O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti tarix


O’ZBEKISTON ILMIY-TEXNIKAVIY VA TIBIYOT HUJJATLARI ARXIVI



Download 416,59 Kb.
bet2/5
Sana31.05.2023
Hajmi416,59 Kb.
#946943
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ibragimov Dilshodning.ARXIVDAN HISOBOT

1. O’ZBEKISTON ILMIY-TEXNIKAVIY VA TIBIYOT HUJJATLARI ARXIVI
O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy texnika va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi sobiq Markaziy Ijroiya Qo‘mitaning 1962 yil 2 iyundagi 403-sonli qaroriga binoan tashkil etilgan. Arxivning tashkil etilishidan asosiy maqsad tibbiyot xujjatlari asosida kasallik tarixlarini o‘rganish, yo‘q bo‘lib ketgan kasalliklar (chuma (vabo) xolera, yashur) xaqidagi hujjatlarni arxivda saqlash, kelajak yosh avlod bu hujjatlardan ilmiy ishlar, monografiyalar yozishda foydalanishlari uchun imkoniyat yaratishdan iborat bo‘lgan. Bu arxiv tashkil etilgan paytda tibbiyot xodimi To‘xta Usmonov direktor qilib tayinlandi. Uning faoliyat davrida arxivning dastlabki ish rejalari va faoliyati tashkil qilingan. To‘xta Usmonov 1962 yildan 1971 yilgacha faoliyat yuritgan.
Arxiv xodimlari 100 dan ortiq tibbiyot sahasidagi tashkilotlarni boshqarib, ularning hujjatlarini qabul qilish va saqlashni nazorat qilish bilan birga uslubiy yordamlar ham ko‘rsatdi. 1965-yili arxivda texnik hujjatlar bo‘limi tashkil etilib, xodimlari soni 8 nafarga yetdi. Ilmiy-texnikaviy hujjatlarning ahamiyati oshib borgani sababli arxiv 1965-yil 26-martdagi O‘zbekiston SSR Ministirlar Kengashining qaroriga binoan tibbiyot va texnikaviy hujjatlar Markaziy Davlat arxiviga aylantirildi. Shundan so‘ng, ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari davlat saqloviga topshirishni tashkil qilish tartibli amalga oshirilib, shu yilning o‘zida hujjatlarning umumiy soni 30 mingga yetdi.
1966 yil 1-yanvariga respublika bo‘yicha davlat arxivlari nazorat qiladigan, kelajakda hujjatlari davlat arxivlariga qabul qilinadigan tashkilotlar 6489 ta bo‘lgan. 1965-yilda 4930 ta tashkilot o‘z arxivlarini tartibga keltirishgan edi. Tartibga solingan yig’majildlar soni tartibga solinishi kerak bo‘lgan yig’majildlarning 70% ni tashkil qilgan. 1966-1980-yillarda davlat arxivlariga tashkilot va korxonalardan 580 ming boshqarish hujjatlari yig`majildlari, 5939 ta Ilmiy-texnikaviy hujjatlar yig’majildlari, 5048 ta kino-hujjatlar saqlov birligi, 53987 ta fotohujjatlar saqlov birligi va 5345 ta fonohujjatlar saqlov birligi qabul qilingan.
1980-yil 18-dekabrda O‘zbekiston SSR tibbiyot va texnikaviy hujjatlar Markaziy davlat arxivi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi deb o‘zgartirildi. Arxivda 1930-yillarga tegishli hujjatlardan tortib sovet davri va mustaqillik yillariga oid hujjatlar saqlanadi.
Xalilova Ra`no Mirzaxidovna 1971-1997 yillar arxivda direktor lavozimida faoliyat olib borgan Ra'no Xalilova 1940 yilda Toshkent shahrida ishchi oilasida tug'ilgan. 1957 yil Toshkent shahridagi Pushkin nomli 13-o'rta maktabni tugatib, "Barovskiy" nomli tibbiyot bilim yurtiga o'qishga kirgan. Bilim yurtini tamomlab 1959-1970 yillarda turli tibbiyot muassasalarida o'z sohasi boʻyicha faoliyat olib borgan. Ra'no Xalilova rahbarligi yillarida arxivning rivojlanishi va faoliyat yo'nalishiga aloqador hujjatlarni saqlovga qabul qilish ishlari rivojlantirilgan. Rano Xalilovaning arxivga qo‘shgan beqiyos hissasidan biri o‘sh vaqtda Bosharxiv boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari M. L. Vays bilan hujjat tayyorlab, 1987-yildan yangi arxiv binosi qurila boshlangan. O‘zbekiston Respublikasi “Bosharxiv boshqarmasining direktiori 1997 yil 26 dekabrdagi 32 son buyrug‘iga asosan o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etilgan.
Hojimetova Mastura To' xtamuratovna 1998-2009 yillar arxivda direktor lavozimida faoliyat olib borgan Mastura To‘xtamuratovna Xojimetova Mastura 1950 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1965 yilda o‘rta maktabni tamomlab, "Oxunboboyev" nomli Respublika tibbiyot bilim yurtining farmasevtika fakultetiga o‘qishga qabul qilingan. 1991 yilda Toshkent davlat universitetining (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti) huqugshunoslik fakul'tetini tugatgan. Mastura To'xtamuratovna direktor lavozimida faoliyat olib borgan yillarda arxivning asosiy faoliyat rejalari bajarilib, ko'zga ko'ringan arxivlar qatorida bo'lgan. M.Xojimetova 2004 yilda arxivning alohida yangi binoga ko'chirilishida ulkan hissa qo'shgan direktor sifatida arxiv tarixida qolgan. Mastura To‘xtamuratovnaning ko‘pgina shogirdlari arxiv sohasida, jumladan O‘zbekiston lImiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivida ham faoliyat yuritmoqda. Ustoz darajasiga yetgan sobiq rahbar bugungi kunda ham ezozda. Arxivning barcha bayram tadbirlariga taklif qilinib, yuksak ehtirom ko‘rsatilib kelinadi.
1990-yilda respublika arxiv tashkilotlari shahobchalari O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Kengashi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Ministrlar Kengashi huzuridagi Arxiv boshqarmasi, 11 viloyatlar ijroiya qo‘mitalari arxiv bo‘limlari. 3 ta markaziy davlat arxivlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, 11 viloyatlar davlat arxivlari, 40 dan ortiq viloyatlar davlat arxivlari filiallaridan iborat edi.
Arxivda hujjatlarning soni yildan yilga ortib borgan 1992 yilga kelib hujjatlarning soni 207907 tani tashkil qilgan 2009-yilda arxiv jamg‘armasiga jami 4354 ta; shundan 1501 ta boshqaruv; 1888 ta shaxsiy tarkib hujjatlari; 758 ta ilmiy va shaxsiy fond egalarining 207 ta hujjatlari qabul qilindi Hozigi kunda arxivda.341 ta fond, 250000 ta saqlov birligiga ega. Bundan tashqari 500 ga yaqin turli korxona va tashkilotlarning shaxsiy tarkib hujjatlari saqlanadi.. 2004-yilda mazkur arxiv o‘zining yangi binosiga ko‘chib o‘tdi. Arxiv binosi tomini tamirlash va arxiv hududini devor bilan o‘rash uchun 102,787 mln so‘mga hujjatlar tayyorlanib tenderdan o‘tkazildi. 2010 yilning noyabr oyida 98,3 mln so‘mga arxiv tomi va arxiv devorlari mustahkam qilib kapital tamirdan chiqarildi.

Download 416,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish