O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotida fikr almashish bilan bog‘liq bo‘lgan uslublarni belgilang?



Download 47,96 Kb.
bet7/7
Sana21.06.2022
Hajmi47,96 Kb.
#686843
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xamzayeva Sayyora pedagogika

Yorab, bu risolakbn bitibmen,

Ta 'ltfida jiddu jahd yetibmen.

Ko'rgan kishtlami rog‘ib aylab,

Tahsiliga balki totib aylab.

Har kim o ‘qusa nihonu zohir,

Bisyor qitib shukufta xotir...

Shoir manzumada arab alifbosidagi har bir harfning yozuvdagi, imlodagi shakllari, ulami chiroyli qilib qog‘oz sahifalariga yozish qoidalari va bunga erishish uchun zarur bo‘lgan tayyorgarlik ishlari bilan bog‘li masalalar haqida fikr yuritadi. Manzumaning shartli tarzdagi mana bu tuzilishidan asaming mundarijasi, mazmuni haqida tasawur hosil etish mumkin:
Kirish. Husnixatdan ta'lim bergan ustozi haqida.
Risolani yozishdan ko‘zlangan maqsad.
Qalam haqida.
Xat haqida. Xatning jamiyat ma'naviy hayotidagi o'rni ta'rifi.
Xat yozish asboblari va yozishga tayyorgariik haqida.
Husnixat ta'limi.
Xotima. Shoir oizusi.

Manzumada xusnixat ta’Iimi mavzui asosiy o‘rin tutadi. Ibtidoiy maktablardagi savod chiqarish, husnixat ta’limi qiyinchiliklarini engillashtirish yo‘llarini, choralarini qidiradi. 0‘ziga ma'qul, kichkintoy o‘quvchilar saviyasiga mos qo‘llanma yaratadi. Munisning bu risolasi rag'bat topib Xorazmdagi ibtidoiy maktablarda o‘qitilgan, ixlosmandlar undan ko'plab nusxada ko‘chirma olganlar.



Shoir xatning kashf ctilishmi nihoyatda yuqori baholaydi. Xat har qanday ishni tarixda muhrlab qoldiruvchi vosita, uni kelgusi nasllaiga etkazuvchi omil.

Olam ishi intizomi andin ,

Olam eilning nizomi andin.

Ul boimasa, boimag‘ay kitobat,

Bul boimasa, qobnag‘ay hikoyat .

So‘z maxzanining nishonasi ham,

Ma ’ni durining nishonasi ham.

Har sofi, ko‘nguldin oidi mavjud,

Xat boimasa bo‘ig‘ay erdi nobud...
So‘ng shoir arab alifbosidagi deyarli barcha harflami husnixat talablariga rioya qilgan holda yozish qoidalarini tushuntiradi. U harflarning alohida yozilishlaridan zeru zabarlari, ko‘p nuqtali harflargacha erinmay tushuntiradi:

«To» zikrida dedi ba’zi ustod, Zebo alifiyu, avvali sod —
Demak, alifga sod harfi awalini qo'shsa, payvandlasa «to» harfi paydo boiadi

Qof avali fo boshiga monand,

Nun haiqasiga valek payvand —
ya'ni «f» harfi boshi «
harfi boshiga o'xshab ketadi. Shu boshini «nun» harfi shaklida uzaytirilsa «qof» harfi shaklida paydo boiadi va ustiga nuqtalar qo'yiladi. Yoki

Gar lomni tstasang murattab,

Nun bilan alifni qil murakkab —
ya'ni (alif+nun). Shunday qilib, Munis arab harflari imlosi, yozish qoidalariga doir nazmiy qoilanma tayyorlaydi.
«Savodi ta’lim» nazmiy, badiiy risola boiganligi uchun o'quvchiga ta'sir etuvchi yaxshi tashbehlar, qiyoslar, sifatlashlar, mubolag‘alar, an'anaviy san'atlar uchrab turadi:

Har harfki, anda jitvagardur,

Avroq yuziga zebu fardur.

Har satrki, sarvdek chekib qad,

Spamshod uyotiga berib mad...
Mana bu baytlarda esa, misralararo so'zlami qofiyadosh, vazndosh va ohangdosh qilib yaratish san*ati tarse' qo'llanilganligini ko'ramiz:

Ul bo'lmasa bo‘hnag‘ay kitobat,

Bo‘l bo'imasa qolmag‘ay hikoyat.
Sifatlash:

Bo‘lsin qalaming latifu rangin,

Oqu qizilu, qarovu sangin.
3. Buxoro amirligi,Qo’qon va Xiva xonliklarida ta’lim -tarbiya Buxoro amirligi, Qo’qon va Xiva xonliklarida ta’lim-tarbiya. XVII-XIX asrlarda O’rta Osiyoda bir nechta turdagi talim muassasalari (maktabmadrasaqorixonadaloilxona, otnoyilar maktablari) mavjud edi. Ayniqsa Qo’qon, Toshkent, Buxoro kabi shaharlarda ularning soni tez ko’paygan.Maktablar boshlang’ich talim muassasasi hisoblanib, unda bolalarga yozish va o’qish o’rgatlgan, din haqida dastlabki malumotlar berilgan. Madrasalar yuqori turuvchi o’quv muassasasi hisoblangan, qorixona va daloilxona («Daloil al-xayrot») quyi diniy xizmatchilarni tayyorlagan.XIIX asrdagi Qo’qon xonlari arxivlarida beklar va xonlar saroylarida sag’ir (etm)lar uchun ochilgan maktablar haqidagi malumotlar saqlanib qolgan. Bunday maktablar davlat mablag’lari hisobiga faoliyat yuritgan.
 XVI-XIX asrning birinchi yarmida O'rta Osiyo xonliklari va Buxoro amirligining xalq ta'limi, fan va madaniyati haqida gap borganda shu narsani alohida ta'kidlash kerakki, ijtimoiy-siyosiy hayotning hamma sohalarida va birinchi navbatda madaniyat va mafkurada islom dini g'oyasi markaziy o'rinni egallar edi. O'z boshlang'ich nuqtasini X-XII asrlardan e'tiboran olgan so'fiylik tariqati naqshbandiylik g'oyasi bilan uyg'unligi negizida XV asrga kelib eng yuksak cho'qqiga ko'tariladi, u to XX asrdagi siyosiy to'lqin va larzalar davriga qadar jamiyat taraqqiyotining borishida jiddiy rol o'ynaydi. XVI asrning ikkinchi yarmidan e'tiboran Jo'ybor shayxlar nomi bilan tarixga kirgan din pesh-volari yuqori mavqeyiga ega bo'ladilar. Bu davrning nomdor Jo'ybor shayxlaridan Xo'ja Muhammad Islom (1493-yil atroflari-1563), Hoji Jaloliddin Kosoniy (1549-yilda vafot etgan), u tarixda Mahdumi A'zam nomi bilan mashhur edi; Xo'ja Sa'ad (1531­32-1589); Xo'ja Tojiddin Hasan (1547-1646); Xo'ja Abdurahim (1575-1628-29) va boshqalar bo'lib naqshbandiylik tariqatining atoqli namoyandalari bo'lganlar. Davlatni boshqarish ishlarida ruhoniylar faol qatnashganlar, hukmdorlar din arboblariga katta mansablar va huquqlar berganlar. Buxoro hukmdorlari hatto o'zlarini «Musulmon amirlari» deb e'lon qilganlar. Mamlakat va davlat ahamiyatiga molik barcha ishlar, o'zga mamlakatlarga qarshi olib borilgan urushlar ruhoniylarning maslahati va fatvosi bilan e'lon qilingan. Ayni zamonda din ham xonlarni qo'llab-quvvatlagan, Olloh va Qur'on nomidan ularga katta va cheklanmagan huquqlar bergan. Masalan, Amir Nasrullo (1826­1860 )ning Qo'qon xonligini 1842-yili bosib olishi bunga dalil bo'la oladi. Yoki amir Shohmurod Olloh irodasini bajo keltirishni qizg'in namoyish qilgani va davlatda Islomning ravnaq topishiga g'amxo'rlik ko'rsatgani uchun «begunoh amir» nomini olgan. Darvoqe Shohmurod naqshbandiylar darvesh jamoasining a'zosi va o'sha davrda shu jamoaning boshlig'i bo'lgan shayx Safarning muridi bo'lgan.
Ruhoniylarning ta'siri va rahnamoligida o'z davrining mulkdorlari va xudojo'y kishilari mablag'lari hisobiga qabristonlar obod qilinar, u yerlarga boradigan yo'llar, ko'priklar ta'mirlanar va qabristonlarga yaqin joylarda masjidlar va madrasalar qurilardi. Naqshbandiylar ta'limotining asoschisi Bahovud-din Naqshbandning Buxorodan 12 kilometrlar chamasi narida joylashgan qabri to oktabr to'ntarishiga qadar ham musulmon dunyosi xalqlari o'rtasida mashhur qadamjoy bo'lgan. Bu yerda har chorshanba kuni Buxoro shahridan va boshqa uzoq-uzoq yurtlardan musulmonlar bozorga va an'anaga aylanib qolgan «gul bayrami»ga to'planganlar. Qur'oni Karimdan tilovatlar qi-lib nomozlar o'qiganlar.
Amirlar bu qadamjoni haftada bir marta albatta ziyorat qi-lishni odat tusiga kiritganlar, hojilar, jamoa arboblariga sovg'a-salomlar va tangalar hadya qilganlar.
O'rta Osiyodagi har uchala xonlikda ham ruhoniylar qozikalon sifatida barcha sud ishlarini o'z qo'llari ostida markazlashtirib olganlar. Qozikalonlarni amir va xonlar tayinlar edilar. Ma'rifat, fan va maorifda ham Islom mafkurasi asosiy va yetakchi yo'nalish bo'lib xizmat qilgan.
XVI-XIX asrning birinchi yarmida O'rta Osiyodagi har ucha-la amirlik va xonliklarning madaniy taraqqiyotiga xos bo'lgan u mu miy o'xshashliklar diqqatga loyiqdir. Bu o'xshashliklarning sabablari ham bir-biriga juda o'xshashdirlar. Birinchidan, O'rta Osiyo hududi davlatlari XV asrlarda madaniy taraqqiyotda dunyoda eng yetakchi o'rinlarda turgan bo'lsa, XVI-XVII asr-lardan e'tiboran bu hududda tushkunlik boshlanadi.Ikkinchidan, har uchala davlat birliklari o'zlari alohida mustaqil faoliyat ko'rsatsalarda davlat idora ishlari o'zbek va fors tilida olib bori-lardi. Buxoroda fors, Qo'qonda fors-o'zbek, Xivada o'zbek tili rasman davlat tili bo'lib hisoblanardi. Turmushda, adabiy ijodda o'zbek va fors tillari keng qo'llanilar edi. Uchinchidan, an'anaga ko'ra fanda, adabiyot va maktabda arab va fors tilining obro'si saqlanib qolgandi.
Buxoro amirligi, Qo'qon va Xiva xonliklarida xalq ta'limining tuzilishi va faoliyati deyarli bir xil bo'lgan. Ularda madrasalar, maktablar va qoriqxonalar mavjud edi. Madrasalar musulmon oliy o'quv yurtlari hisoblangan. Maktablar masjidlar qoshida va xususiy uylarda tashkil etilgan. Xonlar o'rtasida xonzoda va zodagonlarning bolalarini o'qitish uchun maxsus maktab bor edi. Masalan, «Ansob as-solatin va tavorixi al-havoqin» nom-li asarda yozilishcha, «Musulmonqul mingboshining buyrug'i bilan yosh Xudoyorxon va qipchoqlar bolalarini o'qitish uchun o'rdada maktab qurilib, unga maktabdor etib Mullo So-diq tayinlangan»1.
Lekin bu maktab hozir Qo'qonda mavjud bo'lgan Xudoyor­xon o'rdasida emas, balki 1845-yilda bo'lgan xon o'rdasida joy-lashgan edi. Keyinchalik bu o'rda buzilib ketgan.  Odatda, maktablarda asosan o'qish va yozish, arifmetika va adabiyot o'qitilar edi. Qorixonalarda esa asosan ko'zi ojizlar o'qib, Qur'on, doston va she'r-u g'azallar yodlar edilar. Maktablar qizlar uchun alohida, o'g'il bolalar uchun alohida bo'lgan. Masalan, mashhur shoira Dilshod Qo'qonda maktab ochgan. U o'zining maktabdorlik faoliyati haqida bunday deb yozgan edi: «Me-ning suhbatdoshlarim va dugonalarim aqlli qizlar va iste'dodli shoiralar edi. Ellik bir yil davomida men maktabdorlik qildim va yiliga o'rtacha 20 tadan 30 tagacha o'quvchilarim bo'lib, sakkiz yuz to'qsonta qizlarning savodini chiqardim, bulardan deyarli chorak qismi she'riyatga qobiliyatli bo'lib, shoira va o'z davrining aqlli va dono odamlari edi».2
Qo'qon shahrida boshqa shaharlarga nisbatan maktablar soni ko'proq bo'lgan. Bu esa qo'qonliklarning aksariyat ko'pchiligi savodli bo'lib, o'qish va yozishga usta bo'lganligidan dalolat beradi.
O'qituvchilar o'z uylarida ochgan xususiy maktablaridan tash-qari barcha o'quv yurtlari, turli shaxs va tashkilotlar tomonidan xayriya qilingan vaqflardan tushadigan daromad hisobiga ishlar edi. Ularning odatida masjidlar birinchi o'rinda turardi, chunki deyarli barcha masjidlarda maktablar ochilgan.
 1841-yilgi ma'lumotlarga qaraganda, Qo'qon shahridagi xonning asosiy madrasasida 1000 ta mulla o'qigan. Bu madrasani ikkita bosh mudarris boshqargan: Eshon Mavloniy va Mahzumi Buxoriy. Bular hurmatli insonlar bo'lib, katta ilmga ega edilar.
Madrasalar Qo'qon xonligining boshqa shaharlarida ham bor edi, ammo ular Qo'qondagidek salobatli va katta emasdi. O'qishni bitirganlarning ayrimlari bilimini takomillashtirish va oshirish uchun Buxoro va Samarqand madrasalariga ham borib o'qishardi.
Har bir maktabdor domlaning ham o'zicha o'qitish usul-lari bo'lgan. Ularning ba'zilari bolalarning yosh xususiyat-lariga alohida e'tibor bergan holda kichik yoshdagi o'quvchilarga husnixat va og'zaki hisobni o'rgatsa, katta yoshdagi o'quvchilarga esa Qur'onning oyat va suralaridan tashqari fors, arab, turkiy tillarda yozilgan o'nlab hayotiy kitoblarni ham o'qishni o'rgatar edi.
Demak, dastlabki boshlang'ich ta'limdan so'ng Qur'on xatm qilinib, «Chor kitob», keyin esa «So'fi Olloyor» ibtido qilingan. So'ngra «Kalila v a Dimna», «Qobusnoma» singari donishmandlik ruhidagi kitoblar o'qitilgan. O'quvchilarga «Odobnoma» dasturlari asosida dars berilgan. Xalq og'zida yurgan axloqiy, falsafiy ruhdagi maqollar, masallar, majmualar, rivoyatlar, hikoyatlardan esa tarbiya vositasi sifatida foydalanilgan.
Madrasalarda o'quv dasturi asosan uch bosqichda: bosh-lang'ich (adno), o'rta (avsat) va yuqori (a'lo) bosqichlarda olib borilib, unda uchta til (arab, fors va turkiy) mukammal o'rgatilgan. Madrasalarda Qur'on ilmi (o'qish usullari, qiroat, tavsif), fiqh (shariat qonunlari), xandasa, ilmi nujum, axloq, falsafa, mantiq, adabiyot, jo'g'rofiya, tarix, tabobat fanlari o'qitilgan. Talabalar arab va fors tillari orqali Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr», Hofiz Sheroziy devoni, Mirzo Abdulqodir Bedil devoni, Mir Alisher Navoiyning «Chor devon»i, Fuzuliy g'azaliyoti hamda sharqda milliy ta'lim sohasida darslik va qo'llanma sifatida foydalanib kelinayotgan «Maslak ul-muttaqin», «Avvali ilm», «Mu'zi Vazanjoniy», «Avomil», «Harakat», «Qofiya», «Sharqi muloyi Jomiy», «Risolai Shamsiya» kabi risolalar bilan tanishish imkoniga ham ega bo'lganlar. Bu esa madrasalarda ta'lim jarayonida badiiy adabiyotning mumtoz namunalari keng o'rin o^^igim, dunyoni, tаfаkkurni shakllantirish borаsidа bаdiiy аsаrlаrgа alohida ahamiyat berilganligini ko'rsаtаdi.  Mаdrаsаlаrdа bilim olish mumkinligi, bu yerdа ham diniy, ham dunyoviy fаnlаr bo'yichа dunyogа tаnilgаn тМагткг, olimlаr bor bo'lgаnligi uchun ham Turkistondа turli mаmlаkаtlаrdаn ko'plаb tаlаbаlаr kelib o'qigаnlаr1.
Qo'qon xonlаri dаvridа turli mаnsаblаrdа xizmat qilgаn Muhiddinxo'jа 1861-yili Qo'qondаgi mаdrаsаlаrdаn biridа o'qigаn. Keyinchalik u N.Likoshingа so'zlаb bergаnligigа qаrа-gаndа, mudаrrislаr tаlаbаlаrning mаdrаsаdаn tashqarigа chiqib mаishat qilgаnlаrini yoqtirmаgаn. Tаlаbаlаr vаqtlаrini ertаlаbdаn kechgаchа domlаlаrining tushuntirishlаrini eshitib, kitob o'qish vа hattotlik mаshqlаri bilаn o'tkаzаrdilаr.
Pаyshаnbа kunlаri domlаlаr uylаrigа ketganlаr, tаlаbаlаr esа bo'sh vаqtlаrini o'yinlаr biten bаnd etgаnlаr. Jumа kunlаri o'qish bo'lmаgаn. Tаlаbаlаr bа'zаn bozorgа borib mаddohlаrning hiko-ya vа diniy rivoyatlаrini eshitаr edilаr. Tаlаbаlаrning ko'pchiligi esа Qo'qon xoni borаdigаn vа olimlаr yig'ilаdigаn Jome' mаsjidigа borishni orzu qilgаnlаr. Bu yerdа jurim nаmozidаn ke-yin olimlаr biten birgаlikdа Qur'on vа shаriаt haqida munozаrа-lаr o'tkаzilgаn. Bundа ko'pteb mashhur din аrboblаri, olimlаr, yosh mutаxаssislаr ham mаdаniyat tаrаqqiyotidа biroz tushkun-lik yuz bergаn bo'lsаdа, аjdodlаrimiz: fаlsаfа, tаbiiy fаnlаr, tibbi-yotshunoslik, jo'g'rofiya, tarix, bаdiiy ijod vа аdаbiyotning bar­cha sohalаridа qаlаm tebrаtdilаr.  Xiva xonligidа XVII аsrdа ro'y bergаn mаdаniy hayotdаgi tushkunlik Buxoro xonligidаgigа qаrаgаndа kuchliroq bo'^n. Bu shundа yaqqol ko'rhmdiki, Xorazmdа Аbulg'ozi Bahodir­xon xon bo'^n dаvr (1644-1663)dа Xorazm tarixini yozib qoldirish mаsаlаsi ko'tаrilgаndа, bu ishni eptey olаdigаn bir kimsа topilmаgаn. Bu haqda Аbulg'ozi Bahodirxonning o'zi quyidаgichа hikoya qilаdi: «Атшю bizning otа v а аqolаrimizning bepаrvoyiligi vа Xorazm xalqining beuquvligi, bu ikki sаbаbdin, bizning jаmoаtimizni Abdullaxonning otаlаri birlаn bizning otаlаrimizning аyrilgаn yeridin to bizgа kelguncha tarix^^ bitmаy erdilаr. Bu tarixni bir kishigа tаklif qilаli teb fikr qilduk.
Hech munosib kishi topmaduk. Zarur bo'ldi. Ul sababdin o'zimiz aytduk. Turkning masali turur: «O'qsuz o'z kindigini o'zi kesar», degan»1.  XVII asrda yashab ijod qilgan Abulg'ozi Bahodirxon oliy nasab, toj-taxt sohibi, o'z sulolasining shon-u shuhrati uchun ku-rash olib borgan, ayni choqda parchalanib ketayotgan Xiva xon-ligini kuchli markazlashgan davlatga aylantirish uchun ham qurol bilan, ham qalam bilan kurash olib borib, nisbiy osoyishtalik o'rnatishga erisha olgan hukmdor ham edi. U qoloqlashib qolgan Xorazmni ham iqtisodiy, ham madaniy jihatdan yuqori ko'tarishga intildi. Hukmdor sifatida bekliklar o'rtasidagi ziddiyatlar, o'zaro qirg'in urushlarga barham berishga qaratilgan tadbirlar ko'rgan bo'lsa, ijodkor sifatida «Shajarai turk», «Shajarai tarokima» va «Manofe'-ul-inson» («Inson uchun foydali tadbirlar») kabi tarixiy-badiiy hamda tabiblikka oid nodir kitoblar yozadi. Abulg'ozi Ba-hodirxonning birinchi yodgorliklar asari «Shajarayi tarokima» yarim afsonaviy xususiyatga ega bo'lsada, u mahalliy xalqlarning kelib chiqishi va ularning qadimiy tarixiga oid ma'lumotlar beradi.
Abulg'ozi Bahodirxonning ikkinchi qimmatli asari «Shajarai turk» bo'lib, uni oxiriga qadar yozib tugata olmadi. Bu asarni Abulg'ozi vafotidan so'ng o'g'li Anushaxonning topshiri -g'iga ko'ra urganchlik mulla va Abulg'ozining qarindoshi Mah-mud Ibn Muhammad Urganjiy yozib poyoniga yetkazadi. Bu taxminan 21 sahifani tashkil etgan qo'shimcha edi, xolos.  XVI-XIX asrlarda Vatanimiz hududidagi xalqlar hududiy tarqoqlik xo'jalik va iqtisodiy tushkunlik holatida bo'lsalarda fan, madaniyat taraqqiyotida bir qator ijobiy yutuqlar va salmoqli muvaffaqiyatlarga erishdilar. Bu bilan ular jahon madaniyati va sivilizatsiyasi taraqqiyotiga munosib ulushlarini qo'shdilar. Ammo XVII-XIX asrlarda O'rta Osiyo va undagi davlatlar jahon sivilizatsiyasi jarayonidan tobora chetda qolaver-di, ilg'or davlatlardan orqada qoldi.Yurtboshimiz Islom Karimov xonliklar davri tarixiga yangicha nazar tashlar ekan, tarixchi mu-taxassislarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi: «Nega ja-honga Ahmad Farg'oniy, Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Amir Temur, Ulug'bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni bergan bu millat XVII-XIX asrlarga kelib to shu choqqacha erishgan yuksalish daraja-laridan tushib ketdi? Nega so'nggi uch asr mobaynida boshimiz qoloqlikdan chiqmay qoldi? Ajdodlarimizning qattiq qarshiligiga qaramay chor Rossiyasining o'lkamizni nisbatan oson zabt etishi-da mana shu qoloqlikning ham o'rni bo'lmaganmikin»1.  XVII-XIX asrlar jahon tarixiga moddiy va ma-daniy yuksalish davri bo'lib kirganligi ma'lum. Xususan, Yevro-padagi bir qator mamlakatlarda ishlab chiqarish sezilarli daraja-da o'sdi, zavod-fabrikalar qurilib, yangi texnik uskunalar bilan jihozlandi, temiryo'llar qurildi, dengiz yo'llari ochildi, mehnat unumdorligi oshdi, odamlarning moddiy va madaniy turmush darajasi ko'tarildi. O'rta Osiyo xonliklari ana shunday ijobiy ja-rayonlardan chetda qoldi, qoloqlikka yuz tutdi2.


Assalomu alaykum. Pedagogika fanidan bajargan oraliq nazorat topshirig’iga javoblarim.
203-guruh talabasi Xamzayeva Sayyora.
Download 47,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish