O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Выготский  A .C.  Мышление  и  речь.  М .,  Л .,  1934



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet374/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

1  Выготский  A .C.  Мышление  и  речь.  М .,  Л .,  1934.

380



munosabatlami  boshqarish  odamni  inson  darajasiga  ko'tarishda 

eng  muhim  shart-sharoit  vazifasini  bajardi.  Oilaviy  munosabat- 

larni  boshqarish  mexanizmini  takomillashtirish,  o‘z  navbatida, 

axloqiy  normalarining  vujudga  kelishiga  sabab  bo‘ldi.  Boshqacha 

aytganimizda,  insonning  ba’zi  hayvoniy  qiliqlari,  odatlari  axlo- 

qiy-ijtimoiy  normalar  yordamida  asta-sekin  tartibga  solindi.  An- 

troposotsiogenez  jarayoni  taraqqiyotida  axloqiy-ijtimoiy  norma­

lar  va  o'lchovlarning  vujudga  kelganligi  insonning  hayvondan 

farq  qiluvchi  eng  muhim  xususiyatlaridan  biridir.  Masalan,  qadim 

zamonlardan  buyon  hayvonlarga  xos  quyidagi  qiliqlar,  odatlar 

mutlaqo  ta’qiqlanadi:

— o‘zining  yaqin  qavm-qarindoshi  bilan  jinsiy  aloqada  bo‘lish;

— eng  yaqin  kishisiga  (masalan,  ota-onasiga)  qo‘l  ko‘tarish, 

taniga  jarohat  yetkazish;

— o‘zining  yaqin  kishilariga  suiqasd  qilish  va  boshqalar.

Bunday  nomaqbul  qiliqlar  hayvonlarga  xos  b o ‘lganligi

uchun  ham  qattiq  qoralangan  va  taqiqlangan.  Qadimgi  axloqiy 

normalar,  turgan  gapki,  hali  takomillashmagan,  o‘ta  oddiy 

edi.  Shunga  qaramasdan,  bunday  normalar  insoniylikning  eng 

oddiy  ko‘rinishlari  paydo  bo‘layotganligidan  dalolat  berardi. 

Ular  asta-sekin  rivojlanib,  umuminsoniy  qadriyatlarning  vu­

judga  kelishi  uchun  zamin  yaratdi.  Ko'rinib  turibdiki,  antro- 

posotsiogenez  tufayli  inson  axloqiy  mavjudot  sifatida  ham 

shakllandi,  biologik  mavjudotning  ijtimoiy  mavjudotga  ayla- 

nish  jarayoni  sodir  bo‘ldi.

Oddiy  axloqiy  normalar  yordamida  ibtidoiy  jam oa  o ‘z 

a ’zolarini  barchaga  maqbul  bo‘lgan  tartib  va  intizomlarni  ba- 

jarishga  majbur  qildi.  Xuddi  shu  holat  insonni  hayvondan 

u z il-k e sil  ajralib  c h iq q an lig i  va  endi  orqaga  qaytib 

bo'lmasligidan  dalolat  beradi.  O 'z  navbatida,  ushbu  voqea 

ijtimoiy  holatning  biologik  holat  ustidan  qilgan  buyuk  g‘alabasi 

edi.  Boshqacha  aytganimizda,  odamning  mehnat  qilish,  mehnat 

qurollari  yasashni  (paleantroplar)  o'rganganligi,  m a’lum  ax­

loqiy  norma  va  prinsiplarga  rioya  qila  boshlaganligi,  ulkan 

«neolitik  inqilob»  edi.  Neolitik  inqilob  tufayli  odam  asta-sekin 

ijtimoiylashib  bordi.

Odamning  dastlabki  ajdodi  (paleantrop)  ov  qilib,  terib-

381



tergilab  yashashga  asoslangan  faoliyatdan  —  ishlab  chiqarishga, 

yaratuvchanlikka  asoslangan  (dehqonchilik,  chorvachilik,  kosib- 

chilik  va  boshqalar)  turmush  tarziga  o‘ta  boshladi.  Xuddi  shu 

holat,  odam  ij'timoiy  tarixiy  mavjudot  bo‘lib  shakllanayotganli- 

gidan,  odam  o‘zida  insonga  xos  ijtimoiy  fazilatlami  mujassam- 

lashtirayotganligidan  dalolat  berardi.

Yuqoridagi  flkr-mulohazalarimizdan  shunday  xulosaga  kelish 

mumkinki,  inson  o‘zining  ijtimoiy-tarixiy  mavjudot  ekanligi  bi­

lan  olamda  mavjud  bo'lgan  boshqa  tirik  mavjudotlardan  prin- 

sipial  farq  qiladi.  Undagi  barcha  fazilatlar,  xislatlar  —  tarixiy 

taraqqiyot  tufayli  vujudga  keldi.  Shuning  uchun  ham  inson  — 

tarixiy  taraqqiyotning  ham  natijasidir.  Insondagi  barcha  ehtiyoj- 

lar  mehnat  tufayli  hosil  bo‘ldi.  0 ‘z  navbatida  ushbu  ehtiyojlar, 

istaklar  —  mehnat  tufayli  qondirildi.  Mehnat  inson  ehtiyojlarini 

qondirish  bilan  cheklanib  qolmay,  balki  uni  madaniylashtirdi. 

Inson  ehtiyojlarini  qondirish  malakasi  sivilizatsiyaning  eng  muhim 

elementiga  aylandi.

Xullas,  inson  deb  ataluvchi  tirik  mavjudot:

— moddiy  va  ma’naviy  boylik  yaratish  uchun  zarur  bo‘lgan 

mehnat  qurollarini  ishlab  chiqaradi;

— yaxshi  va  yomon,  uvol  va  savobning  farqiga  boradigan  ax- 

loqiy  normalarga  ega  bo‘ladi;

— tarixiy  taraq q iy o tn i  harakatga  keltiruvchi  hissiy  va 

aqliy  qobiliyatlarga,  m oddiy  va  m a’naviy  ehtiyojlarga  ega 

b o ‘ladi;

— jamiyatdan  tashqarida  mavjud  bo‘la  olmaydi,  shakllanmay- 

di,  rivojlanmaydi;

— undagi  individual  xislatlar,  fazilatlar  mavjud  ijtimoiy  mu­

nosabatlaming  hosflasidir  va  o‘sha  ijtimpiy  munosabatlaming  tari­

xiy  tipiga  mansubdir;

— uning  kundalik  amaliy  faoliyati  ma’lum  maqsadga  qaratila- 

di,  aniq  dastur  asosida  amalga  oshiriladi,  ongli  —  erkin  xususi- 

yatga  ega  bo‘ladi.

Ushbu  xususiyatlar  olamda  mavjud  bo‘lgan  boshqa  tirik  mavju- 

dotlardan  insonning  farq  qiluvchi  sifatiy  xarakteristikalari  hisobla- 

nadi.  0 ‘z  navbatida,  xuddi  shu  holat  inson  ham  tabiiy,  ham 

ijtimoiy  mavjudot  ekanligidan  dalolat  beradi.


Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish