Odoblar xazinasi



Download 468 Kb.
bet25/47
Sana27.07.2021
Hajmi468 Kb.
#130136
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47
Bog'liq
Adabiyot so'z sa'nati

MIRTEMIR

1. “Ko‘l-u tog‘lik Bog‘-u rog‘lik o‘zbek elim.Momo yurti Bobo yurti, chambilbelim” misralari kimning qalamiga mansub? J: Mirte-mir.

2. “Zar-u gavhar-yaltiroq tosh, nedir olmos, Sen biz uchun ham non, ham osh, mangu meros” misralari kimning qalamiga mansub? J: Mirtemir.

3. Mirtemir Tursunov qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1910-yil Turkiston shahri Qoratog‘ etaklari Iqon qishlog‘i.

4. Mirtemir qayerlarda o‘qigan? J: Bobosining qo‘lida, eski maktabda, Tosh-kentdagi “Almaiy” nomidagi bolalar namuna ish maktabida, Samar-qand-dagi O‘zbekiston Davlat pedagogika akademiyasida.

5. Mirtemirning ish faoliyati? J: Maktablarda muallimlik, nashriyotlarda, Yozuvchilar uyushmasida.

6. Shoirning birinchi she’ri? J: “Tanburim ovozi”, 1926-yil, 16 yoshida.

7. Shoirning birinchi she’riy to’plami? J: 1928-yil “Shu’lalar qo‘ynida”.

8. Mirtemirning she’riy to‘plamlari? J: “Zafar”, “Qaynashlar”, “Tong”.

9. Mirtemir nechanchi yillarda ko‘p vaqtini tarjimalarga bag‘ishlaydi? J: 30-yil-larda.

10. Mirtemirning tarjimalari? J: Pushkin, Lermontov, Nekrasov, Shevchenko she’rlari va dostonlari, Gomer, Shota Rustaveli, Henrix Heyne, Tagor, Mahtumquli, Berdaq, Nozim Hikmat she’riy asarlari, “Manas” qirg‘iz xalq eposi, “Qirq qiz” qoraqalpoq xalq dostoni.

11. Mirtemirning mashhur bo‘lgan she’rlar va dostonlar to‘plamlari? J: “Bong”, “Poytaxt”, “O‘ch”, “Surat”, “Qoraqalpoq daftari”, “Tingla hayot!”, “Izla-ganim”, “Tog‘day tayanchim”, “Yodgorlik”.

12. “Shavkatim, faxrim mening Dengiz-u nahrim mening,Yuragim, bag‘rim mening, Paxtakor Respublikam” misralari kimning qalamiga mansub? J: Mirtemir.

13. Shoir ijodidagi bosh mavzu nima? J: Yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xo-tiralarga sadoqat, o‘z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoq-lash.

14. Shoir umrining oxirida yozgan she’riy to’plami? J: “Yodgorlik”.

15. Mirtemir qachon vafot etgan? J: 1978-yil 24- yanvar, 68 yoshida.

16. Mirtemirning necha jildlik “Asarlar”i nashr etilgan? J: 4 jildlik.

17. Mirtemirga qachon “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni berilgan? J: Mustaqi-llik yillarida.

18. Qaysi shoir o‘zbek she’riyatining bobodehqoni degan ta’rif olgan? J: Mir-temir.

19. XX asr 20-yillarida sochmalari bilan mashhur bo‘lgan shoir kim? J: Mir-temir.

20.Mirtemirning tabiat go‘zalliklari aks etgan she’rlari? J: “Bulut”, “Shud-ring”, “To‘rg‘ay”.

21.Mirtemirning bolalik xotiralari aks etgan she’rlari? J: “Baliq ovi”, “Qishlo-g‘im”.

BULUT” SHE’RI

1. “Bulut” she’ri necha qismdan iborat? J: 2 qism, 2 banddan 4 band.

2. “Bulut” she’rining 1-va 2-qismi qanday misralar bilan boshlanadi? J: “Ko‘k yuzida pag‘a bulut-oq bulut” .

3. “Bulut” she’ri qachon yozilgan? J: XX asrning 50-60-yillarida.

4. “Bulut” she’rida bulut nimaning darakchisi? J: Yomg‘ir, yorug‘lik, to‘kin-lik.

5. “Bulut” she’rining boshlanishi? J: Ko‘k yuzida pag‘a bulut-oq bulut, Oq bulutdan sut yog‘armi yoki qut

Pag‘a bulut-yaxshi ko‘klam elchisi, Havolarda yomg‘ir isi, sel isi.

6. “Bulut” she’rida bulutlar nimalarga o‘xshatiladi? J: Paxta xirmonlariga.

7. “Ko‘k yuzida pag‘a bulut–oq bulut… Bir qarasang- osmon to’la oqquvlarBir qarasang– baland qorli cho’qqilar, Bir qarasang–ko’z ilg’amas oq barqut” misralari kimning qalamiga mansub? J: Mirtemir.

BALIQ OVI” SHE’RI

1. “Baliq ovi” she’rining boshlanishi? J: Bizning qishloq-tog‘ bag‘rida Tog‘ bag‘rida-bog‘ bag‘rida.

2. Mirtemirning qaysi she’ri bolalik yillari xotiralari bilan bog‘liq? J: “Baliq ovi”.

3. “Baliq ovi” she’rining lirik qahramoni kim? J: Shoirning o‘zi (bolalik payti-dagi).

4. She’rdagi lirik qahramonning maqsadi nima edi? J: Katta baliq tutib buvisidan maqtov eshitish.

5. She’r qahramoni “To‘r tashlasam ham, zo‘r tashlayman” misrasi bilan nima demoqchi? J: O‘zini katta orzular va katta ishlarga chog‘lanayotganini bildirmoqchi.

6. Mirtemirning qaysi she’rida lirik qahramon baliq tutishga borib, bitta ham baliq tutolmay qaytadi? J: “Baliq ovi”.

7. “Baliq ovi” she’rida soy bo‘yida qanday o‘simliklar o‘sadi? J: Jambil, yal-piz.

8. “Baliq ovi” she’rida qaysi fasllarda soy suvi tiniq oqardi? J: Yozda, kuzda.

TO‘RG‘AY” SHE’RI

1. Boshlanishi? J: Yoz boshi dalalar soz. O‘z ko‘rkini yoymish yoz.

2. Shoir qaysi she’rida o‘z hayoti va ijodining butun mazmunini belgilagan bir haqiqatni ramziy ifodalagan? J: “To‘rg‘ay”.

3.Qaysi shoir ijodida tong saharlab barchaning halovatini buzib, betinim sayraydigan, yengiltak qush obrazi ijobiy baholangan? J: Mirtemir.

4. Mirtemir ijodida tongni ardoqlovchi, hayotni maqtaguvchi, ezgulik darakchisi deb baholangan qush qaysi? J: To‘rg‘ay.

5. Mirtemirning o‘ziga va hamkasblariga “haqiqiy shoir o‘z xalqining ovozi bo‘lishi, uni ezgu ishlarga chorlashi, yorug‘ tuyg‘ularni kuylashi kerak” degan murojaati qaysi she’rida va qaysi obraz orqali aks ettirilgan? J: “To‘rg‘ay” she’ri, to‘rg‘ay obrazi.

6. “To‘rg‘ay” she’rida qaysi qushlarning nomi tilga olinadi? J: Suqsur, g‘oz, to‘rg‘ay.

7. Tugallanishi? J: Uchib – o‘ynayver - dedim- Kuylab quvnayver - dedim.

SHUDRING” SHE’RI

1. “Shudring” she’ri qanday boshlanadi? J: Tong belgi bergandanoq. O‘tib osma ko‘prikdan.

2. “Jar ketidan chopardim-Jar keti o‘zga olam” misralari Mirtemirning qaysi she’ridan olingan? J: “Shudring”.

3. “Shudring” she’ridagi “To‘ldirib chanoq-chanoq, Go‘yo sutdek ko‘pikdan, Tutgandek g‘oyib qo‘llar, Jilvagar ko‘zga olam” misralarida gap nima haqida ketyapti? J: Tuman.

4. She’rda “yaltirar lak-lak inju” tasvirida nima ko‘zda tutilgan? J: Shudring.

5. “Sal epkinda simobdayQaltirar lak-lak inju” she’rda qanday she’riy san’at ishlatilgan? J: Tashbeh (o‘xshatish).

6. “Kelinlar taqinchog‘iUzuk ko‘zlarimi yo?” misralarida qanday she’riy san’at ishlatilgan? J: Tash-beh (o‘xshatish).

7. “Kechasi onam tag‘in yig‘labdi-da, chamasi” misralarida “ona” so‘zi orqali kim ko‘zda tutilgan? J: Ona tabiat.

8. “Shudring” she’rida shudring nimalarga o‘xshatilgan? J: Injuga, kelinlar taqinchog‘iga, ko‘zlariga, ko‘zmunchoqqa, bo‘y yetgan qizlarning suzuk ko‘zlariga, yig‘iga.

9. “Yo‘q bu giryon ko‘zlarningYarqiroq zamzamasi” degan misralarda nima nazarda tutilgan? Qanday she’riy san’at bor? J: Ko‘zlarning kuylashi, таshbeh.

10. Ko‘zlarning kuylashi nima? J: Yig‘i.

11. Mirtemirning nihoyatda tashbehlarga boy she’ri? J: “Shudring”.

12. “Shudring” she’ri necha banddan iborat? J: 7 Banddan.

13. “Zamzama” so‘zining ma’nosi nima? J: Xirgoyi, sekin kuylash.

14. Mirtemirning 50-60-yillarda yozgan she’rlari qaysi? J: “Bulut”, “Shud-ring”.

15. Mirtemirning qaysi she’ridagi narsaning nomi faqat she’r sarlavhasidagina uchrab, she’r ichida biror marta ham uchramaydi? J: “Shudring”.

QISHLOG‘IM” SHE’RI

1. “Qishlog‘im” she’rining boshlanishi? J: “Qishlog‘im, nechog‘lik suluvsan bugun, Yashilga burkanib yashnabsan shuncha”.

2. Zog‘ora nima? J:Makka unidan qilinadigan non.

3. So‘k nima? J: Tozalangan tariqdan qilingan ovqat.

4. Yovg‘on nima? J: Go‘sht va yog‘siz tayyorlangan ovqat.

5. Umoch nima? J: Uvalangan xamirdan qilingan suyuq ovqat.

6. Qishloq xonadonlari dasturxonida qanday narsalar bo‘ladi? J: Zog‘ora, so‘k, yovg‘on, umoch, yupqa, go‘ja, tolqon, qog‘irmoch, qurut, jiyda, qatiq, ko‘-mach, qovurdoq, danak, qovunqoqi, qimiz, bo‘za, no‘xat sho‘rva, kulcha-toy.

7. Go‘ja nima? J: Kelida tuyilgan makka yoki bug‘doydan tayyorlanadigan suyuq ovqat.

8. Ko‘mach nima? J: Cho‘ponlarning kulga ko‘mib pishiradigan noni.

9. Bo‘za nima? J: Dondan tayyorlanadigan kayf beruvchi ichimlik.

10. To‘qoch nima? J: Katta bo‘g‘irsoq.

11. Mirtemir qaysi she’rida deyarli bir xil bo‘lgan so‘zlarni yonma-yon keltirib ma’no chiqargan? J: “Qishlog‘im”.

12. Qaysi misralarda o‘zbeklarga xos mehmondo‘stlik kabi ma’naviy sifatlar aks etgan? J: “Qoraqumg‘on qaynar, yozilar chochiq, Zog‘arami, so‘kmi, yovg‘on yo umoch. Barini ayamas, barini qo‘yar…”.

13. “Agar so‘ygan bo‘lsa kecha bo‘rdoqi, Qozonda …. o‘rtada ….Yo …. suzilar, yo …..” Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying? J: Qovurdoq, ko‘za, qimiz, achchiq bo‘za.

14. “Agar so‘ygan bolsa, uloq yo qo‘zi,O‘hho‘, …” Misralarini davom ettiring? J: No‘xat sho‘rva yoki kulcha-toy.

15. “Esimda go‘daklik-unutilmas choq O‘sha kunlarimdan qalbimda bor xat” misralari qaysi she’rga tegishli? J:“Qishlog‘im”.

16. “Qishlog‘im” she’ri qaysi misralar bilan yakunlanadi? J: “Nechog‘lik to‘kinsan, nechog‘lik to‘kin,

Dunyo turguncha tur, qo‘li qadoqlim”.

17. “Qishlog‘im” she’rida shoir “qo‘li qadoqlim” deb kimga murojaat qiladi? J: Qishloq ahliga.

18. “Qishlog‘im” she’rida qaysi xalq qo‘shig‘i nomi tilga olinadi? J: “Yorama-zon”.

19. “Qishlog‘im” she’rida qaysi misra takror ishlatilgan? J: Nechog‘lik to‘kin-san, nechog‘lik to‘kin. She’r boshida 3-misrada, she’r oxiridagi misradan oldin.

20.“Baliq ovi” she’rining mantiqiy davomi qaysi she’r hisoblanadi? J:“Qishlo-g‘im”.

21. Mirtemirning qaysi she’rida shoir endi kamolotga yetgan, hayotning ulg‘ay-gan pallasida xotiralarga berilgan bir inson sifatida gavdalanadi? J: “Qishlo-g‘im” she’rida.


Download 468 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish