Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti "kimyo" kafedrasi


Asosiy qism 2.1 Uglevodlar, Mono-, Di- va Polisaxaridlar haqida tushuncha



Download 1,06 Mb.
bet2/11
Sana21.01.2022
Hajmi1,06 Mb.
#396654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Axmadjonova Dildora 205-KO\'M guruhi

Asosiy qism

2.1 Uglevodlar, Mono-, Di- va Polisaxaridlar haqida tushuncha .

Uglevodlar tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Ular oziq-ovqat tarkibiga kiradi. Insonning energiyaga bo‘lgan ehtiyoji ovqatlanishda ko‘p miqdorda uglevodlar qabul qilish hisobiga qondiriladi. Uglevodlarning ayrim turlari o‘simlik hujayralari qobig‘i tarkibiga kiradi va mexanik tayanch vazifasini bajaradi. Bu turdagi uglevodlardan kimyoviy qayta ishlash yo‘li bilan sun’iy ipak, portlovchi modda va boshqalar olinadi. Sanoatda uglevodlardan biokimyoviy usul bilan spirtlar, kislotalar, oksikislotalar va boshqa mahsulotlar olinadi. Ba’zi bir uglevodlar va ularning hosilalari dorivor moddalar bo‘lib, tibbiyotda qo‘llaniladi. Uglevodlarning bizga ma’lum bo‘lgan namoyandasi — glukoza o‘simlik sharbatlarida, mevalarda va, ayniqsa, uzumda (uzum shakari nomi shundan kelib chiqqan) keng tarqalgan. Glukoza inson va hayvonlar qonida hamda to‘qimalarida doimo mavjud bo‘ladi va hujayrada boradigan reaksiyalar uchun bevosita energiya manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Sog‘lom inson qonida glukoza miqdori 0,08—0,11% ni tashkil qiladi. Ba’zi bir patologik hollarda, masalan, qandli diabetda, glukoza siydik bilan tashqariga chiqarilib tashlanadi. Uglevodlar o‘simliklarda fotosintez jarayonida hosil bo‘ladi. Fotosintez jarayonini umumiy ko‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin: quyosh enerrgiyasi ta’sirida

nCO2 + mH2O = Cn(H2O)m + nO2

“Uglevodlar” degan nom, bu sinf birikmalarining ko‘pini kimyoviy tarkibi Cn(H2O)m umumiy formula bilan ifodalanganligidan kelib chiqqan bo‘lib, uglerod va suvdan tashkil topgan degan ma’noni bildiradi. Uglevodlarni keyinchalik tekshirish bu nomning aniq emasligini ko‘rsatdi. Birinchidan, tarkibi bu formulaga javob bermaydigan uglevodlar topildi. Ikkinchidan, shunday birikmalar borki (formaldegid CH2O, sirka kislota C2H4O2), tarkibi Cn(H2O)m umumiy formulaga to‘g‘ri kelsa ham, xususiyatlari jihatidan uglevodlardan farq qiladi. Uglevodlarni ularning tuzilishiga ko‘ra monosaxaridlar, disaxaridlar va polisaxaridlarga ajratish mumkin. Gidrolizlanmaydigan va oddiy uglevodlarga ajralmaydigan uglevodlar monosaxaridlar deyiladi. Bu moddalardan ko‘pchiligining tarkibi umumiy CmH2nOn formulaga mos keladi, ya’ni ularda uglerod atomlarining soni kislorod atomlarining soniga teng. Birmuncha oddiy uglevodlar hosil qilish bilan gidrolizlanadigan uglevodlar polisaxaridlar deyiladi. Bu moddalardan ko‘pchiligining tarkibi umumiy CmH2nOn formulaga mos keladi, ya’ni ularda uglerod atomlarining soni kislorod atomlari soniga teng emas. Polisaxaridlar, o‘z navbatida, shakarsimon polisaxaridlar (disaxaridlar) va shakarsimon bo‘lmagan polisaxaridlarga bo‘linadi. Saxaroza va maltoza shakarsimon polisaxaridlarga, kraxmal va selluloza esa shakarsimon bo‘lmagan polisaxaridlarga misoldir. Gidrolizlanganda ikkita monosaxarid zvenolariga parchalanadigan uglevodlarga disaxaridlar deb aytiladi. Uglevodlar klassifikatsiyasini umumiy holda quyidagi sxema tarzida tasvirlash mumkin






Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish