Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi (vazirlik nomi) qoraqalpoq davlat universiteti



Download 53,45 Kb.
bet2/3
Sana04.06.2022
Hajmi53,45 Kb.
#636051
1   2   3
Bog'liq
OCHILOV A. 417 FPK

Birinchidan, Fuqarolik protsessual kodeksida sud qarorlarini qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan qayta tekshirish bosqichining mavjudligi;
Ikkinchidan, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmining (shikoyat berish, protest keltirish orqali) yaratilganligi;
Uchinchidan, kassatsiya instansiyasi sudining ishni ko‘rish doirasi, muddatlari va sudning vakolatlarining keng qamrovli ekanligi va boshq.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 403--moddasiga ko‘ra, taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar sudning qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarori ustidan u qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida kassatsiya tartibida shikoyat qilishi va prokuror protest keltirishi mumkin. Bundan tashqari, birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida ko‘rilmagan ajrimlari ustidan kassatsiya instansiyasi sudiga sud ajrimi qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sudning hal qiluv qaroridan alohida holda shikoyat qilishi hamda prokuror protest keltirishi mumkin.

Kassatsiya tartibida murojaat qilish huquqini vujudga keltiruvchi sabab sud hujjatining qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshirish sanaladi.
Kassatsiya tartibida murojaat qilish obyekti (predmeti) sudning qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarori, shuningdek birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida ko‘rilmagan, qonuniy kuchga kirgan ajrimlari.
Mazkur holatlarda kassatsiya instansiyasiga kassatsiya shikoyati, xususiy shikoyat, kassatsiya protesti, xususiy protest beriladi.
Kassatsiya shikoyatlari (protestlarini) ko‘radigan sudlar:
1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari – tegishli fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;
2) O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi – hududiy harbiy sudlarning va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;
3) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘radi.
Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudi nomiga yo‘llanadi, lekin hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni chiqargan sudga beriladi.
Kassasiya – fransuzcha “buzish” ma’nosini anglatib, ko`rilgan fuqarolik ishlarini qayta ko`rish tushuniladi.
Fuqarolik prosessual qonunchiligiga kiritilgan kassasiya tartibida ish yuritish institutining maqsadi ishni qaytadan, to`laligicha, mazmunan ko`rmasdan faqat ishning shikoyat qilingan qismi bo`yicha moddiy va prosessual huquqiy me’yorlarining to`g`ri tatbiq etilganligini tekshiradi.
Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida apellyasiya bosqichi sudi 2000 yildan faoliyat ko`rsata boshladi. Kassasiya sudi esa o`zining yangi xususiyatlari bilan e’tirof etiladigan bo`ldi.
Fuqarolik ishi sudda ko`rib hal etilgan manfaatdor shaxs, uning yakunidan hamisha qanoatlanavermaydi. Shu boisdan ishni ko`rilishidan va uning yakunidan norozi bo`lgan shaxslar, o`zlari-ning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishni davom ettirish maqsadida yuqori sudga shikoyat, boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qiluvchi prokuror esa, protest keltirish huquqidan foydalanadilar. Demak, sudning tegishli masala bo`yicha chiqargan qarori ularning sub’ektiv huquqiga ta’sir ko`rsatganligidan dalolat beradi. Shu tufayli, undan keyin prosessni davomiyligi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, prokurorning ham birinchi instansiya sudining chiqargan aktiga nisbatan bo`ladigan munosabatiga bog`liq bo`ladi. Agar manfaatdor shaxslar sudning chiqargan hal qiluv qarori, ajrimlaridan qanoat hosil qilmasalar, yuqo¬rida bayon etilganidek, ish qayta ko`rilishi mumkin.
Fuqarolik ishlarini qayta ko`rish institutlaridan biri bo`lib, kassasiya tartibida ish ko`rish hisoblanadi. Yuqorida ta’kid-lab o`tilganidek, ishlarni qayta ko`ruvchi sudlarning har biri qonunda belgilangan huquqlardan foydalanishi, bundan oldingi appelyasiya bosqichida ish ko`rish bobida aytib o`tilgan edi.
O`zbekiston Respublikasining fuqarolik prosessual qonunchiligi kassasiya tartibida ish ko`rish institutidan 2000 yil dekabriga qadar fuqarolik ishlarini sudda qayta ko`rishda ikkinchi instansiya sudi sifatida foydalanib kelingan va shu asosida qonuniy kuchga kirmagan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlariga shikoyat berish, prokuror esa, protest keltirish huquqidan foydalanilgan edi. Ayni vaqtda, kassasiya instansiyasi sudida apellyasiya instansiyasi sudining ayrim elementlarini saqlab, u har ikki bosqich sudlarining vakolatlarini bajargan deyishlikka tegishli asoslar mavjud bo`lgan deb ta’kid¬lansa, xatolikka yo`l qo`yilmagan bo`ladi, degan fikr tug`iladi
I.2. Agar fuqarolik ishi kassatsiya shikoyati yoki protesti bo'yicha ko'rilishida ham sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari va ajrimlari obyekt hisoblansa, ishning nazorat tartibida qayta ko'rilishida ham sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, qaror va ajrimlari obyekt bo'lib hisoblanadi. Kassatsiya tartibida shikoyat qilish (protest) berish uchun bir yil muddat belgilangan bo'lsa, ishni nazorat tartibida ko'rilishida bunday muddat amaldagi FPKda fuqarolar uchun sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e'tiboran uch yil muddat ichida ariza berilishi belgilan-gan. Agar kassatsiya sudi ko'rilgan ish yuzasidan ajrim qabul qilsa, nazorat sudi qaror (ajrim) qabul qiladi. Ikki bosqichda ish ko'rish tartibida, asosan, ana shu belgilar bilan bir-biridan farq qiladi. Fuqarolik ishida ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida yuqori sudlar quyi sudlar chiqargan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori va ajrimlarining qonuniy, asosli va adolatli bo`lishligini tekshirish uchun nazorat tartibida Ma’lumki ishni ko`rib, tegishli qaror chiqarish huquqiga ega. Agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi ustidan taraflar shikoyat bermasalar, prokurorning protesti bo`lmasa, bunday qarorlar qonuniy kuchga kiradi. Ammo fuqarolik ishi har tomonlama tekshirish natijasida sud nazorati idoralarining huquqiy vakillari birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, apelyasiya, kassasiya instansiya sudining esa, ajrimlari gayriqonuniy asoslantirilmay, adolatsiz chiqarilgan, degan xulosaga kelsa, ishni nazorat tartibida qayta ko`rish uchun protest keltiradi va ish nazorat tartibida ko`riladi. Fuqarolik ishlarini sudda nazorat tartibida qayta ko`rishning sud ishlarini yuritishning apellyasiya, kassasiya bosqichidan farqi to`g`risida shuni aytish kerakki, sudning hal qiluv qarori apellyasiya, kassasiya tartibida ko`rilishida ishda ishtirok etuvchi sub’ektlar: taraflar, uchinchi shaxslar, ishda ishtirok etuvchi shaxslar prokuror bo`lsa, qonuniy kuchga kirgan sud qarorini nazorat tartibida qayta ko`rishda, ishni nazorat tartibida tekshirish va ko`rishga huquqli yuqori sud va prokuratura idoralarining vakolatli, mansabdor vakillari sub’ekt bo`lib qatnashadilar. Agar fuqarolik ishi kassasiya shikoyati yoki protesti bo`yicha ko`rilishida ham sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari va ajrimlari ob’ekt hisoblansa, ishning nazorat tartibida qayta ko`rilishida - sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, qaror va ajrimlari ob’ekt bo`lib hisoblanadi. Kassasiya tartibida shikoyat qilish (protest berish) uchun bir yil prosessual muddat belgilangan bo`lsa, ishning nazoratъ tartibida ko`rilishida bunday muddat amaldaga O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik prosessual kodeksida fuqarolar uchun sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran uch yil muddat ichida ariza berilishi belgilangan (FPKning 418-moddasi). Agar kassasiya sudi ko`rilgan ish yuzasidan ajrim qabul qilsa, nazorat sudi qaror (ajrim) qabul qiladi. Ikki bosqichda ish ko`rish tartibi asosan ana shu belgilar bilan bir-biridan farq qiladi.

II.1. FPKga yangi kiritilgan va 2017 yil dekabridan amalda tatbiq etilayotgan kassasiya instansiyasida ish ko`rish qator jihatlari bilan oldingi kassasiya institutidan farqlanadi, jumladan, kassasiya shikoyatini berish, protest keltirish huquqiga ega bo`lgan shaxslar va ularning qaysi muddatda berilishi FPKning 348-1 moddasida ifodalangan. Unda ko`rsatilishicha, O`zbekiston Respub¬likasi barcha sudlarining qonuniy kuchga kirgan, apellyasiya tartibida ko`rilmagan hal qiluv qarorlari, ajrimlari ustidan sudning hal qiluv qarori, ajrimi chiqqan kundan e’tiboran bir yil ichida taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar tomonidan kassasiya shikoyati berilishi va prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.Demak, kassasiya instansiyasi sudida birinchi instansiya sudi tomonidan ko`rib hal etilgan va apellyasiya sudiga shikoyat (pro-test) berilmagan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori va ajrimlar ko`rilishi nazarda tutiladi.Yuqorida ko`rsatib o`tilganidek, shikoyat berish huquqiga apel-lyasiya tartibidagidek, taraflar (da’vogar va javobgar), uchinchi shaxslar, ularning vakillari prosessda boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etgan prokuror sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan kassasiya instansiyasiga xuddi apellyasiya tartibidagidek, o`zi ishda qatnashganligidan qat’i nazar, ko`rilgan ishlar bo`yicha prokuror yoki uning o`rinbosarlari protest kelti¬rish huquqiga egadir (FPKning 417- moddasi) Yuqorida sharhlangan moddalardan ma’lum bo`ldiki, kassa¬siya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini faqat shikoyat qilingan hamda protest keltirilgan qis-minigina tekshiradi. Kassasiya tartibida shikoyat qilish hamda protest keltirish bo`yicha ish ko`rish kassasiya instansiyasi sudida ham sud majlisida, qonun talablari asosida FPKning 14, 41-4 419-moddalarida nazarda tutilgan tartibda o`tkazilishi belgilan-gan. Kassasiya instansiyasi sudida ham ish ko`rish, masalalarni hal etish tartibi apellyasiya sudlarida ish ko`rishga doir belgilangan qoidalar asosida ko`riladi. Kassasiya instansiyasi sudida ham xuddi appelyasiya instansiyasi sudidagi kabi fuqarolik ishi hay’at tarkibida ko`riladi. Ishni sudyalar hay’ati ko`rganda ishni ko`rish chog`ida kelib chiqadigan barcha masalalar sudyalarning ko`pchilik ovozi bilan hal etiladi. Sud qarorlari alohida xonada (maslahatxonada) chiqariladi va yozma ravishda tuziladi. Qaror chiqarish vaqtida boshqa shaxslarning hozir bo`lishiga yo`l qo`yilmaydi. Har bir masala hay’at tomonidan hal qilinayotganida sudyalarning birortasi ham ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Raislik qiluvchi hammadan keyin ovoz beradi. Ozchilik tomonida qolgan sudya o`zining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqli, uning bu fikri ishga qo`shib qo`yiladi, biroq e’lon qilinmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudyaning alohida fikri bilan tanishtirilmaydi. Agar alohida fikr bayon qilingan sud qarori yuqori sud instansiyasida ko`rilmagan bo`lsa, u qonuniy kuchga kirganidan keyin ish bilan birga qo`shib, qarorga nisbatan protest keltirish masalasini hal qilish uchun tegishli sud raisiga yuboriladi.Quyi sudlarda ish ko`rishda o`rnatilgan tartib kabi O`zbe-kiston Respublikasi Fuqarolik prosessual kodeksining 416-418-moddalari talablariga muvofiq, apellyasiya va kassa-siya instansiyasi sudlarida ishni ko`rishda ishda ishtirok etuvchi shaxslardan birortasi sud majlisiga kelmagan, ishni ko`rish vaqti va joyi to`g`risida tegishlicha xabardor qilinmagan yoki xabardor qilingan bo`lsa ham sudga kelmaganlik sababi uzrli deb topilgan taqdirda, sud ishni ko`rishni keyinga qoldiradi hamda keyingi sud majlisi haqida taraflarni xabardor qiladi. Keyingi muddatda taraflarning yoki ular vakillarining sud majlisiga kelma¬ganligi uzrsiz deb topilgandagina ishni ko`rish mumkin.
II.2. Birinchi instansiya sudining chiqargan ajrimi ustidan manfaatdor shaxsning beradigan shikoyatiga xususiy shikoyat deb, prokurorning keltirgan
protestiga xususiy protest deb ataladi. Kassasiya tartibida ham birinchi instansiya sudining hamma ajrimlari ustidan protest keltirish, shikoyat berish haqida qonun ko`rsatma bermaydi Shikoyat berishi yoki protest keltirilishi mumkin bo`lgan ajrimlar qonunda ko`rsatilgan bo`ladi. Agar birinchi instansiya sudlarining ajrimlari ustidan kassasiya shikoyat (protest)ni berish haqida qonunda ko`rsatilmagan taqdirda ajrimga qarshi e’tirozlar kassasiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi mumkin. Birinchi instansiya sudining apellyasiya tartibida ko`rilmagan ajrimlari ustidan sudning hal qiluv qaroridan alohida holda kassasiya instansiya sudiga sud ajrimi chiqarilgan kundan e’tiboran bir yil ichida taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin. Xususiy shikoyatlar berish va xususiy protestlar keltirish ushbu bobda belgilangan tartibda amalga oshiriladi va ko`rib chiqiladi. Birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan kassasiya tartibida berilgan xususiy shikoyat, xususiy protestlar bo`yicha kassasiya instansiya sudi ajrimni o`zgarishsiz qoldirishga, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmaslikka, ajrimni bekor qilishga va ishni mohiyatan ko`rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga, ajrimni butunlay yoki qisman o`zgartirishga yoki bekor qilishga hamda masalani mohiyatan hal qilish kabi huquqlarga egadir. Xususiy shikoyat (protest) bo`yicha kassasiya instansiya sudi chiqargan ajrimi ustidan shikoyat berilmaydi, bunday ajrim chiqarilishi bilan qonuniy kuchga kiradi
Fuqarolik ishida ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va qo¬nun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida yuqori sudlar quyi sudlar chiqargan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori va ajrimlarining qonuniy, asosli va adolatli bo`lishini tekshirish uchun nazorat tartibida ishni ko`rib, tegishli qaror chiqarish huquqiga ega.
Ma’lumki, agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qaror¬lari, ajrimi ustidan taraflar shikoyat bermasalar, prokurorning protesti bo`lmasa, bunday qarorlar qonuniy kuchga kiradi. Ammo fuqarolik ishini har tomonlama tekshirish natijasida sud nazorati idoralarining vakolatli shaxslari birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, apellyasiya, kassasiya instansiyasi sud¬larining ajrimlari g`ayriqonuniy, asoslantirilmay, adolatsiz chiqarilgan, degan xulosaga kelsa, ishni nazorat tartibida qayta ko`rish uchun protest keltiradi va ish nazorat tartibida ko`riladi.
II.3.Fuqarolik ishlarini sudda nazorat tartibida qayta ko`rish-ning apellyasiya, kassasiya bosqichlaridan farqi to`g`risida shuni aytish kerakki, sudning hal qiluv qarori apellyasiya, kassasiya tartibida ko`rilishida ishda ishtirok etuvchi sub’ektlar: taraf-lar, uchinchi shaxslar, prokuror, boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qiluvchi davlat boshqaruv organlari, ularning vakillari bo`lsa, qonuniy kuchga kirgan sud qarorini nazorat tartibida qayta ko`rishda, ishni nazorat tartibida tekshirish va ko`rishga huquqli yuqori sud va prokuratura idoralarining vakolatli shaxslari sub’ekt bo`lib qatnashadilar.
Agar fuqarolik ishi kassasiya shikoyati yoki protesti bo`yicha ko`rilishida ham sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaror-lari va ajrimlari ob’ekt hisoblansa, ishning nazorat tartibida qayta ko`rilishida – sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, qaror va ajrimlari ob’ekt hisoblanadi.
Kassasiya tartibida shikoyat keltirish (protest berish) uchun bir yil prosessual muddat belgilangan bo`lsa, ishning nazorat tartibida ko`rilishida bunday muddat O`zbekiston Respublikasi-ning Fuqarolik prosessual kodeksida fuqarolar uchun sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran uch yil muddat ichida ariza berilishi belgilangan (FPKning 350-modda-si). Agar kassasiya instansiyasi sudi ko`rilgan ish yuzasidan ajrim qabul qilsa, nazorat instansiyasi sudi qaror (ajrim) qabul qila¬di. Ikki bosqichda ish ko`rish tartibi asosan ana shu belgilar bilan bir-biridan farq qiladi.
Fuqarolik ishlarining nazorat tartibida ko`rilishida bir qator prosessual harakatlar qilinadi. Ular ishni talab qilib olish, tekshirish, zarur hollarda protest keltirish va ishni qayta ko`rish, sudlar yo`l qo`ygan xato va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratiladi.
Sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari yoki aj-rimlarini nazorat tartibida bekor qilishga ularning asossizli-gi, qonunning qo`pol buzilishi yoki tashkilot va fuqarolarning manfaatiga ochiqdan-ochiq zid kelishi ham asos bo`ladi. Nazorat tartibida ham apellyasiya, kassasiya tartibidagi kabi sud qarorla-rining qonuniyligi, asosli va adolatli bo`lishi tekshiriladi. Ishni noto`g`ri hal qilishga olib kelgan buzilishlargina qonunning jiddiy buzilishi hisoblanadi. Fuqarolik ishlarini nazorat tartibida ko`rish, ishlarni kassasiya tartibida ko`rishdan, yuqorida aytilganidek, protest keltirish huquqiga ega bo`lishi, o`zining ob’ekti, ishni ko`rish tartibi, shakli, muddati va boshqa jihatlari bilan farq qiladi. Bu tafovutlar fuqarolik ishlarini nazorat tartibida qayta ko`rishning istisno bosqichi va istisno ahamiyatiga ega bo`lishidan kelib chiqadi.
Fuqarolik ishlarini nazorat tartibida qayta ko`rishning istisno ahamiyatiga ega bo`lishi shundan iboratki, nazorat tartibida ishni qayta ko`rish majburiy va albatta zaruriy bosqich emas. Taraflar tomonidan keltirilgan shikoyatlar o`z-o`zidan ishni nazorat tartibida qayta ko`rishga asos bo`la olmaydi. Nazorat instansiyasi sudi ishni faqat sud va prokuratura idoralarining qonun bo`yicha protest keltirish huquqiga ega bo`lgan vakolatli mansabdor shaxslarning keltirgan protestlariga asosan ko`radi. Sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari va ajrimlariga nazorat tartibida protest keltirish huquqiga ega bo`lgan shaxslar doirasi qonun bilan qat’iy cheklangan. Sud va prokuratura organlarining mansabdor shaxslaridan kimlarning nazorat tartibida protest keltirishga haqli bo`lishi O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, O`zbekiston Respub¬likasining “Sudlar to`g`risida”gi va “Prokuratura to`g`risida”gi qonunlari, FPK va boshqa qonunlar hamda huquqiy me’yorlar bilan belgilangan. Ularga ko`ra, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari va ajrimlariga yuqori sud va prokuratura organlari¬ning tegishli mansabdor shaxslarigina protest keltirish huquqiga egadirlar.
Yuqorida ta’kidlanganidek, kassasiya tartibida ish yuritish-dan sudning hal qiluv qarorlari, qaror va ajrimlarni nazorat tartibida qaytadan ko`rishning farqi shundaki, bunda faqat nazorat tartibida protest keltirishga huquqli mansabdor shaxslar tomonidan keltirilgan protestlar bo`yichagina ish nazorat tartibida qayta ko`riladi. Protestga nazorat tartibida protest keltirish huquqiga ega bo`lgan shaxslarning shaxsan o`zlari imzo chekishlari lozim. Ular-ning nomidan keltirilgan protestlarga protest keltirish huquqi¬ga ega bo`lmagan shaxslar imzo qo`ysa, bunday protestni nazorat tartibida ko`rilishiga yo`l qo`yilmaydi. Masalan, viloyat sudi raisi nomidan keltirilgan protestga uning o`rinbosarlari imzo qo`ygan protest haqiqiy hisoblanmaydi. Nazorat tartibida protest keltirish huquqiga ega bo`lgan viloyat prokurori nomidan uning o`rinbosarlari protest keltirish yoki viloyat prokurori nomidan tuzilgan protestga imzo qo`yishi mumkin emas. Viloyat prokurori nomidan faqat shu prokurorning vazifasini amalga oshirish yuklangan shaxsgina protest keltirishi va imzo chekishi mumkin.
Qonunga ko`ra, protest keltirish to`g`risidagi ariza bir oylik muddatda, ish talab qilib olinadigan va tekshiriladigan hollarda ikki oygacha bo`lgan muddatda ko`rib chiqilishi, agar protest keltirish uchun asos bo`lmasa, ariza bergan shaxsga arizani qanoatlantirmasdan qoldirish sabablari ko`rsatilib yozma javob berilishi lozim.
Manfaatdor shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida ular, protest keltirish huquqiga ega bo`lgan vakolatli mansabdor shaxslarning protest keltirish uchun asos yo`q degan xulosalari ustidan yuqori sud, prokuratura organlariga shikoyat berishga haqlidirlar.
Sharhlanayotgan moddada ko`rsatilgan nazorat tartibida protest keltirish vakolatiga ega bo`lgan shaxslar qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari ustidan kassasiya muddati o`tgan yoki o`tma-ganidan qat’i nazar uch yil mobaynida nazorat tartibida protest keltirish huquqiga egadirlar. Bunday protestlar fuqarolik ish-lari bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va unga tenglashtirilgan sudlarning rayosatlarida hamda O`zbekis-ton Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo`yicha nazorat sudlov hay’atida ko`riladi.
Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar, o`zlari birinchi bosqichda ko`rib fuqarolik ishlari bo`yicha chiqargan hal qiluv qarorlari hamda shu qarorlar yuzasidan qabul qilingan apellyasiya yoki kassasiya ajrimlari ustidan nazorat tartibida keltirilgan protestlarni ko`rishga haqli emas.

III.1.Umumiy sudlar tizimiga boshchilik qiluvchi Kassatsion sud Fransiyadagi eng ko`hna davlat muassasalaridan hisoblanadi. Kassatsion sud Parijda joylashgan bo`lib, 1967 yildagi islohotdan so`ng uning tarkibiga olti palata - fuqarolik ishlari bo`yicha beshta va jinoyat ishlari bo`yicha bitta palata kiradi. O`z navbatida “fuqarolik” palatalari fuqarolik ishlari bo`yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi palatalarga, savdo va moliya palatasiga hamda ijtimoiy masalalar bo`yicha palatalarga (bu palata ijtimoiy sug`urta, mehnat shartnomalari kabi masalalar bo`yicha ishlarni ko`rib chiqadi) bo`linadi.
Kassatsion sud qarorlari palatalarning biri tomonidan, yoxud uch palata vakillaridan tashkil topgan aralash palata tomonidan, va nihoyat, sudning birinchi raisi, palatalar raislari va oqsoqollari (duayenlar) va har bir palatadan ikkitadan vakildan tarkib topgan plenum tomonidan chiqariladi. Ishlarning aksariyati palatalarning birortasi tomonidangina ko`rib chiqiladi. Kassatsion sud vakolatiga quyi turuvchi sudlarning qarorlariga keltirilgan kassatsion shikoyatlarni ko`rib chiqish kirib, mazkur qarorlar bo`yicha odatdagi apellyatsion tartibda shikoyat keltirish uchun asoslar bo`lishi ham mumkin. Bunda sud fakt bo`yicha emas, balki faqat huquq masalalari - qonunning noto`g`ri qo`llanilishi va protsessual me'yorlarning buzilishi bo`yicha shikoyatlarni ko`rib chiqadi. Jinoyat ishlari bo`yicha Kassatsion sud sudlangan shaxsning manfaatlarini ko`zlab, qonuniy kuchga kirgan hukmlarni yangi ochilgan holatlar bo`yicha qayta ko`rib chiqishga haqli, bunda oqlov hukmlari ustidan shikoyat keltirish huquqiga faqat sudlangan shaxs ega bo`ladi. Kassatsion sud quyi sudning qarori yoki hukmini bekor qilgach, odatda ishni o`z tavsiyalari bilan o`sha darajadagi boshqa sudga yangidan ko`rib chiqish uchun yuboradi.
Biroq ishdagi barcha faktik holatlar shubha uyg`otmasa, Kassatsion sud o`zining oxirgi qarorini chiqarishga haqlidir. Kassatsion sud faqat konkret ishlar yuzasidan qaror chiqaradi, biroq, bu qarorlar sudlar tomonidan shunga o`xshash ishlar muhokamasi chog`ida yoki u yoki bu huquqiy institutlarni talqin qilishda yo`llanma sifatida xizmat qilganligi sababli, sud amaliyotiga jiddiy ta'sir ko`rsatadi va butun mamlakat miqyosida qonunni bir xilda qo`llanilishini ta'minlaydi. Shu ma'noda, jinoyatlar bo`yicha siyosatning ko`pgina jiddiy masalalarini odatda mustaqil hal qiluvchi jinoyat ishlari bo`yicha palata qarorlari ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Fuqarolik ishlari bo`yicha palatalar umumiy yurisdiksiyadagi quyi turuvchi fuqarolik sudlari hamda boshqa sud organlari tomonidan chiqarilgan qarorlarga keltirilgan apellatsiya shikoyatlarini ko`rib chiqadilar.
Birinchi instansiya sudlari fuqarolik ishlarini muhokama qilish bo`yicha katta protsess tribunallari va kichik protsess tribunallariga, jinoyat ishlarini muhokama qilish bo`yicha esa prisyajniylar sudiga, axloq tuzatish tribunallari va politsiyaviy tribunallarga bo`linadi. Fransuz sudlaridagi “tribunal” iborasi ularning favquloddalik xususiyatini ifodalamaydi, balki aksincha, ularning sudlarga nisbatan vakolat doirasi cheklanganligini bildiradi. Fransiyadagi 36 departamentning har birida kamida bittadan katta protsess tribunali (ularning soni -181ta) bor.
Kassatsion sud rahbarligidagi umumiy sudlar tizimidan mustaqil ravishda ma'muriy adliya organlari tizimi faoliyat yuritadi. Ularda davlat boshqaruvi organlarining xususiy shaxslarning huquqlari va manfaatlariga daxl qilgan xatti-harakatlari va aktlari ustidan keltirilgan shikoyatlar ko`rib chiqiladi. Ma'muriy adliya tizimiga Davlat kengashi rahbarlik qilib, u bir vaqtning o`zida davlat boshqaruv organi – hukumat qoshidagi maslahat muassasasi hisoblanadi. Davlat boshqaruvi organlarining xatti-harakatlari va aktlari ustidan keltirilgan shikoyatlarning asosiy qismini birinchi instinsiyada ko`rib chiqish ma'muriy tribunallar (ularning soni 25 ta) zimmasida bo`lib, ularning okruglari bir necha departament hududini qamrab oladi. Umumiy sudlar tizimidagi sudyalar o`z vazifalariga Respublika Prezidenti dekreti bilan; Kassatsion sudning mansabdor shaxslari va apellyatsion sudlarning birinchi raislari magistratura Yuqori kengashi tavsiyasi asosida, qolgan sudyalar – magistratura Yuqori kengashining ijobiy xulosasi bilan adliya vazirining taqdimnomasi bo`yicha tayinlanadilar. Ma'muriy tribunallar sudyalari Ichki ishlar vazirining adliya vaziri bilan kelishilgan taqdimnomasi bo`yicha hukumat dekretlari bilan tayinlanadilar. Odatda, umumiy vakolatdagi sudyalar Milliy magistratura maktabini tugatgach va konkurs tanlovidan o`tgach tayinlanadilar, (bu maktabga kirish uchun oliy yuridik ma'lumotga ega bo`lish lozim). Ma'muriy sud sudyalari Milliy ma'muriy maktab bitiruvchilari orasidan tayinlanadi.
Kassatsion sud tarkibiga tayinlanish uchun yuqori talablar qo`yilgan bo`lib, bularga yuqori mansablardagi sudyalik lavozimida ish tajribasiga ega bo`lish, universitet professori sifatida ishlash kabilar kiradi. Konstitutsiya (64-m.) umumiy vakolat sudyalarining almashtirilmasligi prinsipini e'lon qilgan. Sudya o`z vazifasidan faqat jiddiy qilmish sodir etganida yoki og`ir kasallikka yo`liqqanida Oliy magistratura kengashi tomonidan chetlatilishi mumkin. Sudya roziligisiz uni boshqa ishga, hatto yuqoriroq mansabga ham o`tkazilishi mumkin emas. Sudyalar 65 yoshlarida, 1988 yilda o`rnatilgan qoidalarga ko`ra, Kassatsion sud sudyalari va uning birinchi raisi tegishli ravishda 66 va 68 yoshlarida iste'foga chiqadilar.
Kassatsion sud bosh prokurori o`z apparati bilan prokuratura organlari tizimida alohida o`rinni egallaydi, chunki uning funksiyalari shu sudda ishtirok etish bilan cheklangan. Jinoyat protsessida ayblanuvchini himoya qilish hamda fuqarolik va ma'muriy protsesslarda tomonlarga vakillik qilish advokatlar zimmasiga yuklatilgan. Har bir katta protsess tribunali qoshida advokatlar hay'atlari bo`lib, ular kengash va oqsoqol tomonidan boshqariladi. Hay'atga a'zo bo`lish va shu orqali fransuz sudlarida ishtirok etish uchun oliy yuridik ma'lumotga ega bo`lish, kasbiy tayyorgarlik markazlaridan biriga o`qishga kirish uchun imtihon topshirish, u yerda bir yillik o`quv kursini o`tash va kasbiy layoqat to`g`risida sertifikat olish talab etiladi. Advokatlar individual amaliyot bilan shug`ullanishlari yoki qo`shma advokatlik idoralari tuzishlari mumkin. Kassatsion sud va Davlat kengashida ishtirok etishga Kassatsion sud qoshidagi (oltmishta a'zosi bor) hay'at tarkibiga qabul qilingan advokatlargina haqlidirlar.1[145]

XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ushbu kurs ishi Fuqarolik-protsessual kodeksining 417-moddasi ya’ni ‘Ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko’rish tartibi” asosida tayyorlandi. Kurs ishini tayyorlashda turli xil o’zbek va chet el yuridik adabiyotlaridan foydalanildi. Mavzuning muhimlik jihati shundaki, bugungi kun fuqarolik sud-huquq tizimida kassatsiya instansiyasi sudining o’rni juda katta ekanligida hamda ushbu sud institutining yildan yilga o’zgarib, isloh qilib borilayotganligida. E’tiborli jihati shundaki, hozirgi kunda qabul qilinayotgan sud –huquq tizimiga oid hujjatlar fuqarolarimizning huquqiy ongini yanada oshirishga hamda fuqarolarning quyi sud organalarining qabul qilgan hujjatlari yuzasidan keltiradigan shikoyat(protest)larini qabul qilish va uni ko’rib chiqish tizimi kun sayin soddalashtirilmoqda. Shuni aytishimiz kerakki mustaqillik yillarida mamlakatimizda yurtboshimiz rahna-moligida ijtimoiy hayotning barcha sohalari kabi sud-huquq tizi-mida ham keng qamrovli islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshi-rilmoqda. Sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar-ning asosiy zamirida jamiyatni yanada demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizasiya qilish asosida bozor iqtiso-diyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, fuqarolarimizning O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va boshqa qonunlarda belgilangan huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlashdek ezgu g`oya mujassamlashgan.



Download 53,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish