Navoiy davlat konchilik instituti "elektr energetikasi" kafedrasi



Download 8,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/141
Sana03.02.2022
Hajmi8,18 Mb.
#427830
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   141
Bog'liq
Yo-nalishga-kirish-(Elektr-energetikasi)

NAZORAT SAVOLLARI
1. O‗zbekistonda energetikaning o‗rni qanday ? 
2. Energetika fani nimani o‘rganadi? 
3.Yo‘nalishga kirish fanining maqsad va vazifalari? 
4. Energetikaning uch jihati nimalardan iborat? 


2 – MA`RUZA. O„ZBEKISTON ELEKTR ENERGETIKA 
SOHASINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI. 
Reja: 
1.Elektr energetika yo‗nalishi haqida umumiy ma‘lumotlar.
2.O‗zbekiston elektr energetikasining zamonaviy ahvoli.
3.O‗zbekiston elektr energetika sohasining rivojlanish istiqbollari. 
1.Elektr energetika yo„nalishi haqida umumiy ma‟lumotlar.
Energetika
— energiyaning har xil turlarini hosil qilish, ularni bir turdan 
ikkinchi turga oʻzgartirish, muayyan masofaga uzatish va yetkazib berish, ulardan 
barcha sohalarda foydalanishni hamda shular bilan bogʻliq nazariy va amaliy 
muammolarni hal qilishni oʻz ichiga olgan xalq xoʻjaligi, fan va texnika sohasi. 
Insoniyat taraqqiyotida kishilarning turli energiya manbalariga boʻlgan ehtiyojlari 
ularni tabiiy manbalar — oʻtin, koʻmir, torf va boshqalar yoqilgʻilardan, shamol, suv 
oqimi energiyasi (mas, shamol va suv tegirmonlari) dan foydalanishga majbur qildi. 
Keyinchalik fan va texnika taraqqiyoti, fantexnika inqilobi tufayli 20-asrning 2-
yarmidan boshlab asosan elektr energiyasiga ehtiyoj juda oshib ketdi. Ana shu 
omillar E.ni jadal rivojlantirishni taqozo qildi. Fan va texnika taraqqayoti energiya 
ishlab chiqarish va uni oʻzgartirishning yangi usullarini ishlab chiqish, yangi samarali 
asbobuskunalar 
va 
texnologiyalarni 
yaratish, 
energiyani 
taqsimlashni 
markazlashtirish va boshqalar orqali ifodalanadi. Energetika fani tabiiy energiya 
resurslarining potensial energiyasini xalq xoʻjaligida foydalanishga yaroqli va foydali 
energiya turlariga aylantirish hamda shu bilan bogʻliq ilmiytexnik muammolarni hal 
qilish masalalari bilan shugʻullanadi. 
Energetikaning taraqqiyoti koʻp jihatdan mamlakat energiya rusurslari bilan 
qanchalik taʼminlanganligiga chambarchas bogʻliq. Koʻmir, neft, tabiiy gaz, torf, 
oʻtin, slanets, suv, elektr va yadro energiyasi, shamol va quyosh energiyasi energetika 
resurslari hisoblanadi. Energetika resurslari yoqilgʻi (koʻmir, neft, gaz, yadro, torf, 
slanets, oʻtin) va yoqilgʻi boʻlmagan vositalar (suv, shamol, quyosh energiyasi va 
boshqalar) ga boʻlinadi. Yoqilgʻi bilan bogʻliq energetika resurslari tiklanmaydigan, 
yoqilgʻi bilan bogʻliq boʻlmaganlari esa tiklanadigan resurslar hisoblanadi. 
Jahon miqyosida turli yoqilgʻi E. resurslari miqdorini taqqoslash uchun shartli 
yoqilgʻi birligi (1 kg yoqilgʻi yonganda 7000 kkal issiqlik ajralishi) qabul qilingan. 
Jahondagi barcha yoqilgʻi resurslarining (yadro energiyasidan tashqari) potensial 
zaxiralari 25000 mlrd. t shartli yoqilgʻiga teng . Uning 95% i yoqilgʻining qattiq 
turlariga toʻgʻri keladi. Yadro energiyasining asosiy manbai boʻlgan uran va toriyning 
zaxiralari dunyo okeani suvlaridagi zaxiralar bilan birga 69000 mlrd. t shartli 
yoqilgʻiga teng. Eng koʻp ishlatiladigan energetikaning tabiiy resurslari (koʻmir, neft, 
gaz) jahon mamlakatlari boʻyicha notekis taqsimlangan. Shu jihatdan 
Oʻzbekistonning E. resurslarini hisobga olsak, mamlakat energetikasi xalq 
xoʻjaligining baza sohasi hisoblanadi. Oʻzbekiston energetika tizimi xalq xoʻjaligi va 
aholining yoqilgʻi (koʻmir, gaz, neft), elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini toʻliq 
qondiradi va eksport ham qilinadi. Oʻzbekistonda 20 issiqlik elektr stansiyalari, 27 
gidroelektr stansiya (GES) ishlab turibdi. Bularning umumiy oʻrnatilgan quvvati 11,5 


mln. kVtsoat (yiliga 55 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniga 
ega), transformatorlarning umumiy quvvati 44850 MVA, elektr tarmoqlarining 
umumiy uz. 232 ming km, shu jumladan, yuqori quvvatli (500 kV li)lari 1660 km ni 
tashkil qiladi (2005). 
Energetika xalqxoʻjaligining muhim tarmogʻi sifatida gidroenergetika va issiklik 
energetikasiga 
ajraladi. 
[[
Gidroenergetika
 — 
energetikaning 
suv 
resurslari 
energiyasidan foydalanishga doir boʻlimi. Suv resurslari energiyasidan foydalanish 
uchun suv oqimi maxsus qurilgan inshootlar va jihozlar majmui — gidroelektr st-
yalar (GES) yordamida elektr energiyasiga aylantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi 
"Oʻzbekenergo" davlat aksiyadorlik kompaniyasi tizimida 26 GES ni birlashtirgan 7 
ta GES kaskadlari hamda Farhod GES bor. Eng yirik GES lar: Chorvoq GES (quvvati 
620,5 MVt), Xoʻjakent GES (165 MVt), Farhod GES (126 MVt), Gʻazalkent GES 
(120 MVt). Oʻzbekiston energetika tizimidagi barcha GES larning umumiy 
belgilangan quvvati 1419 MVt. Mamlakat gidroenergetikasining istiqboldagi 
taraqqiyoti, asosan. kichik suv havzalari gidroresurslaridan foydalanish bilan bogʻliq 
(q. [[
Gidroenergetika
). 
Issiqlik energetikasi — Energetikaning issiqlikni issiqlik dvigatellari va 
boshqalar yordamida boshqa energiya turlari (mexanik energiya, elektr energiyasi) ga 
aylantirib beruvchi issiklik texnikasi boʻlimi. Issiqtik energetikasida asosiy issiqlik va 
elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona issiklik elektr stansiyalari (IES) hamda 
Davlat issiqlik elektr stansiyasi (DIES) hisoblanadi. Yirik DIES lar: Sirdaryo DIES 
(3000 MVt), Toshkent DIES (1850 MVt), Tolimarjon DIES (loyiha boʻyicha 3200 
MVt). Oʻzbekistonning issiqtik elektr stansiyalari respublikada ishlab chiqarilayotgan 
elektr energiyasining qariyb 85% ini tashkil qiladi. 

Download 8,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish