O’quv adabiyoti


Oyoq panjasi suyaklarining boldir suyaklari bilan va o’zaro



Download 43,86 Mb.
bet69/72
Sana04.06.2022
Hajmi43,86 Mb.
#637183
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 1

Oyoq panjasi suyaklarining boldir suyaklari bilan va o’zaro
birlashuvi

Oyoq panjasi suyaklari to’rt guruh bo’g’imlar hosil qilib birlashadi. Bular: 1) oshiq-boldir bo’g’imi; 2) tovon oldi suyaklarining birlashuvi; 3) tovon oldi va kaft suyaklarining birlashuvi; 4) barmoq falangalarining birlashuvi.


Oshiq-boldir bog’imini (articulatio talocruralis) (53 va 54-rasm) hosil bo’lishida katta boldir suyagining pastki bo’g’im yuzasi, medial va lateral to’piqlarning bo’g’im yuzalari bilan oshiq suyakning g’altaksimon hosilasi bo’g’im yuzalari ishtirok etadi. O’zaro birikkan boldir suyaklarning pastki uchi oshiq suyak g’altagini xuddi ayri kabi ikki yon va ust tomondan o’rab turadi. U tuzilishi jihatidan murakkab, shakl jihatidan g’altaksimon bo’g’im. Bo’g’im xaltasi boldir suyaklarining oldingi yuzasida va oshiq suyakning bo’g’im tog’ayidan 5-8 mm oldinroqqa birikadi. Orqa va yon tomonda bo’g’im tog’ayi chizig’i bo’ylab birikadi. Bo’g’im xaltasi old va orqa tomonda esa yupqa va bo’sh, burmalar hosil qiladi. Yon tomonda esa qalin va mustahkam. Bo’g’imni mustahkamlovchi boylamlar asosan yon yuzalarda joylashgan. Bo’g’imning medial yuzasida joylashgan qalin va pishiq boylam (lig.collateralae mediale) medial to’piqdan boshlanib pastga tomon kengayib to’rt bo’lakka bo’linadi. Uning qayiqsimon suyakka birikadigan qismi (pars tibionavicularis), tovon suyagiga birikadigan qismi (pars tibiocalcanea), oshiq suyakning oldingi va orqa qismlariga birikadigan (pars tibiotalaris anterior et posterior) tafovut qilinadi. Bo’g’im lateral tomondan uchta boylam bilan mustahkamlanadi. Bular lateral to’piq bilan oshiq suyak bo’yni o’rtasida tortilgan oldingi oshiq-kichik boldir boylami (lig. talofibulare anterior), lateral to’piq bilan oshiq suyakning orqa o’simtasi o’rtasida tortilgan orqa oshiq-kichik boldir (lig. talofibulare posterior) va tashqi to’piq bilan tovon suyagining tashqi yuzasi o’rtasida tortilgan tovon-kichik boldir boylamidir (lig. calcaneofibulare). Oshiq-boldir bo’g’imi bir o’qli bo’g’imlar turkumiga kirib, harakat faqat frontal o’q atrofida bukish va yozish.

53-rasm. O’ng oyoq panjasi bo’g’im va boylamlari kesmasi.

1-articulatio talocruralis;


2-lig. mediale;
3-talus;
4-articulatio talocalcaneonavicularis;
5-os naviculare;
6-articulatio cuneonavicularis;
7-os cuneiforme mediale;
8-os cuneiforme intermedium;
9-articulatio tarsometarsea;
10-articulationes metatarsophalangeae;
11-os cuneiforme laterale;
12-os cuboideum;
13-lig. bifurcatum;
14-lig. talocalcaneum interosseum;
15-articulatio subtallaris.



Rentgenoanatomiyasi. Old to’g’ri rentgenogrammada oshiq-boldir bo’g’imining rentgen yorig’i «П» shaklida. Zich modda yupqa, tashqi ko’rinishi aniq. Katta boldir suyagi bo’g’im yuzasining pastki chekkasida va oshiq suyak chekkasida biroz qalin. Yon rentgenogrammada tashqi to’piq ichkisidan ancha katta. Ularning soyasi bir-biriga qavatlanadi. Bo’g’im yorig’i yuqoriga turtib chiqqan ravoq shaklida.
Yangi tug’ilgan bolada oshiq boldir bo’g’imini hosil qiluvchi suyaklar asosan tog’aydan iborat. Oshiq suyagi g’altaksimon hosilasini tashqi chekkasi ichkisiga nisbatan yuqori. Tashqi to’piq ichkisiga nisbatan orqaroq turgani uchun ularning tovoni tashqariga yarim burilgan holatda turadi. Bo’g’im xaltasi pishiq va tarang. Oldingi va orqa oshiq-kichik boldir boylamlari gorizontal joylashgan. Medial boylam qisqa bo’lib, oyoq kafti bukilishini chegaralab turadi. Tovon gumbazi yaxshi bilinmagan.U bola hayotining birinchi ikki yilida paydo bo’lib, 14-16 yoshlarda uning takomillashuvi tugaydi.
Kaft oldi suyaklari o’rtasida oshiq osti, oshiq-tovon-qayiqsimon, tovon-kubsimon, kaft oldining ko’rdalang bo’g’imi, ponasimon-qayiqsimon va kaft oldi-kaft bo’g’imlari tafovut qilinadi.
Oshiq osti bo’g’imi (articulatio subtalaris) oshiq suyakning orqa tovon bo’g’im yuzasi bilan tovon suyagining orqa oshiq bo’g’im yuzasi o’rtasida hosil bo’ladi. Bo’g’im xaltasi yupqa va erkin, har tomondan boylamlar bilan mustahkamlangan. Bo’g’imda harakat faqat sagital o’q atrofida.
Yon tomon rentgenogrammada oshiq osti bo’g’imining bo’g’im yorig’i ravoqsimon yoki «S» shaklida bukilgan, kengligi 2-3 mm bo’lgan yorug’lik hoshiya kabi kuzatiladi.
Oshiq-tovon-qayiqsimon bo’g’im (articulatio talocalcaneonavicularis) (55-rasm) oshiq suyak boshchasini old tomondan qayiqsimon suyak va past tomondan tovon suyagi bilan birlashishidan hosil bo’ladi. Bo’g’im xaltasi suyaklarning bo’g’im yuzalari chekkasi bo’ylab birikib, bitta


Download 43,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish