£он томирлар тизимининг умумий анатомияси



Download 458,5 Kb.
bet7/37
Sana29.03.2022
Hajmi458,5 Kb.
#515288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 3

Aorta
Aorta (aorta) katta qon aylanish doirasining eng katta toq arteriya tomiridir. Unda uch: aortaning yuqoriga ko‘tariluvchi qismi, aorta ravog‘i va pastga tushuvchi qismi tafovut qilinadi.
Aortaning ko‘tariluvchi qismi (pars ascendens aortae) chap qorinchadan to‘sh suyagining chap chekkasida uchinchi qovurg‘a oralig‘ida chiqadi. Boshlangan yerda u piyozga o‘xshab kengayib 25-30 mm kenglikdagi aorta piyozchasi (bulbus aortae) ni hosil qiladi. Bu sohada aorta devori bilan yarimoysimon qopqoqlar o‘rtasida aortaning uchta sinusi bo‘ladi. Aortaning ko‘tariluvchi qismining boshlanish joyidan yurakning o‘ng va chap tojsimon arteriyalari boshlanadi. Aortaning ko‘tariluvchi qismi o‘pka poyasining orqa qismidan ko‘tarilib II o‘ng qovurg‘a tog‘ayini to‘sh suyagiga qo‘shilgan joyda aorta ravog‘iga o‘tib ketadi. Bu sohada uning kengligi 21-22 mm gacha kamayadi.
Bolalarda yurakning yuqori joylashishi munosabati bilan ko‘tariluvchi aorta II qovurg‘a tog‘ayi sohasida aorta ravog‘iga o‘tadi. Bu soha yoshga qarab o‘zgarib 17-20 yoshda II, 25-30 yoshda III ko‘krak umurtqasi sohasiga tushadi.
Aorta ravog‘i (arcus aortae) II qovurg‘a tog‘ayi orqa yuzasidan chapga va orqa tomonga yo’nalib, IV ko‘krak umurtqasi sohasida pastga tushuvchi aortaga o’tib ketadi. Shu yerda biroz toraygan qism aorta bo‘yinchasi (isthmus aortae) bor. Aorta ravog‘ining ko‘tarilgan yuzasidan uchta yirik arteriya: yelka-bosh poyasi, chap umumiy uyqu va chap o‘mrov osti arteriyalari boshlanadi. Uning botiq yuzasidan kekirdak, bronx va qalqonsimon bezga bir nechta mayda arteriyalar chiqadi.
Aortaning pastga tushuvchi qismi (pars desendens aortae) IV ko‘krak umurtqasi sohasidan boshlanib, IV bel umurtqasi sohasida o‘ng va chap umumiy yonbosh arteriyalariga bo‘linadi. Bo‘lingan joyi bifurcatio aortica deb ataladi. Aortaning davomi esa ingichka dumg‘azaning o‘rta arteriyasiga (a. sacralus mediana) aylanib, dumg‘azaning chanoq yuzasidan pastga tomon yo‘naladi. Aortaning pastga tushuvchi qismi o‘z navbatida ko‘krak va qorin qismlariga ajratiladi.
Aortaning ko’krak qismi (pars thoracica aortae) ko’krak qafasida orqa ko‘ks oralig‘ida joylashadi. Dastlab u qizilo‘ngachning old va chap tomonida yotadi. VIII-IX ko‘krak umurtqalari sohasida qizilo‘ngachni chap tomonidan aylanib uning orqa tomoniga o‘tadi.
Aortaning qorin qismi (pars abdominalis aortae) diafragmaning aorta teshigidan o‘tgan joyda XII ko’krak umurtqasi sohasidan boshlanib bel umurtqalarining old tomonida yotadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda aortaning diametri 18-20 mm, kengligi 15-16 yoshlarda 4 sm bo‘ladi. Pastga tushuvchi aorta 50 yoshgacha 4 marta uzayadi. Bu davrda uning ko‘krak qismi qorin qismiga nisbatan tezroq o’sadi.

Download 458,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish