O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari


Hujayra biologiyasining tamoyillari



Download 2,63 Mb.
bet5/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
Bog'liq
morfologiya

3. Hujayra biologiyasining tamoyillari.
Barcha tirik organizmlar ma’lum bir umumiy tuzilish xususiyatlariga ko’ra tip, sinf va oilalarga bo’linishi mumkin. Ushbu guruhlar o’z navbatida turkum va turlarga bo’linib, organizmning tashqi ko’rinishi bilan farqlanadi.
Organizmning tanasi bir nechta tizimlardan tashkil topgan bo’lib, ularning har biri ma’lum vazifalarni amalga oshiradi. Ushbu tizimlar tananing strukturaviy poydevorini hosil qiladi yoki tananing uchta bo’shlig’idan birida joylashadi.
Har bir tizim turli xil to’qima va organlardan tashkil topgan bo’lib, ular tananing eng kichik strukturaviy birligi – hujayradan tuzilgan.
Hujayrani faqat mikroskop ostida ko’rish mumkin va anatomik tuzilishi jihatidan farq qiluvchi asosiy tuzilmalardan tashkil topgan bo’lib, ular aniq vazifani bajarishga ixtisoslashgan.
Hujayra ichidagi har bir tuzilma hujayraning, qolaversa tananing butun tizimlarini normal funksiya ko’rsatishi uchun hayotiy muhim rol o’ynaydi.
Hujayra o’sadi va mitoz orqali bo’linadi, har bir mitoz natijasida diploid xromosomalar qatoriga ega bo’lgan ikkita bir xil (yoki normal) qiz hujayralar hosil bo’ladi.
Sog’lom organizm tanasi 60-70% suvdan tashkil topgan bo’lib, ikki xil asosiy, ya’ni hujayradan tashqari (hujayrani o’rab turuvchi) va hujayra ichi (hujayrada) suyuqlikdan iborat.
Tana suyuqligi ushbu ikkita chegara o’rtasida almashinib, bu harakat hujayraning kimyoviy tarkibi hamda diffuziya va osmos fizikaviy jarayonlar orqali nazorat qilinadi.
Tana suyuqligi anorganik va organik birikmalardan tashkil topgan. Ularning foiz hisobidagi va strukturaviy nisbati tananing normal faoliyat ko’rsatishi hamda balansni saqlanishi uchun asosiy ahamiyat kasb etadi. Tanadagi balansni teng saqlab turishida ko’pgina tizimlar ishtirok etadi va gomeostaz sifatida ma’lum.
Sut emizuvchilar hujayralari.
Hujayralar faqatgina mikroskop ostida ko’rinadigan to’qimaning eng kichik birligidir. Hujayralarni organizmning asosiy tuzilmaviy va funksional birligi deb qarasa bo’ladi. Lekin ular “kichik tanaga” o’xshaydi, chunki ularning o’zi bir qator asosiy vazifalarni bajaradi. Masalan, oziq moddalarni qabul qilish va keraksiz qoldiq moddalarni chiqarish, nafas olish va ishlab chiqarish. Ushbu vazifalarni hujayra sitoplazmasidagi organellalar yoki “kichik organlar” orqali bajaradi.
Hujayra tuzilmalari va vazifalari:
-hujayra qobig’i;
-o’zak;
-organellalar;
-mitoxondriyalar;
-ribosomalar;
-endoplazmatik to’r;
-g’adir-budir va silliq endoplazmatik to’r;
-goldji majmuasi;
-lizosomalar;
-sentrosoma.
Hujayra qobig’i.
Hujayra qobig’i - ujayrani tashqi tomondan o’rab turadigan parda, shuningdek, plazma qobig’i deb ham atash mumkin. Uning vazifasi hujayrani tashqi muhitdan ajratib turish va oziq moddalarni hujayrani ichiga kirib va chiqishini nazorat qilishdan iborat. Hujayra qobig’ining yuza qismi uglevodlardan tashkil topgan. Glikokaliks eng tashqi qavat bo’lgani uchun hujayraning tashqi muhit bilan aloqasida muhim rol o’ynaydi. Hujayra qobig’i biomolekulyar lipid qavatdan va ikki tomonda joylashgan oqsil molekulalardan tuzilgan. Ikki qavat fosfolipidlar asosan membrananing struktur va plastik xususiyatlarini belgilaydi. Hujayraning transport tizimi orqali moddalar o’tadi. Bu tizimning ichiga quyidagilar kiradi: hujayra membrana teshikchalari – kichik molekulalar shu teshik orqali o’tadi.
Oddiy diffuziya- lipidlarda eriydigan molekulalar hujayra membranasining lipid qismida eriydi. Kislorod va suv oddiy diffuziya yo’li bilan hujayra ichiga kiradi.
Yengillashgan diffuziya-passiv diffuziyaning bir turi bo’lib, bu yo’l bilan glyukoza hujayra ichiga kiradi.
Tashilishning faol mexanizmlari- moddalar odatda konsentrasiyasi past joydan konsentrasiyasi yuqori joyga o’tadi. Bu aylanma yo’ldan yuqoriga harakat bilan tenglashtirilganligi sababli og’ir ish hisoblanadi va energiya sarfiga majbur qiladi. Faol tashilish mexanizmlarini talab qiladigan moddalar hujayra membranasi orqali o’tishi uchun oqsil tabiatli tashuvchidan foydalanadi va ushbu jarayon uchun talab etiladigan energiyani adenozinuchfosfat molekulalari yetkazib beradi. Natriy shu tariqa hujayraga kiradi.
Sitoplazma – bu hujayra ichini to’ldirib turuvchi suyuqlik bo’lib, uning bir-butunligini ta’minlaydi. Sitoplazmada o’zak va organellalar, shuningdek, glyukoza, oqsillar va boshqa ionlar singari erigan moddalar joylashadi.
O’zak – hujayraning axborot markazi hisoblanadi. U o’zak membranasi bilan o’ralgan va o’zida xromosomalar saqlaydi. Xromosomalar irsiy materialni tashuvchi hisoblanadi. DNK oqsil molekulalarini sintezi uchun axborotni tashiydi. DNK “instruksiyalar jamlanmasi” bo’lib, hujayraga qanday harakat qilish zarurligini ko’rsatib turadi va bu ko’rsatmalar so’ngra hujayraning keyingi avlodiga yetkazib beriladi. O’zak shuningdek, bir nechta o’zakchalarni o’zida saqlab, ribosomalar ishlab chiqariladi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish