O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti tarix


TOSHKENT SHAXAR MARKAZIY DAVLAT ARXIVI



Download 416,59 Kb.
bet3/5
Sana31.05.2023
Hajmi416,59 Kb.
#946943
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ibragimov Dilshodning.ARXIVDAN HISOBOT

2. TOSHKENT SHAXAR MARKAZIY DAVLAT ARXIVI
Har bir davlatning eng muhim sohalaridan biri bu – hech shubhasiz ijtimoiy sohadir. Toshkent shahar Markaziy davlat arxivida ham bu sohaga oid ham sovet davri, ham mustaqillik davriga oid juda ko‘plab e’tiborga molik ma’lumotlar jamlangan. Bu ma’lumotlarni o‘rganish orqali biz sovet davri bilan mustaqillik davrida Toshkent shahri hayoti misolida butun O‘zbekiston Respublikasi hududida ijtimoiy hayot, sog‘liqni saqlash sohalari qay darajada ekanligini, yillar davomida ro‘y bergan o‘zgarishlar, mustaqillik yillarida bu soha rivojida qilingan ishlar xususida batafsil ma’lumot olishimiz mumkin. Bundan tashqari jamoat tashkilotlari va kasaba uyushmalari va ularga yaratilgan imkoniyatlar haqida ham bilib olishimiz mumkin. Ijtimoiy hayotni yoritishda asosan quyidagi sohalarga e’tibor qaratildi: sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy ta’minot va madaniyat. Jamoat tashkilotlarining ichida sovet davrida Sobiq qizil partizan va qizil askarlar ishlari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga tegishli 1931-1935-yillarga oid ma’lumotlar asosidagi 7310 ta yig‘majildni o‘zida mujassamlashtirgan C-14 fondi ma’lumotlari e’tiborga molikdir. Ushbu fondda 1-Toshkent Qizil gvardiya polkining buyruqlari va bayonnomalari, okrug komissiya majlislari bayonnomalari, 1-Toshkent Qizil gvardiya polkining qo‘mondonlik tarkibi va oddiy xodimlarning ro‘yxatlari va sobiq qizil partisan va qizil askarlarning shaxsiy yig‘majildidagi ma’lumotlar jamlangan. Arxiv fondlarida saqlanayotgan hujjatlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahriga ikkinchi jahon urushi yillarida 30 dan ortiq millat vakillari bo‘lgan fuqarolar evakuatsiya qilingan. Jumladan, Toshkent shahriga aholini ko‘chirish (evakuatsiya qilish) boshqarmasining jamg‘arma hujjatlarida 1941-yil sentabr oyidan – 1942-yilning avgust oyigacha evakuatsiya qilingan aholi soni 76943 kishini tashkil etganligini ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari 1942-yilning fevral oyida 16 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan 12071 ta erkak, 24000 ayol, 7,5 mingga yaqin yosh bolalar, 6583 ta o‘smirlarni Toshkent shahri o‘z bag‘riga olgan. Shulardan, 13126 tasi ish bilan ta’minlanib, 4600 kishiga moddiy yordam ko‘rsatilgan. Ularning hammasi uy-joy, oziqovqat bilan ta’minlangan. Mustaqillik yillarida ijtimoiy muassasalar fondlaridan Toshkent shahar Markaziy davlat arxivining 2004-2012-yillardagi faoliyatiga oid 40 ta yig‘majilddan iborat M623 fondini misol tariqasida olishimiz mumkin. Bu fond 1973-yilda tashkil etilgan3 . Bu fondda arxiv bo‘limlarining yillik ish rejalari va hisobotlari, yillik moliyaviy, buxgalteriya va statistik hisobotlar, shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar jamlangan. Manbalar tahliliga ko‘ra, mustaqillik yillarida respublikada tarmoq kasaba uyushmalari qayta tuzildi, ular o‘z nizomlarini qabul qilib, Adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tkazildi. Kasaba uyushmalarining bosh vazifasi o‘z a’zolarining mehnat, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, intelektual, huquq va manfaatlarini muhofaza qilishda harakat birligini amalga oshirishdan iborat qilib belgilangan. Madaniy hayot bilan bog‘liq materiallar jumlasiga fan, ta’lim, madaniyat sohasiga oid ma’lumotlar jamlangan fondlarni keltirish mumkin. Toshkent shahar Markaziy davlat arxividagi fondlarda ta’lim tizimining barcha bosqichlari – maktabgacha ta’lim muassalari, umumiy maktablar, bilim yurtlari, texnikumlar, oliy ta’lim muassasalari, o‘quv kurslari va ularning faoliyati haqida ko‘plab ma’lumotlar mujassamlashgan. Bular jumlasiga, Toshkent shahar xalq deputatlari soveti ijroiya komiteti shahar jismoniy tarbiya va sport komitetining C-281 fondi (1973-1991-y.), Toshkent shahar xalq deputatlari soveti ijroiya komiteti madaniyat ishlari bosh boshqarmasining C-539 fondi (1946-1990-y.), Ishchilar deputatlari Toshkent shahar soveti ijroiya komiteti xalq ta’limi bo‘limining C-13 fondi (1918-1975-y.), bu fond ta’lim sohasiga oid eng katta fondlardan bo‘lib, unda 2138 ta yig‘majild jamlangan. Unda MIQ va Turkiston ASSR XKSning qarorlari, Toshkent shahar ijroiya komitetining qaror va farmoyishlari, xalq ta’limi kengashi yig‘ilishlari, 1926-yilda I.A.Krilov nomidagi 1-bosqich maktabining ochilishi haqidagi ma’lumotlar, “Нацмен” (1923-yil uchun) va “Savodsizlikka qarshi kurash” (1924-yil uchun) jamiyatlarining ustavlari, savodsizlikka qarshi kurashish bo‘yicha madaniy tadbirlar, qizil choyxonalarning olib brogan ishlari va pionerlar harakatining rivojlanishi to‘g‘risidagi hujjatlar, o‘zbek ayollarining ozod etilishi (“Hujum” harakati) va 8-mart nomidagi o‘zbek ayollari uchun birinchi yozuv kurslarining faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlar, voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish bo‘limining hujjatlari joy olganligini misol qilishimiz mumkin. Shahar arxividagi C-13-fond hujjatlari Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasiga tegishli bo‘lib, undagi hujjatlar tahliliga ko‘ra, O‘zbekistonga 1 mln atrofida aholi, shu jumladan, 200 ming bolalar ko‘chirib keltirilgan. Ular dastavval Toshkent shahriga, so‘ng respublikaning boshqa viloyatlariga yuborilgan. 1942-yil yanvar oyida minglab yosh bolalar Toshkent shahriga ko‘chirib keltirilib Mehribonlik uylariga joylashtirilgan, oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlangan. Turkistonda Xalq ta’limi bo‘limi 1917-yilda Xalq Maorifi Komissariyati nomi bilan tashkil etilgan. 1918-yil mart oyidan unga O‘lka Xalq ta’limi soveti maqomi berilgan. Uning fondida 4093 saqlov birligida yig‘majildlar mavjud. Ushbu hujjatlarda ta’lim sohasiga oid chiqarilgan qarorlar, farmoishlar buyruqlar, Xalq ta’limi bo‘limining yig‘ilish bayonnomalari, Pedagogika muzeyining ochilishi to‘g‘risidagi hujjatlar (1922- yil), “Savodsizlikni tugatish” (1924-yil) jamiyatlarining nizomlari saqlanmoqda. XX asrning 30-yillaridan boshlab esa aloqa, sport, sanoat, transport va kutubxona yo‘nalishidagi texnikumlar vujudga kelgan bo‘lsa, 1940-yillarda iqtisod va aviatsiya, 1950-yillarda qurilish va texnika kabi yangi yo‘nalishdagi texnikumlar tashkil etilgan. Urushdan keying yillarga kelib, ya’ni 1945-yilda I.K.Krupskaya nomli Toshkent maktabgacha ta’lim va ayollar pedagogika bilim yurti, 1947-yilda Toshkent teatr va rassomchilik bilim yurti, 1952-yilda esa Hamza nomidagi musiqa bilim yurtlari o‘z faoliyatlarini boshlagan. Shuningdek, arxivda sovet davriga oid 15 ga yaqin universitet va institutlarning jamg‘armalari mavjud bo‘lib, ularda Milliy arxiv fondining 80 mingdan ortiq hujjatlari saqlanmoqda4 . Sovet davridagi oliy ta’lim muassasalarining fondlari ichida V.I.Lenin nomidagi Toshkent davlat unversiteti (Turkiston xalq unversiteti negizida Turkiston davlat unversiteti5 tashkil etilgan. Keyinchilik O‘rta Osiyo davlat unversiteti6 , Toshkent davlat unversiteti7 , Mirzo Ulug‘bek nomidagi Toshkent davlat unversiteti deb nomlanib, bugungi kunda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy unversiteti deb yuritiladi8 ning C-38 fondini misol tariqasida olishimiz mumkin. Bu fond 1917-1998- yillardagi hujjatlarni o‘z ichiga olgan 18669 ta yig‘majilddan iborat. Unda O‘zbekiston Milliy Unversitetining dastlabki davrdagi faoliyati, birinchi va ikkinchi jahon urushi yillardagi faoliyati, ko‘chirib keltirilgan bolalarning O‘zbekiston Milliy Unversitetidagi ta’limi kabi hujjatlar bilan birga RSFSR Xalq Komissarlar Sovetining 1920-yil 7- sentabrda imzolangan farmoni bilan Turkiston Xalq Unversiteti negizida tashkil etilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar, RSFSR Ministrlar Soveti, O‘zSSR Kommunal xo‘jalik ministrligining qarorlari va ko‘rsatmalari kabi hujjatlar ham joy olgan. Arxiv manbalaridagi statistik ma’lumotlarda qayd etilishicha, Turkiston davlat universiteti tashkil topgach, uning huzuridagi Ishchilar fakultetlari kengayib, o‘quvchilar soni ham ortib borgan. Jumladan, 1919-yil oxiri 100 o‘quvchi tahsil olgan bo‘lsa, 1921-yil yanvarga kelib, undagi o‘quvchilar 480 kishiga yetgan, ularning 60 foizi mahalliy millat vakili bo‘lgan9 . Manbalar tahliliga ko‘ra, 1922-yil fevralda ochilgan Toshkentning Eski shahar qismidagi Ishchilar fakultetlarining maxsus xotin-qizlar bo‘limi ham bo‘lgan. Keyinchalik 1927-1928-yillarda Samarqand, Farg‘ona va boshqa viloyatlarda ham Ishchilar fakultetlari ochilgan. 1929-yil Toshkent pedagogika institute huzuridagi Ishchilar fakultetining 30 ta guruhi bo‘lib, har bir guruhda 30 dan ortiq bola bilim olgan10 . Shahar arxivida Belinskiy nomidagi Toshkent kechki pedagogika institutining 1929-1961-yillardagi ish faoliyati davomida shakllantirilgan 637 dona hujjatlari C-40- fondda saqlanmoqda. Institutning asosiy faoliyatiga doir yillik hisobot hujjatlarida qayd etilishicha, Toshkentda 1929-yilda kechki pedagogika institute tashkil etilgan bo‘lib, u 1961-yil 1-yanvardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga birlashtirilgan. Arxivning doimiy jamg‘armalar va hujjatlar hisobi to‘g‘risidagi ma’lumotlariga ko‘ra, C-45-jamg‘armada SSSR Yengil sanoat xalq komissarligiga qarashli Toshkent to‘qimachilik institutining hujjatlari saqlanmoqda. Jamg‘armada jami 4705 dona hujjat mavjud bo‘lib, hujjatlardagi ma’lumotlarning davriy chegarasi 1931-2001-yillarni o‘z ichiga oladi. Arxiv hujjatlarida qayd etilishicha, SSSR Xalq Maorifi komissarlari sovetining 1932-yil 26-iyuldagi 90-sonli qaroriga binoan Toshkent to‘qimachilik institute tashkil tolpan. 1932-yil 1-sentabrdan institute o‘z faoliyatini boshlagan.


Download 416,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish