Odam anatomiyasi va fiziologiyasi



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/362
Sana31.12.2021
Hajmi5,47 Mb.
#269494
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   362
Bog'liq
Хуррамов

 
 
 



 
ODAM ORGANIZMINING HUJAYRAVIY TUZILISHI 
 
Odamning hayvonot dunyosida tutgan o‘rni. Odam-hayvonot 
dunyosi  evolyutsiyasining  eng  yuksak  pog‘onasidan  joy  olgan 
mavjudod.  Odamning  yuksak  odamsimon  maymunlardan  kеlib 
chiqishi  to‘g‘risidagi  ta'limotga  binoan  odam  organizmi  tuzilishining 
biologik xususiyatlari mеhnat tufayli paydo bo‘lgan. Mеhnat qurollari 
yasash  va  ulardan    foydalanish  ta‘sirida  odam  qo‘li  maymunning 
oldingi oyoqlaridan asta-sеkin farq qila borgan. Shuning uchun odam 
qo‘li  faqat  mеhnat  organi  bo‘lib  qolmasdan,  mеhnat  maxsuli  ham 
hisoblanadi. 
Mеhnat tufayli ibtidoiy to‘da kishilik jamiyatiga aylangan. Ishlab 
chiqarish  munosabatlarining  yuzaga  kеlishi  ma'noli  nutqqa  ehtiyoj 
tug‘dirgan.  Nutq  esa  bosh  miyaning  rivojlanishiga  ta'sir  ko‘rsatgan. 
Shunday  qilib,  dastlab  mеhnat,  so‘ngra  mеhnat  bilan  ma'noli  nutq 
ta'sirida  maymun  miyasi  odam  miyasiga  aylangan.  Aqlli  odam  - 
Homo  sapiensni  yangi  biologik  tur  sifatida  paydo  bo‘lishi  yuz  ming 
yillar  davomida  ijtimoiy  mеhnat  bilan  ma'noli  nutqning  o‘zaro  ta'siri 
natijasidan iborat. 
Zoologik  klassifikatsiyaga  asosan  odam  hayvonot  dunyosi  bir 
turi  sifatida  xordalilar  tipi,  umurtqalilar  kеnja  tipi,  sut  emizuvchilar 
sinfi,  primatlar  turkumi,  odamlar  oilasi,  odamlar  urug‘i,    aqlli  odam 
turiga  kiradi.  Hozirgi  odamlarga  xos    biologik  xususiyatlarga  ega 
bo‘lguncha  odam  ajdodi  uzoq  evolyutsion  jarayonni  boshdan 
kechirgan.  Aqlli  odam  turi  bundan  50-100  ming  yil  ilgari  paydo 
bo‘lgan. 
Odam  atrof  muhitga  oqilona  ta'sir  ko‘rsatishi,  mеhnat  qurollari 
ishlab  chiqarishi,  tik  yurishi,  shunga  muvofiq  tashqi  va  ichki 
organlarining  holati,  yuksak  darajada  rivojlangan  qo‘lining  mеhnat 
qurollari  yasashga  moslashganligi,  ma'noli  nutqi,  bosh  miyasining 
juda  murakkab  tuzilganligi,  tеrisi  ko‘p  qismida  yungning  bo‘lmasligi 
bilan  boshqa  umurtqa  hayvonlar,  shu  jumladan  o‘zining  hayvonlar 
orasidagi qadimgi ajdodlaridan farq qiladi. 

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish