Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti



Download 229 Kb.
bet1/4
Sana01.02.2022
Hajmi229 Kb.
#422363
  1   2   3   4
Bog'liq
geosiyosatdan mustaqil ish



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNVERSITETI

Markaziy Osiyo mintaqasi (MOM) zamonaviy


rivojlanishning sivilizatsiyasi va geosiyosiy muomolari” fanidan
MAVZU: Markaziy Osiyo mintaqasining tranzit salohiyati va transport komunikasiyalari, transport koridorlari

MUSTAQIL ISHI

Tayyorladi: S. Saydqulova
Qabul qildi : Ismatullayev .F.O
TOSHKENT 2021
Markaziy Osiyo mintaqasining tranzit salohiyati va transport komunikasiyalari, transport koridorlari
REJA :

  1. Kirish.

  2. O’zbekistonning tranzit salohiyati va transport komunikasiyalari, transport koridorlari

  3. Qirg’izistonning tranzit salohiyati va transport komunikasiyalari, transport koridorlari

  4. Turkmanistonning tranzit salohiyati va transport komunikasiyalari, transport koridorlari

KIRISH
Tranzit salohiyati va transport komunikasiyalar sohasini o’rganar ekanmiz, bevosita ushbu soha bilan bog’liq holda mintaqaviy geosiyosat, iqtisodiyot va geografiya kabi sohalarni ham o’rganish lozim ekanligini angalab yetamiz. Shu sababli Markaziy Osiyo davlatlarini tranzit salohiyati va transport komunikasiyalar tizimini chuqur o’rganish uchun u joylashgan mintaqa va qo’shni davlatlar transport komunikasiya tizimini ham chuqur o’rganish kerak bo’ladi. Ushbu sabab oldimizga Markaziy Osiyo mintaqasi va ochiq dengizga chiqish uchun muhim ahamiyat kasb etadigan Yaqin Sharq mintaqasidagi davlatlari transport tizimini o’rganishdek muhim vazifani qo’yadi. Shu sababli, O’zbekiston, Turkmaniston, Qozog’iston, Qirg’ziston va Tojikiston kabi davlatlarning transport tizimini va mamlakatda ushbu soha rivojini o’rganishga qaror qildik. Ushbu transport tizimi o’rganilayotgan mamlakatlar Yaqin Sharq mintaqasida geostrategik muhim o’rin tutuvchi kalit davlatlar hisoblanib, shu qatorda ularning transport tizimi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirda ushbu davlatlar G’arbiy va Markaziy Yevropa, Janubiy-sharqiy Osiyo va Yaqin Sharqni bog’lovchi yirik transport korridorlarini tashkil qilish borasida turli loyiha va takliflarni ilgari surmoqdalar. Ushbu loyihalar doirasida bevosita Markaziy Osiyo mintaqasi va O’zbekiston ishtirok etadi. Bu ushbu davlatlarning transport komunikasiya tizimini chuqur o’rganish va hozirda amalga tadbiq qilinishi kutilayotgan yirik loyihalarini tahlil qilishni taqozo qiladi. Shu sababli ushbu mavzuni o’rganishni har bir davlat transport sohasini batafsil o’rganishdan boshlaymiz.



Xalqaro magistral yo‘llar tarmog‘iga ulanadigan zamonaviy transport-infrastruktura tizimining yaratilishi O‘zbekiston iqtisodiyotini sanoat-innovatsion rivojlantirish bo‘yicha oldinga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun asosiy shartlardan biriga aylanmoqda.
Tan olish kerakki, ushbu sohada hal qilinmagan qator muammolar bo‘lishiga qaramasdan, mamlakat ko‘zlangan rejalarni amalga oshirish uchun yetarlicha salohiyatga ega. Masalan, hozirda O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng yuqori avtomobil yo‘llari tarmog‘i zichligiga ega – 100 kv kilometrga 41 km. Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich Tojikistonda 100 kv kmga 19,4 km, Qirg‘izistonda 100 kv kmga 17 km, Qozog‘istonda 100 kv kmga 4,7 kmni tashkil etadi.
Shu bilan birga, keyingi yillarda O‘zbekistonda transport sohasida o‘tkazilayotgan investitsion siyosat tufayli: a) mamlakat YaIMda transport xizmatlarining ulushi jadal o‘smoqda – 2018 yilda u 6,4 foizni tashkil etdi. 2000 yilga taqqoslaganda, transport xizmatlari hajmi 100 baravardan ortiqroqqa oshdi –205,4 mlrd. so‘mdan 23,1 trln. so‘mgacha o‘sdi b) mazkur davrda yo‘lovchi tashish oshdi – 3,6dan 5,8 mlrd. kishigacha va yuk tashish hajmi 1,5 baravarga oshib, 2018 yilda 1,2 mlrd tonnani tashkil etdi; v) 7 logistika markazi va 29 yuk transport bazasi tashkil etildi. Yana 6ta logistika markazi qurilish va loyihalashtirish bosqichida.
Shu bilan birga, sohada davlat boshqaruvining vakolatli organi sifatida Transport vazirligi tashkil etildi. Yangi tuzilma transport tizimini rivojlantirishning yagona kompleks Strategiyasini ishlab chiqarishga qaratilgan. Qayd etish joizki, global logistika tizimi rivojlanishi va yo‘l-transport kompleksini tashkil etish va boshqarishga bo‘lgan talabning o‘sayotganligi hisobga olinib, Transport vazirligi huzurida avtomobil transporti sohasida kadrlarni professional tayyorlash va qayta tayyorlash instituti ochildi.
O‘zbekiston transport kommunikatsiyalari bo‘yicha 70 dan ortiq xalqaro konvensiya, kelishuv va ikki tomonlama shartnomalar ishtirokchisi hisoblanadi hamda ularni integratsiyalash bo‘yicha qator xalqaro dasturlarda qatnashadi. Aksariyat loyihalar xalqaro tashuvchilar o‘tishiga mo‘ljallangan 99 marshrut o‘tadigan respublika tranzit salohiyatini oshirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan transport infrastrukturasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo marshrutlarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha kompleks dasturni qabul qildi va rejali ravishda amalga oshirib kelmoqda. U milliy transport sohasini xalqaro talab va standartlarga muvofiq rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Mazkur hujjatni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston temiryo‘l transporti orqali o‘z hududidan o‘tadigan eksport yuklari transportirovkasi tariflarini respublika ichidagi yuklar darajasigacha pasaytirdi. Xususan, Tojikistonga o‘z hududidan temiryo‘l orqali tranzit qilishga 40 foiz chegirmali maxsus tarifni taqdim etdi.
O‘zbekiston mamlakatning barcha viloyatlarini bir-biri bilan bog‘laydigan yetarlicha rivojlangan temiryo‘l infrastrukturasiga ega. Respublikada temiryo‘l va aviatsiya transportini rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 1,5 mlrd dollarlikdan ortiq qator loyihalar amalga oshirildi hamda jami uzunligi 695 km avtomobil yo‘llari qurildi va rekonstruksiya qilindi. 
Navoiy–Uchquduq–Sultonuizdog‘–Nukus (341 km), Toshguzar–Boysun–Qumqo‘rg‘on (223 km) temiryo‘l liniyalari qurildi, Toshkent, Samarqand va Qarshi (484 km) hamda Samarqand – Buxoro (239 km) o‘rtasida tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Uzunligi 124,4 kmli Angren-Pop elektrlashtirilgan temiryo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bunday transport infrastrukturasi O‘zbekiston orqali barcha qo‘shni davlatlarning temiryo‘llariga chiqishni ta'minlaydi. 
Temir yo‘l infrastrukturasini qurish va ishga tushirishda olingan tajriba O‘zbekistonga Afg‘oniston hududida uzunligi 75 kmli «Hayraton – Mozori-Sharif» temir yo‘lini qurishda jahon darajasiga chiqish imkonini berdi. O‘zbekiston kelgusida Eron va Pokistonning strategik portlariga chiqish uchun qo‘shni davlatning ochilmagan transport-logistika salohiyatidan foydalanishdan manfaatdor. 
Ishonchli loyihalarni amalga oshirish O‘zbekiston uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi, zero u mamlakat uchun Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq o‘rtasida transport-tranzit tashuvlari kesishuvini bog‘lovchi markazga aylanishida real imkoniyatlarni ochadi. 
Shu nuqtai nazardan, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlarini Yevropa va Yaqin Sharq bilan eng qisqa yo‘l orqali bog‘laydigan O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy temiryo‘li qurilishini boshlash to‘g‘risidagi kelishuv singari ushbu yo‘nalishda tashlangan muhim qadam ancha istiqbolli ko‘rinmoqda. 2017 yil oxirida ushbu temiryo‘lning rentabellik darajasini o‘rganish maqsadida O‘zbekistondan Xitoyga Qirg‘iziston orqali yuklarni avtotransportda yetkazish bo‘yicha yangi savdo yo‘nalishi ochildi.
O‘zbekiston rahbariyati 2017 yilda «Markaziy Osiyo transport tashuvlarini integratsiyalashgan boshqaruv tizimi»ni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Unda transport tariflari, yagona bojxona va boshqa jarayonlar, yuk oqimi xavfsizligining unifikatsiyalashgan normalari va transport vositalari va yuklarning axborot ta'minoti tizimining huquqiy va institutsional asoslarini yaratishni ko‘zda tutadi.
Ilgari surilgan ushbu g‘oyaning ahamiyati shundaki, bugungi kunda dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqa olmaydigan mintaqa davlatlari eksport qilinayotgan mahsulot qiymatining 70-80 foiziga yetadigan transport-tranzit xarajatlarini qilishiga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bilan birga, bojxona protseduralarining mukammal emasligi natijasida tashuvchilar mahsulot transportirovkasiga 40 foizgacha vaqt yo‘qotmoqda. Jahon banki logistika samaradorligi indeksiga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari 167ta davlat orasida quyi pog‘onalarda joylashgan bo‘lib, bu mintaqa transport sektori raqobatbardoshligini sezilarli ravishda pasaytiradi.
Shu bois mazkur tashabbusning hayotga tatbiq etilishi yuklarning ishlab chiqaruvchidan iste'molchigacha yetib borishini oshiradi, harakatini tezlashtiradi va arzonlashtiradi hamda Markaziy Osiyoning barqarorligini mustahkamlash, uning iqtisodiy rivojlangan mintaqaga aylanishi, transport xizmatlari bozorida raqobatbardoshligi oshishida muhim rol o‘ynashi mumkin.
O‘z navbatida, Markaziy Osiyoning «qoq yuragi»da strategik qulay joylashgan, ancha diversifikatsiyalashgan va o‘sayotgan milliy iqtisodiyotga ega O‘zbekiston mintaqada Markaziy Osiyo davlatlarining yirik jahon bozorlariga chiqishini ta'minlaydigan zamonaviy transport-kommunikatsiya marshrutlari tizimini shakllantirishda lokomotivga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega.


Download 229 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish