Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


MAVZU: DINIY EKSTREMIZM,FUNDAMENTALIZM VA TERRORIZM



Download 2,15 Mb.
bet20/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

MAVZU: DINIY EKSTREMIZM,FUNDAMENTALIZM VA TERRORIZM


Xalqimizning tabiatiga mutlaqo yot bo‘lgan siyosiy, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va boshqa yovuz oqimlarning mintaqamizga kirib kelishi va tarqalishi tinchlik va osoyishtalikka, farzandlarimizning kelajagiga katta xavf tug‘dirishini odamlar ongiga chuqur singdirib borish kerak. Xalqimiz tafakkurida yuksak axloqiy, ma’naviy qadriyatlarni qaror toptirish va mustahkamlash orqali ularni yovuz kuchlarga qarshi kurashga safarbar etish zarur.
Islom Karimov
Diniy ekstremizm va terrorizm ma’naviy tahdidlarning eng xatarli turi bo‘lib, ular o‘zlari mansub bo‘lgan diniy konfessiya vakillarini radikal harakatlarga chorlovchi, mamlakatdagi tinchlik va osoyishtalikni izdan chiqarishga intiluvchi, mavjud konstitutsion tuzumni ag‘darib tashlashga da’vat etuvchi tajovuzkor siyosiy faoliyatdir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir dunyoda 500ga yaqin terrorchi tashkilotlari mavjud bo‘lib, ularning 80% islom niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatoriga «al-Qoida», «Musulmon-birodarlar», «Hizbut-tahrir», «al-Jihod al-Islomiy», «at-Takfir val-Hijra» (Misr), «Abu Sayyof» (Filippin),
«Ozod Achex», «Lashkari jihod» (Indoneziya), «Qurolli islomiy harakat» (Jazoir), vahhobiylar, Abu Nidal guruhi, Qurolli islom guruhi, AUM Sinrikyo, Basklar va ozodlik vatani, Al-Jamoa al-islomiya, HAMAS Musulmon birodarlari, Harakat al-mujohidiyn, Hizbulloh, «17 noyabrь Inqilobiy tashkiloti», «Inqilobiy xalq-ozodlik fronti/partiyasi» («Del Sol» nomi bilan ma’lum), «Inqilobiy xalq kurashi», «Sendero Lyuminoso» («YOrug‘ yo‘l», shuningdek, «Partizanlar-xalq armiyasi»), «Tupak Amaru inqilobiy harakati», «O‘zbekiston Islom harakati», «O‘zini mudofaa qilish birlashgan kuchlari» kabi tashkilotlarni kiritish mumkin.
Ekstremistik” so‘zi “aql bovar qilmas darajada”, “haddan oshish” ma’nolarini bildiradi. Jamiyatda qabul qilingan qadriyatlar va me’yorlarga zid qarashlarni ilgari surish, keskin qarashlar va choralarga moyillik ekstremizmning asosiy xususiyati hisoblanadi.
Mutaxassislar ekstremizmning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga sabab bo‘lgan omillar ichida mafkuraviy bo‘shliqning ta’siri va qadriyatlar mo‘ljallaridagi beqarorlikda namoyon bo‘lgan nomutanosiblikni alohida ajratib ko‘rsatadilar. Mafkuraviy bo‘shliq ko‘pincha kishilarda jamiyatdagi mavjud holatni, ijtimoiy muhitni noto‘g‘ri idrok etishga, uning irodasini boshqa kishiga bo‘ysundirish va dunyoqarashida agressivlikni shakllantirishga
xizmat qiladigan nosog‘lom g‘oyalar bilan to‘ldirilishiga zamin yaratadi.
«Zombilashtirish» deb ataladigan bu texnologiya yaxshi shakllanmagan ma’naviyat, bo‘sh iroda va nosog‘lom intilishlar muhitidagina ta’sir kuchiga ega bo‘ladi. SHuning uchun ham, O‘zbekiston ekstremizmga qarshi kurashda, uning paydo bo‘lishi va rivojlanishini bartaraf etish ishlarida g‘oyaviy tarbiya, xususan, mamlakat yoshlarida yuksak ma’naviyatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor bermoqda. Zero, bunday yondashuvda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga, milliy o‘zlikni tiklash va mustaqillikni mazmunan boyitishga asoslangan milliy g‘oya, ma’naviyat va ma’rifat, to‘g‘ri shakllantirilgan ong ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash hamda jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlashning eng muhim tizimi sifatida yuzaga chiqadi.
Ekstremistik tashkilotlarga yangi a’zolarning qo‘shilishi, ko‘pincha, dinga kiritish, qabul qilishdek shaklu shamoyil kasb etadi hamda bir qancha tanlov va sinov bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Ekstremistik harakatlarning eng quyi tabaqasi ko‘pincha siyosiy tusga ega bo‘lmagan, mayda zo‘rlik va jinoyatlar sodir etadigan unsurlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday zo‘rlikning siyosiylashtirilishi terrorizm tomon qo‘yilgan birinchi qadam bo‘ladi. O‘z doirasiga yangi kimsalarni tortar ekan, ekstremistik guruh yoki uning rahbariyati so‘zsiz bo‘ysunishni va «ish»ga mutaassibona sadoqatni talab qiladi. Keyinroq esa yollanuvchilar “hamma narsani biluvchi” va ularga yo‘lboshchilik qiluvchi sarbonga duch keladilar. Ekstremistik oqimlar o‘z safiga yangi shaxslarni jalb etishda internet va ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanmoqda. Targ‘ibotchilar ko‘p vaqtini internetda o‘tkazuvchi, vaqtincha ishsiz, xorijda pul topish ilinjida yurgan va ijtimoiy holatdan norozi shaxslarni o‘z saflariga qo‘shish maqsadida ular bilan “bu dunyoning bevafoligi”, “musulmonlarning azoblanayotgani” hamda diniy ta’limotlar mavzusidagi boshqa suhbatlar olib boradilar. So‘ngra islom olamidagi “muammolar” sanab o‘tiladi hamda aybdorlar ham ko‘rsatiladi. Bundan keyin esa barcha muammolarning “echimi” sifatida “kofirlarga” qarshi “jihod” qilish taklif etiladi. Buning uchun esa avvalambor “hijrat” qilish lozimligi uqtiriladi. Ekstremistlar yoshlarni o‘ziga jalb qilishda hijrat, jihod va shahidlik tushunchalarini noto‘g‘ri talqin etib, ulardan foydalanadilar.
Hijrat” lug‘atda “ko‘chish, biron narsadan ajrash, tark etish” ma’nolarini anglatadi. Istilohda Payg‘ambarimiz Muhammad(s.a.v) boshchiliklaridagi bir guruh musulmonlar jamoasining Quraysh taziyqidan qutilish maqsadida Makkadan Madinaga ko‘chib o‘tishlariga hijrat deyiladi. Insonlarni islom ahkomlari joriy bo‘lib turgan, tinch va osoyishta zamindan din nomidan qotilliklar oshkora qilinayotgan fitna makonlariga chorlashdek
qabih ish hech qachon “hijrat” bo‘la olmaydi. Payg‘ambarimiz(s.a.v) hadisi sharifda: “Haqiqiy muhojir Alloh va Rasuli qaytargan narsadan hijrat qilgan(qaytgan) musulmondir”,-deb marhamat qilganlar. Alloh va Rasuli esa qotillikdan, qo‘poruvchilikdan, o‘zini o‘zin o‘ldirishdan, qaytargan.
Jihod” so‘zi lug‘atda kishining o‘z maqsadiga erishish yo‘lida bor imkoniyatlarini ishga solib, qattiq harakat kilishi ma’nosini anglatadi. Darsini o‘zlashtirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solib harakat kilayotgan o‘smir mujtahid talaba deb ataladi. Binobarin, uni ilmiy jihod kilmokda desa bo‘ladi. Istilohda dini, vatani, oilasi, obro‘si va moli himoyasini shariat ruxsat bergan yo‘llar bilan amalga oshirishni anglatadi. Kishining o‘z vatanini bosqinchilardan, isyonkorlardan himoya qilishi ham ayni jihoddir. Hadisda insonning o‘z nafsi yomonliklariga qarshi turishi, yaxshiliklarga intilishi katta jihod ekanligi ta’kidlanadi. Imom Buxoriy rivoyat kilgan hadisda aytiladi: “Bir kishi Rasululloh sollallohu alayxi vasallamning huzurlariga u zotdan jihodga izn so‘rab keldi. SHunda u zot unga: “Sening ota-onang bormi?”-dedilar. “Ha”,-dedi. “Bas, ikkovlari (xizmati)da jihod qil!”-dedilar”.
Ekstremistik tuzilmalarning asosiy maqsadi aslida jamiyatni qo‘rquv va vahimada tutib turish va shu yo‘l bilan omma ongida noilojlik, ertangi kunga ishonchsizlik tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan. Ekstremistik qarashlarni barcha diniy ta’limotlar doirasida uchratish mumkin. Masalan, mutaxassislar katolik cherkovining erkin fikr yurituvchi, hukmron feodal- katolik cherkovi aqidalarini rad etuvchi kishilar – papa hokimiyati dushmanlarini ta’qib qilish uchun XIII asrda tuzilgan va minglab odamlarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan inkvizitsiya faoliyatini ham ekstremizmning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida baholaydilar. SHunday ekan, ekstremizmni faqat muayyan din bilan bog‘lash mutlaqo asossizdir. Xususan, islom dini, turmush tarzi va qadriyatlar majmui sifatida hech qachon ekstremistik tuzilmalarning go‘yoki, din va musulmon jamoasi ravnaqi yo‘lida amalga oshirayotgan terrorchilik xurujlarining asosiy sababi sifatida qaralishi mumkin emas.
Fundamentalizm – keng ma’noda – muayyan ta’limot aqidalarining o‘zgarmasligini e’lon qiladigan, e’tiqodni aql dalillaridan ustun qo‘yadigan, ilohiy kitoblardagi vahiy qaysi ma’noda bayon etilgan bo‘lsa, shu ma’noda qabul qilinishini talab etadigan, ayni vaqtda ularni majoziy ma’noda talqin etishga har qanday urinishlarni rad etadigan, din asoslarini og‘ishmay bajarishni qattiq talab qiladigan ijtimoiy, mafkuraviy, diniy yo‘nalishlardir. Tor ma’noda – protestantizmdagi ortodoksal oqimlar. 1910 yillarda AQSHning janubiy shtatlarida paydo bo‘lgan. Ular xristianlikning
an’anaviy aqidalariga, ayniqsa, Bibliyaning mutlaqo mukammalligiga ishonchni mustahkamlashni, uni so‘zma-so‘z sharhlashga qat’iy rioya qilishni talab qiladilar. 1919 yilda Filadelьfiyada Jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi.
XX asrning 70-yillaridan fundamentalizm so‘zi Islomga nisbatan qo‘llanila boshlandi. Islom fundamentalizmi Qur’on va hadislarni so‘zma- so‘z talqin etish va ilk Islomga qaytishni targ‘ib qiladi. Keyingi paytlarda mutaassib musulmonlar “fundamentalistlar” deb atalmoqda. Islom fundamentalizmi turli yo‘nalish va kayfiyatdagi guruhlarni o‘z ichiga oladi. Ularning ba’zilari terror usullari bilan qonuniy hokimiyatga qarshi kurashda o‘zini namoyon etsa, boshqalari targ‘ibot-tashviqot ishlari, diniy ta’lim bilan, turli jamoat tashkilotlari, maktab, universitet, ommaviy axborot vositalariga kirib borish, audio-video kassetalarni tarqatish bilan shug‘ullanadi. Islom fundamentalizmiga xos bo‘lgan g‘oyalar – g‘arb turmush tarzi va g‘arb tovarlarining iste’moliga qarshi kurash, dinsiz yoki “sof islomdan chekingan” davlat rahbarlarini jismonan yo‘q qilish, islomda shirkka barham berish va boshqalardir.
Islom fundamentalizmi talqinida aziz avliyolar qabrini e’zozlash ham butparastlikka kiradi. Hozirgi davrda islom Fundamentalizmi vakillari butun dunyoga yoyilib, har erda o‘z maslakdoshlarini topishga intilmoqda. (Abulhasan Nuriymon . “O‘zME”. 9 –jild, 338-bet)

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish