O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan Reja



Download 360,14 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana17.02.2023
Hajmi360,14 Kb.
#912433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan R

Etnografiya
(etno... va ... grafiya), etnologiya, xalqshunoslik — jahondagi 
barcha xalqlarning , etnik birlikning turli tiplari, ularning kelib chiqishi 
(etnogenezi), turmush tarzi, urf-odatlari, moddiy va 
maʼnaviy
taraqqiyot 
darajasidan 
qatʼi
nazar, teng holda 
oʻzaro
tafovuti yoki umumiyligi va 
oʻxshashligini,
ularning 
oʻziga
xos xususiyatlarini 
oʻrganuvchi
maxsus fan sohasi. 
E. hozirgi etyaoslarning kelib chiqishi va shakllanishi, joylashishi va etnik 
tuzilishi, urf-odatlari, 
maʼnaviy
madaniyati va milliy xususiyatlarini tarixiy jarayon 
bilan 
bogʻliq
holda 
oʻrganadi.
Tarixiy E. 
yoʻqolib
ketgan xalq va elatlar, 
oʻtmishdagi
etnik jarayon, maishiy turmush va 
maʼnaviy
madaniyat xususiyatlarini 
tadqiq qiladi. 


Etn. bilimlar qadim zamonlardan paydo 
boʻlgan
boʻlsada,
lekin mustaqil fan 
sifatida 19-asrning 
oʻrtalarida
shakllanib 
boʻldi.
Dastlab, bu atamani 16-asrning 
oxirida nemis yozuvchisi I.Zummer ishlatgan, keyin esa 18-asrning oxirlarida va 
1808 yilda maxsus jur.lar shu nom bilan chiqa boshlagan. E. 
soʻzi
mashhur fransuz 
tabiatshunosi va fizigi Jan Jak Amper taklifi bilan Parij antropologlari kongressida 
alohida fan sifatida qabul qilingan (1839). 
E. dastlab faktik bilimlarni 
toʻplaydi,
keyin ularni tahlil etish orqali 
mohiyatini tushunib olib, nazariy xulosalar chiqaradi. E. fani, boshqa fanlar singari 
oʻziga
xos maxsus tadqiqot usullari va maxsus atamalarga ega. Uning uslubi 
muayyan dunyoqarash va nazariyalar (metodologiya) bilan 
bogʻliq
boʻlib,
oʻz
tadqiqotlarini ayrim fan sohalari antropologiya, arxeologiya, lingvistika, 
sotsiologiya, 
sanʼatshunoslik
bilan aloqador holda amalga oshiradi. 
Mazkur fanlarning 
oʻzaro
bogʻliqligi
tufayli keyingi yillarda 
qoʻshaloq
ilmiy 
sohalar ham yuzaga keldi, mas, etnik antropologiya, paleoetnografiya, 
etnolingvistika va boshqalar Hozirgi davrdagi etnik jarayonlarni teran va keng 
miqyosda tadqiq qilishda keyingi yillarda 
oʻtkazilayotgan
sotsiologik tadqiqotlar 
yaxshi samara bermoqda. Natijada — etnosotsiologiya, etnopsixologiya kabi yangi 
ilmiy sohalar yuzaga kelishi muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, 
tabiiygeografik sharoitga qarab yovvoyi 
oʻsimliklarni
ekib 
oʻstirish
yoki yovvoyi 
hayvonlarni xonakilashtirish, urchitish kabi 
oʻziga
xos turmush xususiyatlariga ega 
elatlarning 
xoʻjalik
xususiyatlarini aniqdashda E. bilan hamkorlikda etnobotaniqa 
va etnozoologiya kabi yangi sohalar faoliyat 
koʻrsatmoqda.
Xalqlarni 
oʻrganishda
E. fani nihoyatda keng va xilmaxil manbalardan va 
usullardan foydalanadi. Bir joyda uzoq yashab, kuzatish 
yoʻli
bilan 
oʻtkazilgan
tadqiqotlar eng samarali ekanligini mashhur etnograflar (L.Morgan, 
N.N.MikluxoMaklay, V.G. Bogoraz) alohida qayd qilganlar. Qisqa muddatda, 
ayrim mavsumlarda 
oʻtkaziladigan
tadqiqot ishlari ekspeditsiya usuli 
boʻlib,
hozir 
keng tarqalgan va u mavsumiy usul deyiladi
7

Dala ishlarida, asosan, axborotchidan suhbat 
yoʻli
bilan yozma yoki 
magnitofon orqali 
maʼlumotlar
toʻplash,
muayyan maishiymadaniy turmush 
hodisalari, oilaniqoh munosabatlari va marosimlari, xalq sayillari va 
oʻyinlarini
kuzatish, ularda bevosita ishtirok qilish va ularni jiddiy 
oʻrganish
(yozish, chizish, 
rasmga olish) kabi usullar 
qoʻllaniladi.
Maʼnaviy
madaniyatni tadqiq qilishda 
(ayniqsa, ayrim urf-odat va marosimlar, xalq 
oʻyinlari,
ibodat, milliy raqslar) 
zamonaviy texnika (foto, video va kinoapparaturalar) vositalaridan keng 
foydalaniladi. 
7
Hey, David (1996) The Oxford Companion to Local and Family History. Oxford University Press.


Oʻzbekistonda
E. fani. 
Oʻzbekiston
hududida istiqomat qilgan qabila va 
elatlar 
toʻgʻrisidagi
eng qadimiy etn. 
maʼlumotlar
ilk yozma manbalarda, yunon va 
rim mualliflari Gekatey, Strabon, Gerodot, Arrian, Ptolemey va Ktesiy, sitsiliyalik 
Diodor, Pompey Trog, Tatsit asarlarida uchraydi. 
Oʻrta
Osiyo xalqlarining qadimiy ajdodlari va ularning turmush tarzi, urf-odat 
va marosimlari 
toʻgʻrisida
qimmatli 
maʼlumotlarni
zardushtiylik dinining 
muqaddas kitobi "Avesto"da ham 
koʻrish
mumkin. Miloddan avvalgi 6—1-
asrlardan arab istilosigacha 
Oʻrta
Osiyo xalqlariga tegishli 
maʼlumotlarni
qadimiy 
axomaniylar davriga oid qoya tosh bitiklarida, parfiyoniy, 
sugʻdiy,
xorazmiy, 
baxtariy yozma yodgorliklarida, xitoy sayohatnomalarida, sosoniylar Eronining 
oʻrta
forsiypahlaviy tildagi yodgorliklarida, arman tilidagi manbalarda, qadimiy 
turkiy yozma yodgorliklarda uchratamiz. 
Ilk 
oʻrta
asr (912-asrlar) mualliflari geograf va sayyohlar Ibn Xurdodbeh, 
alBalxiy, Istaxriy, Ibn Havqal, 
Masʼudiy,
Yoqut Hamaviylar 
oʻz
sayohatnomalarida Sharq xalqlari E.si 
boʻyicha
qimmatli 
maʼlumotlar
yozib 
qoldirganlar. 
Xalq 
ogʻzaki
ijodi namunalari 
boʻlgan
"DadaQoʻrqut",
"Alpomish", "Manas", 
"Goʻroʻgʻli"
dostonlari tarixiy va etn. jihatdan nihoyatda muhim manbalardir. 
Muhammad Xorazmiyning "Surat alAarz", Abu Rayhon Beruniyning "Qonuni 
Masʼudiy",
"Amudaryo tarixi"; Mahmud 
Koshgʻariyning
"Devonu 
lugʻotit
turk", 
Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asarlari 
Oʻrta
Osiyo, shu jumladan, 
Oʻzbekiston
shaharlari, ularning tarixi, tabiiygeografik sharoiti, etnotoponimiyasi, ayrim shahar 
va qishloqlar aholisining lingvistik va etnik tarkibi, ijgimoiy-siyosiy hayoti
maishiy turmushi va madaniyatining 
baʼzi
jihatlari, diniy 
eʼtiqodlariga
oid noyob 
maʼlumotlar
mujassamlashganligi bilan muhim ilmiy ahamiyatga ega. 
Amir Temur va uning vorislari hukmronlik qilgan davrda yashagan saroy 
tarixchilari va solnomachilari, jumladan, Hofizi Abruning "Zubdat uttavorix" 
("Tarixlar 
qaymogʻi"),
Nizomiddin Shomiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Husayn 
Kubraviy, Ali Kushchi va boshqalarning asarlarida shu davrga oid etn. 
maʼlumotlarni
uchratish mumkin. 
Shuningdek, ispan elchisi Ryui Gonzales de Klavixoning asarida, rus 
solnomalarida, mashhur sayyoh Marko Poloning sayohatnomasida ham muhim 
maʼlumotlar
jamlangan. 
Boburnshtt "Boburnoma" asarida Movarounnahr va 
qoʻshni
mamlakatlarda 
yashagan elatlarning etnik tarkibi va tarixi, urf-odati va marosimlari madaniyati va 
maishiy turmushi haqida, Gulbadanbegimshsht "Humoyunnoma" nomli 
tarixiybiografik asarida Toshkent va Andijondan to Qashqar va Hind okeani 
boʻylarigacha
qanday shaharlar, viloyatlar borligi, ularning aholisi haqida 
maʼlumotlar
keltirilgan. 


Oʻrta
asrlar ilmiy merosi 
boʻlgan
Hofiz Tanish al-Buxoriyning 
"Abdullanoma" ("Sharafnomai shohiy"), 
Maʼsud
ibn 
Koʻhistoniyning
"Tarixi 
Abulxayrxoniy", 
Kamoliddin 
Binoiyning 
"Shayboniynoma", 
Fazlulloh 
Roʻzbehonning
"Mehmonnomai Buxoro", 
Abulgʻoziy
Bahodirxonning "Shajarayi 
turk" Kabi asarlarida qimmatli tarixiyetn. 
maʼlumotlar
bor. 
16—17-asrlarda Buxoro, Xiva va 
Qoʻqon
xonliklarining vujudga kelishi va 
Rossiya davlati bilan muntazam savdo va diplomatik munosabatlar 
oʻrnatilishi
natijasida rus elchilarining 
oʻzbek
xonliklariga qilgan safarlari jarayonida 
toʻplagan
materiallarida ham etn. 
maʼlumotlar
mavjud 
boʻlib,
ular 
maʼlum
ilmiy 
qimmatga egadir. 
Turkiston 
oʻlkasini
jadal etn. 
oʻrganish
oʻlkani
mustamlaka qilish maqsadi 
bilan 
bogʻliq
boʻlib,
oʻzbek
xalqi E.siga oid ilmiy ahamiyatga ega materiallar 
toʻplash
davri 19-asrdan boshlandi. 
Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan, 
oʻzbeklarni
etn. jihatdan 
oʻrganish
yoʻlida
1872 yil Moskvada ochilgan politexnika 
koʻrgazmasi
munosabati bilan 
tayyorlangan "Turkiston albomi", shuningdek, Rus geografiya jamiyatining 
Turkiston 
boʻlimi,
Tibbiyot, antropologiya va etnografiya havaskorlari 
jamiyatining Turkiston 
boʻlimi,
Turkiston arxeologiya havaskorlari 
toʻgaragi,
Turkiston qishloq 
xoʻjalik
jamiyati, Xomutov 
toʻgaragi,
Oʻrta
Osiyo olimlari 
jamiyati, Rus texnika jamiyatining Turkiston 
boʻlimi,
Sharqshunoslik jamiyatining 
Toshkent 
boʻlimining
roli katta 
boʻldi.
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida etn. bilimlarning rivoji 
oʻlkada
faoliyat 
koʻrsatgan
rus sharqshunos, tarixchi, etnograf olimlari, sayyohlari va davlat 
arboblari V.V.Radlov, V.V.Bartold, M.S.Andreyev, A.A.Divayev, 
ʼ.L.Vyatkin,
N.P.Ostroumov, N.S.Likoshin, N.G.Mallitskiy, erxotin Nalivkinlar, I.I.Umnyakov, 
A.A. Semyonov, Ye.}\.Polivanovlar nomi bilan 
bogʻliqdir.
Ular amalga oshirgan 
ishlar mustamlakachilikka xizmat qilgan 
boʻlsada,
toʻplangan
katta etn. materiallar 
19-asr oxiri — 20-asr boshlaridagi Turkiston hayot tarzini tavsiflashda muhim 
ilmiy ahamiyatga ega. 
1918 yilda Turkiston xalq universitetiyaa 
oʻzbeklar
E.si 
boʻyicha
maxsus kurs 
kiritilib, bu mavzu 
boʻyicha
maʼruzalar
oʻqitila
boshlandi. 
1920—30 yillar 
Oʻzbekistonda
E. ilmining vujudga kelish, tashkiliy va 
tarkibiy shakllanish davri 
boʻldi.
1930- yillar oxirida mahalliy aholi orasidan 
yetishib 
chiqqan 
mutaxassislar 
G.Alimov, 
M.Bikjanova, 
A.Boltayev, 
Ya.Gʻulomov,
Sh.Inogʻomov,
T.Mirtyosov, M.Saidjonov, X.Husanboyev, 
K.Yusupov va boshqalar 
Oʻzbekistonda
muzey ishini 
yoʻlga
qoʻyish
va 
rivojlantirishga, muzeylarda etn. kolleksiyalarni 
koʻrgazmaga
qoʻyishga
tayyorlash 
boʻyicha
muhim ishlarni amalga oshirishdi. 


1943 yil 4 noyabrda 
OʻzFA
Til, adabiyot va tarix instituti asosida Tarix va 
arxeologiya instituti tashkil etilib, uning tarkibida 6 
boʻlim,
shu jumladan, akad. 
M.Andreyev rahbarligidagi E. 
boʻlimi
ham bor edi. 
Boʻlim
respublikada etn. 
tadqiqotlarning yetakchi markazi 
boʻlib
qoldi. 
Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasining tashkil etilishi va faoliyat 
olib borishi (rahbarlari S. Tolstov, T.Jdanko) 
Oʻzbekistonda
E. fanining 
rivojlanishida muhim bosqich 
boʻldi.
Xorazm ekspeditsiyasi mobaynida 
qoraqalpoqlar E.sining maxsus 
oʻrganilganligi,
Qoraqalpogʻistonda
etn. fikrlarning 
shakllanishi uchun asos 
boʻldi.
1960—80 yillarda 
oʻzbek
hamda qoraqalpoq xalqlarining etnogenezi va etnik 
tarixi 
boʻyicha
faol tadqiqotlar olib borildi (V.P.Alekseyev, A.A.Asqarov, 
O.Suxareva, T.K.Xojayov va boshqalar). 
Oʻzbeklar
etnik tarixini 
oʻrganish
bevosita akad. K.Shoniyozov nomi bilan 
bogʻliq.
Oʻzbekiston
xalqlari folklori, 
Oʻzbekiston
dekorativ va amaliy 
sanʼatining
turli sohalari, xalq musiqasi, teatri, raqs 
sanʼati,
kiyimlari, 
anʼanaviy
xalq taomlari, 
kishilarning 
maʼnaviy
va moddiy hayotini 
oʻrganish
etn. manbalardan biri sifatida 
etnograflarning diqqat markazida 
boʻddi.
1960, ayniqsa, 1980- yillar 
Oʻzbekiston
E. fani uchun avvalgi tarixshunoslik davriga nisbatan 
gʻoyat
sermahsul, ayni 
vaqtda, ziddiyatli kechdi. Bu ziddiyatlar E.ning dolzarb masalalarini belgilash va 
ishlab chiqishda, siyosiy sharoitga 
ogʻishmay
va 
soʻzsiz
amal qilishda; monografik 
va umumlashtiruvchi tadqiqotlarda ularning tahliliytanqidiy nuqtai nazardan 
oʻrganib
chiqilmaganligida; katta 
koʻlamdagi
ilmiy tekshirish ishlarining etnos 
xoʻjalik
amaliyoti va madaniy hayoti vazifalariga mos kelmaganida namoyon 
boʻldi.
Oʻzbekiston
mustaqillikka erishishi bilan Respublikamizda E. fani yangi sifat 
bosqichiga 
oʻtdi.
Oʻzbekiston
E. fanining ilmiy tekshirish uslublari, nazariy asoslari, rivojlanish 
ustuvorliklari va istiqbollarini aniqlovchi tadqiqotlar vujudga keldi. Mustaqillik 
yillarida 
oʻzbek
xalqi 
anʼanaviy
madaniyatini 
oʻrganishda
"evropatsentrizm" 
nuqtai nazaridan yondoshishga, qator ijtimoiy institut va hodisalarga 
"oʻtmish
sarqiti" deb qarashga chek 
qoʻyildi.
Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
"Oʻzbekiston
FA Tarix 
instituti faoliyatini takomillashtirish" haqidagi qarori (1998 yil 27 iyul) tarix fani 
va uning qismi E.ning vazifalarini mazmunmohiyat jihatdan tubdan 
oʻzgartirdi.
Oʻzbek
xalqining etnogenezi, etnik tarix muammolarini, 
oʻzbek
etnomadaniy 
jarayonlarini yangicha mushohada qilish, xolisona yoritish imkoni paydo 
boʻlib,
ushbu mavzu etn. tadqiqotlarning yetakchi 
yoʻnalishlaridan
biriga aylandi. Bu 
yoʻnalishni
tadqiq etishda akad. K.Shoniyozovning asarlari ("Qarluq davlati va 
qarluqlar", 1999; 
"Oʻzbek
xalqining shakllanish jarayoni", 2001) muhim hissa 


boʻlib
qoʻshiladi.
1990- yillarda K. Shoniyozovning ilmiy rahbarligi ostida tarixiy 
E. muammolarini (A.Ashirov, U.Abdullayev), 
Oʻzbekiston
aholisining maishiy 
turmoʻsh
anʼanalarini
(S. Soatova, 
M.Oʻroqov,
V.Haqliyev, S.Sharipov) tadqiq 
qiluvchi olimlar guruhi shakllandi. E. 
Fargʻona
(Sh.Abdullayev, S.Gubayeva), 
Buxoro 
(A.Jumayev, 
M.Qurbonova), 
Surxondaryo, 
Qashqadaryo 
viloyatlari(S.Tursunov, A.Qayumov, 
O.Boʻriyev,
Q.Nasriddinov) hamda 
Qoraqalpogʻiston
Respublikasining 
(T.Yesbergenova, 
R.Kamolov, 
N.Tleubergenov) mintaqaviy 
oʻziga
xosliklarining turli jihatlarini yorituvchi 
tarixiyetn. va etn.sotsiologik maxsus tadqiqotlari vujudga keddi. 
Z.Orifxonova, G.Zunnunova, M.Qamaritdinova kabi olimlarning mahallaning 
oʻtmishi
va bugunini, hozirda 
oʻz-oʻzini
boshqarish organi sifatida amaliyotdagi 
ahamiyatini 
oʻrganishga
bagʻishlangan
etn. ekspeditsiyalari, etnosotsiologik 
tadqiqotlari natijalari asosida maxsus asarlar nashr etildi. Oliy 
oʻquv
yurtlari uchun 
E. fanidan maxsus darslik (I.Jabborov 
"Oʻzbek
xalqi etnografiyasi", T., 1994), 
oʻqitish
uslubi 
qoʻllanmalari
(O.Boʻriyev,
B.Ishoqov), etnologiya atamalari 
lugʻati
(O.Boʻriyev)
chop etildi. 
Oʻzbekistonda
E. fanining shakllanishi, rivoji dinamikasi, tarixshunosligi 
muammolari maxsus tadqiqot mavzusi 
boʻldi
(A.Doniyorov va D.Hoshimova). 
Bugungi kunda mamlakatimiz ilmiy muassasalarida E. fanining dolzarb 
muammolari tadqiq qilinmoqda. 2000—2001 yillarda Termiz va Qarshida etn. 
tadqiqotlar markazi tashkil etildi. 
Oʻzbekiston
FA Tarix instituti etnologiya 
boʻlimi
bu tadqiqotlar 
yoʻnalishini
belgilash va muvofiqlashtirish vazifasini bajarib 
kelmoqda. 
Ma’lumki, o‘zbek elatining shakllanish jarayoni boshqa turkiy zabon 
xalqlardan birmuncha farq qilgan. Jumladan: o‘zbek elatining ajdodlari tub yerli 
etnik birliklar asosida, ya’ni ikki til (turkiy va eroniy tillar) turkumidagi 
xalqlarning aralashuvi jarayonida vujudga kelgan.
Movaraunnahr va unga tutash mintaqalarda turg‘un yashovchi aholi 
so‘g‘diylar, xorazmiylar, turkiy zabon etnoslar o‘z hududlarida qadimdan yashab, 
bo‘lajak o‘zbek elatining poydevorini tashkil qiladilar.
O‘rta Osiyoning o‘troq voha aholisi so‘g‘diylar, xorazmiylar, baqtriyaliklar, 
parkanlar, chochliklar nomi bilan yuritilgan. Ular yashagan vohalarni o‘rab olgan 
dashtlarda esa chorvador ko‘chmanchilar yashar edilar. Ular Ahmoniylar 
bitiklarida saklar deb atalgan. Yunon manbalarida ular skiflar deb yuritilgan. 
Asosiy xo‘jaligi chorvachilik bo‘lgan bu aholi «Avesto»da turlar deb atalib, ularni 
yurti Turon[2] deb yuritilgan. Bularning har ikkisi ham o‘zbeklarni qadimgi etnik 
qatlamiga oid deb tushunmoq kerak. Bu bronza davriga to‘g‘ri kelib, bu davrda 
Movaraunnahrga birinchi bor turkiy zabon qabilalar kirib keladilar. Bu bosqichda 
zardushtiylik e’tiqodlari bo‘yicha inson hayotining mohiyati halol va poklik 


ekanligi, inson ezgu fikr, ezgu amal orkali yomonlik bilan kurashganlar. Bu 
davrdagi ajdodlarimiz yutuqlari Sharq (Xitoy, Hindiston) va G‘arb (Rum, Yunon) 
madaniyatiga ijobiy ta’sir qilgan. Keyin milodiy II-Sh asrlarda turkiy tilli 
etnoslarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti rivojlanib, milodiy IV-V asrlarda 
yangi Qang‘ar elati shakllanadi.
Turk xoqonligi davrida turk va so‘g‘d tilli xalqlarning o‘zaro yaqinlashishi, 
aralashish jarayoni davom etgan. Natijada ikki qardosh o‘zbek va tojik xalqlarining 
shakllanishiga iqtisodiy va etnomadaniy sharoitlar yaratiladi.
IX-X asrlarda K.Shoniyozovga ko‘ra o‘zbek xalqi elat bo‘lib shakllangan[3]. 
Ma’lumki,o‘zbek va tojik elatlari sak-massagetlar, baqtriylar, YUECHJILAR – 
qang‘arlar, xunlar, so‘g‘diylardan tomir olgan. Lekin ularni har biriga xos tili, 
o‘zligini anglashi kabi farqli xususiyatlari mavjud bo‘lib, har bir elat ana shu 
xususiyatlari bilan birbiridan farq qilgan.
XI asrda ham Mavaraunnaxr va unga tutash mintaqalarda yashovchi aholi 
etnik, iqtisodiy va madaniy jihatdan bir-biri bilan yaqinlashib, qorishib boradilar. 
Bu bosqichda Islom dini ta’sirida ilmu-fan, ma’rifat taraqqiy etgan. Imom Buxoriy, 
at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro tariqatlari ravnaq topadi. Ahmad 
Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn-Sino kabi vatandoshlarimiz jahon 
ilmu-fani, madaniyati va taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shganlar.
Ajdodlarimiz asarlarini G‘arb mamlakatlarida tarqalishi Ovropa madaniyatiga 
ta’sir etib, Ovro‘pa uyg‘onishi – «Renessanisi»ni vujudga keltirdi, ya’ni Yevropani 
ming yillik «uyqu»dan uyg‘otdi. O‘zbek xalqining shakllanish jarayonining 
yakunlovchi bosqichi XIasrning o‘rtalaridan to XII-asr o‘rtalarigacha davom etib, 
elatga xos etnik belgilarning rivojlanishi me’yoriga yetadi.
Bu davrda «O‘zbek» atamasi vujudga kelib, bu so‘zning tom ma’nosi «o‘z» 
va «bek» so‘zlaridan iborat bo‘lgan, «Asl bek» demakdir[4]. Bu o‘zbeklar XVI asr 
boshlarida o‘z sardorlari bilan Movaraunnahrga kirib keldi va sulolaviy 
hukmronlikni temuriylardan tortib olib, bu o‘lkaga o‘zbek nomini olib keldi. Bu 
nom bugungi kundagi o‘zbek xalqi etnik nomiga aylandi.
Ming shukurlar bo‘lsin-ki, mustaqilligimiz tufayli o‘zbek «o‘ziga bek» va 
o‘ziga-o‘zi «Xo‘jayin» bo‘lib, dunyo xaritasida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.
Eng yangi etnografik tadqiqotlarga asoslanib, o‘zbekni quyidagicha ta’riflash 
imkoniyatiga ega bo‘ldik: «o‘rta gavdali, bug‘doy rang, sochi qora, va qizg‘ish-
qo‘ng‘ir, soqoliqora, ba’zida kul rang, burni kichkina va to‘g‘ri, lablari qalin, 
tishlari oq va sog‘lom, peshonasi to‘g‘ri, qosh usti kam bo‘rtib chiqqan, qoshlari 
yoysimon, iyagi yirik, yuzi serqirra, qulog‘i katta va ajralib turadi, oyoq-quli 
mehnatda toblangan, gavdasi risoladagidek» bo‘lgan[5].
Shu bilan birga o‘zbeklar boshqa millatlardan ochiq ko‘ngilliligi, mardligi, 
jiddiyligi, vatanparvarligi, insonparvarligi, mehr-murruvatligi, mehmondo‘stligi, 


kechirimliligi, mehnatsevarligi, ona va ayollarni e’zozlashi, otalarni hurmatlashi, 
yaxshilik qilish kabi qadimiy an’analarni saqlab qolishi bilan ham farqlanadi. Shu 
bilan birga o‘zbeklarning «oilaviy munosabatlarini» asl namuna deb hisoblasa 
bo‘ladi deb yozib qoldirgan Xerman Vamberi[6].
Mamlakatimizda bugungi kunda ta’lim to‘g‘risidagi, kadrlash tayyorlash 
milliy dasturi asosida boshlangan ma’rifiy isloxatlar o‘ylaymiz-ki, IX-XII 
asrlardagi ma’rifat taraqqiyot «g‘ildiragi»ni aylantirib yuborganidek, millatimizni 
ma’naviy yaxshilashga poydevor bo‘ladi. Lekin ma’naviyatni iqtisodiyotdan 
ajratish mutlaqo xato bo‘lgandek, bugungi kunda milliy salohiyatimizni 
rivojlanishida ekologik omillarni zarurligi millat ravnaqiga o‘z ta’sirini 
o‘tkazmoqda.

Download 360,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish