138 с. ISBN 978-5-7996-2378-4


  1. rasm. Suv g’ildiragidan yuritiladigan porshenli nasosning tuzilishi

Antik davrda chig’iriqlar diametri 12 m gacha bo’lgan. O’rta asrlarda chig’iriqlar diametri, mos ravishda suvni ancha yuqoriroq balandlikka ko’tarishga


erishildi. Misol uchun, miloddan avvalgi X asrda Suriyaning Xama shahrida, Oront daryosida qurilib, to hozirgi paytga qadar saqlanib qolgan chig’iriq (noriya)lardan birining diametri 20 m ga teng.
Zamonaviy nuqtai nazardan chig’iriq (noriya)larni nasos deb aytish qiyin. Biroq ular nasoslarga bevosita aloqador, chunki nasoslar kabi suv oqimini hosil qilishga xizmat qiladilar. Bundan tashqari, fan va texnika taraqqiy etishi bilan chig’iriqqa o’xshash konstruksiyali moslamalardan foydali qazilmalar konlarini tozalashda foydalanilgan.

  1. rasm. O’t o’chirish uchun mo’ljallangan porshenli nasos tuzilishi

Markazdan qochma nasosning birinchi shaklini italiyalik Djiovanni Jordan ixtiro qilgan bo’lsa, 1703 yilda Devani Papin uning eng baro konstruksiyasini tayyorlagan.
Rossiyada XVII1 asrda tog’ qazish ishlarida shaxtalardan suv chiqarish uchun K.D.Frolov porshenli nasos qurilmalaridan foydalangan. Rus olimi M.V.Lomonosov shaxtalardan suv chiqaruvchi nasoslar tuzilishi va charxpalak yordamida harakatga keltirish sxemalarini o’z asarlarida keltirgan. XVIII asrda po’lat va cho’yan ishlab chiqarishni hamda mashinasozlikni rivojlanishi, I.I.Polzunovning bug’ mashinasini kashf etishi va porshenli nasoslarni harakatga keltirishga tatbik etilishi nasoslarni texnikaning kupgina soxalarida keng kullanishiga olib keldi.

Download 13,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish