Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana10.02.2022
Hajmi0,57 Mb.
#440047
  1   2
Bog'liq
Tarix Referat1



 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O`RTA - MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITITETI JIZZAX FILIALI 
AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI 
Axborot tizimlari va texnologiyalari yo`nalishi 1-bosqich 915-21-guruh talabasi 
Rahmatova Roziyaning
O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI 
fani uchun tayyorlagan 
R E F E R A T 
Buxoro 2022 


O’zbekiston respublikasida ommaviy 
axborot vositalarining faoliyati 
(o’zgarish va muammolar) 
 
 
Reja: 
 
1.
 
 Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy ahamiyati va 
tushunchasi
2.
 
 Ommaviy 
axborot 
vositalari 
va 
ular 
faoliyatining 
konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solinishi 
3.
 
 Jurnalistlarning huquqiy maqomi
4.
 Jamoatchilik fikrini o`rganish
 
 
 


Ommaviy axborot vositalari - nashrlar, radio va teleeshittirishlar, kinoxronik 
programmalar, va ommviy axborot yetqazishning boshqa shakllari. Ommaviy axborot 
vositalari deganda qonunshunos "keng ommaga mo`ljallangan nashriy, audio, audiovizual 
va boshqa ma`lumot va materiallarni tushunadi". Ommaviy axborot vositalarining maqsadi 
muayyan jamiyatning ma`naviy boyliklarini qaror toptirish hamda kishilarning xulq-atvori 
va dunyoqarashiga ideologik, siyosiy, iqtisodiy yoki tashkiliy ta`sir o`tkazishdan iborat.
Ommaviy kommuniuatsiyaning kelib chiqishiga 20- asrning 1-yarmida katta 
hajmdagi og`zaki, obrazli va musiqaviy informatsiyalarni tez va g`oyatda ko`paytirib 
o`zatishga imkon bergan texnik qurilmalarning yaratilishi moddiy zamin bo`ldi. Yuksak 
professional mutaxassis xodimlar xizmat qiladigan bu qurilmalarining komplekslari 
"ommaviy informatsia va propaganda vositalari" yoki "Ommaviy axborot vositalari" deb 
atala boshladi. OAV axborot manbai hamda axborotni qabul qilib oluvchidan iborat 
sistemani tashkil etadi. Axborot manbai uni qabul qilib oluvchi bilan matbuot, radio va 
tetevideniye, kino, ovoz yozish (gramplastinka, magnitafon roliklari, kasetalar, yoki 
kompakt disk va axborot tashuvchi komyuter fayllari ishlab chiqarish va tarqatish) 
sistemalari orqali boglangan bo`ladi.
Ommaviy axborot vositalarining samaraliligi va ta`sirchanligi faqat o`zatilayetgan 
axborotning o`quvchi, tinglovchi, tomoshabinga ta`sirining maqsadi va vazifalari bilan 
emas, balki ular mazmuni va shaklining kishilarning doimiy va kundalik ehtiyojlariga 
muvofiq kelishi bilan ham belgilanadi. G`oyaviy-siyosiy kurash, ijtimoiy gruppalar 
munosabatlarini mazmuni va shakliga, propagandaning ideologik, siyosiy va boshqa 
turlariga turlicha jiddiy ta`sir kursatadi. O`zbekiston Respublikasi Kostitutsiyasi 
senzuraga yo`l qo`ymaydi. Axborotni qidirish, olish, berish, ishlab chiqarish, va 
tarqatishning qonuniy shakli davlatga tegishli yoki qonun bilan maxsus qo`riqlanadigan 
sirlarni mumkin emasligi e`tirof etiladi. 
Shuningdek OAVni jinoiy javobgarlikka tortiladigan maqsadlar yo`lida, masalan, 
hokimiyatni egallashga qaratilgan chaqiruvlar, konstitutsion tuzumni kuch ishlatish yo`li 
bilan o`zgartirish; milliy, sinfiy, ijtimoiy, diniy adovatni keltirib chiqaradigan materiallar: 


urushni propoganda qiluvchi pornografik, yovo`zik va bosqinchilikni targ`ib etuvchi 
programmalarni tarqatishi taqiqlangan. Shuningdek maxsus OAVlarga tegishli axborot 
tekstlarini tele-, video-, kinoprogrammalarda, xujjatli va badiy filmlarda, shuningdek 
kompyuter axborot fayllarida va axborotni qayta ishlash programmalarida foydalanish, 
insonlar ongiga ta`sir etuvchi va sogligiga zarar yetkazuvchi yashirin ma`lumotlar 
tarqatish, yashirin audio va videotasvir, kino va fotos`yomka yerdamida tayorlangan, 
mavjud jo`rnalist huquqi yordamida ijtimoiy muhim bo`lgan ma`lumotlarni bo`zish, 
ishonchli manba tariqasida mish-mish tarqatish, boshqa shaxe yoki organizatsiya uchun 
ma`lumot to`plash taqiqlanadi. Jo`rnalistlik huquqini shuningdek shaxe yoki fuqarolarning 
ayrim toifalarini jinsi, yoshi, irqiy yoki milliy kelib chiqishi, tili va dinga munosabati, 
kasbi, yashash joyi, hamda siyosiy qarashlari bilan bog`liq bo`lgan ma`lumotlarini 
kamsitish yo`lida ishlatish taqiqlanadi. 
Axborot huquqlari va erkinliklari axborot huquqining yuridik negizini tashkil etadi, 
ularin Kafolatlash esa ushbu yangi huquq sohasining asosiy maqsadidir. Jahon 
hamjamiyati XX asrning o`rtalaridayoq axborotning shaxs, jamiyat, davlat hayotidagi 
rolini hisobga olgan holda, inson va fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlarini 
ta`minlaydigan huquqiy mexanizmlarni joriy etgan edi. Bugungi kunga kelib esa axborot 
huquqi alohida huquq sohasi sifatida shakllandi. Axborot huquqlari va erkinliklari 1948 
yilning 10 dekabrida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari 
umumjahon deklaratsiyasida ilk bor e`tirof etilgan edi. Jumladan, uning 11- moddasida 
ta`kidlanishicha, jinoyat sodir etganlikda ayblangan har bir inson himoya uchun barcha 
imkoniyatlar ta`minlangan holda, ochiq sudlov yo`li bilan uning aybi qonuniy tartibda 
aniqlanmagunicha aybsiz deb hisoblanish huquqiga ega. 12- moddada qaayd etilishicha, 
hech kimning oilaviy va shaxsiy hayotiga o`zboshimchalik bilan aralashish, turar joy 
daxlsizligiga, uning yozishmalaridagi sirlariga yoki uning or-nomusi hamda sha`niga 
nisbatan asossiz ravishda tajovo`z qilinishi mumkin emas. Har qanday inson bunday 
aralashuv va tajovo`zdan qonun yo`li bilan himoyalanish huquqiga ega. 19-moddada 
ko`rsatilishicha, har bir inson e`tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu 
hukuq qech bir to`siqsiz o`z e`tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va g`oyalarni 
izlash, olish, va tarqatish erkinligini o`z ichiga oladi. 


Yevropa kengashining inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish to`g`risidagi 
Konvensiyasida axborot huquqlari va erkinliklari bo`yicha belgilab qo`ylgan qoidalar 
yanada rivojlantirildi. Jumladan, uning 10- moddasida bayon etilishicha, har bir inson o`z 
fikrini erkin ifoda qilish huquqiga ega. Bu huquq o`z fikrini asos tutish erkinligi va 
axborotlar hamda g`oyalarni davlat idoralari tomonidan hech qanday aralashuvsiz va 
davlat chegaralariga bog`liq bulmagan holda olish va tarqatish erkinligini o`z ichiga oladi.
Mazkur modda davlatlarga radio eshittirish, televizion yoki kinematografiya korxonalariga 
litsenziyalashni amalga oshirishga to`sqinlik ko`rsatmaydi.
Majburiyat va erkinliklarni keltirib chiqaradigan bu erkinliklarni amalga oshirilishi 
demokratik jamiyatda davlat havfsizligi manfaaatlari, hududiy birlik yoki jamiyat 
osoyishtaligi uchun tartibsizlik va jinoyatlarni oldini maqsadida, sogliq va ahloqni saqlash, 
boshqa shaxslarning obro`si yoki huquqlarini muhofaza etish, maxfiy tarzda olingan 
axborot oshkora qilinishining oldini olish yoki odil sudning nufo`zi va xolisligini 
ta`minlash uchun zarur bo`lgan va qonun bilan belgilangan rasmiyatchilik, shartlar, 
cheklashlar va buyruqlar bilan bog`langan bo`lishi mumkin, deb ta`kidlanadi. 
Fuqorolarning axboroti huquqi va erkinlaklarini ta`minlash borasida 1966 yil 19 
dekabrda to`zilgan "Fuqorolik va siyosiy huquqlar to`g`risidagi halqaro ahdnoma" alohida 
ahamiyat kasb etadi. Ushbu ahdnomaning 2- moddasida ta`kidlanishicha, unda ishtirok 
etuvchi har bir davlat shaxsning irqi, jinsi, tili, diniy mansubligi, siyosiy yoki o`zga 
qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tugilgan joyi yoki boshqa 
holatlaridan qat`i nazar, hech qanday ayirmachiliksiz ushbu ahdnomada e`tirof etiladigan 
huquqlarni hurmat qilish va o`z hududlari doirasida uning yurisdiksiyasi ostida bo`lgan 
barcha shaxslar uchun ta`minlash majburiyatini o`z zimmasiga oladi.
4- moddada qayd etilishicha, davlatda millat hayoti havf ostida buladigan 
favqulodda vaziyat yuzaga kelgan paytda va uning amal qilayotgani to`g`risida rasmiy 
ravishda e`lon qilingan bo`lsa, ushbu ahdnomada ishtirok etayotgan mamlakatlar yuzaga 
kelgan vaziyatning keskinligiga muvofiq darajada, ularning halqaro huquq bo`yicha 
boshqa huquq va majburiyatlariga nomuvofiq bo`lmaslik sharti va faqatgina irqi, jinsi, tili, 
diniy mansubligi yoki ijtimoiy kelib chiqishi tufayligina kamsitishga olib kelmaslik sharti 


bilan ushbu ahdnoma bo`yicha o`z majburiyatlaridan chekinish yhlida muayyan darajadagi 
tadbirlarniko`rishimumkin. Ushbu ahdnomada ishtirok etayotgan, chekinish huquqidan 
foydalanadigan har qanday davlat darhol Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi 
orqali chekinmoqchi bo`lgan qoidalar va bunday qarorni qabul qilish sababi haqida ushbu 
ahdnomada ishtirok etayotgan boshqa davlatlarni xabardor qilishi kerak.
Shuningdek, ayni vositachi orqali bunday chekinishni qaysi paytda to`xtatishi 
haqida ham xabar qilishi lozim. 14- moddada ko`rsatilishicha, sud va tribunallar oldida 
barcha shaxslar tengdir. Har bir shaxs, unga qo`yilgan har qanday jinoiy ayblov ko`rib 
chiqilayotgan paytda yeki har qanday quqarolik muhokamasida uning huquq va 
majburiyatlarini belgilash paytida ishning qonun asosida tashkil etilgan vakolatli, mustaqil 
va odil sud tomonidan ko`rib chiqilishi huquqiga ega. Demokratik jamiyatda ma`naviyat, 
ijtimoiy tartib yoki davlat havfsizligi mulohazalaridan kelib chiqqan holda yoki 
taraflarning shaxsiy hayotiga taaluqli manfaatlar talab qilgan taqdirda - sud qikri bo`yicha 
lozim deb topilgan darajada - jamoatchilik vakillari odil sudlov manfaatlarini bo`zishi 
mumkin bo`lgan alohida holatlarda, barcha sudlardagi ish ko`rishlarga yoki ularning bir 
qismiga matbuot xodimlari va jamoatchilik vakillari qo`yilmasliklari mumkin, lekin jinoiy 
yoki fuqorolik ishi bo`yicha o`ar qanday sud qarori ochiq bo`lishi lozim, balog`at yoshiga 
yetmaganlarning manfaatlari boshqacha holatni talab qilgan yoki ish, uylanish nizolari 
yoxud bolalarga vasiylik qilishga taaluqli bo`lgan holatlar bundan mustasnodir. 17- 
moddada ta`kidlanishicha, hech qanday insoning shaxsiy va oilaviy hayotiga aralashishga, 
uning turar joyi daxlsizligiga, uning xat-xabarlarining maxfiyligi va uning or-nomusi 
hamda obro`siga nisbatan asossiz ravishda yoki qonunga xilof tarzda tajovo`z etishga 
duchor etilishi mumkin emas.
Har bir inson bunday aralashuv yoki tajovo`zdan qonun bilan himoyalanish 
huquqiga ega. Inson huquq va erkinliklarining amalga oshirilishi boshqa shaxslarning 
huquk va erkinliklarini bo`zmasligi kerak. Har bir inson o`z fikrini erkin ifoda qilish 
huquqiga ega; bu huquk xilma-xil axborotlar va g`oyalarni davlat chegaralariga bog`liq 
bo`lmagan xolda, og`zaki, yozma ravishlarda yoki matbuot yoxud badiiy ifoda shaklida 
yoinki o`zi qidirish,olish va tarqatish erkinligini o`z ichiga oladi. Mazkur moddaning 2-


bandida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish alohida majburiyatlar va alohida 
ma`suliyat yuklaydi. Shundan kelib chiqqan holda, u ba`zi bir cheklashlar bilan 
bog`langan bo`lishi mumkin, lekin bu cheklashlar qonun bilan belgilangan va kuyidagilar 
uchun zarur bo`lishi lozim: a) boshqa shaxslarning huquqlari va obro`sini hurmat qilish; 
b) davlat havfsizligini qo`riklash, jamoatchilik tartibi - aholining sog`ligi yoki axloqini 
qo`riqlash. 20 - moddada ko`rsatilishicha har qanday urush targ`iboti qonun bilan 
taqiklangan bo`lishi lozim. Xulosa qilib aytganda, ko`rsatib o`tilgan yuridik manbalar 
fuqorolarning axborot olish, izlash va tarqatish borasidagi huquqlari va erkinliklarini 
kafolatlashga karatilgan milliy qonunlarni yaratishga asos bo`lib xizmat qilib kelmoqda. 
Qiyinchiliklar jamiyatda demokratii tamoyillarni rivojlantirishga ta`sir ko`rsatmoqda.
Ikkinchidan rahbarlaring ko`pchiligi matbuotdan qo`rqadilar.
O`zbekiston Prezidenti bergan haqqoniy bahoga ko`ra, bu qo`rquv - o`z 
malakalarining yetishmasligini, qo`yilgan savollarga yetarli saviyada javob bera 
olmasliklarini ko`rsatib quyishdan boshqa narsa emas. Bunday holatlar go`yo bizning 
jamoatchilik va jahon afkor ommasidan yashiradigan narsamiz bordek soxta tasavvo`rni 
tug`diruvchi mamlakatimiz uchun nomunosib imidj - qiyofaning shakllanishiga olib 
keladi. Holbuki, O`zbekiston siyosati ochiq siyosatdir, OAV esa mamlakatdagi 
islohotlarning borishi va ularning natijalari bilan jamiyatni tanishtirishga intiladi. 
Ma`lumki demokratik jamiyatda matbuot, radio va televideniye davlat siyosatiga 
ham ma`lum ma`noda ta`sir ko`rsatishi, siyosiy jarayonlarning tarkibiy qismiga 
aylanmog`i lozim. Biroq bugungi kunda mahalliy matbuot tomonidan o`quvchilar 
(tinglovchilar, tomoshabinlar) auditoriyasining juda oz qismi qamrab olinyotganligi va 
mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga suyet ta`sir ko`rsatayotganligining guvohimiz. 
Jamoatchilik fikrining rolini va uni ommaviy axborot vositalarida aks ettirishni yangicha 
tushunish vaqti keldi. Uning taraqqiyparvar kuchlarning ta`sir etuvchi jihatlarini chuqur 
tahlil etish kerak. Faqat ana shunday yondashuv asosidagina ommaviy axbort vositalari 
tomonidan jamoatchilik fikriga ta`sir o`tkazish imkoniyatlarini tushunish, siyosiy 
jarayonda nufo`z qozonadigan omillar va shart-sharoitlardan foydalanishni o`rganib, 


muayyan masalalar bo`yicha jamoatchilik fikrini o`rganish narsanint o`z nomi bilan atash 
- tom ma`nodagi demokratik jamiyat matbuotining haqiqiy qiyofasini belgilab beradi
Rossiya Federatsiyasining Ommaviy Axborot Vositalariga tegishli qonunlari 
bugungi kunda faqatgina federal darajada 30ga yaqinni tashkil qiladi. 1995 yil 13 
yanvarda qabul qilingan "Davlat hokimiyati faoliyatini davlat ommaviy axborot 
vositalarida yoritish tartibi to`g`risida"gi №7 Federal qonunida bir qator OAV vakillarini, 
avvalo elektron matbuotni tartibga soladi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 
144- moddasi jo`rnalistning kasbiy faoliyatiga to`sqinlik qilishga qattiq choralar ko`radi (3 
yilga ozodlikdan mahrum qilib, muayyan lavozimni egallashni taqiqlaydi). Rossiya 
Federatsiyasi Jinoyat Kodeksi 129 va 130 moddalari OAV yordamida haqorat va tuhmat 
qilishga yuqoli darajadagi jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi. Rossiya Federatsiyasi 
Jinoyat Kodeksining 137- moddasi shaxsga g`arazli yoki boshqa shaxsiy qiziqishi tufayli 
va u shaxsni qonuniy huquk va erkinliklariga zarar yetkazgan holda sodir etilib shaxsni 
shaxsiy yoki oilaviy sirini OAVorqali tarkatishga qattiq choralarni nazarda tutadi. Rossiya 
Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 282- moddasi Ommaviy axborot vositalarini milliy, 
irqiy yoki diniy adovatni keltirib chiqarish uchun ishlatilishini jinoiy-huquqiy 
javobgarligini tartibga soladi.
Rossiya Federatsiyasi Fukorolik Kodeksi ham Ommaviy Axborot Vositalar 
faoliyatini tartibga soluvchi qator moddalarni (Sha`n, shaxsiy qadr-qimmat himoyasi
ma`naviy zarar) o`z ichiga oladi. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini huquqiy tartibga 
solish Rossiya Federatsiyasining 72-moddasiga muvofiq Rossiya Federatsiyasi va uning 
subyektlarining qo`shma boshqaruvida amalga oshiriladi.
1996 yilgi Halqaro Fuqaroviy va siyosiy huquqlari pakti har bir shaxsni erkin 
"axborot va g`oyalarni davlat chegaralaridan mustaqil holda qidirish, olish va tarqatish"ni 
ko`rsatib o`tadi. Shuningdek, 1950 yilgi Inson huquqlari himoyasi va asosiy erkinliklari 
to`g`risidagi Konvensiya har bir shaxsni "Davlat organlari aralashuvisiz va davlat 
chegaralaridan mustaqil ravishda axborot va g`oyalarni olish va tarqatish" huquqini 
o`rnatadi. Shuningdek 1989 yilgi Transchegaraviy televideniye to`g`risidagi Yevropa 
Konvensiyasi va Yevropa Kengashining "Davlatlar parlamentlarini Ommaviy axborot 


vositalari bilan munosabatlari to`grisida"gi №820 Rezolyutsiya taqdimotini ham e`tiborga 
olishimiz zarur. 1994 yildan Rossiya Federatsiyasida Prezident qoshidagi axborot nizolari 
bo`yicha Sud palatasi davlat organi sifatida faoliyat ko`rsatadi. Uning asosiy vazifasi 
bo`lib Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga uning ommaviy axborot soxasidagi 
konstitutsiyaviy vakolatlarini samarali amalga oshirilishiga ko`makdosh bo`lishdir. 
Germaniya Konstitutsiyasining 5-moddasida "Har kim o`z qikrini ogzaki, yozma 
ravishda va tasvirlar vositasida ifodalash hamda tarqatish, hamma uchun qulay bo`lgan 
manbalardan bilimlarni bemalol olish huquqiga egadir. Matbuot va axborot erkinligi radio 
va kino vositasida kafolatlanadi. Senzura yuq". 
Avstriya Federatsiyasining 1967 yil 21 dekabrida qabul qilgan qonuni (1974,1989 
yilgi o`zgarishlar bilan) 13- moddasida: "Har kim qonun doirasida o`z fikrini ogzaki, 
yozma tarzda, matbuot va badiiy tasvirlar vositasida ifodalash hukuqiga egadir. 
Matbuot senzuraga duchor qilinishi ham, ruxsat etuvchi tizim vositasida 
cheklashlarga duchor qilinishi ham mumkin emas. Mamlakat ichkarisida nashr qilingan 
bosma asarlarga ma`mauriy pochta ta`qiqlari qo`llanilmaydi" deyilgan. 
Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasining 50- moddasida: "Har bir shaxe 
qonuniy yo`l bilan axborot izlash, qo`lga kiritish, topshirish, tuzish va tarqatish erkinligi 
huquqiga egadir. 
Ommaviy axborot erkinligi kafolatlanadi. Ommaviy axborot vositalarida, shu 
jumladan matbuotda davlat senzurasi taqiqlanadi" deyilgan. 
Jazoir konstitutsiyasining 19- moddasida: "Respublika matbuot va boshqa axborot 
vositalari erkinligini, birlashish huquqini, so`z erkinligi va ommaviy chiqishlar erkinligini, 
shuningdek yilishlar erkinligini ta`minlaydi" deyilgan. 
Fuqarolarning axborotlarga bo`lgan erkinligi tugrisidjagi qonunchilik sohasini 
taraqqiyoti xozirgi kunda demokratik davlatning umum qabul qilingan standartiga kiradi. 
Fuqorolarga axborot erkinligiga bo`lgan talabi, fuqarolarning konstitutsiyaviy 
huquqlaridan tashqari quyidagi natijalar bilan bevosita bog`liq: 


davlat hokimiyatining ochiqligi va siyosiy yo`nalishning aniqligi; 
korrupsiyaviy hukuqbo`zarliklarning sodir bo`lishini ehtimoli kamligi; 
ma`muriy madaniyatning oshishi va xizmatchilarning 
jamiyat oldida o`z faoliyati haqida hisobot berishi; 
hokimiyat organlarida samaradorlikni oshirish; 
ochiq hokimiyatnm jamiyat tan olishi;
Hozirgi kunda 50dan ortiq mamlakat axborot erkinligi to`g`risida qonun qabul 
qilgan. Ayni paytda ularning ko`pchiligi keyingi yillikda qabul qilingan. Va yana 3O 
dan ortiq mamlakat xuddi shunday qonun qabul qilish arafasida. 
Birinchi mamlakatlar guruhiga quyidagi mamlakatlar kiradi: 
MDH: Armaniston(2003), Gro`ziya(1999), Moldova(2000), Tojikiston(2002), 
O`zbekiston (2002), Ukraina(1992). Yevropa: Avstriya(1987), Albaniya(1 999), 
Belgiya(1994), Bosniya va Gersogovina(2000), Buyuk Britaniya(2000), Vengriya(1992), 
Gretsiya(1999), Daniya (1985), Irlandiya(1997), Islandiya(1 996), Ispaniya (1992), 
Italiya(1990), Latviya(1998), Litva (2000), Lixtenshteyn(1999), Niderlandiya (1978), 
Norvegiya(1970), Polsha(2001), Portugaliya(1993), Ruminiya(2001), Serbiya(2004), 
Slovakiya(2000), Sloveniya(2003), Finlandiya(1 999), Fransiya(1978), Xorvatiya(2003), 
Chexiya(1999), Shvetsiya(1 766,1 949), Estoniya(2000). 
Shimoliy 
Amerika: 
Kanada(1983), 
AQSH(1966). 
Lotin 
Amerikasi: 
Kolumbiya(1985), Meksika(2002), Panama(2002), Peru(2002), Trinidad va Tobago(1 
999), Yamayka(2002). 


Osiyo, Avstraliya va Okeaniya: Avstraliya(1982), Isroil(1998), Hindiston(2003), 
Yangi Zellandiya(1982), Pokiston(2002), Tailand(1 997), Turkiya(2003), Janubiy 
Koreya(1996), Yaponiya(1 999). Afrika: Beliz(1 994),3imbabve(2002), JAR(2000) 
Axborot erkinligi to`g`risida qonun qabul qilish arafasida turgan mamlakatlarga 
kelsak, ularga quyidagi mamlakatlar kiradi: 
MDH: Ozarbayjon va Qirg`iziston Yevropa: Germaniya, Makedoniya, Shveytsariya 
Lotin Amerikasi: Argentina, Barbados, Braziliya, Gvatemala, Dominikan Respublikasi, 
Nikaragua, Paragvay, Salvador, Urugvay, Ekvador. Osiyo, Avstraliya va Okeaniya:
Bangladesh, Indoneziya, Nepal, Tayvan, Fidji, Fillipin, Papua-Yangi Gvineya, Shri-Lanka. 
Afrika: Botsvana, Gana, Keniya, Lesoto, Malavi, Mozambik, Namibiya, Nigeriya, 
Tanzaniya, Uganda, Efiopiya. Bundan xulosa qiladigan bo`lsak bugungi kunda 
fuqarolarning axborot erkinligini kun tartibiga qo`ymagan biror-bir davlat (Xitoydan 
tashqari) qolmadi. 
Jahon hamjamiyati axborotlarni erkin tarqatish huquqiga doimo maxsus urgu berib, 
bu huquqni inson va fuqarolarning asosiy huquqlaridan biri deb unga alohida e`tibor, 
alohida himoya zarur deb hisoblaganlar. Bu shu bilan bog`liqki, axborotni erkin tarqatish 
va olish huquqini himoya qila turib, jamiyat o`zining jamiyatda sodir bo`layotgan ijtimoiy 
munosabatlar, ularning o`zgarishlari, jamiyatni boshqarish faoliyati haqida obyektiv 
ma`lumotlarga ega bo`lish huquqini himoya qiladi. 
Jahon hamjamiyati allaqachon teleradioeshitttirishlarni o`z ichiga olgan ommaviy 
axborotni tarqatishning asosiy tamoyillarini yegishli aktlarda ishlab chiqqan. 
1978- yilgi Ispaniya Konstitutsiyasining 20- moddasida aytiladi: 
"Quyidagi huquqlar tan olinadi: 
a) g`oya, fikr va qarashlarni yozma, og`zaki yoki boshqa usullar orqali erkin fikr 
bildirish va tarkatish 
d) ixtiyoriy vositalar orqali axborotlarni tarqatish va olish... 
2. Bu huquqlarni amalga oshirish hech qanday senzura bilan chegaralanmaydi. 


Ispaniya Konstitutsiyasida bu huquqlar asos bo`luvchi harakterga ega deb 
ko`rsatilgan va ularni himoyasi davlatning barcha organlari va mansabdor shaxslariga 
taaluqli deb kursatilgan. Ispaniya Konstitutsiyasida Yuqorida keltirilgan huquqlarni 
protsessual garantiyalari ham mavjud: Sud himoyasi tez va yengil sud jarayoni bilan 
amalga oshiriladi. Shuningdek ushbu huquqlar himoyasi bo`yicha Ispaniya 
KOnstitutsiyaviy Sudiga uchrashish mumkin. 
Shvetsiyada Matbuot erkinligi haqida Akt hamda fikr erkinligi haqida qonun muhim 
hisoblanadi va Shvetsiya konstitutsiyasining bir qismini tashkil etadi. Konstitutsiyaning 
2 bobida "Asosiy huquq va erkinliklar" aytiladi: 
"§1. Har bir fuqaroga uning jamiyat bilan aloqasida quyidagilar yaratib berilishi 
kerak: 
Fikr erkinligi: ma`lumotlarni yozma, ogzaki, rayem orqali ki boshqa yo`llar bilan 
tarqatish erkinligi... 
(...) 
Matbuot erkinligi va radio, televideniye va analogik peredacha vositalarida fikr 
erkinligini cheklash holllarida matbuot erkinligi haqidagi Akt va Fikr erkinligi to`g`risidagi 
Asosiy qonunda ko`rsatilgandek bo`ladi". 
O`z navbatida Fikr erkinligi to`g`risidagi Asosiy qonun: "§ 1. Har bir shved fuqarosi 
jamiyat bilan aloqasida, amaldagi Fikr erkinligi to`g`risidagi asosiy qonunga muvofik 
tarzda o`z fikr va qarashlarini radio, televideniye va boshqa shunga o`xshash vositalar 
orqali, shuningdek filmlar, videoprogrammalar va boshqa ko`chma manzaralarda 
bildirishi, shuningdek har qanday mavzuga ma`lumot berishi mumkin". 
Kanadada matbuot hokimiyatdan mustaqil ravishda faoliyat olib boradi, senzuraga 
yo`l qo`yilmaydi. Fikr bildirish erkinligi 1982 yili Kanada huquqlar va erkinliklar 
Hartiyasini qabul qilinishi bilan o`rnatib qo`yilgan. Hartiyada har bir kishiga fikr, 
qarashlar va ularni yetkazish, hamda "matbuot va boshqa vositalar erkinligi" belgilab 


qo`yilgan. Kanadadagi teleradioeshittirishlarni tartibga soluvchi asosiy huquqiy akt bu 
1967-1968 yillarda qabul qilingan Kanada radioeshittirishlar soxasidagi siyosat yuritishi 
to`g`risidagi Qonun hisoblanadi. 
Ko`pgina 
rivojlangan 
demokratik 
davlatlar 
davlat 
tomonidan 
teleradioeshittirishlarni tartibga solishni maqsad qilgan, inson va fuqarolarning axborot 
olish va tarqatish erkinligini muhofaza qiluvchi maxsus davlat organlarini tashkil qilganlar.
Bunday oganlar davlat tomonidan axborotni olish va tarqatish erkinligini muxofazasini 
ta`minlaydigan davlat kafolati hisoblanadi. Bunday davlat organlari har qanday to`g`ri 
korporativ qiziqishlardan xoli bo`ladilar va maxsus qonunlar asosida faoliyat olib 
boradilar. Shu ma`noda bu organlar jamiyatning ayrim guruhlari yo`lida emas, balki 
jamiyat yo`lida izmat qiladilar. Bunday organlarni tayinlash ko`p hollarda ijro hokimiyati 
organlariga, hukumatga yoki profillar ministiriga tegishli bo`ladi. Parlamentlar ham ayrim 
hollarda bunday vakolatga ega bo`ladilar, jumladan Bolgariya, Chexiya, Estoniya, 
Islandiya, Litva, Slovakiya, Sloveniya va Turkiya. Boshqa hollarda bunday vakolat ijro 
hokimiyatiga tegishli bo`ladi, masalan Fransiya, Ruminiya va Polsha. Ayrim holllarda 
bunday huquq ikkala hokimiyat tizimi o`rtasida bo`ladi. Ayrim davlatlarda, masalan 
Avstriya va Portugaliyada bunday davlat organlarini tayinlashda sudlar ham ishtirok etadi. 
Shu bilan birga, yuqori darajadagi sudyalar bunday vazifani bajarishga kirishadilar. 
Masalan, Italiya, qonunga binoan bunday vazifaga o`tiruvchi shaxe albatta Konstitutsion 
sud yoki Davlat Kengashining a`zosi bo`lgan bo`lishi kerak. Shvetsiyada bunday 
mansabdor shaxe va uning o`rinbosari tajribali sudya bo`lishlari lozim. 
Va, nihoyat tayinlash jarayonida jamoat tashkilotlarining ta`sirini ham keltirib 
o`tishimiz kerak (Avstriyada tele- va radio eshittirishlar haqidagi qonunni nazorat qiluvchi 
komissiya, Germaniyada ARD va SDF kompaniyalari, Kiprda eshittirishlar maslahatchi 
organi, Irlandiyada Irlandiya tele- va radio boshqarmasi). Xullas bu organlar kosultativ 
harakturdagi vakolatlarga ega bo`ladi. 
Fransiyada teleradioeshittirishlar huquqi mustaqil davlat organiga - "Erkin 
eshittirishlar to`g`risida"gi Fransiya Respublikasi Qonunga binoan tashkil etiladigan 
audiovizual vositalar Oliy Kengashga (OK) beriladi. OK mustakil davlat organi 


maqomiga ega, Prezident(Ma`muriyatdan) va Hukumatdan mustaqil. 90-yillar o`rtalarida 
OK apparati a`zolari soni 300 kishini tashkil qilar edi. OK texnik komitetlar va 
komissiyalar tashkil etadi. Texnik xizmatga direktor rahbarlik qiladi. 
Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil 12 noyabrdagi 
Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzuidagi 
ma’ruzasi, xususan «Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash» 
bo‘yicha belgilab bergan strategik vazifalari ommaviy axborot vositalari uchun yana 
muhim 
davrni 
boshlab 
berdi. 
Davlatimiz rahbari o‘z nutqlarida «Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, 
aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy 
hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini 
ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir 
bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozisiyasini erkin ifoda etadigan minbarga 
aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini o‘zimizga yaxshi tasavvur 
etamiz» deb, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi tub mohiyatini bayon etib 
berdilar.Ommaviy axborot vositalari har doim jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi, 
kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vositalardan 
biri bo‘lib kelgan. O‘tgan davrda barcha sohalar qatori OAV uchun ham serqirra 
rivojlanish davri bo‘ldi. Istiqlolga erishganimizdan so‘ng, birinchi navbatda sohaning 
huquqiy bazasiga e’tibor qaratildi va rivojlangan davlatlar tajribalarini o‘rganish 
boshlandi. Ommaviy axborot vositalarining xalqaro huquqiy asoslari bu Inson huquqlari 
xalqaro umumjahon deklorasiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro 


pakt, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar bilan axborot 
siyosatiga doir tuzgan bitim va shartnomalari hisoblanadi. Mazkur huquqiy hujjatlar 
axborotni izlash, olish, tarqatish jarayonlari va ommaviy axborot vositalari faoliyatini 
bevosita 
yoki 
bilvosita 
tartibga 
soluvchi 
normalardir. 
Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi quyidagi 
qonunlar 
qabul 
qilindi:
- «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonun (2007 yil 15 yanvar'); 
- «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil 24 aprel'); 
- «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil 24 aprel'); 
- «Axborot erkinligi principlari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun (2002 yil 12 dekabr); 

«Noshirlik 
faoliyati 
to‘g‘risida»gi 
Qonun 
(1996 
yil 
30 
avgust); 
- «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonun (2006 yil 20 iyul'); 

«Reklama 
to‘g‘risida»gi 
Qonun 
(1998 
yil 
25 
dekabr); 

«Axborotlashtirish 
to‘g‘risida»gi 
Qonun 
(1993 
yil 

may); 

«Telekommunikasiyalar 
to‘g‘risida»gi 
Qonun 
(1999 
yil 
20 
avgust). 
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari huquqiy bazasini 
yaratilishida Respublikamiz Konstitutsiyasiga asosiy manba sifatida tayanildi. 
Konstitutsiyamizning 67-moddasida «Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga 
muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. 
Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi» deb belgilab qo‘yilgani ommaviy axborot vositalarining 
mutlaq qonuniy erkinligining kafolati hisoblanadi. 
Ushbu qoidaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi «Ommaviy axborot vositalari 
to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot 


vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilinayotgan xabar va materiallar 
oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o‘zgartirilishini yoki butunlay 
nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q» 
deb ko‘rsatib qo‘yildi. 
1991 yilda O‘zbekistonda 395 ta ommaviy axborot vositasi faoliyat olib 
borgan. Mustaqillik yillarida yaratilgan keng sharoitlar tufayli ommaviy axborot 
vositalarimizning soni bugungi kunda 1461 tani (01.06.2016 yil holatiga) tashkil 
etadi. Bular: 686 ta gazeta, 300 ta jurnal va 96 ta TV va radiolar va boshqalardir.Bugun 
respublikada nodavlat OAV tez rivojlanmoqda. Telekanal, radiokanallardan tashqari veb-
saytlar ham OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. 2016 yil 1 iyun holatiga ko‘ra 359 ta 
veb-sayt OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Tele- va radio kanallar hamda veb-
saytlarning 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositasidir. 


Hozirda mavjud nodavlat bosma OAV jami bosma OAVning 62,7 foizini tashkil etadi.
Ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda yashayotgan millatlarning 7 ta tilida va 
siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport kabi 20 dan ortiq ixtisosliklarda 
faoliyat olib boradi. Bunday salmoqli o‘zgarishlar sohada qonunchilik mexanizmini 
yanada takomillashtirish, ularning erkin faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlar 
yaratish lozimligini taqozo etmoqda. 2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining 
navbatdagi qo‘shma yig‘ilishida Prezidentimiz «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da yana 
axborot sohasiga alohida to‘xtalib o‘tganlari diqqatga sazovordir. 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish