£он томирлар тизимининг умумий анатомияси


-rasm.Yurakning bo‘ylama kesmasi. (old tomondan ko‘rinishi)



Download 458,5 Kb.
bet2/37
Sana29.03.2022
Hajmi458,5 Kb.
#515288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 3

101-rasm.Yurakning bo‘ylama kesmasi. (old tomondan ko‘rinishi)
1-avricula sinistra; 2-valva aortae; 3-ostium aorticum; 4-cuspis anterior valvae atrioventriculare sinistrae; 5-cuspis posterior valvae atrioventricularis sinistrae;
6-m.m. papillares; 7-septum interventriculare (pars muscularis); 8-cuspis septalis valvae atrioventricularis dextrae; 9-cuspis posterior valvae atrioventricularis dextrae; 10-septum interventriculare (pars membranasea);
11-auricula dextra; 12-pars ascendens aortae; 13-v.cava superior; 14- truncus pulvonalis; 15-v.v. pulmonales sinistrae

Uning atrofini ingichka o‘roqsimon burma tojsimon sinus klapani (valvula sinus coronaria) o‘ragan. Tojsimon sinus yoniga mayda yurak venalari teshiklari (foramina venorum minimarium) ochiladi.


O‘ng qorincha (ventriculus dexter) uchi pastga qaragan uch qirrali piramida shaklida bo‘lib, devorining qalinligi 5-8 mm. Uning medial devori qorinchalararo to‘siq (septum interventricularae) hosil qilib, ko‘p qismi mushakdan (pars muscularis) va yuqori bo‘lmachaga yaqin qismi pardadan (pars membranasea) iborat. Uning diafragmani pay markaziga tegib turuvchi pastki devori yassi, oldingisi esa qavariq bo‘lsa, o‘ng qorinchaning yuqorigi keng qismida ikkita teshik bor. Orqadagi bo‘lmacha-qorinchaaro tirqish (ostium atrioventricularae) bo‘lib, u orqali vena qoni o‘ng bo‘lmachadan o‘ng qorinchaga o‘tadi. Oldingi teshik - o‘pka poyasi teshigi (ostium trunsi pulmonalis) orqali qon o‘pka poyasiga o‘tadi. Bo‘lmacha-qorinchaaro tirqish uch tabaqali qopqoq (valva atrioventricularis dextra seu tricuspidalis) bilan bekilgan. Qopqoq tabaqalari uchburchak shaklidagi pay qatlamcha ko‘rinishida bo‘lib, ularning asosi teshik aylanasiga birikkan, erkin chekkalari esa qorincha bo‘shlig‘iga qaragan. Tirqishning oldingi yarimaylanasiga qopqoqning oldingi tabaqasi (cuspus anterior), orqa tashqi yarimaylanasiga orqa tabaqasi (cuspus posterior) va ichki yarimaylanasiga qopqoqning ichki to‘siq tabaqasi (cuspus septalis) birikkan. Bo‘lmacha qisqarganida qon bosimi ta’siri ostida qopqoq tabaqalari qorincha devoriga yopishadi va qonning qorinchaga o‘tishiga qarshilik qilmaydi. Qorincha qisqarganida qopqoq tabaqalarining erkin chekkalari yopiladi, ammo bo‘lmachaga qarab bukilmaydi, chunki qorincha tomonidan ularni pishiq biriktiruvchi to‘qimali paysimon ipchalar (chordae tendineae) ushlab turadi. O‘ng qorinchaning ichida mushak trabekulalari va so‘rg‘ichsimon mushaklar (mm. papillaris) bor. O‘ng qorinchada uchta: oldingi, orqa va to‘siq so‘rg‘ichsimon mushaklar (mm. papillares anterior, posterior et septales) tafovut qilinadi. Bu mushaklar uchidan boshlangan paysimon ipchalar ikkita qo‘shni tabaqalarning erkin chekkasiga va ularning qorinchaga qaragan yuzasiga birikadi.
Oldingi o‘pka poyasi teshigi (ostium truncus pulmonalis) ustida 3 ta yarimoysimon qopqoq (valva trunci pulmonalis) joylashgan. Unda aylana bo‘ylab joylashgan oldingi, o‘ng va chap yarimoysimon qopqoqlar (valva semilunaris anterior, dextra et sinistra) tafovut qilinadi. Ularning qavariq yuzasi o‘ng qorincha bo‘shlig‘iga, botiq yuzasi va erkin chekkasi o‘pka poyasi bo‘shlig‘iga qaragan. Har bir qopqoqning erkin chekkasining o‘rtasida qalinlashgan tugunchasi (nodulus valvulae semilunaris) bo‘lib, qopqoqlarning zich yopilishini ta’minlaydi. Yarimoysimon qopqoq bilan o‘pka poyasi o‘rtasida bo‘shliq (sinus trunci pulmonalis) bor. Qorinchalar qisqarganida yarimoysimon qopqoqlar qon bosimi ta‘sirida o‘pka poyasi devoriga yopishadi. Qorinchalar bo’shashganida esa, orqaga qaytgan qon qopqoq bo‘shlig‘ini to‘latib, ularni yopadi va qon orqaga qaytmaydi.
Chap bo‘lmacha (atrium sinistrum) noto‘g‘ri kub shaklida bo‘lib o‘ng bo‘lmachadan silliq bo‘lmachalararo to‘siq vositasida chegaralanib turadi. Unda joylashgan oval chuqurcha o‘ng qorincha tomonida yaxshi bilinadi. Chap bo‘lmachaning oldingi yuzasida chap quloqcha (auricula sinistra) joylashgan. Bo‘lmachaning ichki yuzasi silliq, quloqcha ichida taroqsimon mushaklari bor. Chap bo‘lmachaga ochiladigan 5 ta teshikdan to‘rttasi yuqori va orqa tomonda joylashgan. Bular o‘pka venalari teshigidir (ostia venarum pulmonatium). Beshinchi katta chap atrioventrikulyar tirqish (ostium atrioventriculare sinistrum) chap bo‘lmachani chap qorinchaga qo‘shib turadi. Chap bo‘lmachaning devori ichki tomondan silliq bo‘ladi.
Chap qorincha (ventriculus sinister) asosi yuqoriga qaragan konus shaklda. Uning yuqori keng qismining o‘ng tomonida aorta teshigi (ostium aorticum) chap tomonida bo‘lmacha-qorinchaaro tirqish joylashgan. Atrioventrikulyar tirqishda ikki tabaqali (mitral) qopqoq (valva atrioventricularis sinistra seu bicuspidalis) joylashgan. Unda uchburchak shaklidagi oldingi va orqa tabaqalari bor. Oldingi tabaqa (cuspus anterior) tirqishning ichki yarimaylanasidan boshlansa, undan kichikroq orqa tabaqa (cuspus posterior) tirqishning tashqi orqa yarimaylanasidan boshlanadi. Chap qorinchaning ichida ko‘p sonli mushak trabekulalari va ikkita: oldingi va orqa so‘rg‘ichsimon mushaklar (mm. papillaris anterioret posterior) bor. Ularning paysimon ipchalari qopqoq tabaqalarini erkin chekkasiga birikadi. Aorta teshigi (ostium aorticum) sohasida qorinchaning ichki yuzasi silliq bo‘ladi. Aortaning boshlanish joyida 3 ta: orqa, o‘ng va chap yarimoysimon qopqoq (valva semilunaris posterior, dexter et sinister) joylashgan. Qopqoqlar va aorta devori o‘rtasida bo‘shliq (sinus aortae) bor. Aorta qopqog‘i o‘pka poyasinikiga nisbatan qalin va tugunlari kattaroq bo‘ladi.
Yurak devori uch qavatdan iborat. Ichki yupqa endokard (endocardium) yurakni ichki tomondan qoplaydi. Yurak qopqoqlari, pastki kovak vena va toj sinus burmalari endokard duplikaturasidan hosil bo‘lib, o‘rtasida biriktiruvchi to‘qima joylashgan.
O‘rta qavat miokard (myocardium) (102-rasm) yurakning




Download 458,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish