O’quv adabiyoti



Download 43,86 Mb.
bet24/72
Sana04.06.2022
Hajmi43,86 Mb.
#637183
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 1

Rentgenoanatomiyasi. Yelka suyagi o’ziga hos rentgenoanatomik tuzilishga ega. Yelka suyagi boshchasining zich moddasi tashqi chegarasi aniq sharsimon soya shaklida ko’rinadi va qisman kurak suyagi bo’g’im chuqurchasiga qavatlanadi. Yelka boshchasi g’ovak moddasi mayda to’r shaklida tuzilgan. Katta bo’rtiq bilan yelka suyagi boshchasi o’rtasida uncha katta bo’lmagan torayma anatomik bo’yni aniqlanadi. Katta bo’rtiqdan pastroqda suyak tanasida hirurgik bo’yni aniqlanadi. Bu yerda zich modda yupqalashib, g’ovak modda siyraklashgan tarkibga ega bo’lib, zich moddaning g’ovak moddasiga o’tishi ro’y beradi. Suyakning bir tarkibini boshqasiga o’tishi shu sohani qarshiligini kamaytiradi. Yelka suyagi diafizi rentgenogrammasida zich modda qatlamlari o’rtasida joylashgan suyak iligi kanali ko’rinadi. Yelka suyagining pastki uchi uchburchakli prizma shaklida. Unda tashqi va ko’proq bilingan ichki o’simtalar ajratiladi. G’altakni yuqorisida suyak tarkibida aniq chegarali tojsimon va tirsak chuqurlari yorug’ligi bor. Yelka suyagi pastki uchi suyak to’qimasi mayda katakchali tuzilishga ega. Suyak trabekulalari asosan ko’ndalang yo’nalgan bo’lib, zich qatlami yupqa.
Yelka suyagining birinchi suyak nuqtasi homila hayotining 8-haftasida uning diafizida paydo bo’ladi. Yangi tug’ilgan bola yelka suyagi (16-rasm) nisbatan qisqa, uchlari katta. Suyak tanasini katta, kichik bo’rtiqlari va ularning qirrasidan boshqa qismlari suyaklanib bo’lgan. Yelka suyagi boshi tog’aydan iborat bo’lib, shakli yumaloq. Katta va kichik bo’rtiqlar tog’aydan iborat, o’zaro chuqur egat bilan ajragan. Distal uchi tog’aydan iborat bo’lib, uning relefi kattalar suyagiga o’xshaydi. Emizikli davrda suyak boshida yumaloq suyak nuqtasi, tanasida esa so’rilish markazi paydo bo’ladi. Erta bolalik davrida katta bo’rtiqda, deltasimon bo’rtiq va pastki uchida boshchasida, bolalikning birinchi davrida kichik bo’rtiq, tojsimon va bilak chuqurchalarida, ichki o’simtada suyak nuqtalari paydo bo’ladi.

16-расм. Chaqaloqning o’ng yelka suyagi (orqa tomondan ko’rinishi).
1-caput hymeri;
2-collum chirurgicum;
3-facies posterior;
4-fossa olecrani;
5-epicondylus medialis;
6-trochlea humeri;
7-collum anatomicum;
8-tuberculum majus;
9-foramen nitricum;
10-epicondulus lateralis.

Bolalikning birinchi davrida suyak o’sishi bilan birga uning relefi paydo bo’ladi. Bolalikning ikkinchi davri oxirlarida yelka suyagi tanasini taraqqiyoti tugab u kattalarnikiga o’hshab qoladi. Yuqori uchi tanasidan yupqa tog’ay qatlam bilan ajragan. Bu davrda pastki uchida tashqi o’simta va g’altakda qo’shimcha suyak nuqtalari paydo bo’ladi. O’smirlik davrida suyakning pastki epifizi tanasi bilan suyaklanib qo’shiladi. Yuqori epifizi esa tanasi bilan 20-24 yoshda birikib, bir butun yelka suyagi hosil buladi.


Bilak suyaklari


Bilak sohasida ikkita uzun naysimon suyak: ichki tomonda joylashgan tirsak suyagi harakat yo’nalishini aniqlasa, tashqi tomondagi bilak suyagi tayanch vazifasini bajaradi. Bu suyaklarning taraqqiyoti ularning vazifasiga bevosita bog'liq.
Tirsak suyagini (ulna) (17-rasm) yuqori uchi kengaygan bo’lib, yelka suyagi g’altagi bilan birlashadigan g’altak o’ymasi (incisura trochlearis) bor. Bu o’yma yuqori tomondan katta tirsak o’simtai (olecranon), pastdan kichikroq tojsimon o’simta (processus coronoideus) bilan chegaralangan. Tojsimon o’simtaining tashqi tomonida bilak suyagi boshi birlashadigan bilak o’ymasi (incisura radialis) joylashgan. Old tomonda undan pastroqda tirsak suyagi bo’rtig’i (tuberositas ulnae) bor. Tirsak suyagining tanasi uch qirrali. Unda uchta: orqa yuzasi (facies posterior), oldingi yuzasi (facies anterior) va ichki yuzasi (facies medialis) tafovut qilinadi. Bu yuzalarni o’zaro uchta: oldingi qirra (margo anterior), orqa qirra (margo posterior), oldingi va orqa yuza o’rtasida joylashgan bilak suyagi tarafdagi suyaklararo qirra (margo interossea) ajratib turadi. Suyakning pastki uchi yuqorisiga nisbatan ingichkaroq bo’lib, tirsak boshchasi (caput ulnae) bilan tugaydi. Suyak boshchasida bilak suyagi bilan birlashishi bo’g’im yuzasi (circumferentia articularis) joylashgan.


Download 43,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish