Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


partiya, asosan, quldorlarning manfaatini aks ettira boshladi.Quldorlik va



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


partiya, asosan, quldorlarning manfaatini aks ettira boshladi.Quldorlik va
fermerlik xo'jaliklarining rivoji nafaqat mamlakatning ichki siyosatiga, balki 
uning tashqi siyosatiga ham o'z tasirini o'tkazdi. Bu AQSHning g'arbiy va 
janubiy yo'nalishlarda hududiy- ekspansiya harakatlarini olib borishida yaqqol 
namoyon bo'idi. 
Tashqi siyosatning o'ziga xos xususttyatlari 
Mustaqillik urushidan so'ng AQSH tashqi siyosatining xarakterli 


30 
xususiyatlari:l)Yevropa davlatlarining ittifoqlari va urushlarida qatnashmaslik; 
2)ular o'rtasidagi ziddiyatlardan o'zining manfaatlari yo'lida foydalanish va 
3)Amerika savdo kemalarini daxlsizligini ta'minlashdan iborat edi. Shunday qilib, 
XIX asrning birinchi yarmida AQSH Amerika qita'sida G'arbiy Yevropa 
mamlakatlarining 
ta'sirini 
susaytirish 
evaziga 
o'zining 
mavqesini 
mustahkamlashga intildi, Angliya bilan birgalikda Lotin Amerikasi 
mamlakatlarini siyosiy jihaldan tarqoq, mayda va zaif davlatlarga aylantirishda faol 
ishtirok etdi. AQSHning ekspansiya siyosati 1803 yilda arzimas 1,5 mln dollarga 
Fransiyadan Luizianani olish bilan boshlandi. Fransiya mazkur hududni 1800 yilda 
Ispaniyadan torlib olgan edi. Yevropadagi urush tufayli uni himoya qila olmasligi 
va moliyaviy zaruriyal sababli Napoleon uni sotishga majbur bo'ldi. Luizianani 
olinishi AQSH hududini 888,8 ming kv mildan 1715,9 milga ya'ni, qariyb 2 baravar 
kengaytirdi.Kontinental blokada tufayli Angliya Fransiya bilan savdo aloqalarini 
olib borayotgan davlallarning savdo kemalari qatorida AQSHning ham savdo 
kemalini tutib ola boshladi, Bunga javoban AQSH 1812 yilda Angliyaga urush e'lon 
qildi. Urush harakatlaru asosan, Kanada hududidagi ingliz qo'shiniga qarshi olib 
borildi. AQSH Yevropadagi urushlardan foydalanib Kanadani egallamoqchi edi. 
Ammo uning maqsadlari amalga oshmadi. 1814 yil dekabrida Belgiyaning Gent 
shahrida anglo-amerika sulh shartnomasi imzolandi. Urush AQSH hududini 
kengaytirmadi, biroq uning mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga 
ega bo'idi. Angliya yana bir bor AQSH mustaqilligini tan oldi.1810-1818 yillar 
mobaynida AQSH Ispaniyaga tegishli bo'lgan Floridani qismlarga bo'lib bosib oldi. 
1819 yilda rasmiy ravishda Ispaniya Floridani AQSHga berishga majbur 
bo'idi.Ispaniya 
mustamlakachilik 
imperiyasining 
inqirozi 
Lotin 
Amerikasi 
mamlakatlariga mustaqillik olib keldi. 20-yillarning boshlarida "Muqaddas ittifoq" 
qo'shinlarini (Ispaniya mustamlakachiligini tiklash maqsadida) Lotin Amerikasiga 
kiritish haqidagi xabarlarning tarqalishi AQSH hukumatini tashvishga soldi. 1823 yil 
2 dekabrda AQSH prezidenti Monro kongressga murojaatnorna yubordi. Bu 
murojaatnomaga ko'ra, AQSH Yevropamamlakatlarining Amerikadagi mavjud 
mustamlakalarini tan olinishini biroq ularning Amerika qiyofasida yangi 
mustamlakalarga asos solishiga yo'l qo'ymasligini, Yevropamamlakatlarining 
Amerika mamlakatlarining ichki ishlariga aralashmasligini ma'lum qildi. Bu harbiy 
doktrina "Monro doktrinasi" deb nom oldi.Lotin Amerikasi mamlakatlarining 
mustaqillik uchun kurashini qo'llab-quvvatlagan AQSH plantatorlari Texasda 
ko'chmas yer mulklariga ega bo'lib, 1836 yilda uni mustaqil respublika deb e'lon 
qildilar. Bu 1846-1848 yillardagi AQSH-Meksika urushiga olib keldi. Urush 
natijasida Meksika nafaqat Texasdan balki Kaliforniya, Arizona va Yangi 
Meksikadan iborat ulkan hudud (qariyb Meksika hududining yarmi) dan mahrum 
bo'idi. AQSH kompensatsiya tariqasida Meksikaga 15 mln. dollar to'lab go'yoki 
uni sotib olganday qilib ko'rsatdi. Bosqinchilik urushlari natijasida XIX asr o'rtalarida 
AQSH hududi 3027.8 ming kv.milga etdi.AQSHning hududiy ekspansiya tufayli o'z 
maydonini kengaytirishi uchun hindu qabilalarining qoloqligi va tarqoqligi, qo'shni 
Ispaniya mustamlakalari va Meksikaning zaifligi juda qo’l keldi. Yevropa 
davlatlari o'rtasidagi to'qnashuv va urushlar tufayli ular AQSHning bosqinchilik 
urushlariga jiddiy e'tibor bermadilar. AQSH esa bundan o'z manfaati yo'lida 
ustalik bilan foydalandi. AQSHning XIX asr boshlarida Yevropada bo'lgan 
urushlarda qatnashmaganligi uni nafaqat katta harbiy xarajatlar va yo'qotishlardan 
saqlab qoldi, balki urushayotgan davlatlar bilan savdo olib borishi natijasida urushdan 


31 
yaxshigina foyda olishini ta'minladi.AQSHda abolitsionchilar va frisoylerlar 
kuchayishiga qaramasdanshimol burjuaziyasi va G'arbdagi fermerlarning Janub 
quldorlari bilan kompromisslik (kelishuv) munosabati XIX asrning 50-yillarigacha 
AQSh ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayolining asosiy xususiyatlarini tashkil etdi. Bu 
kelishuvchilikning mohiyati bir davlat tarkibida kapitalistik va quldorlik 
munosabatlarning mavjudligidan iborat bo'lib, AQShning ko'pgina moliyachilari, 
savdogarlari va sanoatchilari Janubdagi quldorlik xo'jaliklari bilan bog'liq edi. 
Aksariyat fermerlar va quldorlar AQShga kiritilayotgan arzon ingliz mahsulotlariga 
bojxona soliqlari va to'lovlari miqdorini kamaytirish maqsadida prezident 
saylovlarida birlashar edilar. Fermerlar va quldor plantatorlar AQShning hududiy 
ekspansiyasidan o'zaro teng manfaatdor bo'lib, bu ularni kolonizatsiya - yangi 
yerlar bilan ta'minlar edi. Uzoq vaqt davomida AQSh hududini kengayib borishi 
fermerlar bilan quldorlar munosabatini keskinlashuviga yo'l qo'ymadi. Ammo, 
Janub bilan Shimol o'rtasidagi chegara shtatlarda, yangi tashkil topayotgan 
shtatlarda qulchilikni joriy qilish borasida azaldan kurash davom etib kelar edi.50-
yillarga kelib ahvol o'zgardi. Kapitalizm ravnaqi va G'arbdagi yerlarga fermerlar 
kolonizatsiyasining kuchayishi qulchilik bilan ziddiyatlarni keskinlashtirdi. 
Kuchlar muvozanati qulchilik taqiqlangan Shimol shtatlari foydasiga tez o'zgardi. 
Ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyoti qoloq Janubga qaraganda shimolda tez o'sdi. 
1850-1860-yillarda AQSh aholisi 23 mln dan 31 mln kishiga yetdi, aholining 
aksariyat qismi Shimol va G'arbdagi shtatlarda yashardi, 1860- yilda Janubda 12,2 
mln aholi yashagan, uning 4 mln.ini qullar tashkil qilgan.Sanoat ishlab chiqarish, 
asosan, Shimolda to'plangan bo'lib, AQSh 50- yillarda sanoat mahsulotlari ishlab 
chiqarish bo'yicha dunyoda Angliya, Fransiya va Germaniyadan so'ng to'rtinchi 
o'rinni egalladi AQSh savdo flotining yuk ko'tarish hajmi Angliyanikiga tenglashib, 
5,3 mln tonnani tashkil etdi. Biroq AQSh qishloq xo'jaligiga asoslangan agrar 
mamlakat bo'lib, mashinalar va sanoat maxsulotlarining katta qismi Angliyadan 
keltirilar edi.AQShda ishlab chiqarish kuchlarining o'sishi quldoriik ishlab 
chiqarish munosabatlari bilan zid kela boshladi. Quldorlik kapitalizmning 
yanada rivojlanishi yo'lida asosiy to'siq bo'lib qoldi.Janub planlatorlarining 
xo'jaliklari paxta yetishtirish va uni Angliyaga chiqarishga ixtisoslashib bordi. Hind 
paxtasining raqobati tufayli ishlab chiqarish unumdorligini oshirish zaruriyati yangi 
yerlar hisobidan ekin maydonlarini kengaytirishni taqozo qilar edi.Plantatorlar 
AQShga olib kelayotgan arzon ingliz sanoati maxsulotlari uchun bojxona soliqlari 
miqdorini oshirishga yo'l qo'ymayotgan edilar. Janubni Angliya fabrikalari uchun 
xom-ashyo bazasiga aylantirilishi mustaqil milliy sanoat, ichki bozorni kengaytirish 
va qullarni yollanma ishchilarga aylantirish uchun harakat qilayotgan AQSh 
burjuaziyasida norozilik tug’dirmoqda edi. Burjuaziya bilan plantatorlar o'rtasida 
temir yo'llar qurilishi borasida ham tortishuvlar mavjud edi. Burjuaziya o'z 
manfaatidan kelib chiqib shimoliy-g'arbiy yo'nalishda, quldorlar janubiy 
yo'nalishda temir yo'llar qurilishini jadal olib borilishini talab qildilar. 50- 
yillardan 
quldorlar 
bilan 
fermerlar 
o'rtasida 
qarama-qarshilik 
kuchaydi.Qashshoqlashgan fermerlar va ishchilar g'arbdagi yerlarni mayda 
uchastkalarga bo'lib berilishini va qulchilikni bekor qilinishini talab qilayotgan 
edilar. Shuninigdek,janubda negr qullarining qulchilikka qarshi kurashi ham 
kuchaydi.Qulchilik masalasida keskinlikning paydo bo'lishiga quldorlarning 
mamlakatda siyosiy hukmronligini saqlab qolish uchun yangi shtatlarda 
qulchilikni joriy qilishga urinishi sabab bo'lmoqda edi.Shimol bilan Janub 


32 
o'rtasidagi qulchilik borasidagi ziddiyatlar AQShda fuqarolar urushi ko'rinishidagi 
inqilobiy portlashga olib keldi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish