O ‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti



Download 220,5 Kb.
bet4/7
Sana15.03.2023
Hajmi220,5 Kb.
#919313
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
“HABEAS CORPUS” INSTITUTI VA UNING JINOYAT QONUNCHILIGIDA TUTGAN

1.2. Miranda qoidasi.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bugungi amaliyotni chuqur tahlillaridan xulosa qilar ekanlar, huquq-tartibot organlari tomonidan shaxs qo‘lga olinganda, u nima uchun ushlangani va qanday huquqlarga ega ekani tushuntirilmayotganligiga alohida e’tiborimizni qaratdilar.


Ko‘pchilikuchunoddiybo‘libko‘ringanbuamaliyot, aslidafuqarolarningKonstitutsiyaviyhuquqvaerkainliklarigabevositategishlimasalahisoblanadi.
Darhaqiqat, davlat boshlig‘I ta’kidlaganlaridek, “... gumonqilinuvchining huquqlari ushlanganda stlabki vaqtda yoqxavfostidaqoladi”. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida, Prezidentimiz ko‘plab davlatlarning Konstitutsiya va qonunlarida hamda inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda aks etgan “Mirandaqoidasi”ni qo‘llash lozimligini va shaxsni ushlash chog‘ida uning huquqlari va nima sababdan ushlangani sodda tilda tushuntirilishi shartligi, ushbu qoidani Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yishning vaqt-soati kelganligini aytib o‘tdilar. 
O‘zi “Miranda qoidasi” deganda nima tushuniladi. Ko‘pchilikda bunday savolni paydo bo‘lishi tabiiy, albatta. Keling, gapni dastlab shundan boshlaylik. 
O‘tgan XX asrda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish va ta’minlash borasida olib borilgan harakatlar samarasi o‘laroq, dunyoda demokratiyaning eng muhim negizi — inson huquqi va erkinligini oliy qadriyat sifatida e’tirof etadigan, uning himoyasini mustahkamlashga xizmat qiladigan ma’lum bir mamlakat, mintaqa va xalqaro miqyosda amal qiluvchi ko‘plab tarixiy hujjatlar qabul qilinishiga turtki berdi. Biz yuqorida nomini qayd etgan “Miranda qoidasi” o‘tgan asrning o‘rtalarida AQSHda yashagan (jinoyat olamining vakili) Ernest Arturo Miranda nomi bilan bog‘liqdir. Axir, Miranda o‘zi ashaddiy jinoyatchi bo‘lgan bo‘lsa, uning insoniyat uchun xizmat qiladigan qanday qoidasi bo‘lishi mumkin, deb aytishingiz mumkin. Biroq, xulosa qilishga shoshilmang. Masalaga chuqurroq yondashadigan bo‘lsak, xalqimizni “bir yomonning bir yaxshisi ham bo‘ladi”, degan naqli bejiz aytilmaganligiga amin bo‘lasiz.
Umuman dunyo amaliyotida, inson huquqlariga oid dunyo mamlakatlari qonunchiligi rivojlanishining e’tiborli jihati shundaki, inson huquqlari bo‘yicha ayrim normalar dastlab milliy huquqda paydo bo‘lib, so‘ngra xalqaro-huquqiy normalar va standartlarga aylangan.
Anglo-sakson huquq oilasining muhim institutlaridan biri bo‘lgan “Habeas Corpus akt” ham dastlab milliy huquqda paydo bo‘lib, so‘ngra xalqaro darajada umume’tirof etilgan hujjat sifatida tan olingan inson huquqlarini sud orqali himoya qilishga oid jahon mamlakatlari qonunchiligining fundamental asosini tashkil etishi bilan birga ushbu soha rivoji yo‘lida o‘ziga xos yangi davrga asos solgan.
Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti yuqorida nomi qayd etilgan majlisda “Habeas Corpus” institutini rivojlantirish zarurligiga ham alohida e’tiborimizni qaratganlari bejiz emas edi.
Bizningcha, “Miranda qoidasi” haqida to‘liq tassavurga ega bo‘lish uchun “Habeas Corpus” institutiga qisqacha to‘xtalib o‘tish kerak bo‘ladi.
“Habeas Corpus” o‘z nomini sudyaning ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni sudga olib kelish to‘g‘risidagi buyrug‘ining birinchi so‘zlaridan olingan bo‘lib, “Habeas corpus ad subjiciendum”, ya’ni (sen shaxsni sudga olib kelishga majbursan), degan ma’noni anglatadi. Bu tartibot XV asrlardayoq paydo bo‘lgan va 1679 yil 26 mayda Angliya parlamenti tomonidan qonuniy rasmiylashtirilgan. Hozirgi kunda ushbu hujjat dunyoning barcha nuqtalarida, eng avvalo, anglo-sakson huquq tizimida va Lotin Amerikasi mamlakatlarida erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqining konstitutsiyaviy kafolati sifatida keng tarqalgan.
Shu ma’noda, “Habeas Corpus” instituti singari “Miranda qoidasi” ham inson huquqlarini himoya qilish yo‘lida kurashlar tarixida o‘ziga xos iz qoldirgan, inson huquqlariga oid milliy jinoyat-protsessual qonunchiligi hamda umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalarining muhim normalaridan biri hisoblanadi4.
“Siz sukut saqlash huquqiga egasiz. Siz aytganlarning hammasi sudda o‘zingizga qarshi foydalanilishi mumkin”.
Bu mashhur ibora bir necha marta jinoiy javobgarlikka tortilgan Ernest Arturo Miranda ismli AQSH fuqarosining nomi bilan bog‘liq.
Gap shundaki, 1966 yili bir necha jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, hibsga olingan Mirandaga so‘roq qilinishdan oldin uning gumondor sifatidagi huquqlari o‘qib eshittirilmagan. Miranda o‘z huquqlarini bilmagan holda aybiga iqrorlik ko‘rsatuvlarini bergan, bunday ko‘rsatuvlardan esa uning iqrorligiga isbot sifatida foydalanilgan. Keyinchalik sudning bu hukmi Miranda o‘z huquqlaridan xabardor qilinmaganligi sababli AQSH Oliy sudi tomonidan bekor qilingan.
Nega deganda, AQSH Konstitutsiyasining 5 va 6-qo‘shimchalarida hech kim jinoiy ishlarda o‘ziga o‘zi qarshi guvohlik berishga majbur qilinishi; hech bir shaxs qonuniy sudda ko‘rilmay hayoti, erkinligi yoki mulkidan mahrum etilishi mumkin emasligi, shuningdek, ayblanuvchi ayblovning mohiyati va asoslaridan xabardor bo‘lish huquqiga ega ekanligi, u o‘ziga qarshi ko‘rsatuv berayotgan guvohlar bilan yuzma-yuz uchrashishi, o‘zi tomonidan guvohlarni majburan keltirish yoki o‘z himoyasi uchun advokat xizmatidan foydalanish huquqiga ega ekanligi belgilangan edi. Shundan buyon “Miranda qoidasi” dastlab so‘roq qilish oldidan yoki ushlab turish vaqtida gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga quyidagi huquqlari tushuntirilishini kafolatladi:
“Siz sukut saqlash huquqiga egasiz. Siz aytganlarning hammasi sudda o‘zingizga qarshi foydalanilishi mumkin. So‘roq jarayonida advokatingiz qatnashishi mumkin. Agar advokat xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmasangiz, Siz advokat bilan davlat tomonidan ta’minlanasiz. Huquqlaringizni tushundingizmi?”
Shuni aytish kerakki, “Miranda qoidasi” bugungi kunda barcha davlatlar Konstitutsiyasi va qonunlarida hamda inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda umume’tirof etilgan norma sifatida belgilangan. Yana bir jihati shundaki, “Miranda qoidasi” turli davlatlar qonunchiligida turli xilda o‘z ifodasini topgan5.
Aytish joizki, bu tamoyillar O‘zbekiston qonunchiligida allaqachon belgilangan. Jumladan, 2020-yil 15-maydan boshlab huquqni muhofaza qiluvchi organlar quyidagi majburiyatlarga ega ( Jinoyat-protsessual kodeksining 224-moddasi ):

  • o‘zini tanishtirish va ushlab turilgan shaxsning iltimosiga ko‘ra uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatish;

  • gumon qilinuvchiga jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlanganligi haqida xabar berish;

  • qamoqqa olinganga advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoki xabar berish, himoyachiga ega bo‘lish, ko‘rsatuv berishni rad etish bo‘yicha protsessual huquqlarini tushuntirish;

  • qamoqqa olingan shaxsga uning bergan ko‘rsatmalari unga nisbatan jinoyat ishida dalil sifatida foydalanish mumkinligi to‘g‘risida xabar berishi;

  • ushlangan shaxsdan eng yaqin ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga borishni talab qilish.

Yuqoridagi protsessual harakatlar majburiy ravishda videotasvirga olinadi. Favqulodda vaziyatlarda ularni videoyozuvga yozilmasdan amalga oshirishga ruxsat beriladi. Ichki ishlar organi yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organning xodimi videoyozuvsiz ushlab turilganda ushlab turilgan shaxsni ichki ishlar bo‘limi yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ binosiga olib borganidan keyin uning protsessual huquqlarini majburiy videoyozuv bilan tushuntirishi shart. Hibsga olingan shaxs video bilan tanishishi kerak.
Bundan tashqari, Jinoyat-protsessual kodeksining 226-moddasiga ko'ra , qamoqqa olish muddati shaxs amalda ushlab turilgan paytdan boshlab (uning erkin harakatlanish huquqlarini amalda cheklash paytidan boshlab) 48 yoshdan oshmaydi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan zarur va yetarli asoslar taqdim etilgan taqdirda, qamoqqa olish sud qarori bilan qo‘shimcha 48 soatga uzaytirilishi mumkin6. Mirandaning ogohlantirishi Qo'shma Shtatlardagi qonuniy talab bo'lib, hibsga olingan vaqtda hibsga olingan shaxsga uning huquqlari haqida ma'lumot berilishi va hibsga olingan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi aytilganlarni tushunadimi, degan savolga ijobiy javob olishi kerak. Muayyan matnni tanlash hibsga olishni amalga oshirayotgan huquqni muhofaza qilish organlarining mansabdor shaxslarining ixtiyorida. Ular shtatdan shtatga farq qiladi, lekin eng keng tarqalgani: “Siz sukut saqlashga haqqingiz bor. Siz aytgan har qanday narsa sudda sizga qarshi ishlatilishi mumkin va qo'llaniladi. Sizning advokat so'roq paytida hozir bo'lishi mumkin. Agar advokat uchun pul to'lay olmasangiz, advokat davlat tomonidan ta'minlanadi. Huquqlaringizni tushunasizmi?

Download 220,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish