Oila pedagogikasi pedagogikaning alohida mustaqil fan sohasi sifatida



Download 36,5 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi36,5 Kb.
#840612
Bog'liq
OILA PEDAGOGIKASI PEDAGOGIKANING ALOHIDA MUSTAQIL FAN SOHASI SIFATIDA


OILA PEDAGOGIKASI PEDAGOGIKANING ALOHIDA MUSTAQIL FAN SOHASI SIFATIDA
REJA

1.Oilaning mamlakatlik siesatta tutgan urni.


2.Yangi oilani shakillantirish asoslari.
3.Zamonaviy oilaning uziga xos xususiyatlari.
4.Insoniy qadriyatlarning shakillanish darajasi.
5.Ota-onaning savodkonlik darajasi.
6.Mustakil Uzbekistonning oilalarining milliy xarakatlari.

.


Jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqietini jadallashtirish sharoitida inson omilini vujudga keltirish davr talabiga aylandi. Barkamol inson haqida, uning mehnati va turmushi, ma`naviy taraqqieti haqida g'amxo'rlik jumxuriyatimizning asosiy maqsadidir. Kishi xislatlari uning mehnatga, ma`naviy, g'oyaviy va madaniy boyliklarga munosabatining asoslari oilada shakllanadi. Jamiyat mustahkam, ma`naviy va axloqiy jixatdan sog'lom oila bo'lishidan manfaatdordir. SHu sababli jumxuriyatimiz oilani mustahkamlashni, bolalar tarbiyasi, shuningdek, ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashda erdam berishni davlat ahamiyatiga molik ish deb biladi.
Keyingi yillarda respublikamiz tomonidan qabul qilingan bir qator qaror va yo'l-yo'riqlarda xalqimizning ijtimoiy-madaniy yuksalishini ta`minlovchi fikrlar, tavsiyalar berildiki, bular respublikamizning asosi - oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy kamolotida muhim rol' o'ynamoqda. CHunki oilalarning har tomonlama yuksalishi, ta`bir joiz bo'lsa, jamiyatning yuksalishi demakdir. Xuddi shu ma`noda kelajagimiz bo'lmish esh avlod tarbiyasi va uning taraqqieti davlat ahamiyatiga molik masala hamdir. Ikkinchi tomondan, jamiyatning oila va oilaviy tarbiyaga bo'lgan talabi ham kun sayin ortib bormoqda. Zotan, ota-onalarning bolalar tarbiyasi yuzasidan mas`uliyatini kuchaytirish, tarbiyalashga oid laeqatini oshirish, oilaviy va ijtimoiy tarbiya birligini ta`minlash hozirgi kunning dolzarb masalasidir.
Oilaviy tarbiya deganda ota-onalarning o'z haetlari, turmush tarzlari asosida bola shaxsida duneqarash asoslari, siesiy, axloqiy, estetik va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadidа muntazam, izchil, g'oyaviy va ma`naviy ta`sir ko'rsatish jaraeni tushuniladi. Biroq, bunda jamiyatimiz taraqqieti munosabati bilan oila, uning barcha haetiy bosqichlari jiddiy o'zgarishlarga uchraetganligini ham esdan chiqarmaslik kerak. Millatlarning tarixiy, milliy va regional xususiyatlarini hisobga olgan holda oilalar taraqqietini umumiy va xususiy taraqqietlar asosida oilaviy tarbiyani maqsadga muvofiq yaxshilash lozim. Bu davlatimizning oilada esh avlodni har tomonlama kamol toptirish jaraeniga qaratilgan ilmiy va amaliy tavsiyalaridan biridir.
Hozirgi zamon taraqqieti har bir shaxsdan voqelikni to'g'ri tushunishni, xulosa chiqarishni, axloqiy poklikni va hissiy-asabiy chidamlilikni, jamiyatimiz haetining barcha jabhalarida mustahkam va faol bhlishni talab etmoqda. Ma`lumki, shaxsning bunday ijtimoiy, emotsional, xulqiy va boshqa sifatlariga oila asos soladi, shakllantiradi va kamol toptiradi.
Kelajagimizning qanday bo'lishi hozirgi kunda bir tarbiyalaetgan eshlarga bog'liq. Bunday ulkan vazifani amalga oshiruvchi, moddiy va ma`naviy boyliklarni yaratuvchi asos oiladir. Oila jamiyatning boshlang'ich ijtimoiy bo'g'in sifatida murakkab tarkibga ega bo'lib, u o'z faoliyatida oila a`zolarining ehtieji va qobiliyati, turli faoliyatning maqsad va vazifalarinigina emas, balki tarbiyaviy faoliyatni ham aks ettiradi. Uning murakkab va ko'pqirrali faoliyatining haetiyligi ikki tomonlamadir.
- birinchidan, jamiyatning kichik bir qismi ijtimoiy o'zgarishlarni o'ta sezgirlik bilan ilg'ab oladigan, o'zida aks ettiradigan belgidir. SHunga asoslanib oilaviy tarbiyani ijtimoiy tarbiyaning asosiy qismlaridan biri deb hisoblash lozim.
- ikkinchidan, oilaning murakkab va ko'pqirrali faoliyati uning vazifalari va tuzilishiga, ijtimoiy turmush tarziga, oila a`zolarining ijtimoiy faoliyatlariga, ularning barcha qiziqishlari, ehtiejlari va munosabatlariga bog'liqligini nazardan qochirmaslik kerak.
Oilaviy tarbiya metodologisi va metodikasi uchun eng muhimi uning aloqador tomonlarini, ya`ni tarbiyaviy vazifalarni bir maromga solish, oilaning o'ziga xos xususiyatlarini vamavjux imkoniyatlarini aniqash katta ahamiyat kasb etadi.
Oilaning tuzilishi va vazifalarini tahlil etishda u jamiyatning ijtimoiy-ma`naviy o'zagi ekanligi yana bir bor aen bo'lmoqda. SHu sababli oilaning aniq bir maqomi, asosi bo'lishi kerak va u kishilar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solishi, eshlarda axloqiy fazilatlarni, jismoniy kamolotni, aqliy ziyraklikni shakllantirishi zarur.
Oilaviy tarbiyaning o'ziga xosligi shundaki, u bolalargi ota-onalarning ota-onalik, qon-qarindoshlik xislatlarini uzatib, shaxsning umumiy va hissiy rivojlanishinigina ta`minlab qolmay, balki shaxsning mavjud imkoniyatlarini va axloqiy kamolotini ham o'stiradi. SHu sababli oilaviy tarbiya doimo mavjudligi, ko'rsatmaliligi va serjiloligi bilan ajralib turadi. Unda asosiy vazifani xalq, odobga doir tadbirlarni bolaga to'g'ri o'rgatish, maslahat berish, kattalar tajribasigina emas, balki oilaning yashash tarzi, muhiti, ota-onalarning kasb-hunari, oila a`zolarining ma`naviy-ruhiy munosabatlari o'ynaydi.
Oila va oilaviy tarbiya muammolari bilan shug'ullanuvchi olimlarning tadqiqotlarida asosiy e`tibor oila bo'yicha amaldagi bo'linishga va bolalar tarbiyasida ota-onalarning faol darajasiga qaratiladi. SHuningdek, ota-onalarning, bolalarning hamda aellarning bandligi va ularning bolalar tarbiyasiga bo'lgan ta`siri oilaning moddiy imkoniyatlari va turar joylariga bog'lab o'rganiladi.
Jamiyatning moddiy va ma`naviy kamoloti eshlarni turli ijtimoiy vazifalarni bajarishga, to'plangan munosabatlarga doir tajribalarga, moddiy va ma`naviy qadriyatlarga har tomonlama va uzoq tayerlash lozimligini talab etmoqda. Oilaviy tarbiyada muhim ahamiyat kasb etuvchi ob`ektiv va sub`ektiv omillarni bilmoq lozim. Ob`ektiv omillarga oilaning moddiy farovonligi, daromadlarning turlari, o'ziga xosligi va saviyasi, uy-joy bilan ta`minlanish darajasi, maktabgacha muassasalardan foydalanish, shuningdek, oila a`zolarining soni, tarkibi va boshqalarni kiritish mumkin. Sub`ektiv omillarga esa oiladagi o'zaro munosabatlarning o'ziga xos xususiyatlari, ma`lumot, oila a`zolarining madaniy-ma`naviy saviyalari, ota-onalarning muomala madaniyatlari va boshqalar kiradi.
Oilaviy tarbiyaning murakkabligi yana shundaki, har bir oila o'ziga xos bir olam, jamiyatning o'ziga xos kichik uyushmasi bo'lib, tarbiya ishida o'ziga xos xususiyatlarni namoen qiladi. Ana shuning uchun ham oilaviy tarbiyaning shakl va uslublarini umumlashtirish va unga biron-bir tavsiyalar berish noqulay va qiyindir. Ota-onalar qanchalik ma`naviy boy, e`tiqodli va yuqori ma`lumotga ega bo'lsalar, shu darajada takomillashgan uslub orqali o'z farzandlarini tarbiyalaydilar. Ular faqat maslahat berish, ma`qullash, mukofotlash, jazolash, suhbat va hikoya, fikr almashish bilangina emas, balki shaxsiy namunalari, bolalari bilan birgalikda ishlash, ularni mehnat faoliyatiga tortish orqali ham tarbiyalaydilar. Bolalar faoliyatida ishtirok etish ularga tarbiyaviy ta`sir ko'rsatishning eng samarali usulidir. Agar bolalar ota-onalarining mashg'ulotlariga o'ta qiziqish bilan munosabatda bo'lishsa, ular o'rtasida do'stona munosabatlar qaror topadi. Bolalar ota-onalaridan, aka va opalaridan o'zaro munosabat mezonlarini o'rganib, nima yaxshi-yu nima emon, nima foydali-yu va nima zararli ekanligini bilib oladilar, ular haqida aniq tasavvurlarga ega bo'ladilar. Bundan tashqari, oila tajribali va kasbi jixatidan turlicha eshdagi kishilarni birlashtirib turadi. Oila a`zolarining turmush va xaetiy tajribalari, madaniy saviyalari qanchalik boy bo'lsa, ular bolalar bilan shu darajada yaxshi muloqotda bo'la olishadi, bolalarning qiziqishlarini o'stira olishadi.
Ota-onalarning umumiy, madaniy, ma`lumot saviyalarining ko'tarilishi va ijtimoiy faollik qaror topishi maktab va oila aloqalari xususiyatining o'zgarishiga sabab bo'ldi. Agar maktab oila tarbiyashunosligiga hurmat bilan munosabatda bo'lsa, uning boyliklaridan, ya`ni ota-onalar obro'si, shaxsiy namunasi, ijobiy xissietlar asosida tarbiyalashlaridan foydalana olsa, u xolda ota-onalar otalig'i katta kuchga, tarbiya samaradorligini ta`minlovchi mezonga aylanadi.
Hozirgi zamon oilalari mavjud jamiyat bilan uzviy bog'langandir. SHaharlarning o'sishi, yashash sharoitlarining yaxshilanishi, xalqning moddiy va madaniy turmush saviyasining oshishи eshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashga ta`sir qiladi.
Oilaviy tarbiyaning maqsadi va mazmuni barcha regionlar bo'yicha olganda bir-biridan ma`lum darajada farqlanadi. Bu farqlar millatlarning turmush tarzi, urf-odatlari, ijtimoiy-tarbiyaviy va mahalliy sharoitlar bilan belgilanadi. CHunki mamlakatimizdagi xalq va elatlarning tarixiy-ijtimoiy taraqqiet bosqichi, oilaviy turmushning tarixan tarkib topganligi, bu borada dinning salmoqli xissasi o'ziga xoslikni vujudga keltirgandir.
Tarbiya masalasiga endashadigan bo'lsak, kam bolali oilalarga nisbatan ko'p bolali oilalarda bolalar tarbiyasi ancha engil ko'chadi. CHunki ko'p bolali oilalardagi bolalar ota-onalarining xatti-harakatlarini, aka va opalarining ular o'rtasidagi g'amxo'rliklarini, ayniqsa, bir-birlariga bo'lgan do'stona munosabatlarini, uydagi har xil vazifalarni sidqidildan bajarishlarini, kichiklarning kattalarga odob bilan munosabatda bo'lishlarini tabiiy holda ko'radilar, kuzatadilar. O'zlarida ham ana shunday axloqiy sifatlarni shakllantirish istagi vujudga keladi. SHu sababli bir qancha bolalari bo'lgan oilada ota-onalarning g'amxo'rliklari o'ziga xos xususiyat kasb etadi. Bunday g'amxo'rlik teng taqsimlangan bo'ladi.
Katta oilada bola eshligidan jamoaga moslashadi, o'zaro aloqalar asosida tajriba to'playdi. Agar oilada katta va kichik bolalar bo'lsa, ular o'rtasida turli ko'rinishlardagi mehr-muhabbat va do'stlik qaror topadi. Oilaviy haet bolalarni insoniy munosabatlarda o'z shaxsini kamol toptirish imkoniyatini beradi. Kam bolali oilalarga nisbatan ko'p bolali oilalarda shunday haetiy vazifalar mavjud bo'ladiki, masalan, katta akagacha va kichik ukagacha bo'lgan mehr-muhabbat, ya`ni bir-biridan farqlanuvchi hissietni, aka-uka va opa-singillar o'rtasida bir-birlari bilan narsalarning teng ayirboshlash va boshqalar paydo bo'ladi.
Oilaning tub maqsadi va harakatlarining mazmuni bolalarni umuminsoniy xulq mezonlariga rioya qilgan holda ularni bo'lajak mehnat faoliyatiga tayerlashdan iboratdir. Qolaversa, ularning g'oyaviy-siesiy, madaniy-oqartuv borasidagi qiziqishlariga e`tibor beriladi. Bu borada turli oilalarda berilaetgan tarbiyaning bir-biridan farqi borligini ham unutmaslik lozim. Agar oilada ota-onalar katta eshdagi kishilar bo'lsa, ular mehnat nonidan bahramand bo'laetgan bo'lsalar, insoniy e`tiqodlar mavjud bo'lsa, bunday oilada tarbiyalanaetgan eshlar haetda munosib inson bo'lib etishadilar.


ADABIYOTLAR.


1.I.Karimov. Barkomol avlod -O'zbekiston taraqqietining poydevori. T-1997y.
2.I.Karimov. Ozod va obod Vatan,erkin va faravon haet-pirovard maqsadimiz.T-2000y.
3.A.K.Munavvarov.Pedagogika.T-1996y.
4.A.K.Munavvarov.Oila pedagogikasi.T-1994y.
5.V.N.Drujina. Sotsial'naya psixologiya.S-Pb. 2002y.
6. O.To'raeva "Oylaviy haet etikasi va psixologiyasi"T-1998y
Download 36,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish