Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti "kimyo" kafedrasi


Sellulozaning fizik va kimyoviy xossasi



Download 1,06 Mb.
bet7/11
Sana21.01.2022
Hajmi1,06 Mb.
#396654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Axmadjonova Dildora 205-KO\'M guruhi

Sellulozaning fizik va kimyoviy xossasi .

Fizik xossalari. Selluloza — tolasimon oq modda, ko ’pchilik oddiy erituvchilarda erimaydi. Oz darajada feling suyuqligini qaytaradi va rux xlorid ishlirokida yod suvli eritmasmi ko’k rangga bo‛yaydi. Eng yaxshi erituvchi mis 2 gidroksidining ammiakli eritmasidir, unda ko‛proq qismi eriydi. Shu eritmaga kislota ta’sir etganda sellyuloza cho ’kmaga tushadi. Kalsiy rodaniti Ca(SCN )2 konsentrlangan eritmasi qo ’shib qizdirilsa qisman eriydi, -10° da sovuq NaOH da ham qism an eriydi. Agar sellyulozaga sirka angidridi va sulfat kislota ta’sir etilsa oktaasetat holatda-sellobioza olinadi, uning unumi 40% yuqori emas. Sellulozaning ba’zi turlarida n ning qiymati 40 mingga, molekular massasi esa bir necha millionga yetadi. Uning molekulalari chiziqsimon (tarmoqlanmagan) tuzilgan, shu sababli selluloza oson tolalar hosil qiladi. Kraxmal molekulalari esa ham chiziqsimon, ham tarmoqlangan strukturaga ega. Kraxmalning sellulozadan asosiy farqi ana shundadir. Bu moddalarning tuzilishida ham farq bor: kraxmal makromolekulalari a- glukoza molekulalarining qoldiqlaridan, selluloza makromolekulalari esa b- glukoza molekulalarining qoldiqlaridan tarkib topgan. Selluloza makromolekulasining hosil bo‘lish jarayonini ushbu sxema bilan tasvirlash mumkin:



Molekulalarning tuzilishida ozgina farq borligi polimerlarning xossalarida ancha farq bo‘lishiga olib keladi: kraxmal — ovqatlanish mahsuloti, sellulozani esa ovqat sifatida ishlatib bo‘lmaydi. Selluloza ham “kumush ko‘zgu” reaksiyasini bermaydi (aldegid gruppasi yo‘q), lekin kislotalar bilan eterifikatsiya reaksiyasiga kirishadi. Bu hol har bir C6H10O5 zvenoni glukozaning uchta gidroksil gruppasi bor qoldig‘i sifatida qarashga asos bo‘ladi. Bu gidroksil gruppalar selluloza formulasida ko‘pincha ajratib ko‘rsatiladi:



Gidroksil gruppalar hisobiga selluloza oddiy va murakkab efirlar hosil qilishi mumkin. Ulardan sellulozaning nitrat kislota va sirka kislotaning angidridi bilan beradigan reaksiyalari amaliy ahamiyatga ega. Kraxmal kabi selluloza ham suyultirilgan kislotalar bilan qizdirilganda gidrolizlanadi va glukoza hosil qiladi:

(C6H10O5 ) n + nH2O = nC6H12O6 .

Sellulozaning gidrolizi shakarlanish ham deyiladi va sellulozaning juda muhim xossasi hisoblanadi, u yog‘och qipiqlari va qirindilaridan glukoza olishga imkon beradi, glukozani bijg‘itish yo‘li bilan esa etil spirt olinadi. Yog‘ochdan olingan etil spirt gidroliz spirti deyiladi. Gidroliz zavodlarida 1 t yog‘ochdan 200 l gacha etil spirt olinadi, bu esa 1,5 t kartoshkani yoki 0,7 t donni tejashga imkon beradi. Selluloza yonadi. Bunda uglerod (IV) oksid va suv hosil bo‘ladi. Yog‘och havosiz joyda qizdirilganda selluloza va boshqa moddalar parchalanadi. Bunda pistako‘mir, metan, metil spirt, sirka kislota, aseton va boshqa mahsulotlar hosil bo‘ladi. Sellyuloza kislotalarga nisbatan ishqorlar ta’siriga chidamlidir. U ishqor bilan [(C6H9O4)ONa] m tarkibli birikma sellyuloza alkogalyatini hosil qiladi . Hosil bo’lgan birikmani ishqorda tozalash maqsadida spirt bilan yuviladi . Sellyuloza alkogalyati suv ta’sirida osson parchalanib , sellyuloza gidratni hosil qiladi . Selluloza murakkab efirlardan tashqari oddiy efirlar ham hosil qiladi. Sellulozaning ishqordagi eritmasiga dialkilsulfat yoki 158 galoidalkil ta’sir ettirilsa, sellulozaning oddiy efirlari hosil bo‘ladi. Sellulozaning oddiy efirlaridan trimetilselluloza, trietilselluloza to‘qimachilik va bo‘yoqchilik sanoatida keng ishlatiladi.

[C6H7O2(OCH3)3]n ; [С6Н7O2(OС2Н5)3]n.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish