O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet8/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   188
Bog'liq
morfologiya

Nazorat uchun savollar:
1. Morfologiya fani o’z ichiga qanday fanlarni oladi?
2.Onto-filogenez xakida tushuncha.
3. Dissimilyasiya, assimilyasiya xakida tushuncha.
4. Organ xakida tushuncha.
5. Organizm xakida tushuncha.


2.MAVZU SITOLOGIYA. HUJAYRALAR NAZARIYASI, BO'LINISHI VA UNING TARKIBIY QISIMLARI.


Reja :

1. Protoplazmaning kimyoviy tarkibi va fiziko-kimyoviy xossalari.


2. Hujayra va uning tarkibiy qismlari.
3. Tirik moddaning hujayraviy tuzilishga ega bo`lmagan shakllari.
4. Hujairaning fiziologiyasi.


Tayanch iboralar. Hujayra, protoplazma, lipidlar, lipoproteidlar, oqsillar, nukleotidlar, nuklein kislotalar, karbonsuvlar, aminokislotalar, mitoz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Ibrohimov Sh.I. va b. “Sitologiya, gistologiya va embriologiya”, darslik, T. 2006.
2. Elizabeth Aughey,Fredric L. Frye «Comporative Veterinary Histology with clinical correlates». Copyright © 2001
3. Shodiev N.Sh va b. “Sitologiya, gistologiya va embriologiya”, o’quv qo’llanma, T.2006
Asosiy adabiyotlar
Ibrohimov Sh.I. va b. “Sitologiya, gistologiya va embriologiya”, darslik, T. 2006.
Xorijiy adabiyot
Elizabeth Aughey,Fredric L. Frye «Comporative Veterinary Histology with clinical correlates». Copyright © 2001
Qo’shimcha adabiyotlar
Shodiev N.Sh va b. “Sitologiya, gistologiya va embriologiya”, o’quv qo’llanma, T.2006
Internet saytlari
www. Ziyo.net.uz.
1. Protoplazmaning kimyoviy tarkibi va fiziko-kimyoviy xossalari.
Tirik modda bilan atrof-muhit o`rtasida to`xtovsiz moddalar almashinuvi sodir bo`lib turadi. Organizmlarning o`ziga kerakli moddalarni tanlab qabul qilishi tufayli atrof-muhitda keng tarqalgan ayrim elementlar tirik modda tarkibida juda kam uchrashi, aksincha atrof-muhitda kam uchraydigan ba`zi elementlar ma`lum organlar va to`qimalarda ko`proq to`planishi mumkin. Avvalo shuni e`tirof etish kerakki,eng sodda organizmlarning kimyoviy tarkibi ham g`oyat murakkabdir. Organik olamni tashkil qiluvchi xilma-xil o`simliklar va hayvonlar organizmlarining biokimyoviy tuzilish plani bir xil. Turli organizmlarning hujayralari tarkibidagi kimyoviy birikmalar o`zaro o`xshashdir. Tirik modda tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlardan C (karbon) alohida ahamiyatga ega - u organik birikmalar hosil qiluvchi elementdir. C, H, O, N, K, Ca, Na, P, S, Mg, Fe, Cl hayvon organizmi massasining 99 foizini tashkil qiladi va makroelementlar deb nomlanadi. C, H, O, N - bular organik birikmalarning asosini tashkil qiluvchi elementlardir. Tirik modda tarkibida juda kam miqdorda uchrovchi elementlar (mikroelementlar) Cu, So,Zn, Mo, J, F va boshqalar ham moddalar almashinuvi va boshqa hayotiy jarayonlarda faol qatnashadi.
Kimyoviy elementlar protoplazma tarkibida murakkab organik birikmalar - oqsillar, nukleotidlar, nuklein kislotalar, karbonsuvlar, lipidlar va boshqalar holida bo`ladi.
Oqsillar aminokislotalarning juda yirik (gigant) molekulali polimerlari - polipeptid moddalardir. Ular organizm barcha strukturalarining qurilish (plastik) materiali hisoblanadi. Protoplazma quruq moddasining 80 foizi plastik oqsillardir. Oqsillar juda muhim vazifalar - ferment, transport, himoya (immun tanalar) va qisqarish (harakat) vazifalarini bajaradi. Oqsillarning molekulalari tarkibiga kiruvchi 20 xilga yaqin aminokislotalarning polipeptid zanjirda joylashish tartibini oqsil molekulasining birlamchi strukturasi deb ataladi. Molekulaning ikkilamchi, uchlamchi strukturalari va boshqa xossalari avvalo ana shu tartibga bog`liq. Fibrillyar (tolador) tuzilishga ega, kimyoviy faolligi past oqsillar va globulyar, kimyoviy faol, moddalar almashinuvida katta ahamiyatga ega oqsillar mavjud.
Oddiy oqsillar - proteinlar va murakkab oqsillar - proteidlar farq qilinadi. Proteinlar (kollagen, elastin, albumin, globulin, miozin va boshqalar) ko`pchilik hollarda faqat aminokislotalarning qoldiqlaridan iborat. Proteidlar tarkibiga aminokislotalarning qoldiqlaridan tashqari oqsil bo`lmagan modda (prostetik guruh) ham kiradi. Protestik guruhning kimyoviy tarkibiga ko`ra, nukleoproteidlar, glikoproteidlar, lipoproteidlar va xromoproteidlar farq qilinadi.
Nukleotidlar va nuklein kislotalar. Nukleotidlar aminokislotalar kabi polimer molekulalar (DNK va RNK)1  hosil qila oladigan birikmalardir. Ularning molekulalari karbonsuv (riboza yoki dezoksiriboza), fosfor kislota qoldig`i hamda tarkibida N bo`lgan purin yoki pirimidin organik asoslaridan tuzilgan. Purin asoslari adenin (A) va guanin (G), pirimidin asoslari timin (T) va sitozin (S)lar bo`lib, RNK tarkibida timin o`rniga boshqa pirimidin - uratsil (U) uchraydi. DNK molekulasi ikki zanjirli spiral, RNK molekulasi esa zanjirsimon tuzilishga ega. DNKning asosiy qismi hujayra o`zagida, RNK esa sitoplazmada va qisman o`zakda uchraydi. DNK molekulasi zanjirlarida nukleotidlarning joylanishi tartibi DNK kodi deyiladi va u hujayrada sintezlanadigan oqsil molekulasida aminokislotalarning joylanishi tartibini belgilaydi.
Molekulasida bir necha fosfor kislota qoldig`i saqlovchi nukleotidlar ham bor. Masalan, ATF va ADF2  hujayradagi energetik jarayonlarda juda katta ahamiyatga ega.
Lipidlar (yunoncha lipos-yog`) protoplazmada ancha keng tarqalgan. Lipidlar soddaroq tuzilgan yog`lar va ularga nisbatan murakkabroq tuzilgan birikmalar (lipoidlar)ni o`z ichiga oladi. Yog`lar yog` kislotalari va uch atomli spirt glitserinning birikmasi bo`lib, oqsillar bilan kam kimyoviy aloqada bo`ladi, yog` tomchilari holida uchraydi va parchalanganda ko`p energiya ajratadi. Lipidlar tarkibida glitserin va yog` kislotalaridan tashqari, fosfor kislota hamda azotli asoslar uchraydi. Ular oqsillar bilan birikkan holda (lipoproteidlar) protoplazmaning turli strukturalari, masalan, membranalar tarkibida uchraydi. Bunday molekulalarning gidrofil va gidrofob qutblari mavjud.
Karbonsuvlar C, H va O ning birikmasi bo`lib, H va O karbonsuvlar molekulasida 2:1 (ya`ni H2O) nisbatdadir. Glyukoza, saxaroza, laktoza, kraxmal, hayvon kraxmali - glikogen karbonsuvlardir. Ular hujayradagi turli jarayonlar uchun kerakli energiyaning muhim manbaidir. Karbonsuvlar, ayniqsa, o`simliklar dunyosida keng tarqalgan (o`simliklar organizmning 80 foizi karbonsuvlardir),hayvonlar organizmida kamroq (20 foiz atrofida) bo`ladi.
Murakkab polisaxaridlar - glikozaminoglikanlar biriktiruvchi to`qimaning hujayraaro moddasi va ko`pgina bezlarning sekreti tarkibiga kiradi. Neytral va kislotali glikozaminoglikanlar farq qilinadi. Oliy hayvonlar to`qimalarida ko`proq kislotali (gialuron va xondroitin sulfat kislotalar, geparin) glikozaminoglikanlar uchraydi. Glikozaminoglikanlar so`ruvchi (shimuvchi) membranalar (ichak va buyrak epiteliyi)da uchrab, suv va undagi, ionlar hamda mayda molekulalar harakatlanadigan yo`llar sistemasini hosil qiladi.
Anorganik moddalar: suv va tuzlar. Organizmning 70-80 foizi suvdir. Suv erituvchi modda bo`lishi bilan birga, protoplazma turli strukturalarining tarkibiga kiradi. Ko`p miqdordagi suvning yo`qotilishi organizmdagi hayotiy jarayonlarning to`xtashiga olib keladi. Metallarning ionlari Na+, K+, Ca++, Fe+++ va boshqalar turli jarayonlarda ishtirok qiladi. Ular murakkab kompleks birikmalar tarkibiga kirib, xelatlar hosil qiladi (m; gemoglobin).
Tirik modda organik birikmalar va anorganik moddalarning oddiy aralashmasi bo`lmasdan, balki bir butun murakkab sistemadir.
Protoplazma rangsiz, yorug`likni suvdan ko`ra kuchliroq sindiradigan, solishtirma og`irligi 1,03 bo`lgan modda. Protoplazmaning xossalari hujayraning fiziologik holatiga qarab ancha oson o`zgaradi. Uning yopishqoqligini glitserinnikiga tenglashtirish mumkin. Protoplazma fizik holatining o`zgaruvchanligi uning moddalari kolloid holatda ekanligi bilan bog`liq.
Eritma tarkibida diametri 1-100 nm zarrachalar bo`lsa, bunday eritmani kolloid eritma deyiladi. Kolloid eritmadagi zarrachalarning maydalanish darajasi disperslik darajasi deyiladi. Kolloid eritma zarrachalarning yig`indisi - dispersion faza va erituvchi (dispersion muhit) farq qilinadi.
Kolloid zarrachalarning disperslik darajasi, ularning o`zaro yopishib qolmasligi, avvalo, bu zarrachalarning bir ismli zaryadga ega ekanligiga bog`liq. Shuning uchun elektrolit eritmasi qo`shish kolloid eritma zarrachalarining cho`kishiga sabab bo`ladi. Bu hodisa koagulyatsiya deb ataladi. Odatda koagulyatsiya orqaga qaytuvchi jarayondir. Cho`kmaga tushgan oqsil zarrachalarining fiziko-kimyoviy sharoitlar o`zgarishi bilan yana eritmaga o`tishi peptizatsiya deyiladi. Fiziko-kimyoviy ta`sirlar (og`ir metallarning tuzlari, anorganik kislotalar, qizdirish) ta`sirida qaytmas koagulyatsiya - denaturatsiya yuz beradi.
Oqsil zarrachalar o`z zaryadini oson o`zgartira oladi: kislotali muhitda musbat (+), ishqorli muhitda manfiy (-) zaryadga ega bo`ladi. Demak, dispers muhit zaryadining o`zgarishi hujayrada kechadigan jarayonlarga juda katta ta`sir qiladi. Kolloid zarrachalarning maydalanishi natijasida eritma suyuqlanishiga eritmaning zol holatga o`tishi deyiladi. Ma`lum sharoitlarda eritma quyuqlashib gel holatga o`tadi. Sovutilgan jelatina eritmasining zichlashishi zolning gelga o`tishi (jelatinizatsiya)ga misol bo`ladi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish