O’quv adabiyoti


Oyoq suyaklarining birlashuvi



Download 43,86 Mb.
bet65/72
Sana04.06.2022
Hajmi43,86 Mb.
#637183
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 1

Oyoq suyaklarining birlashuvi
Oyoq kamari suyaklarining birlashuvi
Oyoq kamari suyaklarining bo’g’imlari chanoq suyaklarini o’zaro va dumg’aza suyagi bilan birlashuvidan hosil bo’ladi. Orqa tomondan chanoq suyaklari dumg’aza suyagi bilan juft dumg’aza-yonbosh bo’g’imini hosil qilsa, old tomondan qov simfizini hosil qiladi.

Dumg’aza-yonbosh bo’g’imi (articulatio sacroiliaca) (49-rasm) chanoq va dumg’aza suyaklarining quloqsimon yuzalarini birlashishidan hosil bo’ladi. Bu suyaklarning bo’g’im yuzalari yassi bo’lib, yupqa tolali tog’ay bilan qoplangan. Bo’g’im yuzalari yassi bo’lgani uchun yassi bo’g’imlar turkumiga kiradi. Shunga qaramay bu bo’g’imning boylamlari mustahkam bo’lgani uchun harakatsiz bo’g’im hisoblanadi. Bo’g’im xaltasi tarang va juda pishiq. U dumg’aza va chanoq suyaklarining suyak usti pardasiga birikib ketadi. Bo’g’im xaltasi old tomondan ko’ndalang va qiyshiq yo’nalishdagi oldingi dumg’aza-yonbosh boylami (lig. sacroiliaca ventralia) bilan mustahkamlanadi. U yupqa bo’lib, bo’g’im xaltasiga birikib ketgan. Bo’g’imning orqa tomonida dumg’aza va yonbosh bo’rtiqlari oralig’idagi ingichka yoriqni to’latib turuvchi mustahkam suyaklararo dumg’aza-yonbosh boylami (lig. sacroiliaca interossea) eng pishiq boylam bo’lib, bo’g’im xaltasini orqa yuzasiga birikib ketadi.





49-rasm. Chanoq boylamlari.
1-lig. iliofemorale; 2-lig. longitudinale anterius; 3-ligg. sacroiliaca ventralia; 4-promontorium; 5-for. ishiadicum majus; 6-lig. sacrospinale; 7-lig. sacrotuberale; 8-for. ischiadicum minus; 9-lig. sacrococcygeum anterius; 10-eminentia iliopubica; 11- spina iliaca anterior inferior; 12-spina iliaca anterior superior; 13-fossa iliaca.


Bo’g’imni orqa tomondan qoplagan orqa dumg’aza-yonbosh boylami (lig.sacroiliaca dorsalia) yonbosh suyagini ustki va pastki orqa yonbosh o’simtalaridan boshlanib, dumg’aza suyagining tashqi qirrasiga birikadi. Bu bo’g’imni mustahkamlashda pastki ikkita bel umurtqalari ko’ndalang o’simtalaridan boshlanib, yonbosh suyagi qirrasiga va bo’rtig’iga birikuvchi yonbosh-bel boylami (lig. iliolumbale) ham ishtirok etadi.
Rentgenoanatomiyasi. Dumg’aza-yonbosh bo’g’imi chanoqning to’g’ri rentgenogrammasida aniqlanadi. Bu bo’g’imning bo’g’im yorig’i sagittal sathda qiya joylashgani uchun, suyaklarining bo’g’im yuzalari bir-biriga qavatlanib, ikkita bukilgan hoshiya yorig’ shaklidagi tasvirni beradi. Bu holatda uning tashqi hoshiyasi bo’g’imning oldingi qismiga ichkisi orqasiga to’g’ri keladi. Bo’g’im yorig’i bo’g’imni pastki qismida aniq ko’rinadi.
Qov simfizi (symphisis pubica) qov suyaklarining bir-biriga qaragan simfiz yuzalari o’rtasida hosil bo’lib, yarim bo’g’imlar turkumiga kiradi. Suyaklarning bo’g’im yuzalari tog’ay bilan qoplangan bo’lib, o’zaro tolali tog’ay disk (discus interpubicus) vositasida birlashadi. Tog’ay diskning o’rtasida sagittal sathda joylashgan torgina bo’shliq bor. Qov simfizi ikkita: uni ustki tomonida ko’ndalang yo’nalgan ustki qov boylami (lig pubicum superius) va simfizni pastki tomonida tortilgan boylam (lig. pubicum inferius) mustahkamlaydi. Qov simfizi tog’ay diski ayollarda erkaklarga nisbatan qalin bo’ladi.
Qov simfizi yangi tug’ilgan bolada sinxondroz shaklida bo’ladi. Bo’shliq bola hayotining 1-2 yilida paydo bo’la boshlaydi va 5-7 yoshlarda yaxshi bilinadi.
Chanoq suyagi dumg’aza bilan dumg’aza-yonbosh bo’g’imidan ma’lum masofada joylashgan ikkita boylam vositasida ham birlashadi. 1.Dumg’aza-bo’rtiq boylami (lig. sacrotuberale) o’tirg’ich bo’rtig’idan boshlanib dumg’aza suyagini tashqi chekkasiga birikadi va kichik o’tirg’ich teshigini (foramen ischiadicum minus) hosil qiladi.
2.Dumg’aza-o’simta boylami (lig. sacrospinale) o’tirg’ch o’simtasi bilan dumg’aza suyagining tashqi chekkasi o’rtasida tortilgan bo’lib, katta quymich teshigini (foramen ischiadicum major) hosil qiladi.


Butun chanoq


Chanoq suyaklari va dumg’aza: dumg’aza-yonbosh bo’g’imi va qov simfizi vositasida birikib butun chanoqni (pelvis) hosil qiladi. Butun chanoq (50-rasm) suyak halqadan iborat bo’lib, uning ichida ichki a’zolar joylashadi. U ikki qismga: yuqorigi katta chanoq (pelvis major) va pastki kichik chanoqqa (pelvis minor) bo’linadi. Ular o’rtasidan chegaralovchi chiziq (linea terminalis) o’tadi. Chegaralovchi chiziq promontorium, yonbosh suyagini ravoqsimon chizig’i, qov suyagi qirrasi va qov simfizining ustki chekkasidan o’tadi. Katta chanoq orqa tomondan V-bel umurtqasi tanasi, yon tomondan yonbosh suyagi qanotlaridan hosil bo’lgan. Katta chanoq qorin bo’shig’ining pastki qismini hosil qiladi.
Kichik chanoqni orqa tomondan dumg’aza suyagini chanoq yuzasi va dum suyagining oldingi yuzasi, old tomondan qov suyagining yuqorigi va pastki shoxlari va qov simfizi, yon tomondan esa chanoq suyagining sirka kosachasi qismlari, o’tirg’ich suyagi dumg’aza-bo’rtiq va dumg’aza- o’simta boylamlari hosil qiladi. Kichik chanoq pastga tomon toraygan suyak kanal. Uning ustki aperturasi (apertura pelvis superior) kirish qismi bo’lib, chegaralovchi chiziq bilan chegaralangan. Kichnk chanoqdan chiqish-uning pastki aperturasi (apertura pelvis inferior) orqa tomondan dum suyagi, yon tomondan dumg’aza-bo’rtiq boylami, o’tirg’chich bo’rtig’i, o’tirg’ich suyagi shoxi, qov suyagini pastki shoxi, old tomondan qov simfizi bilan chegaralangan. Bu yerda joylashgan yopqich teshik firoz parda (membrana obturatoria) bilan yopilgan.

Katta chanoqning o’lchamlari:


1.Ikkita oldingi yuqorigi yonbosh o’simtalari o’rtasidagi masofa (distantio spinarum) 25-27 sm.
2.Yonbosh suyagi qanotlarining eng chekka nuqtalari o’rtasidagi masofa (distantio cristarum) 28-30 sm.
3.Ikkita katta ko’st o’rtasidagi masofa (distantio trochanterica) 30-32 sm.
Kichik chanoqning o’lchamlari:
1.Kichik chanoqqa kirishning to’g’ri o’lchami yoki chin kon’yugata (conjugata vera )-11 sm.
2.Kichik chanoqqa kirishning ko’ndalang o’lchami (diameter transversa)-13 sm.
3.Kichik chanoqqa kirishning qiyshiq o’lchami (diameter obliqua)-12 sm.
4.Kichik chanoqdan chiqishning to’g’ri o’lchami (dum suyagi uchi bilan qov simfizining pastki chekkasi o’rtasigacha bo’lgan masofa) ayollarda 9-11 sm.
5. Kichik chinoqdan chiqishning ko’ndalang o’lchami (quymich bo’rtig’ining ichki chekkasi o’rtasidagi masofa) –11 sm.
Ayollarning chanog’i erkaklarga qaraganda keng, yonbosh suyagi qanotlari yon tomonga yoyilgan. Kichik chanoqqa kirish yumaloq shaklda. Ayollarda dumg’aza keng va qisqa. Qov suyagi shoxlari o’rtasidagi burchak (qov ravog’i) ayollarda 90o bo’lsa, erkaklarda 70-75o.
Yangi tug’ilgan bola chanog’i ikki tomondan siqilgan bo’lib, shakli voronkasimon. Yonbosh chuqurchasi yuza. Kichik chanoq yaxshi taraqqiy etmagan. Uning kirish teshigi bo’ylama cho’zinchoq shaklda.
Yangi tug’ilgan bola chanog’i o’lchamlari quyidagicha:
1.Ikkita oldingi yuqorigi yonbosh o’simtalari o’rtasidagi masofa-6,5 sm.
2.Yonbosh suyagi qanotlarining eng chekka nuqtalari o’rtasidagi masofa-7,1 sm.
3.Ikkita katta ko’st o’rtasidagi masofa-10,0 sm.
4.Kichik chanoqqa kirishning to’g’ri o’lchami-4,1 sm.
5.Kichik chanoqqa kirishning ko’ndalang o’lchami-3,6 sm.
Erta bolalik davri oxirida chanoq suyaklarining tez o’sishi hisobiga chanoq o’lchamlari sezilarli o’zgaradi. Bu davrda o’g’il bolalar chanog’i qizlarga nisbatan baland va o’lchamlari katta.




Download 43,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish