Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 2,15 Mb.
bet17/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

MAVZU: USTOZ – OTANGDAY ULUG‘


Dunyoda kasblar ko‘p, har birining hayotda o‘z o‘rni, o‘z ahamiyati bor. Lekin ular orasida shunday ulug‘ kasb borki, boshqa barcha kasblar uning negizida shakllanadi va taraqqiy etadi. Bu olijanob kasb muallimlikdir. O‘qituvchilik azal-azaldan e’tiborli kasb hisoblanadi. Jamiyatning buguni va ertasi, uning madaniy-ma’rifiy-ma’naviy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta’lim tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchi va murabbiylarning fidokorona mehnatlariga bog‘liq. O‘qituvchilikning ko‘p qirrali, sermazmun, murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol, etuk shaxs sifatida tarbiyalashday muhim vazifalar yotadi. O‘zining g‘oyatda mashaqqatli, ammo sharafli mehnati bilan yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash sifatini oshirishda katta hissa qo‘shayotgan ulug‘ va muhtaram ustoz-murabbiylar el-yurt hurmatiga, ardog‘iga, yuksak tahsinlarga loyiqdirlar. Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi, ravnaqi, gullab-yashnashi yo‘lida, uning boy tarixi, madaniyati, urf-odatlarini o‘rganish, targ‘ib qilish, yoshlarni Vatanni sevish, asrashga o‘rgatish kabi masalalar ham ustozlar zimmasiga yuklangan.
Olamning gultojisi inson bo‘lsa, ular orasida Olloh nazari tushgani – suyuklisi ustoz-muallimlardir. YOshlarning har bir savoliga chuqur e’tibor va bosiqlik bilan javob beruvchi ezgulik bunyodkorlari bo‘lgan muallimlar hamisha elning nazaridadir. Tabiiyki, ustoz-muallim deganda, har qanday inson ko‘nglida chuqur hurmat-ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg‘ulari, paydo bo‘ladi. “Darhaqiqat, bu dunyoda har qaysi ongli inson – qaerda ishlamasin, qanday kasbu kor, lavozim egasi bo‘lmasin, unga bilim va tarbiya berib, hayotga yo‘llagan muhtaram o‘qituvchi va murabbiylari oldida hamisha qarzdorlik hissi bilan yashaydi. Haqiqatan ham, o‘zining ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini bag‘ishlab, barchamizga ezgulikdan saboq bergan, otadek mo‘‘tabar, onadek mehribon siz, aziz ustozlarning hech narsa bilan o‘lchab, baholab bo‘lmaydigan mashaqqatli va sharafli mehnatingiz uchun har qancha tahsin va tashakkurlar aytsak, arziydi”.11
Ustoz va ustozlik maqomi azaldan xalqimiz tomonidan yuksak qadrlanib kelingan. Otaning mehridan ustozning qahri afzal yoki ustoz otangday ulug‘, deya aytilgan naqllar bejiz emas.
Bir yigit donishmanddan so‘rabdi: «Ustoz otangday ulug‘», - deydilar, shu hikmatning mag‘zini tushuntirib bersangiz. SHunda donishmand: «Ey o‘g‘lim,


11 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigi. 2015 yil 30 sentyabrь. Manba: O‘zAning «uza.uz» sayti.
otang, ya’ni padari buzrukvoring seni falakdan olib tushdi. Ustoz bo‘lsa, shu samoga seni qanday chiqishga o‘rgatadi», - deb javob bergan ekan.
Bu ustoz-murabbiylarga bo‘lgan yuksak ehtirom va izzat-ikrom ifodasidir. Zotan, o‘qituvchi-murabbiy bu kelajak bunyodkori hisoblanadi. Ular nafaqat ta’lim-tarbiya beradigan, balki yoshlarning ongu-shuuriga, qalbiga ezgu-fazilatlarni singdiruvchi muruvvatli, bag‘ri keng, saxovatli insonlardir.
O‘qituvchi eng aziz kasb egasi sifatida zamonlar osha katta hurmat va e’zozga sazovor bo‘lib kelgan zotdir. U insoniyatni faqat ilm va ma’rifat sari yuksaklikka ko‘tarajagini asrlar osha isbot etib kelayotgan allomadir. Ustozsiz shogird – komil bo‘lib balog‘atga etmaganidek, o‘qituvchisiz jamiyat ham kemtik bo‘lib, rivojlana olmaydi. Hech shubha yo‘qki, mustaqillik sharofati tufayli o‘qituvchi-murabbiylarning hurmati va obro‘-e’tibori jamiyatimizda o‘z o‘rnini topdi. 1 oktyabr ustozlik maqomiga ega bo‘lgan har bir yurtdoshimizning bayramiga, balki umumxalq bayramiga aylandi. Har yili davlatimiz rahbarining O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigi e’lon qilinadi. Ushbu bayram munosabati bilan ta’lim tizimining bir guruh xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
Ustoz shogird kamolotida bamisoli porloq mash’ala kabi porlab, uning ongu shuuriga ilm-ma’rifat nurlarini singdirib boradi. O‘zi sham kabi yonib tugab borsa ham, shogirdiga nur bag‘ishlaydi. Buni haqiqiy fidokorlik va fidoyilik deyish mumkin.
YUrtboshimiz e’tirof etganlaridek, biz mustaqil hayotga qadam qo‘yib, eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirishni, yurtimizda demokratik davlat, obod va farovon jamiyat qurishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, buning uchun avvalo ayni shunday buyuk ishga qodir bo‘lgan yangi avlodni voyaga etkazmasdan turib, bu yo‘ldagi barcha-barcha harakatlarimiz puchga chiqishi muqarrar edi. SHu bois Prezidentimiz o‘qituvchi va murabbiylarga murojaat qilib: «Bugungi kunda dunyoda keng e’tirof etilayotgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»mizni amalga oshirishda men, avvalambor sizlarni – fidoyi va zahmatkash insonlarni o‘zimning eng yaqin maslahatdoshlarim, bu boradagi tayanchim va suyanchim deb bilaman»,-deya ishonch bildirgan edilar.
Zero, bu yuksak ishonchni oqlashda ustoz-muallimlarning doimo tayyor ekanliklariga hech shubha yo‘q. YUrtimizda yaratilgan imkoniyatlardan bahramand bo‘lib, yoshlarni ilm-fan cho‘qqilarini zabt etishida, xorijiy tillarni o‘rganib, zamon talab qilayotgan kasb-hunarlarni puxta egallab, ona
Vatanimizga sadoqatli, munosib farzandlar, uning ishongan posbonlari, himoyachilari bo‘lib voyaga etishlarida o‘z hissasini qo‘shish, shogirdlarining yurt sharafini oqlab, dunyo miqyosida e’tirof etilayotganini ko‘rish, ularning quvonchiga sherik bo‘lish ustozlar uchun eng katta baxt…
O‘z o‘rnida shogird ham ustozning mehnatlarini qadrlay bilishi, o‘ziga ko‘rsatilayotgan e’tiborni, bildirilayotgan ishonchni oqlashi lozim. SHogirdlarga ustozni qadrlash qanday bo‘lishi kerakligi haqida misollar juda ko‘p. Falakiyot ilmining olimi Mirzo Ulug‘bekning shogirdi Ali Qushchi ko‘p yillar ustozidan ilm o‘rganib, umrining oxirigacha xizmatini qilib, buyuk inson bo‘ldi. Jaloliddin Rumiy ustozlari SHayx Tabriziydan ko‘p yillar ilm olishdan tashqari bir umr xizmatlarini qildilar. Sizu biz bilgan dunyo tan olayotgan allomalarning bari ustozlarining duolari bilan shu darajaga erishganlar. “Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rg‘alar”,- deb bejiz aytishmagan. Ustozdan o‘zib ketdim, deya manmanlik va kibru havoga berilish, ustozdan yashirin ish boshlab o‘zboshimchalik qilish faqat sharmandalikka olib kelgan.
Buyuk ajdodimiz Alisher Navoiy hazratlari o‘z ustozlari Abdurahmon Jomiyga bo‘lgan hurmatlari yuksak e’tiborga sazovor. Alisher Navoiy hayotida ham, ijodida ham Abdurahmon Jomiyga ixlosmand shogird bo‘lganlar. SHuningdek,“Xamsa”chilikda ham ustozlari Abdurahmon Jomiyning an’analarini davom ettiradilar. Ustozining “Nafahotul-uns” asarini yanada boyitib, “Nasoyimul-muhabbat” nomli yangi asar yaratadilar. O‘z asarlarida ustozi nomini tilga olib, unga bo‘lgan izzat-hurmatini kamoli ehtirom bilan izhor etadilar.
Agar shogird shayxulislom, agar qozidur, Agar ustoz rozi – Tangri rozidur.
deya, ustozlik maqomining nechog‘lik ulug‘ ekanini ta’kidlaydilar.






Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish