Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi


 Motor moylarining SAE buyicha klassifikastiyasi



Download 4,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/267
Sana06.09.2021
Hajmi4,98 Mb.
#165968
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   267
Bog'liq
mojlar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi

4.3.2.2. Motor moylarining SAE buyicha klassifikastiyasi 
Amerika,  Osiyo  va  Afrikadagi  mamlakatlarning  ko’pchiligida  motor 
moylarining    SAE    J    300  buyicha  qovushqoqlik  klassifikastiyasida  motor  moylari 
uch guruhga bo’lingan: 
-  «qishki  moylar»;  ularning  qovushqoqligi  -5  va  -30
0
S  oralig’idagi  haroratlar 
diapazonida  tavsiflanadi  va  «W»  (Winter  –  qish)  indeksi  bilan  belgilanadi,  qishki 
moylarning 6 klassi (0W, 5W.10W, 15W, 20W, 25W) mavjud; 
-  «yozgi  moylar»;  ularning  qovushqoqligi  100
0
S  haroratda  tavsiflanadi;  yozgi 
moylarning 

klassi 
(20, 
 
30, 
 
40, 
50 
va 
60) 
mavjud; 
-  «xamma  mavsumbop  moylar»;  SAE  ning  «qishki»  va  «yozgi»  talablarini 
qoniqtiradi.  Hamma  mavsumbop  moylar  ikkilangan  nomer      bilan  belgilanadi  (5W-
30,  10W-40,  15W-40,  20W-50  va  x.k.).  Bu  moylar  yuqori  qovushqoqlik  indeksi 
(koeffistienti)ga  ega.  Masalan,  SAE  10W-50  moy  ko’p  komponentli  ekanligini 
bildiradi.  Birinchi  raqam  qishki  moy      sifatiga  mos;  bu  moy  xarakteristikasi  100
0

haroratda aniqlanadi. 
Qishki  moylar  uchun  past  haroratlarda  dinamik  qovushqoqlikning  maksimal 
qiymatlari  hamda  100
0
S  da  kinematik  qovushqoqlikning  minimal  qiymatlari 
belgilangan. 
Yozgi moylar uchun 100
0
S da kinematik qovushqoqlikning chegaralari va 150
0

da  hamda  10
6
  s
-1
  surilish  tezligida  dinamik  qovushqoqlikning  minimal  kiymatlari 
o’rnatilgan. 
Qishki  va  hamma  mavsumbop  moylarning  har  bir  klassi  10
0
S  ga  farklanadigan 
haroratlardagi  dinamik  qovushqoqlikning  ikkiqiymati  bilan  tavsiflanadi.  Ulardan 
birinchisi  tirsakli  valni  startyor  bilan  burash  mumkin  bo’lgan  moyning  chegaraviy 
harorati, ikkinchisi esa - sovuq o’t oldirish jarayonida moy nasosi moyni bosim ostida 
hayday  oladigan  chegaraviy  harorat  haqida  ma’lumot  beradi.  Sovuq  o’t  oldirida 
bosim  ostida  moylanadigan  uzellarda quruq, ishqalanishning  oldini olish  uchun  moy 
haydalishining chegaraviy harorati albatta past buladi. 


90 
 
Qovushqoqliklari  5W-50  va  20W-50  bilan  belgilangan  moylarni  taqqoslab, 
shunday deyish mumkin: -30
0
S haroratda 5W-50 moyi qullanganda dvigatel osonroq 
o’t  oldiriladi;  20W-50  moyida  esa  dvigatelni  o’t  oldirish  qiyinroq  bo’ladi.  Lekin, 
dvigateldagi  harorat  90...  100
0
S  gacha  ko’tarilganda,  bu  moylarning  «issiq» 
parametlari deyarli bir xil buladi. 
Dvigatel  ekspluatastiyasida  ikkinchi  parametrning  xam  axamiyati  katta,  chunki 
dvigatel  tez  qiziydi.  Shu  sababli  ishqalanayotgan  yuzalarda  etarli  qalinlikdagi  moy 
plyonkasini  va  moyning  etarli  darajadagi  katta  qovushqoqligini  garantiyalash  kerak. 
Katta yuk ostida ishlaydigan dvigatellar ekspluatastiya qilinganda ikkinchi parametri 
katta  bulgan  moy  tanlangani  ma’qul.  Ammo  qovushqoqlik  diapazoni  katta  bo’lgan 
ko’p  komponentli  moyni  tayyorlash  qiyin  va  u  qimmatga  tushadi.  Shu  sababli 
qovushqoqligi 5W-50 va 10W-50 bo’lgan moylar qovushqoqligi 10W-40 yoki 15W-
5O bo’lgan moylarga nisbatan qimmatrok, buladi. 
 

Download 4,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish