Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti 2-g fizika guruh talabasi matnazarov nodirbekning fizika o’qitish metodikasi fanidan darsni rejalashtirish va o’qituvchining unga



Download 182,53 Kb.
bet1/8
Sana03.12.2022
Hajmi182,53 Kb.
#878392
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Matnazarov Nodirbek 2-G fizika


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA FAKULTETI 2-G FIZIKA GURUH TALABASI
MATNAZAROV NODIRBEKNING
FIZIKA O’QITISH METODIKASI FANIDAN
DARSNI REJALASHTIRISH VA O’QITUVCHINING UNGA
TAYYORGARLIGI. O’QITISH MATERIALLARINI BAYON
QILISH SHAKLLARI MAVZUSIDA
YOZGAN
KURS ISHI



ILMIY RAHBAR: AYTIMBETOV N

BAJARDI: MATNAZAROV N


NUKUS_2022


MUNDARIJA


I.

KIRISH
O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlatsifatida rivojlanishning yangi bosqichiga ko’tarilib borayotgan ekan ta’lim-sohasida ham zamon talablaridan kelib chiqqan holda ish tutishni davrning o’zi taqozo qilmoqda. Ta’lim to’g’risidagi qonun va kadrlar tayyorlash dasturining qabul qilinishi shular jumlasidandir. Unda ta’kidlanishicha “Yoshlar- jamiyattaraqqiyotining poydevoridir”. O’zbekiston Respublikasidagi demokratlashtirish hamda tubdan yangilanish jarayonlari ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan. Yoshlarni yuksak umumiy kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga o’rgatish, istiqbol vazifalarni ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish ta’lim tizimi xodimlari oldida turgan ulkan vazifadir [1].
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barkamol avlod yili” Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoyishida belgilangan”... o’quv jarayoniga yangi axborot- kommunikatsiya va pedagogik texnalogiyalarni, elektron darsliklar hamda multimedia vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat maktablari, kasb-hunar kollejlari va litseylarida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berish sifatini tubdan yaxshilash ...”dek o’ta muhim vazifalar ta’lim tizimini yuqori sifat darajasida tashkil qilish zarurligini ko’rsatadi [2].
Ta’lim jarayoni sifati ta’lim standartlari, ta’lim dasturlari, ta’lim jarayoniga jalb qilingan professor -o’qituvchilar ilmiy salohiyati, ta’lim oluvchilar salohiyati, ta’lim berish jarayoni texnik vositalari, ta’lim texnalogiyalari, ta’lim jarayonini boshqarishning sifat darajasi kabi omillar bilan ta’minlanadi. Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki axborot- kommunikatsiya texnalogiyalari va Internetning ta’lim sohasiga keng kirib kelishi ta’lim xizmatlarining globallashuvi uchun ham katta yo’l ochmoqda. Rivojlangan davlatlar ta’lim sohasida bo’layotgan bunday ijobiy jihatlarni e’tiborga olgan holda ta’lim sifatini yuksaltirish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ommaviy ravishda keng foydalanish davr talabiga aylanib bormoqda.
Tabiatni o’rganishda fizikaning o’rni va boshqa fanlar bilan aloqasi. Fizikaning rivojlanish tarixidan ma’lumotlar, Sharq allomalarining fizika fanining rivojlanishida tabiatni o’rganishda qo’shgan hissalari. O’zbekistonda fizika taraqqiyoti sohasida olib borilayotgan ishlar. Fizik kattaliklar. Birliklar sistemasi. Fizika fanining kelib chiqishi va rivojlanishi haqida o’quvchilarga ma’lumot berish. Bundan tashqari fizika fanini rivojlantirishda Sharq va O’rta osiyo olimlarining qo’shgan hissasini aytib o’tish. Fizik kattaliklar haqida tushuncha berish.Fizika tabiat hodisalarining eng sodda va shu bilan birga eng umumiy qonunlarini, materiyaning xossalari, tuzilishi va uning harakat qonunlarini o`rganadigan fandir. Fizika so`zi yunoncha «phusis»-tabiat so`zidan olingan bo`lib, uning qonunlari barcha tabiatshunoslik bilimlarining asosida yotadi. Shuning uchun ham uni uzoq vaqt tabiat falsafasi ham deb ataganlar. Tajribaviy materiallarning ko`payishi, ularning ilmiy umumlashtirilishi va tekshirish usullarining takomillashtirilishi natijasida, tabiat falsafasidan- astronomiya, ximiya, biologiya, geologiya va boshqa tabiiy fanlar, jumladan fizika ham ajralib chiqqan. Shuning uchun ham fizikaning boshqa tabiiy fanlar bilan chegarasi shartli bo`lib vaqt o`tishi bilan, o`zgarib boradi. Inson bilimining chuqurlashuvi bu fanlar orasida yanada chambarchas bog’lanish mavjudligini ko`rsatdi. Buning natijasi sifatida esa –astrofizika, fizikaviy ximiya, biofizika, geofizika kabi fanlar vujudga keladi.

Download 182,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish