Navoiy davlat pedagogika instituti "tabiiy fanlar" fakulteti "geografiya o


Yer, suv resurslari va ulardan foydalanish muammolari



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/26
Sana30.12.2021
Hajmi0,59 Mb.
#96643
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
9-sinfda jahon tabiiy resuslari

1.3.Yer, suv resurslari va ulardan foydalanish muammolari. 

Insoniyatning  yer  resurslari  bilan  ta`minlanganlik    darajasi  jahon  yer 

resurslari  bilan  belgilanadi.  Jahon  yer  resurslari  13,4  mlrd  gektarni  tashkil  etadi. 

Ishlov  beriladigan  yerlar  eng  qimmatbaho  yer  hisoblanadi,  bunday  yerlar 

insoniyatga  zarur  bo`lgan  oziq-ovqat  mahsulotlarining  88  foizini  beradi.O`tloq  va 

yaylov  yerlarning  ham  ahamiyati  katta.  Ular  insoniyat  istemol  qiladigan  oziq-

ovqatning 10 foizini beradi.Biroq sayyoramiz yer fondining tarkibi o`zgarib turadi. 

Yer fondi tarkibiga bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan ikki jarayon to`xtovsiz  ta`sir 

ko`rsatadi. 

 

Bir  tomondan  insoniyat  minglab  yillar  davomida  yashash  va  qishloq 



xo`jaligida  foydalanishga  qulay  bo`lgan  yerlarni  kengaytirish  uchun  zo`r  berib 

kurashib  keladi.  Bunda  qo`riq  yerlarni  katta  ko`lamda  o`zlashtirilganligi  jihatidan 

Rossiya,  Qozog`iston,  AQSH,  Kanada,  Xitoy,  Braziliya  alohida  ajralib  turadi. 



30 

 

Lekin  yeri  kichik,  aholisi  zich  o`rnashgan  mamlakatlar  dengizlarning    qirg`oq 



bo`yi qismlarini jadal o`zlashtiryapti. 

 

Ikkinchi  tomondan  yerlar  to`xtovsiz  oriqlab  boryapti.  Yerlarning 



botqoqlanishi  va  sho`r  bosishi  natijasida  1,5  mln  gektar  yer  ishdan  chiqyapti. 

Shaharlar  o`sib  borgan  sari  turar  joy,  sanoat  va  transport  qurilishlari  ham  qishloq 

xo`jaligi  yerlariga  tobora  jadal  kirib  bormoqda.  Jahonning  qurg`oqchil  o`lkalarida 

sodir  bo`layotgan  cho`llashish  jarayoni  qishloq  xo`jaligi  yerlarini  kamaytirib 

boryapti. 

 

Cho`llashish hozirning o`zidayoq 900 mln gektarni “yutib” yubordi. Va yana 



o`nlab,  mamlakatlarda  xavf  solyapti.  Sahroi  Kabir,  Atakama,  Namib  va  boshqa 

cho`llar  kengayib  boryapti.  Olimlarning  hisoblariga  qaraganda,  kelgusi  30  yil 

davomida G`arbiy Yevropaning yarmiga teng keladigan yerlari  ishdan chiqayapdi. 

Bu  jarayonlar  natijasida  yerga  tushayotgan  tazyiq  to`xtovsiz  ortib  boryapti,  yer 

resurslari bilan taominlanganlik darajasi esa kamib ketayapti. 

 

Noosfera  -  aql  zakovati  sferasi  odamlarning  xo`jalik  faoliyati  geografik 



muhitga  tabiatning  o`zida  ro`y  beruvchi  geologik  jarayonlardan  kam  ta`sir 

ko`rsatyapti,  deb  yozgan  edi  Vernadskiy  (1863-1905).  O`shandan  beri  jamiyat 

bilan  tabiat  o`rtasidagi  “moda  almashinuvi”  ko`plab  marta  o`sib,  global 

miqyoslarga  yetdi,  biroq  tabiatni  “zabt  etar”  ekanlar,  odamlar  o`z  hayot 

faoliyatlarining  asosiga  juda  katta  zarar  yetkazdilar.    Atrof-muhit  holati 

yomonlashdi. Bu holatni tasvirlab fransuz okeanshunosi Jak Iv Kusto “ilgari tabiat 

insonni  qo`rqitar  edi,  endi  inson  tabiatni  qo`rqitmoqda”  deb  yozgan  edi.  Yer 

yuzining qancha mamlakat va rayonlarida ekologik vaziyat juda taranglashib ketib 

ekologik  tanazzul  darajasiga  yetdi.  Hozirgi  vaqtda  bu  muammoni  yechish  uchun 

tobora ko`p davlatlar o`z kuch va imkoniyatlarini birlashtirmoqdalar.  



 Suv  resurslari,  chuchuk  suv  maummosi.  Yaqindagina  suv  ham  havo  kabi 

tabiatning  tekin  inomlaridan  biri  hisoblanar  edi.  Faqat  obikor  dehqonchilik 

joylardagina  suv  hamma  vaqt  yuqori  baholanib  kelingan.  Keyingi  vaqtlarda 



31 

 

quruqlikdagi  suv  resurslariga  munosabat  o`zgardi.  Bunga  sabab  shuki,    chuchuk 



suv resurslari gidrosfera umumiy hajmining 2,5 foizini tashkil etadi. Buning ustiga, 

chuchuk  suvning  asosiy  qismi  Antarktida,  Grenlandiya  muzliklariga,  Arktika 

muzlari,  tog`  muzliklariga  jamlab  qo`yilgan,  hozircha  ulardan  amalda  foydalanib 

bo`lmaydi.  

 

Muammo  shundaki,  insoniyatning  chuchuk  suvga  bo`lgan  ehtiyojini 



ta`minlaydigan  manba daryolar bo`lib  uning  miqdori bor-o`g`i 47  ming km.kubga 

teng.  Chuchuk  suvni  ishlatish  tobora  ortib  bormoqda,  2000  yilga  borib  yiliga  5 

ming km.kubdan oshib ketdi.  1980 yilda 3,5 ming km.kub edi. Shu bilan birga suv 

eng  ko`p  qishloq  xo`jaligida  sarf  bo`ladi.  Qishloq  xo`jaligida  ayniqsa  obikor 

dehqonchilikda  ishlatilgan  suv  resurslari  asosiy  o`rniga  qaytmaydi.  Daryolar  suv 

resurslari  o`zgarmagan  holda  suvdan  foydalanishning  bunday  o`sib  borish 

tanqisligi yuzaga kelishi xavfini vujudga keltiradi. 

 

Yer  yuzida  chuchuk  suv  notekis  taqsimlangan.  Ekvatorial  mintaqa  va 



mo`tadilning  shimoliy  qismida  chuchuk  suv  yetarli  va  hatto  ortiqcha  ham.  Bu 

joylarda suvga eng serob  mamlakatlar joylashgan. Ularda aholi jon boshiga  yiliga 

25000  km.kubdan  ortiq  suv  to`g`ri  keladi.  Quruqlikning  1/3  qismini  tashkil  etgan 

qurg`oqchil  mintaqalarida  suv  tanqisligi  juda  keskin  seziladi.  Bu  yerda  suvga  

kambag`al  mamlakatlar  joylashgan.  Ulardan  kishi  boshiga  5  ming  m.kubdan  kam 

suv  to`g`ri  keladi.  Insoniyatning  suv  muammosini  yechishning  bir  necha  yo`llari 

mavjud.  Bu  yo`llardan  asosiysi  aftidan  ishlab  chiqarish  jarayonlarining  suvga 

nisbatan  talabini  kamaytirish  va  suv  isrofgarchiligini  qisartirishdir.  Daryolar 

oqimini boshqaradigan suv omborlarini qurish katta ahamiyati kasb etadi. Jahonda 

hammasi  bo`lib,  umumiy  suv  hajmi  6,5  ming  km.kub  bo`lgan  30  mingdan  ortiq 

suv  ombori  bunyod  etilgan.  Bunga  suv  yer  kurrasi  daryolarida  bir  vaqtda  mavjud 

bo`lgan  3,5  barobar  ko`pdir.    Bu  suv  omborlarining  umumiy  maydoni  400  ming 

km.kv  dan  ortiq  yoki  Azov  dengizi  maydonidan  10  barobar  katta.  Katta  suv 

omborlarining ko`pligi bilan  AQSH va Rossiya alohida ajralib turadi.  




32 

 

 



AQSH,  Kanada,  Avstraliya,  Hindiston,  Xitoy,  Misr  va  MDHga  kirgan 

mamlakatlarda  suvni  hududlarda  katta  taqsimlash  ishlari  amalga  oshirilgan.  Biroq 

keyingi paytlarda bir daryo  xavzasidan boshqa daryo  xavzasiga oqizish  yuzasidan 

tuzilgan  yirik  loyihalar  iqtisodiy  va  tabiiy  muhofazasi  mulohazalari  sababli  bekor 

qilindi.   Fors qo`ltig`i, O`rta dengiz bo`ylaridagi  mamlakatlarda, Turkmanistonda, 

Kaspiy  dengizida,  AQSHning  janubida,  Yaponiyada,  Karip  dengizi  orollarida 

dengiz  suvini  chuchitish  amlga  oshirilyapti,  dunyo  bo`yicha  Quvaytda  eng  ko`p 

suv chuchitiladi. Chuchuk suv endilikda jahon bozorida sotiladigan tovarga aylanib 

qoldi. Chuchuk suv dengiz kemalarida tashiladi. Uzoqqa cho`zilgan quvurlar orqali 

yuboriladi.  

 

Ma`lumki,  daryo  suvidan  elektr  energiya  olishda  foydalaniladi.  Jahonning 



foydalanish  mumkin  bo`lgan  gidroenergetika  zaxirasi    10  trln  kvt.st  elektr-

energiyasi  olish  mumkin  deb  hisoblanadi.  Bu  gidroenergetika    zahirasining  1/2 

qismiga yaqini, 6 ta mamlakatga to`g`ri keladi. Bular: Xitoy, Rossiya, AQSH, Zair, 

Kanada, Barziliya.  




Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish