Navoiy davlat pedagogika instituti "tasdiqlayman"


Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi, mazmuni va uni baholash



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/222
Sana09.07.2022
Hajmi5,56 Mb.
#759707
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   222
Bog'liq
Magistratura tahlil majmua 2018 (1)

Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi, mazmuni va uni baholash
Magistrlik dissertatsiyasi malakaviy ish sifatida nazariy jihatdan muhimligi
mavzuning dolzarbligi, olingan natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati bilan hamda
rasmiylashtirilishi bilan baholanadi. Magistrlik dissertatsiyasining mukammal ishlab 
chiqilishi, 
muallifning 
ilmiy 
izlanishning 
maqsad 
va 
vazifalarini 
chuqur 
tushunganligidan, tadqiqot ob’ekti va predmetini to’g’ri tanlaganidan hamda uning 
ustida to’g’ri ishlaganligidan dalolat beradi. 
Dastlab, magistrlik dissertatsiyasining loyihasi ixtisoslik kafedrasi a’zolari 
muhokamasiga havola qilinadi va kerakli tuzatmalar kiritiladi. 
Magistrlik dissertatsiyasi mazmuniga ko’ra quyidagilarni qamrab olishi kerak: 

tanlangan mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati, dolzarbligi, oliy maktab, AL , 
KHK va umumta’lim maktablari uchun amaliy ahamiyati; 
- qo’yilgan muammo, uni maxsus adabiyotlarda bayon qilingan ishlab chiqilish 
darajasi va amaliy ahamiyati; 
- tadqiqot ob’ektlaridagi mavjud holatni baholash va muammoni hal qilishning 
asosiy yo’nalishlari bo’yicha xulosalar chiqarish; 
- tadqiqot natijalarini tadbiq etish bo’yicha takliflar berish. 
Magistrlik dissertatsiyasining hajmi, yozish uslubi va
rasmiylashtirish qoidalari 
Tayyor bo’lgan magistrlik dissertatsiyasi ilmiy rahbar muhokamasidan oxirgi marta 
o’tgandan so’nggina kompyuterda ko’chirilishi, rasmiylashtirilishi va muqovalanishi 


203 
lozim. Dissertatsiya universitet magistraturasini bitiruvchisining egallagan malakasini 
aniqlab beradigan ilmiy ish hisoblanadi. 
Magistrlik dissertatsiyasiga qo’yilgan asosiy talab, ishning ilmiy ahamiyatiga 
qaratilgan bo’lib, bayon etishning izchilligi va dissertatsiya qismlarining o’zaro uzviy 
bog’liq bo’lishidir. Izchillikni buzadigan, keyingi natijalarga aloqasi bo’lmagan 
materiallar dissertatsiya matniga kiritilmasligi kerak. Ba’zi kerakli materiallar 
dissertatsiyaning oxirida ilova sifatida berilishi mumkin. Dissertatsiya bosmaxona 
talablariga mos ravishda muqovalangan bo’lishi lozim. 
Magistrlik dissertatsiyasining umumiy hajmi standart formatli(A 4) qog’ozda 80 
sahifadan kam bo’lmasligi kerak. Matn qog’oz varag’iga chapdan 2,5 sm, o’ngdan 1,5 
sm, yuqoridan va pastdan 2 sm. joy tashlab yoziladi. 
Mavzuning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, magistrant turli ko’rgazmali 
materiallardan, ya’ni jadval, chizma, diagramma, rasm va boshqalardan foydalanishi 
mumkin. Barcha ko’rgazmali materiallar dissertatsiyaning mazmunini to’laqonli 
yoritishga xizmat qilishi kerak. 
Dissertatsiyada qaysi manbadan olinganligini ko’rsatmasdan turib, matbuotda chop 
etilgan turli ko’rgazmali materiallardan foydalanish mumkin emas. 
Dissertatsiya boblari yangi sahifadan boshlanadi, bobning nomidan keyin paragraf 
nomi yoziladi. 
Dissertatsiya magistrantning o’qigan tilida yoki kafedra tavsiyasiga ko’ra xorijiy 
tillarda yozilishi mumkin. Xorijiy tilda bajarilgan ishga davlat tilida aanotatsiya ilova
qilinadi va himoya tarjima orqali o’tkaziladi. 
Dissertatsiyaning titul varag’i universitet bo’yicha vabul qilingan namunaga mos 
bo’lishi kerak(1 – ilova). 
Jiddiy tahrir qilinib muqovalangan dissertatsiya ilmiy rahbarning tavsiyasi bilan 
birgalikda taqriz hamda himoya qilish uchun kafedraga topshiriladi. Kafedra ishni 
ko’rib chiqib, dastlabki himoya kunini ya’ni kafedrada muhokama kunini belgilaydi. 
Dastlabki himoyadan o’tgan ish kafedraning qaydnomasi bilan ramiylashtriladi. SHu 
kuni dissertatsiya ochiq himoyaga tavsiya qilinadi va kafedraning qarori bilan opponent 
tayinlanadi. 
Opponent 
universitetda 
ishlayotgan 
soha 
mutaxassislari, 
ilmiy 
muassasalarning mavzuga aloqador ilmiy xodimlari va boshqa oliy o’quv yurtlarining 
professor-o’qituvchilari bo’lishi mumkin, Opponent ilmiy darajali bo’lishi shart.
Magistratura markazining rahbari yoki fakultet dekani dissertatsiya ishini ilmiy rahbar 
va opponent taqrizlari bilan Davlat attestatsiya komissiyasiga yo’llaydi. 


204 
Dissertatsiya himoya qilingandan keyin 10 kun ichida magistratura markaziga yoki 
dekanatga topshiriladi va o’quv yurtida 10 yilgacha saqlanadi. 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish