Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 2,15 Mb.
bet19/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

182- Конвенция
Болалар меҳнатининг оғир шаклларини тақиқлаш ва йўқ қилишга доир шошилинч чоралар тўғрисидаги 1999 йилги Конвенция
(қисқача мазмуни)
Мазкур Конвенция уни ратификация қилган давлатларга болалар меҳнатининг оғир шаклларини тақиқлаш ва йўқ қилишни таъминловчи самарали чора-тадбирлар кўриш мажбуриятини юклайди.
Конвенция мақсадлари учун "бола" атамаси 18 ёшгача бўлган барча шахсларга қўлланилади.
Мазкур Конвенция мақсадлари учун "болалар меҳнатининг оғир шакллари" атамаси қуйидагиларни қамраб олади:




  1. qullikning barcha shakllari yoki qullikka o‘xshash amaliyot, masalan, bolalarni sotish va ularning traffigi, qarz asosidagi qaramlik va krepostnoy tobelik, shuningdek, zo‘raki yoki majburiy mehnat, shu jumladan, bolalardan qurollik mojarolarda foydalanish uchun ularni zo‘rlab yoki majburlab jalb qilish;

  2. fohishabozlik bilan shug‘ullanish, pornografiya mahsulotlari tayyorlash yoki pornofafik tomoshalarda ishtirok etish uchun boladan foydalanish, uni yollash yoki uni taklif qilish;

  3. qonunga xilof faoliyat bilan shug‘ullanish uchun, xususan, tegishli xalkaro shartnomalarda belgalangani kabi, narkotiklar tayyorlash va sotish uchun boladan foydalanish, uni yollash yoki uni taklif qilish;

  4. bajarish xususiyatlari yoki sharoitiga ko‘ra bolalar sog‘ligi, xavfsizligi va ma’naviyatiga ziyon etkazishi mumkin bo‘lgan ishlar. (Bunday ish turlari milliy qonun xujjatlari bilan yoki vakolatli hokimiyat organi tomonidan belgilanadi, muntazam tahlil qilib boriladi va zaruratga qarab mehnatkashlar va ish beruvchilarning tegishli tashkilotlari bilan maslahatlashib, qayta ko‘rib chiqiladi).

Konvensiya, uni hayotga tatbiq etadigan qoidalar qo‘llanilishi ustidan nazoratni yuritish uchun tegishli mexanizmlarni yaratish orqali amalga oshirilishi lozim.


SHarh.


Mazkur Konvensiya XMTning asos soluvchi Konvensiyalaridan biri bo‘lib u O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 2008 yilning 8 aprelida ratifikatsiya qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37- va 45-moddalarida har qanday yo‘l bilan mehnatga majburlash bevosita taqiqdanishi hamda bolalarning huquq va manfaatlari himoya qilinishi kafolatlari belgilab qo‘yilgan. 43-moddaga binoan Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustah kamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi.
Mehnat kodeksining 241 moddasiga binoan o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodimlarining soniga, xavfsizligi yoki axlok- odobiga ziyon etkazishi mumkin bo‘lgan mehnat sharoiti noqulay ishlarda, er osti ishlarida va boshqa ishlarda foydalanish taqiqlanadi. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning belgilab qo‘yilgan normadan ortiq og‘ir yuk ko‘tarishlari va tashishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. SHu talablardan kelib chiqqan holda quyidagi xujjatlar ishlab chiqilgan va amaliyotda ishlatilmoqda:
"O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay ishlar ro‘yxati"12;
"O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar ko‘tarishlari va tashishlari mumkin bo‘lgan og‘ir yuk normalarining chegarasini belgilash to‘g‘risida nizom"13.


12 O‘zR Adliya vazirligida 2009 yil 29 iyulda 1990 raqam bilan ro‘yxatga olingan.
13 O‘zR Adliya vazirligida 2009 yil 12 mayda 1954 raqam bilan ro‘yxatga olingan.
Oxirgi yillar mobaynida ishga qabul qilish uchun eng kichik yoshga rioya etilishini ta’minlashga hamda bolalar mehnatining og‘ir shakllarini yo‘q qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar majmui amalga oshirildi, shu jumladan, qonun hujjatlariga sezilarli o‘zgartirishlar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 12 sentyabrdagi 207-sonli Qarori bilan "Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralarto‘g‘risidagi Konvensiyani amalga oshirish bo‘yicha Milliy Xarakatlar rejasi" tasdiqlanib ushbu konvensiyalarni amalga oshirishga oid qo‘shimcha choralar hamda nazorat va monitoring mexanizmlari belgilab berilgan.
Voyaga etmaganlar mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi talablar, shuningdek 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan mehnat qonunchiligi buzilganligi uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va jismoniy shaxslarning javobgarligini kuchaytirish maqsadida 2009 yilning 21 dekabrida "Voyaga etmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qonun qabul qilindi.
SHunga binoan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi voyaga etmaganlarga nisbatan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi, voyaga etmagan shaxs mehnatidan uningc sog‘ligi, xavfsizligi yoki axlok-odobiga ziyon etkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish, shuningdek voyaga etmaganni ma’muriy yo‘l bilan mehnat qilishga majburlash uchun mansabdor va boshqa shaxslarning kuchaytirilgan javobgarligini belgilovchi yangi normalar bilan to‘ldirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 11 fevraldagi 40-sonli Qarori bilan tasdiqlangan "Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining korxona, tashkilot, muassasalarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom"ga ko‘ra ishlab chiqarish amaliyoti davrida o‘quvchilar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish hamda egallayotgan mutaxassisliklari bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarda, shuningdek zararli mehnat sharoitlarida amaliyot o‘tuvchi o‘quvchilardan foylalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida korxona, tashkilot, muassasaning mas’uliyati belgilab qo‘yilgan.
Konvensiya talablarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 29 iyuldagi 216-sonli "Oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori bilan "Oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom" tasdiqlangan.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan Konvensiyalar talablarini inobatga olgan
holda, yoshlarga nisbatan, ayniksa o‘n sakkiz yoshdan kichik bo‘lgan shaxslarga nisbatan mehnat Qonunchiligida va mehnatni muhofaza kilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlar va qo‘shimcha kafolatlarga rioya qilishni, shuningdek ularning ishlab chiqarishda ijtimoiy muhofazasi ta’minlanganligini kafolatlaydigan maxsus qoidalar kiritishni nazarda tutuvchi jamoa shartnomalarini tuzish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilib tasdiqlangan. Tavsiyalar ommaviy axborot vositalarida chop etilgan hamda joylarga etkazilgan.
O‘quvchilar kontingentini saqlash va ularning davomati uchun ta’lim muassasalari raxbarlarining shaxsiy javobgarligi belgilab qo‘yilgan, barcha joylarda umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilarining majburiy mehnatidan foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmasligini nazorat va monitoring qilishni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhlar yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Xalk ta’limi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirliklari hamda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan 2008 yilning 3 noyabrida "Ishga qabul kilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralarto‘g‘risidagi Konvensiyani ta’lim tizimida amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qo‘shma qarori (№01-04/ 340, №43, №322) qabul qilinib amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida qullik, bolalarni sotish, qurollik mojarolarda foydalanish uchun bolalarni yollash, fohishabozlik bilan shug‘ullanish uchun, pornografiya mahsulotlari va narkotiklarni sotish uchun boladan foydalanish kabi bolalar mehnatining og‘ir shakllari amalda mavjud emas.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish