Navoiy davlat pedagogika instituti "tabiiy fanlar" fakulteti "geografiya o


Dunyo okeani  va  biologik  resurslari



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/26
Sana30.12.2021
Hajmi0,59 Mb.
#96643
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
9-sinfda jahon tabiiy resuslari

1.4.Dunyo okeani  va  biologik  resurslari 

 

Keyingi 



yillarda 

jahon 


okeanshunos 

olimlari 

shu 

jumladan 



YU.A.Shakolpskiy  (1856-1960),  P.P.Shirshov  (1905-1953),  K.K.Markov  (1905-

1980),  N.N.Zubov  (1885-1960)  kabi  rus  tadqiqotchilari  o`nlab  ekspedisiyalarning 

ishlari  natijasida  dunyo  okeani  ko`p  sirlarini  bilib  olishdi.  Dengiz  geologiyasi 

yordamida  okean  tabiiy  resurslarini  juda  katta  xazinasi  ekanligi  isbotlandi.  Bu 

xazinani  quruqlik  resurslari  bilan  bemalol  qiyoslash  mumkin.  Bu  xazina  avvalo 

dengiz suvidan iborat. Dengiz suvi miqdori haqiqatdan ham juda ko`p. Ya`ni 1338 

mln  km.kub  yoki  gidrosferadagi  suv  miqdorining  96,5  foizini  tashkil  qiladi. 

Bundan  tashqari  dengiz  suvi  o`ziga  xos  “tirik  ruda”  bo`lib,  tarkibida  75  xil 

kimyoviy  elementlar  mavjud.  Misirliklar  va  Xitoyiiklar  qadim  zamonlardayoq 

suvdan  tuz  ajratib  olishni  o`rganib  olishgan.  Hozir  undan  ko`p  miqdorda  tuz 

olinadi.  Dengiz  suvidan  yana  magniy,  brom,  yod  olinadigan  manba  bo`lib  xizmat 



33 

 

qiladi. Bundan keyingi  boylik dunyo okeani tagidagi  mineral resurslardir. Materik 



sayozligi resurslari orasida neft va tabiiy gaz eng katta ahamiyatga ega. Ko`pchilik 

hisoblarga qaraganda bu boyliklar butun jahon zahirasining 1/2 qismidan ortiqrog`i 

materik sayozligiga to`g`ri keladi.  Sayozlikdagi qattiq  foydali qazilmalarni  nishab 

shaxtalar  yordamida  qazib  olish  mumkin.  Bunday  boyliklar  ko`pincha  hozirgi 

zamon  mo`may  boylik  topuvchi  ustalarning  qo`liga  tushadi.  Okeanlar  chuqur 

qismining asosiy boyligi temir, marganes qotishmalaridir.  

 

Dunyo  okeanining  bundan  keyingi  boyligi  energetika  resurslaridir.  Bu 



boylik  ham  juda  katta,  nihoyat,  dunyo  okeanining  yana  bir  boyligi  biologik 

resurslardir.  Bular  suvda  yashovchi  hayvonlar  (boyliklar,  sut  emizuvchilar, 

mollyuskalar,  qisqichbaqasimonlar)  va  o`simliklardir.  Okeanlarning  biologik 

moddalari  umumiy  miqdori  35  mlrd  tonna  hisoblanadi,  ular  140  ming  tur 

mavjudotdan  iborat.  Norvegiya,  Bering,  Oxota,  Yaponiya  dengizlari  dunyoda  eng 

mahsuldor  dengizlar  hisoblanadi.  Biroq  okeanlardagi  ovlanadigan  ko`pchilik 

baliqlar va hayvonlar muhofazaga muhtoj.  

Yer yuzining 71 foizini egallovchi dunyo okeani mamlakatlar va xalqlarning 

aloqasida  har  doim  muhim  rol  o`ynab  kelgan.  Biroq  to  XX  asrning  o`rtalarigacha 

kishilik  faoliyatining dunyo okeanidagi barcha turlari jahondagi daromatning atigi 

1-2  foizini    bergan,  xolos.  Biroq  fan-texnika  taraqqiyoti  jadallashgan  sari  dunyo 

okeani  har  tomonlama  tadqiq    etish  va  o`zlashtirish  butunlay  boshqacha  ko`lam 

kashf etdi. 

 

Birinchidan, global energetika va xom-ashyo  muammolarining o`tkirlashuvi 



dengiz  tog`-kon,    kimyo  sanoatlari  va  dengiz  energetikasining  paydo  bo`lishiga 

olib keldi. Fan-texnika taraqqiyoti muvaffaqiyati kelgusida neft va gazlarni, temir-

marganesli rudalarni qazib olishni yanada ko`paytirib, dengiz suvidan vodorodning 

izotop  bo`lmish  deyterini  ajratib  olish,  suv  qalqishi  asosiga  qurilgan  ulkan  eektr 

stansiyalar  va  dengiz  suvini  chuchitish  inshootlarini  qurishdan  yangidan  yangi 

istiqbollar ochdi.  




34 

 

 



Ikkinchidan,  global  (dunyoviy)  ko`lamdan  oziq-ovqat  muammolarining 

o`tkirlashuvi  okeanning  biologik  resurslariga  bo`lgan  qiziqishni  oshirdi. 

Vaholangki, hozircha, dunyo okeani insoniyatning oziq-ovqatga bo`lan ehtiyoining 

atigi  2  foizini  ta`minlaydi,  xolos.  Biroq  okeandan  hayvonlar  oqsilining  12-13 

foizini  ajratib  olinmoqda.  Albatta  baliq  ovlash  va  dengiz  mahsulotlari  olishni 

tobora  ko`paytira  borish  lozim.  Okeandagi  mavjud  balansni  buzmagan  holda  bu 

mahsulotlarni  yanada  ko`paytirish  imkoniyatlari  turli  mamlakatlar  olimlarining 

hisobiga  ko`ra  100-150  mln  t.ga  yetadi.  Dengizda  suv  o`tlarini  yetishtirishni 

rivojlantirish esa qo`shimcha katta rezerv hisoblanadi. 

Uchinchidan,  Xalqaro  geografik  mahsulotning  chuqurlashuvi  jahon 

savdosining  tezkorlik  bilan  o`sishi,  dengizda  yuk  tashish  ishlari  hajmini  tobora 

oshirmoqda. Bu birinchi navbatda ishlab chiqarish va aholini dengiz sari siljishiga 

va  shu  munosabat  bilan  bir  qancha  dengiz  bo`yi  rayonlarining  shiddat  bilan 

rivojlanishiga sabab bo`ldi. Masalan, ko`pdan ko`p yirik dengiz portlari sanoat-port 

majmualariga  aylandi.  Bu  majmualar  uchun  kemasozlik,  neftni  qayta  ishlash,  neft 

dunyosi, metallurgi kabi sohalar eng xarakterlidir. Keyingi vaqtda esa ba`zi bir eng 

yangi tarmoqlar ham rivojlana boshladi.  

 

 



Dunyo  okeani  doirasidagi  va  okean  -  quruqlik  tutashgan  zonasidan  barcha 

ishlab  chiqarish  faoliyati  va  ilmiy  faoliyat  natijasida  jahon  xo`jaligining  tarkibiy 

qismi  bo`lmish  dengiz  xo`jaligi  vujudga  kelgan.  Bu  tog`  kon  va  qayta  ishlash 

sanoatlari,  energetika,  baliq  ovlash,  transport,  savdo  hamda  turizmni  o`z  ichiga 

oladi. Umuman olganda bu dengiz xo`jaligida kamida 100 mln kishi band. 

 

Biroq  bunday  faoliyat  ayni  vaqtda  dunyo  okeanining  global  muammosini 



tug`dirdi. 

Uning 


mohiyati 

okean 


resurslarining 

nihoyatda 

notekis 

o`zlashtirilayotganligi,  undan  harbiy  faollik  sifatida  foydalanayotganligidan 

iboratdir.  Xuddi  mana  shuning  uchun  ham  1982  yil  qabul  qilingan  BMTning 

dengiz  huquqiga  doir  konvensiyasi  (bitimi)  juda  katta  ahamiyatga  ega  bo`lib,  u 

“Dengiz  xaritasi”  nomini  olgan.  Bu  hujjat  dengiz  sohilidan  200  mil  masofadagi 



35 

 

iqtisodiy  zonani  belgilab  berdi.  Bu  zonada  dengiz  bo`yida  joylashgan  davlat 



biologik  va  mineral  resurslardan  foydalanishda  mustaqil  huquqqa  ega.  Dunyo 

okeanidan  foydalanish  muammosini  yechishning  asosiy  okean  tabiati  va  tabiiy 

resurslardan  oqilona  foydalanish  uning  boyliklariga  nisbatan  to`g`ri  majmuali 

yondashuvini  tanlashdan  iborat  bo`lib,  bu  yondashuv  butun  jahon  hamjamiyati 

kuch va harakatlarini birlatirishdan iboratdir.  


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish