1-tajriba. Karbonat angidridni bir stakandan boshqa stakanga quyish. Katta kimyoviy stakanlardan biriga mum qalam bilan 1 raqami, boshqasiga 2 raqami yozib qo’yiladi. 1 stakanga havoni siqib chiqarish yo’li bilan karbonat angidrid to’ldiriladi. Stakanga yonib turgan cho’p tushirganda o’chib qolishiga qarab stakan gazga batamom to’lganligi aniqlanadi. 1 stakandagi gaz xuddi bir suyuqlikni boshqasiga quygandek qilib 2 stakanga quyiladi. So’ngra karbonat angidrid 2 stakanga o’tganligi yonib turgan cho’pni unga tushirib ko’rib aniqlanadi. Tajriba karbonat angidrid havodan og’irligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |