Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya o’qitish metodikasi yo’nalishi Zollogiya fanidan Mavzu: Sut emizuvchilarni muhofaza qilish



Download 46,64 Kb.
bet1/8
Sana31.12.2021
Hajmi46,64 Kb.
#257800
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
muhriddin musayev


Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Abdulla Qodiriy nomidagi

Jizzax davlat pedagogika instituti

Tabiiy fanlar fakulteti

Biologiya o’qitish metodikasi yo’nalishi

Zollogiya fanidan



Mavzu:Sut emizuvchilarni muhofaza qilish. Hayvonot dunyosi evolutsiyasi.

Bajardi:

Ilmiy rahbar: Aberqulov.E

Jizzax-2021

MUNDARIJA

KIRISH……………………………………………………………………

I.BOB. Sut emizuvchilarni muhofaza qilish ………………….

1.1Sutemizuvchilar haqida umumiy tavsif.Turlarga qaratilgan ishlar

1.2 Sut emizuvchilarning yashash muhitiga moslanishlari

1.3 Sut emizuvchilarning ozuqa zanjiridagi va inson hayotidagi ahamiyati



II.BOB.Hayvonot dunyosi evolutsiyasi…………………………………….

2.1Barcha hayvonlarda evolutsiya natijasida yuz bergan uzgarishlar

2.2 Hayvonlarning evolutsiya natijasida yuz bergan o’zgarishlar

2.3


III.XULOSA…………………………………………………………………

IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………....



KIRISH

Quyi sinflarda olgan bilimlaringizga asoslanib, hayvonot dunyosi sistematikasi haqida fikr yuriting.Hayvonlar filogenezi deyilganda bir hujayrali organizmlardan to sutemizuvchi hayvonlarning paydo bo‘lishi va tarixiy rivojlanishi tushuniladi. Ma’lumki, irsiy o‘zgaruvchanlik asosida foydali belgiga ega bo‘lgan organizm o‘z avlodiga nisbatan anatomik, morfologik tuzilishi va hayotiy jarayonlarning jadallashuviga ega bo‘lganligi sababli yashash uchun kurash va tabiiy tanlanishda saqlanib qolish imkoniyati ortadi. Yerda hayotning paydo bo‘lishi va rivojlanishining dastlabki erasi bo‘lgan arxey erasining ikkinchi yarmida yuz bergan uchta yirik aromorfozning ikkitasi: ko‘p hujayrali organizmlarning paydo bo‘lishi va jinsiy ko‘payish hayvonlar filogenezida muhim o‘rin tutgan. Turli sistematik guruhlarga mansub hayvonlar tuzilishi va hayotiy jarayonlari o‘rtasidagi umumiy belgilar ularning yagona umumiy ajdoddan kelib chiqqanligini ko‘rsatadi. Shuning uchun hayvonot dunyosining turli sistematik guruhlari o‘rtasidagi filogenetik munosabatlarni shajara daraxti sifatida tasavvur qilish mumkin . Bir hujayrali organizmlarda yuz bergan evolutsion o‘zgarishlar. Evolutsiya jarayonida birlamchi okeanda dastlab turli xil organik moddalar tabiiy yo‘l bilan sintezlanib to‘planib borgan. Keyinchalik bu moddalardan juda mayda shilimshiq zarrachalar shaklidagi protobiontlar hosil bo‘lgan. Protobiontlar tashqi muhitda erigan organik moddalarni shimib olib o‘sganligi va bo‘linib ko‘payganligi taxmin qilinadi. protobiontlarning tuzilishi mukammallashib, dastlab prokariotlar, ularda yadro va hujayra organoidlari paydo bo‘lishi natijasida esa bir hujayrali eukariot organizmlar kelib chiqqan. Xivchinlar yordamida harakatlangan bunday organizmlar barcha bir hujayralilarning umumiy ajdodi hisoblanadi. Keyinchalik bir hujayralilardan ayrimlari koloniya bo‘lib yashashga o‘tgan. Hayvonlarning tabiatdagi ahamiyati. Tabiatda hayvonlar ham, o’simliklar kabi katta ahamiyatga ega. Hayvonlarning hayoti o’simliklar bilan bog’liq. Yashil



o’simliklar o’txo’r hayvonlar uchun oziq bo’ladi. Ammo hayvonlar ham o’simliklar hayotida katta ahamiyatga ega. O’simliklarning o’sishi va ekinlarning hosildorligi tuproqning unumdorligiga bog’liq. Tuproq hosil bo’lishi jarayonida esa turli mikroorganizmlar bilan birga hayvonlar ham ishtirok etadi. Daraxtlardan to’kilgan barglar, kuz kelishi bilan qurib qolgan o’tlar turli xil bakteriyalar, zamburug’lar, bir hujayrali hayvonlar, har xil chuvalchanglar, hasharotlar va boshqalar uchun oziq hisoblanadi. Tuproq organizmlarining faoliyati natijasida o’simliklar qoldig’i maydalanadi, tarkibidagi organik moddalar parchalanib chiriydi va tuproqda boshqa o’simliklarninig o’sishi uchun zarur moddalar to’planadi. Tuproqda yashovchi hayvonlar-yomg’ir chuvalchanglari, zaxkashlar, chumolilar, hasharotlar va ayrim sut emizuvchilar (kemiruvchilar, chumolixo’rlar) tuproqni aralashtiradi, yumshatadi, kislorodga boyitadi va unga suv shimilishini yaxshilaydi. Bundan tashqari, bir qancha hayvonlar gulli o’simliklarning changlanishida ishtirok etib, ularning hosildorligini oshirishga yordam beradi. Kungaboqar, grechixa, qoqio’t, sebarga kabi bir qancha o’simliklar faqat hasharotlar bo’lgandagina changlanadi. Ko’pchilik gulli o’simliklar hasharotlar yordamida changlanganida ancha yuqori hosil berishi ma’lum. Hayvonlar tabiatda sanitar vazifasini ham bajaradi. Bir qancha hayvonlar o’lgan hayvonlarning murdasini, o’simliklar qoldig’i, to’kilgan barglar bilan oziqlanib, ulardan er yuzini tozalaydi. Suvda yashovchi ko’pchilik hayvonlar suvni o’z ichagidan filьtrlab o’tkazib, o’ziga oziq topadi va suvni ifloslanishdan saqlaydi. Hayvonlarning inson hayotidagi ahamiyati. Odamlar hayotida hayvonlar katta ahamiyatga ega. Odamlar qadimdan hayvonlarni ov qilib kun kechirishgan. Hayvon go’shti ibtidoiy odamlar uchun oziq-ovqat bo’lgan, ularning terisidan kiyim-bosh, suyaklaridan turli ov qurollari tayyorlangan. Ular hayvonlarni qo’lga o’rgatib, xonakilashtira boshlashgan. Itlar qo’lga o’rgatilgan dastlabki yovvoyi hayvon bo’lgan. Keyinroq odamlar cho’chqa, qoramol va parrandalarni xonakilashtirganlar. Hozirgi davrda ham inson hayotida hayvonlarning ahamiyati katta. Uy hayvonlaridan oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat uchun teri, jun va pilla oli nadi. Yovvoyi hayvonlar, xususan baliqlar, qisqichbaqasimonlar va mollyuskalar oziqovqat sifatida ishlatilishidan tashqari, dori-darmon va vitaminlar olishda foydalaniladi. Ularning chiqindisidan tayyorlangan un chorva mollari ozuqasiga qo’shib beriladi yoki erga solinadigan o’g’it sifatida erga solinadi. YOvvoyi hayvonlarning terisidan kiyim tikiladi, pati, shoxi va suyaklaridan ham sanoatda foydalaniladi. YOvvoyi qushlar zararkunanda hasharotlar, sichqon va kalamushlarni qirqib, katta foyda keltiradi. Asalarilar qimmatli asal berish bilan birga, o’simliklarni changlatib, hosildorligini oshirishga katta hissa qo’shadi. Tut ipak qurtidan to’qimachilik sanoati uchun qimmatli xomashyo olinadi. Yirtqich va parazit hasharotlar qishloq xo’jaligi ekinlari zarakunandalariga qarshi kurashda insonning eng yaqin yordamchisi hisoblanadi. Hayvonlar orasida inson salomatligiga, chorva mollari va qishloq xo’jalik ekinlariga zarar keltiradigan turlari ham bor. Ular ekinlarni eb, hosildorlikni pasaytiradi, oziq-ovqat qishloq xo’jalik mahsulotlari (teri, jun, yog’och) va ulardan tayyorlanadigan buyumlarni buzib, katta zarar keltiradi. Ko’pgina hayvonlar odam, chorva mollari va uy hayvonlarida parazitlik qilib, har xil kasalliklar keltirib chiqaradi. Ayrim hasharotlar va kanalar odam va hayvonlarga turli xavfli kasalliklar (vabo, bezgak, tif va boshqalar) ni yuqtiradi. Bir qancha hayvonlar: baqalar, dengiz cho’chqalari, kalamushlar, itlar, mushuklar, quyonlar, maymunlar, hasharotlar (masalan, drozofila pashshasi) va boshqalardan biologiya, tibbiyot, veterinariya, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarda laboratoriya hayvonlari sifatida ilmiy maqsadlarda foydalaniladi.


Download 46,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish