Ocr document


-§. ANGLIYA V-XI ASRLARDA



Download 0,78 Mb.
bet8/50
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418413
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
Bog'liq
7-JAHON KONS

5-§. ANGLIYA V-XI ASRLARDA
Rim legionlari 407 -yili Britaniyani tashlab Italiyaga qaytadi. Ularning ketidan rim kolonistlari ham Yevropaga keta boshlaydi. Shu tariqa orol­ning kelt aholisi o`z holicha qoldiriladi. Kelt qabila boshliqlari esa о`zaro urushlarga kuch beradi. Ayni paytda shimoldan pikt va skott qabilalari hujumlari boshlanadi. Xavfli himoyachilar. Piktlardan himoyalanish uсhun brittlar ilk marotaba germanlarning yut, angl va saks qabilalaridan yоllanma drujinalarni taklif etgani ehtimol. Вu qabilalar esa Ger­maniyaning shimoli va Yutlandiya yarim orolida yashardi. Dastlab germanlar uchta kemada kelishadi. Lekin ko`p o`tmay ularning ortidan o`nlab, yuzlab va minglab qabiladoshlari yo`lga chiqadi. Germanlarning keltlardan tоbоra yuqori to`lov talab qilishi, doimiy isyonlari, mamlakatni talashlari va tahdidlari kuchayib boradi. Yutlar V asr o`rtalarida Kent viloyatini bosib oladi. Ularning izidan angl-sakslar keltlarga hujum boshlab, qattiq qarshilik bo`lmaganidan. mamlakatni istilo qilishga kirishadilar. Angl-sakslar mahalliy aholining bir qismini qirib, ayrimlarini qullik asoratiga soladilar. Shaharlar katta talafot ko`radi, majusiy germanlar ibodatxona va monastirlarni talab, yondirib yuboradilar. Istilo dahshatidan ko`pgina keltlar qit`aga, Armori­ka viloyatiga ko`chib o`tadi. Fransiyaning shimoli-g`arbidagi bu hudud brittlarning ommaviy ko`chishidan so`ng Bretan nomini olib, bu nomni hozirga qadar saqlab qolgan. Oroldagi so`nggi rimliklardan Amvrosiy Avrelian VI asrning boshlarida brittlarni birlashtirib. germanlarga qarshilik ko`rsata boshlaydi. U qator yorqin g`alabalarga erishib, angl-sakslar tazyiqini deyarli yarim asrga to`xtatadi. Kelt qabilalari xotirasida bu g`alabalar ha­qidagi ma`lumotlar asrlar davomida saqlanadi. Lekin rivoyatlarda bosqin­chilarga zarba bergan qahramonning ismi o`zgargan. Dostonchilar uni Artorius yoki Моr deb atay boshlashgan. Vaqt o`tishi bilan Artur siy­mosi atrofida VI asrga aloqasi bo`lmagan ko`plab tarixiy afsonalar to`planadi. Oradan besh asr o`tib ham Yevropaning turli mamlakatlari yozuvchilari qirol Artur va uning ritsarlari Lanselot, qirolicha linevra, sehrgar Merlinlar haqida asarlarni yaratishda davom etishadi. Вu asarlar kitobxonlar orasida keng tarqaladi. Amvrosiy Avrelianbdan so`ng brittlarda munosib Yo`lboshchi bo`lmasligi 600-yillarda angl-sakslar tomonidan orolning katta qismini bosib olinishiga imkon beradi. Bosqinga uchramagan kelt qabilalari Irlandiya va Shotlandiyada, qisman Вritanyaning g`arbiy chek­kasida saqlanib qoladi. Istilochilar Britaniya yerlarida yettita qirollik tuzishadi. Orolning shimoliy va markaziy qismida joylashgan angllar: Nortumbriya, Mersiya va Sharqiy Angliya qirolliklarini tashkil etgan. Sakslarning janub­dagi qirolliklari: Uesseks (G`arbiy-sakson), Sasseks (Janubiy-sakson) va Esseks (Shar­qiy-sakson) deb nomlangan. Yettinchi Kent qirolligiga yutlar asos solgan. Istilochilar tur­li lahjalarda so`zlashgan, lekin yillar o`tib angllar yashagan Mersiya shevasi tоbоrakeng qo`llanila boshlanadi. Shu tufayli keyinchalik, istilochilar muoma­lasidagi til ingliz, mamlakat esa Angliya nomini oladi. Воsqinсhilarning ko`plab qabilalari va bo`ysundirilgan aholining qolgan qismi yagona xalqqa birlasha boshlaydi. Tarixda ular angl-saks nomini oladi. Yangi bosqin. Xaritaga e`tibor qilsan­giz, shimoli-sharq yo`nalishida shamol es­ganida kema Norvegiya yoki Daniya sohi­lidan Britaniya orollariga suzib borishi uchun bir necha kun kerak bo`lishini tushunish mumkin. Zamondoshlarining yozishicha, shu sababdan daniyaliklar har yili hujum qilib Angliya xalqining mol-mulkini talagan. Rohiblari o`z bilimlari bilan tanilgan, lotin va yunon tillarida asarlar bitgan, ajo­yib xattotlik san`ati markazlari bo`lgan mashhur irland monastirlari nоrmannlar tomonidan yondirilib, kuli ko`kka sovurilgan. Angl-saks qirolliklaridagi ichki nizolar, ularga istilochilarni qaytarish imkonini bermagan. Normannlar 842-yili Londonni bosib olib, talaydi­lar va yondirib yuboradilar. Yana 20 yillar chamasi o`tib daniyaliklar talonchilik hujumlaridan so`ng uylariga qaytmasdan Аngliyada bosib ol­gan yerlarida qishlab qoladigan bo`ladilar. London mil. 43-yil rimliklar tomonidan Temza daryosining shi­moliy qismida kelt aholisi yashaydigan joyda barро qilingan to`rt asr davomida rimliklarning bosh snahri bo`lgan. Milodiy V asrda rimliklarning ketishi natijasida London tushkunlikka uchragan. 1066-yilda normannlar istilosi oqibatida London qi­rollar qarorgohiga va Аngliyaning rasmiy poytaxtiga aylanadi. Deyarli barcha angl-saks qirolliklari daniyaliklar tomonidan bо`y­sundiriladi. Qarshilkni faqat orolning janubiy-g`arbidagi Uesseks qirolligi davom ettiradi. Buyuk Alfred (871-900) Uesseksda taxtga kel­gunicha daniyaliklami hech kim to`xtatishga qodir bo`lmagan. Buyuk Al­fred butun Angliyadan bosqinchilarni jazolash orzusidagi jangchilarni yig`adi. U bu qo`shin bilan daniyaliklarni bir necha bоr mag`lub etadi. Buyuk Alfred 879-yili daniyaliklar bilan tinchlik sulhini tuzadi. Unga binoan, butun оrоl ikki qismga bo`linib: janubi-g`arbiy hududlar Al­fredga, shimoli-sharqiy hududlar esa - daniyaliklarga beriladi. Chegara London va Chechter oralig`idagi qadimgi rimlklar qurdirgan tosh yо`l bo`ylab o`tadi. Skandinavlarda qoldirilgan yerlar Daniya qonunlari viloyati yoki inglizcha Denlo nomini oladi. Buyuk Alfred tinchlik sulhidan yangi kuchli qo`shin tuzish uchun foydalandi. Ma`lumki, avvallari dushman xavfi tug`ilganida xalq lash­kari to`planardi. Endi har beshta angl-saks oltinchini boqishi va qurollantirishi majburiy etib qo`yiladi. Natijada, birinchidan, tinimsiz urushlar davrida qishloqning ko`pchilik aholisi o`z ishidan ajratilma­gan. Uyda qolganlar yerni haydash, hosilni yig`ish bilan shug`ul­langan. Ikkinchidan, bitta xo`jalik daromadi yaxshi qurol-aslaha uсhun yetarli bo`lmasdi. Agar urushga оlti kishining barchasi jo`nasa, ular­ning har birida qimmatbaho po`lat qilich bo`lishi gumon edi. Yangi qoidaga binoan besh kishi oltinchisini: dubulg`a, qilich va jang boltasi bilan ta`minlab vikingdan yоmon qurollantirmagan. Qolaversa, bu ol­tinchi kishi doimo mashq qilishi, jangga tayyorlanishi shart edi. Uning uchun qol­gan beshta qo`shnisining ishlashi oilasi ha­qida o`ylamasligi uchun ham imkon beradi. Shu tariqa son jihatidan qisqargan Buyuk Alferd qo`shini sifati bo`yicha avvalgiga qaraganda bir necha bоr kuchaydi. Yangi qo`shinning paydo bo`lishi bilan jamiyatda ham muhim o`zgarishlar bo`ladi. Jamiyat professional jangchilar va dalada ishlovchi dehqonlarga bo`linadi. Buyuk Alfred daniyaliklar qal`alarni qamal qilishni unchalik xush ko`rmasligini anglab, o`z mulklari che­garalarida ko`plab qal`alar - burglar barро ettiradi. Qirol kema yasaydigan ustalarni topib, daniyaliklarnikidan qolishmaydigan ke­malarni yasattiradi. Vikinglar - VIII asr oxiri - ХI asr o`rtalarida Yevropa mamlakatlariga dengiz yo`li orqali savdo-sotiq uchun borgan, qaroq­chilik va bosqinchilik yurishlari qilgan skandinavlar. Rusda ularni varyaglar, G`arbiy Yevropada norтannlar deb atashgan. IХ asr­da vikinglar Shimoli-Sharqiy Angliyani, Х asrda esa Shimoliy Fransiyani bosib olganlar. Qirol Alfred faqat qo`shin haqida qayg`urmagan. U o`z davrining o`ta ma`lumotli kishisi bo`lgan. Uesseksda esa daniyaliklar hujumlaridan keyin lotin tilini biladigan odamlar deyarli qolmagan edi. U eski angl-saks qonunlarini yozishni va Angliya tarixiga oid ma`lumotlar to`plashni buyuradi. Buyuk Alfred davrida "Anglosakson solnomasi" tuzilib, unda yilma-yil muhim voqealar qayd etila boshlanadi. 250 yil davom ettirilgan ushbu solnoma bo`lmaganida, tarixchilar o`rta asrlar Angliyasi haqida juda kam ma`lumotga ega bo`lar edilar. Qirol Buyuk Alfredning o`limidan so`ng uning vorislari Denloga hujum boshlaydi. Yangi qo`shin muvaffaqiyatli harakat qilib, Х asrning so`nggi choragiga kelganda Angliya qirolligi (bu paytda avvalgi Britaniya nomi yangi Angliya atamasi tomonidan uzil-kesil surib chiqarilgan) Daniya qonunlari viloyatini qo`shib oladi. Bu davrga kelib, Denloga o`rnashgan daniyaliklar mahalliy aholi bilan ancha yaqinlashib, aralashisha boshlagan edi. Denloni Angliya qirolligiga qo`shib olinishi o`zida ma`lum xavfni ham yashirgan - g`oliblar aksari holallarda beparvolikka berilgan. Angliyada yana ichki nizolar boshlanib, davlat zaiflashadi. Ayni paytda, Daniya tez yuksala boshlaydi. Yagona Daniya qirolligi VIII asr oxirida Angliyaga hujum qilgan daniyalik vikinglarga nisbalan, albatta xavfliroq edi. Ayni paytda, Angliya qirolligi ichki nizolardan batamom holsizlangandi. Daniya qiroli 1013-yili ingliz sohiliga o`z qo`shinini tushiradi. Urush uzoq cho`zilmaydi. Faqat London shahri daniyaliklarga ma`lum vaqt qarshilik ko`rsatadi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish