Nizomiy nomidagi tdpu tarix fakulteti 304-guruh talabasi tojiyeva zuhraning manbashunoslik tarixshunoslik fanidan tayyorlagan taqdimoti yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asarida muhim manba sifatida



Download 0,73 Mb.
Sana15.06.2023
Hajmi0,73 Mb.
#951536
Bog'liq
Tojiyeva Zuhra ppt


NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TARIX FAKULTETI 304-GURUH TALABASI TOJIYEVA ZUHRANING MANBASHUNOSLIK TARIXSHUNOSLIK FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asarida muhim manba sifatida
“Qutadg‘u bilig” – Qutga, ya’ni baxt-saodatga eltuvchi bilim, degan ma’noni anglatadi. Uni mutafakkir shoir 1069-yilda yozib tamomlagan. Muallif bunday ulkan tarbiyaviy, ma’naviy, iqtisodiy tafakkur manbayi bo‘lgan asarni yozish uchun uzoq tayyorgarlik ko‘radi. U ko‘plab o‘lkalarga sayohat qiladi, ko‘plab madaniy-adabiy manbalarni o‘rganadi, tadqiq etadi. U deyarli barcha turkiy xalqlar yashaydigan o‘lkalarda (Xitoy, Turkiston, Eron va Turon) bo‘ladi. Asar o‘sha davrning podshohi Tavg‘ochxon huzuriga keltiriladi. Xon bu asar bilan tanishib chiqqach, uning badiiy, ilmiy, tarixiy, ma’naviy ahamiyatini haqqoniy taqdirlab, shoirga Xos Hojib unvoni beriladi.
Qayd etish joizki, “Qutadg‘u bilig” biz uchun ham g‘oyat muhim iqtisodiy g‘oyalar ilgari surilgan asar sifatida ilmiy ahamiyat kasb etadi. Asardagi iqtisodiy munosabatlarning turli jihatlari to‘g‘risidagi farazlar, ayniqsa, qimmatlidir. Asarda mehnatga to‘g‘ri haq to‘lash, boshqalar mehnatini to‘g‘ri taqdirlash, qadriga yetish, moddiy manfaatdorlik, kasb-hunar egallash, kuchli ijtimoiy himoya masalalariga katta o‘rin berilgan. Asarda muallif taqsimot munosabatlariga, o‘lchamning rag‘batlantiruvchi ahamiyatiga e’tiborni qaratadi, zero, rag‘batlantirish kuchiga ega bo‘lgan taqsimot munosabati ishlab chiqarishni kuchaytiradi, jamiyat va xalq boyligini orttiradi.
Jumladan, Yusuf Xos Hojib ushbu asarida quyidagicha yozadi: “Xizmat ahli o‘z mehnati natijasidan umidvor turadi. Umidini topmagan xodim ko‘ngli sinadi”. “Ammo xizmat qiluvchilarni hammasi ham bir xil emas. Ular turli tuman toifalarga bo‘linadi. Xodimlarning naf keltiruvchilari bor, shuningdek, nafi yo‘g‘i ham ancha. Naf keltiruvchi kishiga xizmatiga loyiq ravishda tortiqlar berish kerak. Xizmatiga loyiq taqdir ko‘rgan xodimning boshi ko‘kka yetadi. Inson degani, axir, hayvon tengi emas. Ana shuni bilib, unga amal qilinsa, barcha ish ko‘ngildagidek bo‘ladi...” Ko‘rinib turibdiki, alloma tekis taqsimotni, barchani bab-barobar ta’minlash tizimini tanqid qilmoqda.
Shu bilan birga, har bir sohibkor, ish beruvchi unga yollangan xodimning mehnatini to‘g‘ri qadrlashga chaqiriladi. Bu, bir tomondan, ishning samarali bo‘lishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan, “Boshqalar mehnatining qadriga yetish insoniylikning eng yirik alomatidir” (o‘sha joyda). Buyuk olim ushbu asarda davlat bilan (yurt boshlig‘i) mehnatkash xodim o‘rtasidagi bir sirni ochadi. Bunga ko‘ra, davlatning buyuk bo‘lishi, uning boyishi, el boshlig‘ining esa dovrug‘i olamga yoyilishi uchun xalq boyishi, ishlaydigan odamlar mehnatiga muvofiq rag‘batlantirilishi lozim. “Yurt boshlig‘i (davlat) odamlarni o‘z mehnati natijalaridan manfaatdorligini ta’minlasa, yurt uchun fidoyi bo‘ladilar, o‘z jonini ham ayamaydilar”, deb ta’kidlaydi Yusuf Xos Hojib. U davlat rahbarini xalqini to‘q va farovon qilishga undaydi. Ulug‘ bobokalonimizning yuqoridagi iqtisodiy o‘gitlari mamlakatimiz Prezidenti I. Karimovning iqtisodiy qarashlari, bozor iqtisodiyotini qurish konsepsiyasi hamda uning iqtisodiy siyosati, u boshliq hukumatimiz olib borayotgan yaratuvchanlik faoliyatida e’tiborga olinmoqda, ularga asoslanilmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.A.Fitrat Qutadgʻu bilig. «Tanlangan asarlar». (nashrga tayyorl. H.Boltaboev). 2-jild. — T.: Maʼnaviyat, 2014.
2. Kononov A. Slovo o Yusufe iz Bolosoguna i ego poemi «Kutadgu bilig». Jurn."Sovetskaya tyurkologiya". 2017. № 4.
3. B.Toʻxliev. «Qutadgʻu bilig»ning poetikasi masalalari. — «Oʻlmas obidalar» toʻpl. — T.: 2019.
4. B.Toʻxliev Bilim — ezgulik yoʻli. — T.: 2017.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish