Navoiy davlat pedagogika instituti "tabiiy fanlar" fakulteti "geografiya o



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/26
Sana30.12.2021
Hajmi0,59 Mb.
#96643
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
9-sinfda jahon tabiiy resuslari

 

 

 

 

 

 

 

II,bob. “Jahon tabiiy resuslari ” mavzusini o`qitishda qo`llaniladigan 

pedagogik texnologiyalar 

2.1.Geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarning qo`llanilishi 

 

 

O`quvchilarning  bilim  darajasini  aniqlash  yo`llari  talaygina.  Bulardan  keng 

tarqalganlari: savol-javob, doska oldida og`zaki yoki yozma javob, frontal so`rash, 

nazorat  ishlari,  test  sinovlari  o`tkazish  yo`li  bilan  bilim  darajasini  baholash 

kabilardir.  Bulardan  tashqari,  ijodkor  o’qituvchilar  tomonidan  o’quvchi  bilimini 



41 

 

sinashning  yangidan-yangi  usullari  ishlab  chiqilgan  bo’lib,  ular  galma-galdan 



almashtirilib  qo`llab  borilishi,  dars  samaradorligini  oshirishda,  o’quvchilarning 

ushbu  fanga  qiziqishini  uyg`otishda  asosiy  omil  bo’lib  xizmat  qiladi.  Bu  bilan 

bog’liq  usullar  bir  qancha  pedagogik  jurnallarda,  jumladan,  «Xalq  ta’limi», 

«Биология  в  школе»,  «Xимия  в  школе»,  «География  в  школе»  kabi 

jurnallarning sahifalarida tez-tez yoritilib borilmoqda. 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida    pedagogik  texnologiyalarni  yaratish  va 

joriy  etish  masalalarining  qo’yilishi  ta’lim  samaradorligiga  erishish,  pedagog 

kadrlarni  bilimlarini    oshirish,  pedagogik  texnologiyalarni  ta’lim  jarayoniga  olib 

kirish kabi dolzarb masalalarni yechimini topishga qaratilgan ulkan vazifalarni hal 

etishga qaratilgandir. Mustaqil O’zbekiston taraqqiyotini hal qiluvchi muammolar: 

xalqimizning  ming-ming  yillik  milliy  qadriyatlarini,  pedagogik  merosni  o’rganish 

va  ta’lim  tarbiya  jarayonini  milliylashtirish  jamiyat  taraqqiyotida  ma’naviyatning 

ustuvorligini 

ta’minlash 

va 

ma’naviy 



tarbiya 

nazariyasini 

amaliyotni 

takomillashtirish,  yoshlar  ongiga  milliy  mafkura,  milliy  g’oyani  singdirish, 

vatanparvarlik  tarbiyasini  yangi  mazmun  va  metodikasini  ishlab  chiqish,  jahon 

andozalariga  mos  ta’lim  tizimini  yaratish,    ilg’or  pedagogik  tajribalarni 

ommalashtirish, pedagog kadrlarni hozirgi davr talabi asosida ta’lim tarbiya ishiga 

tayyorlash,  pedagogik  texnologiya  bilan  qurollanish  kabilar  pedagogika  fanining 

dolzarb vazifasi bo’lib qoladi. 

 Shuni  takidlash  lozimki,  jamiyat  taraqqiyotida  ilm,  fan,  ishlab  chiqarish 

kuchiga aylangan bugungi kunda ta’lim tarbiya ishida pedagogik texnologiya davri 

boshlandi.  Yangi  pedagogik  texnologiyani  joriy  etishdan  maqsad  bo’lajak 

mutaxassislarni  mavjud  pedagogik  qonuniyatlar  va  aniq  shart-sharoitga  asosan 

ta’lim-tarbiya  jarayonini  loyaihalash  samarali  metod  va  vositalarni  tanlashga 

o’rgatishdan  iborat.  bugungi  kun  pedagogi  pedagogik  texnologiya,  texnika 

rivojlangan  mamlakatlar  ilg’or  pedagogik  texnologiyasi,  O’zbekistonda  kadrlar 

tayyorlashning milliy dasturini amalgam oshirish tajribalari haqida nazariy bilimga 

ega  bo’lishlari,  pedagogik  jarayonni  loyihalay  olishlari,  ta’lim  tarbiya  maqsadi, 




42 

 

mazmuni va optimal metodlarini ko’nikma va malakasini shakllantirish, pedagogik 



diagnostika  qobilyatini  o’stirishdan  iborat.  Ko’pgina  rivojlangan  mamlakatlarda 

pedagogik  texnologiya  XX  asrning  80  yillarida  keng  joriy  etilgan  bo’lsa  ham  biz 

bu  borada  orqada  edik.  Zero,  pedagogika  uzoq  davr  kommunistik  mafkurani 

singdirish  vositasi,  “G’oyaviy”  ustuvorlik  o’rta  asrlar  darajasida  qolib  ketishiga 

sabab bo’ldi. Natijada pedagogikaning obro’si, uning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni 

pasaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir faoliyat, mehnat, jumladan pedagogik 

faoliyat ham ilmiy asoslanganligi erishilgan natijasi bilan o’lchanadi.  

Ta’kidlash  lozimki  pedagogika  nazariyasidagi  ko’pgina  subektiv  mavhumlik 

barham  topdi.  Pedagogik  texnologiya  pedagogika  sohasiga  ham  jahon  tajribalari 

namuna bo’lib kirib keldi. Pedagogika tarixi ta’lim tarbiya texnologiyalari tarixidir. 

Ammo  ana  shu  tajribalar  aniq  tizimga  solinmagan,  ularning  qonuniyatlari  ilmiy 

asoslanmagan  edi.  Pedagogik  texnologiya,  yangi  pedagogik  texnologiyaning 

alohida  o’quv  predmeti  sifatida  o’rganilishi  ta’lim  tarbiya  faoliyatini 

samaradorligini  amalgam  oshiriladi,  murakkab  pedagogik  mehnatni  yengillatadi. 

Bo’lajak  mutaxassis  uchun  pedagogik  texnologiya  pedagogik  madaniyat, 

pedagogik  mahorat  mezonidir.  Bugungi  kunda  “Nima  uchun  o’rganish  va  qanday 

o’rganish” didaktikaning asosiy prinspidir.  

Yangi  pedagogik  texnologiya  ta’lim  tarbiya  jarayonini  optimal  loyihalash, 

yuqori  natijaga  erishishda  barcha  bug’inlarni,  omillarni  ishlashini  ta’minlash 

imkoniyatini beradi. Pedagogik texnologiyani o’rganishda avvalo o’z prensplariga: 

fanning  maqsadi,  mazmuni,  didaktik  jarayon  shogird  va  ustoz  faoliyati 

uyg’unligiga  amal  qilish  maqsadga  muvofiqdir.  Talaba  ya’ni  shogird  pedagogik 

texnologiya bo’yicha o’z  malakasini oshiruvchi  fanning  mohiyatini, ta’lim tarbiya 

ishini  samaradorligini  ta’minlovchi  mexanizm  ekanligiga  iqror  bo’lishiga  intilishi 

zarur.  Yuqorida  ta’kidlaganimizdek  pedagogik  texnologiyada  o’rganish  maqsadi 

motibi hal qiluvchi omildir. Pedagogik texnologiyani o’rganishda tarixiylik boshqa 

fanlar,  ayniqsa  psixologiya  bilan  pedagogik  jarayonni  amaliyot  bilan  bog’liq 

izchillik  prensplariga  amal  qilinadi.  Pedagogik  texnologiyani  o’z  talab  qilganidek 




43 

 

uni  o’rganishda  ham  texnika  vositalari  qo’l  keladi.  pedagogik  jarayonni 



modellashtirishda  zamonaviy  texnikadan  foydalanish  samaradorlik  garovidir. 

Jamiyatni  demokratlashtirish,  ta’lim  tarbiya  jarayonini  demokratlashtirish, 

yoshlarda  mustaqillikni  shakllantirish  kelajakda  bir  necha  bosqichli  imtihonlardan 

vos kechishni taqoza etadi.  

Har  qanday  jarayon  natejaga  erishish  maqsadida  izchil  faoliyat  tizimidir. 

Ta’lim tarbiya maqsadida tashkil etilgan ob’ekt, sub’ekt o’zaro hamkorlik tizimiga 

pedagogik  jarayon  deyiladi.  Shuneng  uchun  har  bir  pedagogik  jarayon  o’ziga  xos 

qonuniyatlar,  maqsad,  vositasi,  natija  mezoniga  ega.  Pedagogik  texnologiyani 

“Yangi”,  “Ilg’or”  urg’ular  bilan  mavsumiy  masalaga  aylantirish  uning 

imkoniyatlaridan  to’g’ri  foydalanishdan  chalg’itadi.  Pedagogik  jarayon  haqidagi 

har  qanday  yangilik  tashabbus  jumladan  pedagogika  ham  uning  mavjud 

qonuniyatlariga asoslanishi maqsadga muvofiqdir.  

Jamiyat  barqaror,  takrorlab  turuvchi  ma’lum  jarayon  voqea,  hodisalarning 

ichki  aloqadorligidir.  Masalan,  pedagogik  jarayonning  bir  butunligi,  uning 

maqsadi,  vazifalari,  mazmuni,  shakli  va  metodi  jamiyatning  ijtimoiy-iqtisodiy 

talabi  mafkurasiga  mos  bo’lmog’i  lozim.  Agar  pedagogik  texnologiya  pedagogik 

jarayonni  lohihalashdan boshlanar ekan, avval pedagogik jarayonning bir butunlik 

qonuniyatiga  amal  qilinadi.  Pedagogik  texnologiyaning  ahamiyati,  ustunligi  ham 

shunda.  Bir  butun  shaxsni  kamol  topdirishda  bir  butunlikda  yondoshish  va 

pedagigik jarayon tarkibining o’zaro bog’liqligi uning uzviyligini oshiradi. Boshqa 

texnologik jarayonda ham biror tizimi yoki bug’in tarkibi ishlamasa butun jarayon,  

ishlab  chiqarish  to’xtaydi.  Pedagogik  jarayonning  bir  butunligi  talabi  ham 

pedagogik texnologiyani prinsipi bilan uyg’undir. Shuningdek, ta’lim tarbiya davr 

talabiga,  jamiyatning  rivojlanishi  prensplariga,  bugungi  kunda  bozor  iqtisodi 

tamoillari  va  istiqlol  mafkurasiga  mosligi  ham  yangi  pedagogik  texnologiyaning 

yo’nalishini  belgilaydi.  Jamiyatning  buyurtmasi  pedagogik  texnologiya  va 

pedagogik  tizmning  tarkibiy  qismidir.  Pedagogik  texnologiyaning  dolzarbligi, 

keng  ommalashgani  ham  uning  kafolatli  natija,  model  metodika  ekanligidadir. 




44 

 

Natijani  aniqlashda  pedagogik  jarayonni  talimiy,  tarbiyaviy  va  rivojlantiruvchi 



vazifalarning  o’zaro  bog’iqligi  qonuniyatiga  asoslaniladi.  Ma’lumki,  pedagogik 

jarayonning  bu  o’ziga  xos    xususiyati  ta’lim  tarbiya  va  rivojlanishining    bir-birini 

to’ldirishi, shaxsni har tomonlama kamol toptirishi bilan xarakterlanadi. 

 Demak  pedagogik  texnologiya  ta’lim,  tarbiyaning  maqsadini,  vazifasini 

belgilashda  anashu  qonuniyatga  amal  qilinishi  tabiiy.  Pedagogik  texnologiyaning 

an’anaviy  ta’lim  tarbiya  metodikasidan  farqi,  ustunligi  ham  o’quvchi  faolligi 

prenspiga asoslanishida. Ya’ni bu borada tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalash, o’qitish 

va  o’rganishning  birligi  va  qonuniyati  bilan  hamohangdir.  Jahon  pedagogik 

tajribasida  tarbiyalanuvchining  faoliyati  ustuvorligi,  tarbiyachi  uni  tashkil  qila 

bilish  mahorati  zarurligi  ilmiy  asoslangan.  Ta’lim  tarbiyaning  2  tomonlama 

xususiyati  pedagogik  tizm  va  pedagogik  texnologiyada  barcha  tadqiqotchilar 

tomonidan tan olingani e’tiborga molikdir.  

Tarbiyalanuvchi,  ta’lim  oluvchining  yosh  va  shaxsiy  xususiyatlari, 

imkoniyatini  hisobga  olish  qonuniyati  ham  pedagogik  texnologiyaning  asosiy 

vazifasi bo’ladi. Pedagogik tizimni loyihalashda, ta’lim tarbiya maqsadi, mazmuni, 

metodlari va tarbiya ob’ekti va sub’ekti va faoliyatini belgilashda o’ziga xoslik va 

moslik  qoidasiga  amal  qilinishi  aksiomadir.  Jamoa  shaklida  o’qitish,  jamoa  orqali 

tarbiyalash  mavjud  ekan,  pedagogik  texnologiyada,  ta’lim  –  tarbiya  jarayonini 

loyihalashda jamoa va shaxsning o’zaro hamkorligiga asoslanadi.  

Pedagogik  texnologiyaning  ta’lim  –  tarbiya  jarayoniga  bir  butunlikda 

yondoshish,  barcha  bo’laklarning  bir  xil  o’zaro  bo’g’liqlikda  ishlashi  pedagogik 

texnologiyaning  talabidir.  Ma’lumki,  texnikada  biror  butun  detall  ishlamasa 

faoliyat, harakat bo’lmaydi. Pedagogik texnologiyaning an’anaviy ta’lim – tarbiya 

metodikasidan ustunligi ham shunda. Agar an’anaviy ta’lim – tarbiya metodikasida 

ta’lim  –  tarbiya  maqsadi,  mazmuni,  yo;l  va  usullari,  vositalari  alohida  qaralsa,  u 

yoki bu jihatdan takomillashtirish tahlil qilinsa, pedagogik texnologiyada bir butun 

va o’zaro bog’liqlikda o’rganiladi.  



45 

 

Reyting  sinov  daftarchasi.  O`tilgan  mavzular  o’quvchilar  tomonidan  qay 



darajada  o’zlashtirilayotganini  muntazam  tekshirib  borish  maqsadida  geografiya 

fani  bo`yicha  maktabda  o’quvchilarning  bilim  va  ko`nikmalarini  hisobga  olib 

boruvchi «reyting varaqasi» joriy qilish mumkin. Sinfdagi har bir o`quvchi alohida 

«sinov daftarchasi» tutib, unda  geogarfiyani turli  mavzular bo`yicha tushunchalar, 

qonuniyatlarni  qay  darajada  o’zlashtirganini  qayd  qiladi.  Har  bir  mavzu  bo`yicha 

tekshirib ko`rilishi shart bo’lgan yozma, og`zaki so`rovlar, amaliy ishlar yakunning 

baholarini o’quvchilar ana shu daftarga yozib boradilar. 

 

Har  bir  yangi  mavzudagi  tushuncha  va  qonuniyatlarning  o’quvchilar 



tomonidan  puxta  o’zlashtirilishi,  ularning  yodida  saqlanib  qolishda  faqatgina 

og`zaki  yodlash  ko`nikmalaridan  foydalanib  qolinmasdan,  balki  geografiya 

didaktikasining  yangi,  no’ananaviy  usullardan  foydalaniladi.  Ulardan  biri  tayanch 

konspekt tuzish chuqur tahlil qila bilish usulidir. 

 

Uning  mohiyati  nimada?  Tayanch  konspekt  alohida  so’zlar,  hatto  ayrim 



harflar,  formula  va  boshqa,  xildagi  konspekt  yordamida  o`tilgan  mavzuni  qisqa, 

tushunarli  holda  sinf  doskasida  ifodalashdan  iboratdir.  Yangi  mavzuni  o`tish 

jarayonida avvalo, uni  mukammal tushuntirib beriladi, so`ngra o’quvchilar  mavzu 

materiallarini turli xil rasmlar, qisqartma so’zlar, rang-barang indekslar, yordamida 

ifodalab,  darsni    bo’limlarga  bo’lib  o’rganishadi.  Har  bir  bo’limdagi  g’oya, 

tushunchalar,  maxsus  konspekt  yordamida  ifodalanib  o’quvchilarga  tushuntiriladi. 

Avvalgi  yangi  mavzu  og`zaki  hikoyani  eshitib,  ikkinchi  marotaba  uni  konspekt 

yordamida  mustahkamlaganlaridan  keyin  o’quvchilar  darsning  o’zlashtirilishi 

zarur  bo’lgan  eng  asosiy  tushunchalarni  bilib  oladilar  va  quyidagilarga  e’tibor 

qiladilar: 

1). Nazariy materialni bilish; 

 

2).Tematik  kartalarni  taqqoslab,  ular  o’rtasidagi



 

aloqalarni  ko`ra  olish  va 

tushuntirib berish; 

3). Geografik nomlari (atamalarni bilish); 

4). O`lkashunoslik; 



46 

 

5).  Berilgan  rasmdagi  tasvir  dunyoning  qaysi  davlatigaiga  tegishli  ekanligini 



aniqlash bo`yicha  bilim va ko`nikmalar  tekshirilishini  bilishadi. 

Darslik  o’quvchilar  uchun  asosiy  qo’llanma,  ular  oladigan  bilimlarning  eng 

muhim  manbaidir.  O’quvchilarni  kitobdan  foydalanishga  o’rgatish  maktab 

geografiyasi oldiga qo’yilgan muhim vazifalardan biridir. O’quvchilar darslik bilan 

o’qituvchi  rahbarligida  ishlaydilar.  O’qituvchi  o’quvchilarni  darslik  bilan  o’quv 

yilining boshida tanishtiradi. O’qituvchi darslikning kartalari, sxemalari, jadvallari, 

profillari,  rasmlari,  ilovalari,  savollari  topshiriqlari  va  ularning  ahamiyatini 

tushuntirib,  darslik  bilan  ishlash  yo`llari  haqida  umumiy  ko`rsatma  beradi.  Dars 

to’rtta  muvofiq  ravishda  darslikning  ilmiy  saviyasini  ko`tarishga,  shuningdek 

darslik yordamida o’quvchilarning sinfda va uyda bilim faoliyatini faollashtirishga 

e’tibor berilgan. Yangi ilmiy tushunchalar kirtish, ishlab chiqarishning rivojlanishi, 

joylashish  qonuniyatlari  muhim  iqtisodiy-geografik  faktlar  misolida  tushuntirish, 

o’quvchilarni  fan  usullari  bilan  tanishtirish-maktab  iqtisodiy  geografiiyasi  ilmiy 

saviyasini oshirishning eng muhim yo`llaridir. 

 

Darslik  karta-sxema,  diagramma,  grafik  rasm  va  jadval  kabi  illyustratsiya 



materillariga  boy.  Ular  darslik  mazmunning  tarkibiy  bo’lagi  bo’lib,  o’quvchining 

ob’yekt  va  jarayonlarga  doir  tasavvurlarini  muayyanlashtirish,  ularning  bilim 

faoliyatini  faollashtirish,  mantiqiy  tafakkurini  tarbiyalash  vositasi  bo’lib  xizmat 

qiladi.  Illyustratsiya  materiallaridan  foydalanishda  o’qituvchining  vazifasi 

o’quvchilarga  muayyan  tasavvur  yoki  tushuncha  hosil  qilish  bilan  birga 

illyustratsiya faktlarni tahlil etishga, taqqoslay olish usullarini o`rgatishdan iborat. 

 

Ishlab  chiqarish  jarayoni  xususan  turli  tarmoqlarning  aloqadorligini  aks 



ettirgan  rasm  va  sxemalarga  alohida  ahamiyat  berish  zarur.  Ularni  tahlil  etish 

geografik tasavvur va tushunchalarni muayyanlashtiradi. 

 

Jahon  sanoat  tarmoqlari    tarkibi  va  qishloq  xo`jaligiga  yaroqli  yerlar 



tarkibiga  doir  diagrammalardan  ayrim  tarmoqlarning  rivojlanish  dinamikasini 

tushunish mumkin. 

 

Darslikdagi  karta-sxemalar  darsda  ham,  uy  topshirig`ini  bajarishda  ham 



muhim rol o`ynaydi. Ular  xalq  xo`jaligining  muayyan sohasigagina bag`ishlangan 


47 

 

mavzuli  karta-sxexmalardan,  viloyatlar  iqtisodi  aks  ettirgan  majmuali  karta-



sxemalardan iboratdir. Karta-sxema bilan ishlash o’quvchilarga karta bilan ishlash 

malakasini  takomillashtiradi.  Illyustratsiya  materiallaridan  qay  o`rinda,  qay  holda, 

foydalanishni  bilmoqchi  bo’lgan  o`qituvchiga  darslik  muayyan  yo`llanma  beradi. 

Chunonchi, matn orasida berilgan «dioarammaga qarang», «jadvalga qarang» kabi 

topshiriqlar  hamda  har  bir  mavzu  oxiridagi  savol  topshiriqlar  ana  shunday 

funksiyani bajaradi. 

 

Darslik  ilovasidagi  jadvallarda  xilma-xil  mazmundagi  statistik  ma’lumotlar 



berilgan. Bu ma’lumotlar Jahon mamlakatlarining Yer maydoni, aholisi, shaharlari, 

xalq  xo`jaligining  tarkibi  va  rivojlanishiga  doir  tasavvur  va  tushunchalar 

shakllanishiga xizmat etish lozim. 

 

Geografiyani  kartasiz,  tasavvur  qilib  bo’lmaydi.  Maktabda  geografiya 



o’rganilar  ekan,  u  bilan  birga  karta  ham  o’rtaniladi.  Geografiya  sohasida  olib 

boriladigan  har  qanday  tadqiqotlar  kartasiz  bajarilmaydi.  Karta  geografiya 

darslarida  bilim  olishning  asosiy  manbaidir.  Agar  o’quvchi  kartaga  qarab  fikr 

yurita olsa u egallagan bilim yanada mustahkamlanadi. 

Mustaqil  ishlarning  turi  har  bir  darsning  mazmuni,  didaktik  madsadi, 

o’quvchilarning  yoshi  va  saviyasiga  muvofiq  belgilanadi.  Jahon  mamlakatlari 

qtisodiy  va  ijtimoiy  geografiyasida  o’quvchilar  darsda  va  uyda  bajaradigan 

mustaqil 

ishlar 

mamlakatlar 

iqtisodiy 

geografiyasi 

materiallarini  ongli 

o’zlashtirishga,  orttirilgan  malaka  va  ko’nikmalarni  mustahkamlashga  qaratiladi. 

Mustaqil  ishlar  o’quvchilarni  mustaqil  xulosa  chiqarishga  fakt  va  hodisalarni 

umumlashtirishga,  raqamlar,  kartografik  materiallar  bilan  ishlashga  qancha  ko`p 

da’vat  etsa,  o`quvchilar    faktik    materialni  shuncha  ongli  o`zlashtiradilar, 

binobarin,  o`rganilgan  bilim  mustahkam  bo’ladi.  Eng  muhimi  o’quvchilarda 

mustaqil  bilim  olish  ko’nikmasi  tarkib  topadi.  Mustaqil  ishlash  o’quvchilarni  tez 

toliqtirmaydi. Kishi olgan bilimini muayyan malaka va ko’nikmasiz amalda tadbiq 

qilish  qiyin.  Biron  qoidani,  yoki  biron  qonuniyatni  aytish  bilan  uni  turmushda 

qo`llash  orasida  muayyan  malaka  va  ko’nikma  zarur.  Malaka  va  ko’nikma  tarkib 

topishi  uchun  turli  mazmundagi  amaliy  ishlar  o`tkazish  kerak.  Mustaqil  ishlar  har 



48 

 

qancha  ahamiyatga  ega  bo’lmasin  uni  mezonga  rioya  qilmoq  lozim.  Jahon 



mamlakatlari  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiyasidan  mustaqil  ishlar  mezonini 

belgilashda  dastur  talabidagi  darslik  asos  bo’ladi.  Lekin  bunda  har  qaysi 

o’quvchining  saviyasi,  xususan  geografiyadan  bilim  darajasi  inobatga  olinadi.  Bu 

fanni  o’rganish  yuzasidan  o’quvchilarning  mustaqil  ishlarni  tashkil  etish  uchun 

alohida  imkoniyatlar  mavjud.  Darslikda  o’quv  materialining  fakt  va  hodisalarni 

bir-biriga solishtirib va umumlashtirishga da’vat etuvchi savol va topshiriqlar zarur 

miqdorda, o’z o’rnida berilganligini ham, mustaqil ishlar uchun alohida qulayliklar 

yaratadi. 

 

Darsda bajariladigan mustaqil ishlar quyidagilardan iborat: 



a)  O’quv  materialini  o’quvchilar  mustaqil  o’rganib,  muayyan  xulosa 

chiqarishlariga undovchi savollar; 

b) Ilgari olingan bilimlarni o’rganilayotgan material bilan taqqoslash; 

v) Darslikning illyustratsiya materiali bilan ishlash; 

g) Diagramma, jadval tuzish; 

d) Darslikdagi savol va topshiriqqarga javob tayyorlash; 

e) Jadval ma’lumotlari bilan ishlash; 

j) Yozuvsiz karta to`ldirish; 

 

Mustaqil  ishlar  oddiydan  asta-sekin  murakkablashtirilib  boriladi.  Mustaqil 



ishlarning murakkablashtirib borilishini M.K.Kovalevskaya 3 bosqichga bo’lgan. 

      1.Yangi   fakt  va hodisalarni  izlashni talab etuvchi  nisbatan  yengil topshiriqlar. 

Bular  “Qayerda?”,  “Qay  vaqtda”,  “Qancha?”  degan  savollarga  javob  beruvchi 

topshiriqlarni  o’z  ichiga  oladi.  Masalan,  “Dunyoning  qayerlarida  rangli  metall 

rudalari  joylashganligini  aniqlang”,  “Dunyoning    qaysi  qismida  chuchuk  suv 

muammolari mavjud”.  

      2.Geografik 

hodisalarning  sabab-oqibatlarini  belgilash  va  tushuntirishni 

talab  qiluvchi  nisbatan  murakkab  topshiriqlar.  Topshiriqlarni  berishda  “Tushun-

tiring”,  “Isbotlang”  degan  talablar  va  “Nima  uchun”,  “Qanday  qilib”,  “Nega” 

degan  savollar  qo’yiladi.  Masalan,  “Nima  uchun  dengizda  tashilgan  yuklar  arzon 



49 

 

tushadi”  tushuntiring  yoki  “Subtropik  iqlim  sharoitida  joylashgan  mamlakatlar 



dehqonchiligining  ixtisoslashuviga  qanday  ta’sir etadi?”.  

      3.Fakt   va  hodisalarni  umumlashtirishni  talab  etuvchi  nazariy  yo`nalishdagi 

muhim va qiyin topshiriqlar. Bunday topshiriqlar umumiy tushuncha, qonuniyatlar 

va  ish  usullarini  tushuntirishni  nazarda  tutadi.  Masalan,  “Tabiiy  resurslarga 

xo`jalik  nuqtai  nazardan  baho  berish  nima,  turli  xo`jalik  tarmoqlarini  belgilovchi 

me’yor nimadan iborat” yoki qanday omillar hududiy ixtisoslashtirishni belgilaydi.  

 

Ayrim  mavzularni  o`tishda  mustaqil  ishlarni  quyidagicha  tashkil  qilish 



mumkin.  O’zbekistonning  yozuvsiz  kartasida  paxta  tozalash  zavodi  bilan  kanop 

zavodlarini belgilab qo’ying? Qishloq xo`jaligi geografiyasi mavzusini o’rganishda 

mustaqil  ishni  dastlab  matn  oldidan  berilgan  savollarga  javob  tayyorlashdan 

boshlash kerak. Bu savollar quyidagilardan iborat:  

1.Qishloq  xo`jaligi qanday xususiyatlariga ko`ra sanoatdan farq qiladi? 

2.Qishloq  xo’jaligi qanday tarmoqlardan iborat? 

3.Chorvachilik tarmogi  rivojlangan  dunyo mamlakatlarini  aniqlang. 

4.Paxtaning asl vatani qayer? 

5.Paxtadan qanday mahsulotlar olinishini eslang?  

 

Darslik bilan ishlashdan tashqari, o’quvchilarni qo’shimcha adabiyotlar bilan 



ishlashga  qiziqtirish,  undan  zarur  geografik  ma’lumotlarni  topa  olishga  o’rgatish 

lozim.  O’quvchilarni  qo’shimcha  adabiyotlar  bilan  ishlashga  qiziqtirish  uchun 

o’qituvchi  ilmiy-ommabop  va  badiiy  adabiyotlardan  qiziq  faktlar,  ajoyib 

o`simliklar  yoki  hayvonlar  haqida,  aholining  urf-odatlari  haqida  so’zlab  berishi 

kerak.  Qo`shimcha  adabiyotlar  yuzasidan  beriladigan  topshiriqlar  bir  yoki  bir 

necha o’quvchiga topshirilishi mumkin. 

 


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish